
WikiStipendiya
"WikiStipendiya" loyihasining rasmiy Telegram kanali
Rasmiy bot:
@WikiStipendiya_marafoni_bot
Kimga KITOOOB kerak?
📚
"WikiMarafon"
loyihasi
"1000KITOB"
bilan yaqindan hamkorlikni boshladi. O‘zbek tilining rivojiga hissa qo‘shayotgan ikki loyiha yaqin kunlar ichida yana bir katta yangilikni e’lon qiladi.
📚
Mazkur tashabbusdan asosiy maqsad "1000KITOB" loyihasi doirasida tayyorlangan kitoblarni o‘zbek tilining ravnaqi uchun kurashayotgan yoshlarga yetkazish bo‘lib, unda siz ham ishtirok etishingiz mumkin...
✔️
Tez orada batafsil ma’lumot beriladi. Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
🇺🇿
Bugun bizning milliy g‘ururimiz, ona tilimiz —
O‘zbek tili
bayrami! Til bu xalqning ruhi,
tarixining ovozi
va
kelajakka eltuvchi
eng muhim ko‘prikdir.
🖌
O‘zbek tili
bizni birlashtiradigan, yurakdan chiqqan so‘zlar bilan millatimizning o‘zligini ifoda etadigan bebaho merosdir.
Barcha yurtdoshlarimizni bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining
36 yilligi
bilan samimiy muborakbod etamiz.
Hurmat bilan
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi!
#OnaTilimFaxrim
#21Oktabr
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt
#OnaTilim
chellenjida ishtirok eting!
🖌
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni
munosabat bilan
Yoshlar ishlari agentligi
#OnaTilim
chellenjiga start berdi!
Tilimizning boy va betakror so‘zlarini birgalikda qayta kashf etamiz!
Yoshlar orasida kam ishlatiladigan so‘zlarni toping, ularning ma’nosini ayting va 1,5 daqiqagacha bo‘lgan ijodiy videoni tayyorlang.
🔹
Videoni Instagram sahifangizga
#OnaTilim
heshtegi bilan joylashtiring va
Yoshlar ishlari agentligi
ni belgilang.
Eng yaxshi kontent egalari
esdalik sovg‘alar
bilan taqdirlanadi.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt
"The Iron Heel" asari haqida nimalarni bilasiz?
📌
The Iron Heel
— Jek Londonning ilmiy fantastika shaklidagi siyosiy romani bo‘lib, unda
AQSHda sotsialistik ommaviy harakatning ko‘tarilishi
haqida bayon qilinadi.
🔖
O‘zbekcha Vikipediyaga ko‘ra, kitob zamonaviy distopik adabiyotning eng dastlabki namunasi bo‘lib, u keyinchalik
"1984", "Biz", "Ajib yangi dunyo"
kabi asarlarning yaratilishida turtki bo‘lgan.
🚩
Asar haqida batafsil ma’lumotni Vikipediyadagi
maqola
orqali bilib olishingiz, kitobning o‘zini
Asaxiy do‘konlaridan
xarid qilishingiz mumkin.
❗️
Do‘stlar, bizni kuzatishda davom eting, tez orada muhim yangiliklarni e’lon qilamiz!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X
O‘zbekiston yoshlari — tinchlik elchilari!
🇺🇿
🇺🇸
Davlatimiz rahbarining BMT yubiley sessiyasidagi chiqishi va AQShga tashrifi tarixiy voqea bo‘ldi desak adashmaymiz.
Ayniqsa, yurtboshimiz BMT minbarida ilgari surgan
“Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”
tashabbusi —
insoniyatni birlashtiruvchi
,
yoshlar qalbida tinchlik
,
birdamlik
va
barqarorlik
g‘oyalarini mustahkamlovchi ulkan chaqiriqdir.
Endi
O‘zbekiston yoshlari
BMTda nafaqat ishtirokchi, balki tinchlik, vatan sha’nining elchisi, ertangi kunning ovozi sifatida faoliyat yuritadi.
#Mirziyoyev
#BMT
#Yoshlar
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt
📚
Endi kitoblar ulashamiz!
Yoshlar ishlari agentligi, Asaxiy Books
va
“WikiMarafon” loyihasi
hamkorlikda kitobxon yoshlar uchun yangi tanlovni e’lon qiladi.
10–15-oktyabr
kunlari o‘tkaziladigan
“WikiKitob”
tanlovida qatnashib,
kitoblar to‘plamidan birini yutib olish
imkoniga ega bo‘ling!
🎁
Tanlov shartlari juda oddiy.
@WikiTanlov_bot
orqali ro‘yxatdan o‘tasiz va botdagi
test savollariga
javob berasiz.
✔️
Batafsil -
Tanlov nizomi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt
📨
Salom, sadoqatli auditoriya!
Zerikmay oʻtiribsizmi? Ishlar qalay, deganday-a?
📰
Shu desangiz, xushxabar bor. “Bank va ma’rifat” forumi haqida olamshumul shov-shuvlar qulogʻingizga yetib borgandir. Endi loyihani Telegramda kuzatib borishingiz mumkin.
📱
Sahifamizni oʻqib tursangiz, Vikipediyaga maqola qilarlik yangiliklar ulashamiz.
👉
Marhamat,
@bankvamarifat
kanaliga ulanib, izohlarda
“W”
belgisini qoldirsangiz, Vikijamoadan kelganingizni bilib olamiz va bu albatta jamoamizga motivatsiya bo'ladi)
Koʻrishguncha deya,
@bankvamarifat
Shohlar o‘yinidagi sirli yozuv haqida nimalarni bilasiz?
Shaxmat tarixida eng kuchli sportchi
Garri Kasparov shunday
degan edi:
Shaxmat — bu hayotning modeli. Har bir yurish oqibat yoki natijaga ega!
Haqiqatdan ham, shaxmat hayotning bir in’ikosi. Hayotda qilgan barcha amallarimiz yozib olinganidek, donalar teatrida ham hammasi qayd etilishi kerak. Aynan mana shu jarayon ilmiy tilda
shaxmat yozuvi
deb ataladi.
Shaxmat yozuvi ilk bor 1616-yilda nemis gersogi Augustus II ning "Chess or the King‘s Game" asarida taklif etilgan. Keyinchalik Philipp Stamma uni yanada rivojlantiradi. Zamonaviy ko‘rinishdagi yozuv 1784-yilda Germaniyada nashr etilgan kitobda paydo bo‘ladi.
O‘zbekcha Vikipediyadagi
maqolada
bu jarayonning
kelib chiqish tarixidan tortib, dona va kataklarning nomlanishi, qayd etish yo‘riqnomasigacha bo‘lgan batafsil ma’lumotlar
bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X
"Kapitalizm va erkinlik" kitobi haqida sizga nimalar ma’lum?
Amerikalik iqtisodchi
Milton Friedman
tomonidan yozilgan
"Kapitalizm va erkinlik"
("Capitalism and Freedom")
asari dastlab 1962-yilda Chikago universiteti nashriyoti tomonidan chop etilgan.
O‘zbekcha Vikipediyaga ko‘ra, kitob liberal jamiyatdagi iqtisodiy
kapitalizmning
rolini muhokama qiladi. U 1962-yildan buyon o‘n sakkiz tilga tarjima qilingan va yarim milliondan ortiq nusxada sotilgan.
Aytib o‘tish joizki, "Kapitalizm va erkinlik"
Moliyaviy bilimlar loyihasi
doirasida o‘zbek tiliga tarjima qilinayotgan kitoblardan biri bo‘lib, uni tez orada o‘zbek tilida o‘qishingiz mumkin :)
Bizdan uzoqlashmang, Vikipediyamizdagi eng sara ma’lumotlari siz bilan bo‘lishishda davom etamiz!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X
Fin adabiyoti haqida nimalarni bilasiz?
🇫🇮
O‘zbekcha Vikipediyaga ko‘ra, fin tilida yozilgan eng qadimgi matn
Novgoroddan
topilgan
XIII asrga oid
qayin po‘stlog‘idagi noyob maktubdir.
🖋️
Matn kirill yozuvida bitilgan bo‘lib,
Rossiyaning
Olonets mintaqasida so‘zlashilgan fin tilining lahjasini ifodalagan.
Shu tariqa asta-sekin fin adabiyoti vujudga kelib, keyinchalik Finlandiya hududida taraqqiy etgan.
🎯
Endi Siz ham loyiha xodimlari tomonidan kiritilgan o‘zbekcha Vikipediyadagi maqola orqali
fin adabiyoti
haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.
💡
Biz esa Sizga yangi bilimlarni ulashishda davom etamiz!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X