Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Turakulov | Mutolaa

v_turakulov_stories

🍃
Guruh sokinlik istaganlar uchun
📚
Birga virtual mutolaa
🌍
Iqtisodiy tahlil kanal:
@v_turakulov
✍️
Admin:
@XSB_bot

Subscribers
1 760
Post views
3 503
ER
199,04%
Posts
783
August 13, 12:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

Rejada yirik, ijroda kichik o‘yla.
Reja katta maqsadlarga yo‘g‘rilganda,
ijro kichik detallar inobatga olinganda mukammalashadi.
Rejada himmat,
Ijroda diqqat muhim.
Reja qilishda osmonga,
ijro qilishda yerga qarang.
Yuqoriga qarangki, himmatingiz oshsin.
pastga qarangki, yerdagi toshga qoqilmang.
Katta natijalar mayda detallar bilan bunyod bo'ladi.
@v_turakulov_stories

July 27, 15:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

Dushanba, Seshanba, Chorshanba...
Aslida hafta kunlari "bugun" uchun berilgan turli xil nomlar bo'lsachi?!
Bizga turli nomlar bilan "bugun"lar berilsachi?!
Umrimiz bugunlardan tashkil topgan.
"Bugun"da boshlanib "bugun"da tugaydi.
Vaqt o'tmaydi, balki biz ko'pgina "bugun"lardan o'tib boramiz.
"Bir kun"ni "bugun" bilan almashtir.
Bir kun boshlayman dema, bugun boshlayman de!
Bugun boshla. Bir kun albatta natijasini ko'rasan...
@v_turakulov_stories

July 06, 12:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

Avtoulovlar yuvish xizmatiga borsam, erkaklarning shijoatini ko‘rib maza qilib yuboraman.
Ha, ha, o‘sha...
Ayoli, singlisi yoki onasi biror narsani tuzat deb aytsa, bir oyga cho‘zib yuradigan eng dangasa jonzotlar u yerda yengi bilan, ko'zi porlab, maza qilib mashinalarini chinnidek qilib yuvib-tarayotganini ko‘rsangiz bo‘ladi!
O‘ylab qolaman...
Demak, muammo dangasalikda emas.
Masala qiziqishda!
Bizni harakatga keltiradigan narsa bu qiziqish!
Muammo esa odatda uch xil bo‘ladi:
1. Siz hali o‘z qiziqishingizni topa olmagansiz.
2. Qiziqishingiz bor, lekin unga qarshilar bor.
3. Qiziqishingiz bor. Imkoningiz bor. Lekin shunchaki ishonchingiz yo‘q.
Eng og'iri mana shu uchunchisi!
- Bu muammoni qanday yengib o'taman?
To'g'risi aniq javoblarim yo'q.
Lekin sinaganlarim bor:
1. Mukammalikdan qoching.
Shunchaki boshlang. (Just do it!)
2. Tashqi natijani kutmang,
kimgadir nimanidir isbotlash shart emas.
Shunchaki o'zingiz uchun qiling!
3. Va biling!
"Qila olaman" degan jasorat qilishdan oldin shakllanmaydi, qilish jarayonida shakllanadi.
Axir "qila olaman" va "qila olar ekanman" lar o'rtasida katta farq bor!
@v_turakulov_stories

June 27, 16:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

#aytganday
- Keyin bunday yaxshi qizni/yigitni topa olmaysan! Imkoniyatni qo'ldan boy berma.
Sinab ko'rganman.
Hozir
topilyaptimi,
keyin
ham topsa bo'ladi. Kelajakda bundanda zo'r(lar)ini topsa bo'ladi.
Chunki
"yaxshilariga yaxshilari munosib"
, deyilgan. Siz esa kelajakda hozirgidan yaxshiroq bo'lishga maqsad qo'ygansiz-ku, axir!(?)
- Yomonroq bo'lib ketsamchi?
- Unda hozir yaxshisiga egalik qilib olib, uning kelajagini o'g'irlamang!

June 27, 14:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

Imkoniyatlardan kecha olish san’ati
[Teskari yurib ko‘ramiz...]
Sizga aytilgan:
"Imkoniyatlardan foydalanib qol",
"U qaytib kelmaydi",
"Eng zo'r imkoniyat..."
Sizga aytaman:
"Shunchaki e’tibor qilmang",
"Undan ham yaxshisi keladi",
"Sizga eng zo‘ri emas, eng munosibi kerak..."
Aytmoqchi bo'lganim:
Imkoniyatlardan foydalanishdan ilmidan oldin,
ularning muhimlilik darajasini o‘lchash ilmini o‘rganing.
Umr qisqa, imkoniyatlar ko‘p
:
– Bizga hammasi ham kerak emas...
– Eng zo’rlari kerakmi?
– Yo‘q! Eng munosib...
– ...lari kerakmi?
– Yo‘q, munosibi kerak!
Imkoniyatlar ikki dimensiyada o‘lchanadi:
vaqt imkoniyati va harakat imkoniyati!
Talabalik vaqtida asos ilmlarni egallab olish bu qaytmaydigan imkoniyat. Lekin qayerdadir pul ishlash, keyinchalik harakat qilsangiz, yana kelaveradi.
Formula:
VI > HI
Texnologik rivojlanish shu darajada ko‘p imkoniyatlar eshigini ochdiki, bu imkoniyatlar 20–30 yil oldin kimlar uchundir ushalmas orzu bo‘lgan. Sizning esa kunlik hayotingizga aylandi.
Demak, holat o‘zgardi:
Imkoniyatlar muhim emas.
Siz qo‘ygan maqsadga vosita bo‘lgan(lar)igina muhim.
Oldin odamlarni yomon narsalar chalg‘itardi, hozir esa yaxshi narsalar ham chag'itib yubormoqda.
Nozik nuqta aynan shu joyda:
Chalg‘ituvchi dunyoda, chalg‘ib ketmaslik ilmi (xatto, yaxshi narsalar bilan ham) eng muhim ilm.., balki, san'at!
@v_turakulov_stories

June 24, 07:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

Boyhood: 12 yil davomida olingan kino
Aktyor va aktrisalarni shunchaki 12 yil davomida qanday o‘zgarishini ko‘rish odamni tafakkurga chorlaydi.
Bu qo‘shiq — kinoning oxirida butun boshli voqealarga xulosa bo‘ladi. Mening hozirgi holatimga juda ham mos:
“Let me go, I don’t wanna be your hero…”
Men ham qahramon bo‘lishni istamayman. Kimlarningdir ro‘parasida o‘zimni oqlashni emas, shunchaki o‘z yo‘limda yurishni istayman.
#asosiy_mesidj
“I do not wanna be a part of your parade…”
Har bir tugash – yangi muqaddima!
@v_turakulov_stories

June 19, 14:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kofe ichuvchilar yaxshi biladi:
Sovutilgan kofe va sovib qolgan kofe o‘rtasidagi farq bu ta’mda!
Birinchisi — tanlovning natijasi,
Ikkinchisi — e’tiborsizlikning...
Munosabatlarda ham shu:
E’tiborsizlik munosabatlar "ta'mi"ni o‘zgartiradi.
Munosabatlardagi sovuqlik bu his etilmagan issiqlikning soyasi.
@v_turakulov_stories

June 18, 06:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qiziq paradoks.
Narsalarni bilsangiz, hayot yengillashadi.
Hayotni o‘zini bilsangiz, u qiyinlashadi.
Narsalarni bilish egalikka undaydi,
Hayotni bilish esa kecha olishga o‘rgatadi.
Birinchisi sizni oldinga,
Ikkinchisi esa ortga chorlaydi.
Birinchisi qismning,
Ikkinchisi butunning ilmi.
...savolning,
...javobning ilmi.
...aqlning,
...qalbning ilmi.
...umidning,
...o‘tmishning ilmi.
...yo‘lning,
...izning ilmi.
...ibtidoning,
...intihoning ilmi.
...borliqning,
...bo‘shliqning ilmi.
@v_turakulov_stories

May 27, 13:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qiziq narsa o'qib qoldim
Urug'ning go'yo ikki dushmani bor:
pastga tortib turuvchi gravitatsiya, yondan siqib turuvchi bosim.
Aslida esa bu ikkisisiz urug' o'sib chiqmaydi:
Gravitatsiyaga qarshi yurish orqali nihol
nurga
, bosimni yengib o'tish orqali nihol
kuchga
to'ladi.
Qarshiliklar yo'nalishimizni belgilab beradi, bosim esa kuchli qiladi.
Axir ko‘rmaysanmi:
Choy issiqda,
Oltin alovda,
Po‘lat bolg‘ada,
Yog‘och arrada,
Tuproq shudgorda,
Gilam xipchinda,
Inson sinovda toblanadi.
@v_turakulov_stories

May 08, 07:50
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Omadga erishish sharti, unga tayyor bo’lish