
WikiStipendiya
8-dekabr — O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!
🇺🇿
Bugun yurtimiz hayotida muhim sanalardan biri —
Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun
.
🇺🇿
Asosiy Qomusimiz
mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va kelajagimizni
belgilab beruvchi eng muhim hujjatdir.
🇺🇿
Konstitutsiya jamiyatda tinchlik, barqarorlik va adolatni ta’minlashda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
📌
Ushbu qutlug‘ kunda barcha yurtdoshlarimizni bayram bilan samimiy muborakbod etamiz!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X
4-dekabr — Xalqaro banklar kuni!
🏦
Bu sana
bank tizimining jahon iqtisodiy barqarorligi hamda moliyaviy holatini yaxshilashdagi ahamiyatini oshirish
maqsadiga belgilangan.
✍️
Vikipediyaga ko‘ra, mazkur sana
2019-yil 9-dekabrda BMT Bosh assambleyasi
tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyada ko‘rsatib o‘tilgan.
📌
Bugun BMTga a’zo davlatlarning turli tashkilotlarida banklarning barqaror rivojlanishni ta’minlashga doir tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X
1-dekabr — Qaraqalpaq tili kúni
🕊
1989-jıl 1-dekabr — Qaraqalpaqstan tariyxında altın háripler menen jazılǵan sánelerdiń biri. Áyne usı kún
Qaraqalpaq tiline til biyligi
berilgen edi.
✍️
Qádirli tuwısqan qaraqalpaq xalqımız, Sizlerdi Qaraqalpaq tiliniń mámleketlik til biyligine iye bolǵanlıǵına 36 jıl tolıwı múnásibeti menen shın júrekten qutlıqlaymız!
📌
Tillerimiz, mádeniyatımız hám doslıǵımız máńgilik bolsın. Birgelikte rawajlanıp, bir-birimizdi qádirleyik.
Eki xalıqtıń awızbirshiligine kóz tiymesin!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X
🔔
Eshitdingizmi? Javohir Sindarov Jahon kubogi chempioni bo‘ldi!
⚡️
O‘zbekistonlik shaxmatchi
Javohir Sindarov
Jahon kubogi finalida raqibini mag‘lub etib, chempion bo‘ldi. Musobaqa g‘olibi bo‘lgan 19 yoshli Sindarov turnir tarixidagi eng yosh chempion bo‘ldi.
🌐
O‘zbekcha Vikipediyaga ko‘ra,
u 26-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan musobaqaning dastlabki o‘yinlarida raqibi bilan teng natijani qayd etgan, tay-breyk bahsida esa peshqadamlikni qo‘lga olib, g‘alabaga erishgan.
✨
Zabt etilgan yana bir marra muborak, Chempion!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X
Meksika adabiyoti haqida nimalarni bilasiz?
🇲🇽
Meksika badiiyati
— ispan tilidagi eng sermahsul va ta’sirli adabiyotlardan biri bo‘lib, u dunyo reytingida Ispaniya va Argentina adabiyotlari bilan bir qatorda turadi.
✍️
Mashhur shoir va yozuvchilar —
Oktavio Paz
, Alfonso Reyes, Karlos Fuentes, Sergio Pitol, Josye Emilio Pacheko
kabi ijodkorlar Meksika adabiyotining asosiy ustunlaridir.
🏛
Ularning asarlari Meksikaning boy tarixiy tajribasi, madaniy xilma-xilligi va ijtimoiy o‘zgarishlarini chuqur ifoda etib, jahon adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan.
📌
Meksika adabiyotiga doir bundan-da qiziq ma’lumotlarni o‘zbekcha Vikipediyadagi
maqola
orqali bilib olishingiz mumkin.
Zavqli mutolaa tilaymiz!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X
Bir Vatan, bir el, bir bayroq!
🇺🇿
Bugun,
18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i
qabul qilingan kun.
🎉
Sana munosabati bilan hamyurtlarimizni qutlab qolamiz. Bayrog‘imiz hamisha osmonimiz uzra hilpirab tursin!
📌
O‘zbekcha Vikipediyadagi
"O‘zbekiston bayrog‘i"
nomli maqola orqali uning tarixi, tarif-u tasnifi bilan yaqindan tanishib chiqishingiz mumkin :)
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X
Dominion binosi haqida eshitganmisiz?
🏛
Tarix o‘zi yaratgan asarlarining poyida halok bo‘lgan ijodkorlarning o‘limiga ko‘p bora guvoh bo‘lgan. Shulardan biri me’mor John Helyer bo‘lib, u o‘zi loyihalashtirgan bino —
Dominion zinasidan yiqilib, vafot etgan.
Dominion
— Kanadaning Vankuver shahrida joylashgan tijoriy obyekt bo‘lib, u shahardagi birinchi po‘lat karkasli osmono‘par inshoot hisoblanadi. 13 qavatdan iborat bino 1906-1910-yillar oralig‘ida qurilgan, umumiy balandligi 44,8 metr.
📽
Mashhur binoni ko‘plab filmlarda uchratish mumkin. Masalan, 2012-yilda efirga uzatilgan "Alcatraz" teleserialida, 2023-yilda suratga olingan "Ona" kinosida, shuningdek, "The Never Ending Story" filmidagi kadrlarda muhrlangan.
📌
Binoga doir bundan-da qiziq ma’lumotlarni o‘zbekcha Vikipediyadagi
maqola
orqali bilib borishingiz mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting, eng sara ma’lumotlarni ulashib boramiz...
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X
#IQtisodiy_gʻazallar
“Kal” gʻazal
Xalqimizning “Soqqani saqla!” degan naqli bor.
Pullarini “kal” qilib qo‘ysa kimki — aqli bor!
Holbuki, ummon orti yurtida bir keksa chol
Sochi malla telpag-u tuturiqsiz jahli bor.
Bir be’mani gap bilan o‘ynatadi “kal”ni ham
Muvozanatdan chiqar boymi, yupun — ahli bor.
Do‘ppini boshdan olib o‘ylasa, Amriqoning
Puli chiqsa-yu tushsa, bizga nima daxli bor?
Soqqani saqlamoqning tilloga teng xillari,
Sarmoyali yo‘llari eslanishga haqli, bor.
“Kal”-ku kam, bori bog‘liq “malla”siga, o‘rtog‘im...
G‘azal bitdi, Mo‘ysafid, tur, uyingga vaqtli bor.
©️
Mulla Jiring
@bankvamarifat
💫
Diqqat, diqqat!
Qadrdon vikimediachilar!
„Vikipediya Osiyo oyligi — 2025“
uchun tashkil qilinadigan oflayn uchrashuvimizga marhamat!
⁉️
Uchrashuvda sizni nimalar kutishi bilan qiziqyapsizmi?
— Do‘stona va iliq davra
👫
— Vikipediyada hisob ochish, yangi maqola yaratish va tahrir qilishni o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun mahorat darsi
💡
— VikiOmborga rasmlar yuklash bo‘yicha ko‘rsatmalar
🔗
— Tajribali vikimediachilar uchun esa qadrdon do‘stlar davrasida birgalikda Osiyo mavzusiga oid maqola yaratish hamda shirin diydor
🙃
💻
— Bir-biridan ajoyib sovg‘alar
— Va albatta zangori kuz faslida
kofe va shirinliklar
☕️
🍮
🍪
‼️
Workshop uchun kelayotganda, iltimos,
LAPTOP
ingizni unutmang!
📅
Oflayn uchrashuv vaqti: 15-noyabr 12:40 da.
🔍
Manzil: Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi universiteti. Hamid Olimjon metrobekati yaqinida.
🌝
Uchrashuvga kelmoqchi bo‘lsangiz va bu bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa
@Kamola_Abduganieva
@wikipedianka
ga tortinmasdan murojaat qilishingiz mumkin!
Telegram
|
Instagram
|
Threads
|
Facebook
🧠
Kriptofaziya —
egizaklarning sirli tili
🔍
Ayrim
egizaklar
bolalik paytida faqat o‘zlariga tushunarli "
maxfiy til"da gaplashadi.
Bu hodisa
kriptofaziya
deb atalib,
yunoncha "yashirin nutq"
ma’nosini bildiradi. Unda nafaqat so‘zlar, balki
mimika, imo-ishoralar va ohang
ham muloqot vositasi bo‘ladi.
🌿
1960-yilda
fransuz psixologi
René Zazzo
bu atamani ilk bor ilmiy adabiyotga kiritgan. Avvallari egizaklar yoshi kattalar bilan
kam muloqot qilgani sababli
o‘z "tili"ni shakllantiradi, degan qarashlar mavjud edi. Ammo hozirgi tadqiqotchilar kriptofaziyani
nutq rivojlanishi jarayonidagi xatolar natijasi
deya izohlashadi.
🗣️
Kriptofaziya tufayli egizaklarda nutq rivojlanishi o'rtacha
6 oyga
kechikishi,
talaffuz
va tovush chiqarishdagi qiyinchiliklar
ham kuzatiladi.
📚
To‘liq ma’lumotni
maqola
orqali bilib olishingiz mumkin.
Inson tili va tafakkurining sirlarini kashf etish sizni hayratda qoldiradi!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X