
To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)
Ushbu kanalda oʻzbek tilida koʻpchilik yoʻl qoʻyadigan turli xatoliklar va ularni bartaraf qilish haqida soʻz boradi.
Ma’muriyat: VAQTINCHA O‘CHIQ
Reklama:
@nuqtavergul
Kanal faoliyatini moddiy qoʻllab-quvvatlash:
t.me/xatoliklar_lotin/507
Chala o‘zbekcha, chala ruscha gapirish va yozishga odatlangan o‘zbegim-ey...
Oптом
❌
Ulgurji savdo
✅
Aлвастр
❌
Alebastr
✅
Mытый песок
❌
Yuvilgan qum
✅
*Rasm obunachilarimizdan
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
Haqqoniy reklama
Rasmda xato yo‘q. Bunaqa treyding ilovalarini yuklab olgandan keyin odam bor pulini ham yo‘qotib, o‘lib ketishi hech gap emas.
*Rasm obunachilarimizdan
.
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
“O‘qing, faqat yig‘lamang” degan gap bo‘lardi avval. Endi “ko‘ring, faqat o‘qimang” deydigan holatlar bo‘lyapti.
*Rasm obunachilarimizdan
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
Adash, dedim, adashdim
Ikki shoir, ikki adash, ikki Tursunboy doʻstlarimga bagʻishlangan hazil ruboiy:
Tursunboyga dedi Tursunboy: Adash,
Shartmi ikkimizni Tursunboy atash?
Sheʼrxon adashmasin, boʻlaylik endi
Sen Tursun Ali, men — Tursunboy Adash.
Bu soʻzlar faqatgina ikki shoirga emas,
adash
, deya adashuvchilarga ham hazildir. Nega ismi bir odamlarni
adash
deydilar, deb savol bersangiz, koʻpincha, ularni bir-birlari bilan adashtirganlari uchun, degan javobni olasiz.
Adash
soʻzining asli
otdosh
ekanini birov bilsa, birov bilmaydi.
Erkin Vohidov, “Soʻz latofati” kitobidan.
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
Hazil ortida haqiqat
Bu sun’iy idrokning yangi talqini PhD (fan doktori) darajasida fikrlay olishi haqida aytilyapti.
Menimcha, bir necha tomli lug‘at va ensiklopediyalarning davri o‘tdi. Sun’iy idrok davri boshlandi. Endi undan foydalanishni biladiganlarga talab ortadi.
Siz undan qanchalik foydalana olyapsiz? Sizga kerakli natija chiqarib berishi uchun to‘g‘ri промт (vazifa) kirita olyapsizmi?
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
— Ruscha qilaylikmi?
— ...
— Yoki o‘zbekchami?
— ...
— Inglizcha qilaqolaylik.
— Boshimni og‘ritmanglar! Nima bo‘lgandayam, kabobam kuymasin, sixam kuymasin! Hozir shoshilinch Zoom mitingim bor.
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
Bu soʻzda ham koʻpchilik adashar ekan. Google orqali “qurulish” soʻzini qidiruvga bersangiz, lotin alifbosida 58 000 ta natija chiqadi.
Qurulish
❌
Qurilish
✅
*Rasm obunachimizdan
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
Bunyodkor ko‘chasida yangi qurilgan joylardagi holat ekan. Bir og‘iz so‘ramaysanmi mendan... deydigan odam yo‘q.
Yosh bolalik
❌
Yosh bolali
✅
Ayyolar
❌
Ayollar
✅
Gapda yana qanday xato bor, izohlarda yozib qoldiring.
*Rasm obunachilarimizdan
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin