
WikiStipendiya
O‘zbekcha Vikipediyada bayram!
😇
Tilimizning nufuzini ko‘tarayotgan “
WikiMarafon
” loyihasi sabab o‘zbekcha Vikipediyada maqolalar soni
350 mingdan
oshdi. Tahrirlar soni
6.2 milliondan
ortgan, Vikipediyamizda bir yillik ko‘rishlar soni esa
300 millionni
tashkil qilyapti.
🌎
O‘zbekcha Vikipediya
turkiy tillar oilasida
3-o‘rinni
, Markaziy Osiyo Vikipediyalari orasida esa birinchilikda turibdi. Loyiha davom etar ekan,
o‘zbek tilining jahon ijtimoiy tarmog‘idagi o‘rni
mustahkamlanib boraveradi!
#tilimiz_uchun
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt
Eshitdingizmi? "WikiKitob II" tanlovi boshlanibdi!
📚
Eh, qanday ajoyib: sizning shaxsiy kutubxonangizda hech kimda yo‘q kitoblar bo‘lsa. Bir emas, roppa-rosa
10 ta kitob.
Yaqinroq keling, bu imkoniyat endi sizda ham bor!
📚
"WikiKitob II"
tanlovida ishtirok etib, 20 nafar g‘olibdan biriga aylaning hamda
"1000KITOB"
loyihasi doirasida chop etilgan kamyob kitoblarni qo‘lga kiriting.
📚
Barchasi oddiy: hoziroq
@WikiTanlov_bot
orqali ro‘yxatdan o‘ting va bu haqida do‘stlaringizga xabar bering. Qabul 26-aprelgacha davom etadi. Shundan so‘ng sizga 40 ta test yuboriladi.
📚
Test savollari
"1000KITOB"
loyihasida chop etilgan kitoblar haqidagi maqolalardan tuzilgan. Mazkur maqolalarni ham tez orada e’lon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!
Batafsil —
WikiKitob II
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X
Oromgohda bizga
hamroh bo‘ling
🔈
Diqqat, bu xabar siz uchun!
Martning so‘nggi haftasida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida "WikiMarafon" loyihasi doirasida
"WikiSfera" oromgohi
bo‘lib o‘tadi.
➡️
Unda siz ham ishtirok eta olasiz!
Buning uchun 16-19-mart kunlari oralig‘ida
@WikiTanlov_bot
orqali ro‘yxatdan o‘tib, u yerda beriladigan savollarga javob yo‘llashingiz kerak.
➡️
Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:
— Shaxsiy noutbukka ega bo‘lish;
— O‘zbekcha Vikipediyaga maqola kiritish va tahrirlash ishtiyoqida bo‘lish;
— Va albatta, yaxshi kayfiyat ;)
➡️
Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
— Tog‘ bag‘rida olti kunlik dam;
— Yangi bilim va ko‘nikmalar;
— Sertifikat hamda esdalik sovg‘alari;
— Qimmatbaho tuhfalar va turli mukofotlar...
⛰
Eh do‘stim, yur tog‘larga chiqaylik, mayli yur!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X
Valar Morghulis? Valar Dohaeris!
🏕️
Tasavvur qiling:
tog‘ bag‘rida tun, soy bo‘yida sokin shovqin, gulxan alangasi
atrofida yig‘ilgan do‘stlar. Va shu manzara ichida
"Taxtlar o‘yini"
serialining epik kayfiyati.
⚔️
Agar rostini aytsam, men bunday imkoniyatni aslo qo‘ldan chiqarmas edim. Oromgoh
qachon o‘tkazilishi va ishtirokchilar qanday saralanishi
haqida
tez orada ma’lum qilamiz.
🐉
Shu sabab faollikni oshirib, bizning sahifalarimizni
diqqat bilan kuzatib borishingizni
tavsiya qilamiz ;)
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X
👀
Test javoblarini qayerdan topsa bo‘ladi?
Tanlovda beriladigan
40 ta test savoli
o‘zbekcha VIkipediyadagi
korrupsiyaga qarshi kurashishga doir maqolalar
asosida tuzilgan.
✅
Sizga qulay bo‘lishi uchun mazkur maqolalarni loyihamizning
WikiMarafon.uz
saytida bir yerga
yig‘ib chiqdik.
Havola orqali maqolalarni o‘qib, bilimlaringizni mustahkamlashingiz mumkin.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X
⚡️
CEFR yoki Milliy sertifikat imtihonini bepul topshirish imkoniyati!
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda xorijiy tillarni o‘rganishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida
11–21-fevral
kunlari
“WikiAntiKorrupsiya”
onlayn tanlovi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirok etish shartlari juda oddiy
.
@WikiTanlov_bot
orqali ro‘yxatdan o‘tasiz, do‘stlaringizni taklif qilasiz va Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi
40 ta test savoliga
javob berasiz.
🤩
Tanlov yakunida
eng yuqori natija
ko‘rsatgan
30 nafar g‘olibning
Milliy sertifikat yoki CEFR imtihonida ishtirok etish xarajatlari qoplab beriladi.
Tashkilotchilar:
Yevropa Ittifoqi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Yoshlar ishlari agentligi.
Bilimingizni sinang va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt
Milliy sertifikat imtihonini tekinga topshiring!
🎉
Yevropa Ittifoqi,
Korrupsiyaga qarshi kurashish
hamda
Yoshlar ishlari agentliklari
hamkorligida yangi loyiha —
"WikiAntiKorrupsiya"
tanlovini e’lon qiladi.
🎁
Siz ham loyihada ishtirok etib,
Milliy sertifikat yoki CEFR imtihonini bepul topshirish imkonini beruvchi
30 ta vaucherdan
biriga ega chiqishingiz mumkin.
✅
Tanlov test shaklida bo‘lib, uning qachon, qanday tartibda bo‘lishi tez orada e’lon qilinadi.
Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun, sahifalarimizni kuzatib boring!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X
#viki_uchrashuv
#workshop
🤍
Vikipediya 25 yoshda
!
🎉
✨
Bu bayramni biz bilan birga nishonlashni istaysizmi?
⚡️
Xabaringiz bor bu yil Vikipediyaning tashkil topganiga 25 yil to‘ldi! 2001-yil 15-yanvar kuni butun dunyo bo‘yicha eng katta va eng ko‘p ma'lumotlar manbai hisoblangan, ko‘p tilli, ochiq, onlayn ensiklopediya - Vikipediya tashkil topdi.
❄️
Vikipediyaning chorak asrlik yubileyini biz bilan nishonlashni xohlasangiz
14-fevral kuni soat 10:00 da
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida sizni kutib qolamiz!
Uchrashuvda sizni nimalar kutishi bilan qiziqyapsizmi?
💻
Vikipediyaning yubiley yoshi uchun kichik workshop
😉
Do‘stlar davrasi va iliq muhit
🎁
Ajoyib sovg‘alar
🪄
Bir-biridan qiziqarli o‘yinlar
☕️
Kofe break
🎂
Vikipediyaning 25 yilligiga bag‘ishlangan tort
😋
✔️
Kelishni xohlovchilar
@Autumn_is_art
yoki
@wikipedianka
ga bog‘lanib ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Bizda bugun bayram...
🎉
"WikiMarafon" loyihasi doirasida o‘tkazilgan
"WikiIELTS"
tanlovida g‘olib bo‘lgan ikki ishtirokchimiz
IELTS imtihonini tekinga topshirib, yuqori natijalarni egalladi.
🎁
Mustafo Abdumalikov
hamda
Sarvinoz Jamoatovalar
ingliz tilini bilish darajasini belgilab beruvchi IELTS imtihonidan
umumiy 7,0 ball bilan C1 darajani
qayd etdi.
🎈
Albatta, bu boshlanishi. Hali oldinda bizni ko‘plab katta yangiliklar kutyapti...
Bizni diqqat bilan kuzatib boring (ayniqsa, bugun)!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X
Aziz va qadrli yurtdoshlar!
🎉
"WikiMarafon" loyihasi jamoasi nomidan
sizlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy muborakbod etamiz!
🎈
Yangi yil
qalblaringizga iliqlik, xonadonlaringizga fayz-baraka, hayotingizga esa yangi ilhom va quvonch
olib kelsin.
🎁
O‘zbek tilidagi bilimlar xazinasi yanada boyib, Vikipediyamizdagi sahifalar orqali
odamlarning zakovati va ma’rifati
yanada oshsin.
🫰
Bilim ulashayotgan, bir satr bo‘lsa-da foydali ma’lumot qoldirayotgan har bir yurtdoshimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
🎄
Keling, yangi yilda ham birgalikda bilim nurini yoyib, kelajak avlod uchun mustahkam ma’rifat poydevorini barpo etaylik.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X