Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

xatoliklar_lotin
Ushbu kanalda oʻzbek tilida koʻpchilik yoʻl qoʻyadigan turli xatoliklar va ularni bartaraf qilish haqida soʻz boradi. Ma’muriyat: VAQTINCHA O‘CHIQ Reklama: @nuqtavergul Kanal faoliyatini moddiy qoʻllab-quvvatlash: t.me/xatoliklar_lotin/507
Подписчики
2 973
24 часа
—
30 дней
-43
Просмотры
861
ER
28,96%
Посты (30д)
10
Символов в посте
1 146
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЯзыковое обучение
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 21, 09:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 21, 08:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
21 OKTYABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUBORAK!
🎁
Savodxon.uz
obunalariga 50% CHEGIRMA!
O‘zbek tili bayrami munosabati bilan
faqat 21 oktyabr kuni
Savodxon.uz
saytining 30, 90, 180 va 365 kunlik obunalarini
yarim narxda
xarid qilishingiz mumkin!
✍️
Savodxon.uz
nimalarga yordam beradi?
✅
O‘zbek tilidagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatish
✅
Matnlarni lotin va kirill yozuvlariga o‘girish
✅
Tayyor namunalar asosida hujjatlar yaratish
✅
Microsoft Word, Excel va PowerPoint dasturlarida imloni tekshirish
💻
Hujjatlar, maqolalar va ish yozishmalarini savodli tayyorlash uchun qulay vosita.
⏳
Chegirma faqat bugun — 21 oktyabrda amal qiladi!
🔗
https://savodxon.uz
🇺🇿
Ona tilimizni qadrlaylik, savodli yozaylik
!

October 21, 07:55

Yangi alifbo — yangi klaviatura
Yangi alifbodagi ş, ç, ö, ğ harflarini tez yozish uchun hozir ko‘pchilik telefon yoki kompyuteriga turk tili klaviaturasini o‘rnatib olyapti. Lekin turkcha taxlamda bizga kerak bo‘lmagan boshqa belgilar ham bor, tez yozishda xalaqit beradi.
Har safar kerakli harfni internetdan topib copy-paste qilib o‘tirish esa vaqt va asabni yeydi. Kun bo‘yi matn bilan ishlaydiganlar buni yaxshi tushunadi.
Shu texnik noqulaylikka yechim sifatida bir obunachimiz xolis niyat bilan yangi lotin alifbosiga asoslangan o‘zbekcha klaviatura ishlab chiqibdi va
kiritish.uz
saytiga joylabdi.
Bu sayt orqali qurilmaga aynan o‘zimizning yangi alifboga moslashtirilgan, ortiqcha harflarsiz toza klaviaturani o‘rnatib olish mumkin. Loyiha kodi to‘liq ochiq (open-source) va shaffof bo‘lgani uchun xavfsizlikdan xavotir olmasa ham bo‘ladi.
Bir o‘rnatib, amalda ishlatib ko‘ring. Fikr va xulosalaringizni izohlarda yozib qoldirsangiz, loyiha rivoji uchun foydali bo‘ladi.
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin

October 16, 18:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

ChatGPT sizni kopirayter qilib qoʻymaydi Hozir koʻpchilik ChatGPT'ga ikkita soʻz yozib, undan chiqqan tayyor matnni kopirayting deb oʻylayapti. Yoʻq, bu — shunchaki matn generatsiyasi. Sunʼiy intellekt sizga qoralama matn beradi, lekin sizni kopirayter qilib…

October 16, 17:50

ChatGPT sizni kopirayter qilib qoʻymaydi
Hozir koʻpchilik ChatGPT'ga ikkita soʻz yozib, undan chiqqan tayyor matnni kopirayting deb oʻylayapti. Yoʻq, bu — shunchaki matn generatsiyasi.
Sunʼiy intellekt sizga qoralama matn beradi, lekin sizni kopirayter qilib qoʻymaydi.
Neyrotarmoqqa toʻgʻri vazifa (prompt) berish, undan chiqqan matnni odam tiliga va sof oʻzbekchaga oʻgirish, mantigʻini toʻgʻrilash va matnga brend ovozini (Tone of Voiche) qoʻshish uchun baribir oʻsha klassik baza kerak.
Fundamental bilimi yoʻq odam AI'dan chiqqan chiroyli soʻzlar yigʻindisiga “vau” deb qarsak chalib oʻtiraveradi. 3-4 ta generatsiyadan keyin esa sunʼiy intellekt nega aynan “sunʼiy” deb nomlanishiga amin boʻla boshlaydi.
Koʻpchiligingiz bilasiz, menda kopirayting boʻyicha 12 ta videodarsdan iborat (1 oylik) tayyor kursim bor. Bu kursda sunʼiy intellekt (AI) boʻyicha alohida modul yoʻq. Chunki darslar neyrotarmoqlar ommalashishidan biroz oldin yozib olingan.
Mening kursimda faqat fundamental bilimlar — matn mantigʻi, strukturasi, tahriri va oʻquvchi psixologiyasi oʻrgatiladi.
Nega bu haqda yozyapman?
Bugun obunachilarimizdan biri aynan shu kursni soʻrab, sotib oldi. Darslarni yopiq kanalga joylayapmiz, muhokamalar va vazifalar uchun alohida chat ochiladi. Lekin guruhda bir kishining oʻzi boʻlishi ham unga, ham menga zerikarli. Shu bois oʻzaro fikr almashadigan sogʻlom muhit shakllanishi uchun yangi guruhga yana odam qoʻshishga qaror qildim.
Kurs tarkibida sunʼiy intellekt moduli yoʻqligini hisobga olib, uning avvalgi narxidan (1 mln soʻm) 40% chegirma qilyapman.
▪️
12 ta tayyor videodars (yopiq kanalda).
▪️
Darslarni oʻzingizga qulay vaqtda koʻrasiz, yopiq chatda esa vazifalarni birgalikda tahlil qilamiz.
▪️
Kurs narxi — 600 ming soʻm.
Murojaat uchun:
@nuqtavergul

October 15, 13:44
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Sizning xatolaringizni shu kanalda bepul olib chiqishimni kutmang. Yaxshisi, ularni hech kim ko‘rmasidan oldin to‘g‘rilatib oling.
Birovlarning xatosidan kulib, tanqid qilaverish oson. Lekin o‘sha xatolar dunyo yuzini ko‘rmasidan oldin yo‘q qilish — mening asosiy ishim.
Agar kompaniyangizning matnlari haligacha “mutaxassislar tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan” bo‘lsa, SMMchingiz O‘zbekiston deb yozishda xato qilsa va tijoriy takliflaringizni o‘qigan odamni esnoq bosayotgan bo‘lsa, demak, biz gaplashib olishimiz kerak.
Hozir asosiy loyihalardan biroz nafas rostlab, yana 1-2 ta yangi brendning tilini
davolashga
, xunuk matnlarini
plastik operatsiya
qilishga va B2B lokalizatsiya (transkreatsiya) ishlarini olishga tayyormiz.
Soddaroq aytsak, bizda:
• kopirayting
• tarjima
• tahrir
• tasʼhih xizmatlari.
Matnlarni odam tilida gapirtirish uchun aloqaga chiqaverasiz:
@nuqtavergul
*Rasm obunachilarimizdan
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin

October 09, 12:09

Uch alifboli davr: bizni nima kutyapti?
Xabaringiz bor, Senat yangi lotin alifbosini
ma’qulladi
va tez orada u rasman joriy etiladi.
Tan olish kerak, oldinda bizni biroz qiziq va o‘tish davriga xos chalkashroq jarayon kutyapti. Chunki endi amalda birdaniga uchta alifbo yashay boshlaydi:
• katta avlod o‘rgangan
kirill
,
• 30 yil amalda bo‘lgan
eski lotin
,
• joriy qilinadigan
yangi lotin
alifbosi.
Boshida ko‘nikkuncha ko‘zlarimiz biroz qiynaladi, ko‘cha-ko‘ydagi xato yozuvlardan kulgili holatlar ham ko‘payadi. Lekin bu o‘zgarishning ijobiy tomonlari bor.
Birinchidan, matnlarimiz nihoyat o‘sha vizual xunuk apostroflardan, har doim texnik muammo chiqaradigan
o‘
va
g‘
lardan,
sh
va
ch
qo‘sh harflaridan qutuladi. Yozuvimiz ixcham va vizual toza shaklga kiradi. Dizayner va muharrirlarning eng katta bosh og‘rig‘i yo‘qoladi.
Ikkinchidan, alifbo bilan birga yangi imlo qoidalari ham tasdiqlanadi. Demak, shu paytgacha tilshunoslikda bahsli bo‘lib kelgan va mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan eski qoidalardan voz kechish uchun tarixiy imkoniyat tug‘ildi.
Eng qizig‘i — oldinda bizni umummilliy chalkashishlar mavsumi kutyapti, ya’ni hammamiz vaqtincha 1-sinf o‘quvchisiga aylanamiz. Barmoqlarimiz klaviaturada beixtiyor eski harflarga ketib qolaveradi. O‘rganib qolgan oddiy so‘zlarimiz ham yangi harflarda ko‘zimizga biroz g‘alati (xuddi turkcha yoki ozarbayjonchaga o‘xshab) ko‘rinadi.
Lekin buning yaxshi tomoni ham bor: odamlar yozishga ko‘proq e’tibor bera boshlaydi, savodli yozish esa yanada qadrlanadi. Yangi alifbo va qoidalarga hamma birdek moslasha olmagan bir paytda matnni bexato yoza olish brendlar va mutaxassislarni boshqalardan ajratib turadi. Savodxonlik ishonch va professionallik belgisiga aylanadi.
Biz esa bu jarayonda siz bilan birga bo‘lamiz — chalkashliklardan birga chiqamiz, yangi qoidalarni o‘rganamiz va, albatta, o‘rgatib boramiz. Qiziqarli xatoliklarni birgalikda tahlil qilishda davom etamiz.
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin

October 06, 10:26
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

❌
Tashrif buyurdik
Blogerlar, muxbirlar va baʼzan oʻzimiz ham qayergadir borganimizni gapirayotganda
“Bugun falon joyga tashrif buyurdik”
deyishni yaxshi koʻramiz. Goʻyoki shunday desak, gapimiz madaniyatliroq va salmoqliroq eshitiladigandek.
Arabcha
tashrif
soʻzining oʻzagi —
sharaf
. Tashrif buyurish — qadam ranjida qilish, oʻzining ulugʻ qadami bilan biror joyni sharaflantirish degani. Bu soʻz hurmatga sazovor, martabali insonlarga nisbatan ishlatiladi. Odam oʻziga nisbatan
tashrif buyurdim
deyishi esa mohiyatan kamtarlikka zid holatdir, chunki lugʻaviy maʼnoda oʻzini ulugʻlash bilan barobar boʻladi.
Yaponlarda zoʻr til madaniyati bor: ularda boshqalarni ulugʻlab gapirish uchun alohida (尊敬語), oʻzini kamtar tutib gapirish uchun (謙譲語) mutlaqo boshqa soʻzlar va feʼl shakllari ishlatiladi.
Aslida, oʻzbek tilida ham bu madaniyat asrlar davomida shakllangan. Tilshunoslikda bu
hurmat
va
tavoze
kategoriyalari doirasida oʻrganiladi. Bizda oʻzgalarga hurmat koʻrsatiladi, oʻzimizga (soʻzlovchiga) kelganda esa tavoze (kamtarlik) saqlanadi.
Xalqimiz orasida oʻziga nisbatan
kaminai kamtarin
,
fikri ojizimizcha
,
ojiz bandamiz
kabi iboralar ishlatilishi bejiz emas. Uyidagi taomini
qora qozonimiz
, bergan sovgʻasini
arzimas boʻlsayam qabul qilasiz
deyish ham ayni shu tavozedan darak beradi. Bu — tilimizning goʻzal xususiyati. Shunday ekan, oʻzimizning oddiy qadamimizni ulugʻlab, “tashrif”ga aylantirmaylik.
Nima deyish mumkin?
Boshqalar haqida (hurmat maʼnosida):
— Mehmonlar tashrif buyurdi.
— Ustoz qadam ranjida qildilar.
Oʻzimiz haqimizda:
— Doʻkonga bordik.
— Markazga keldim / kirdim.
— Ushbu maskanda boʻldik...
Siz tavoze bilan aytilgan yana qanday iboralarni bilasiz?
@xatoliklar

October 06, 07:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

❌
Savob ishga qoʻl urdi
DOMO kommunal ilovasi xayriya haqida post chiqarib, shu qiziq jumladan foydalanibdi:
...savob ishga qoʻl urdi.
Jumlani oʻqigan odamda beyixtiyor odamlar xayriya emas, qandaydir ommaviy jinoyat sodir etgandek taassurot uygʻonadi.
Oʻzbek tilida
qoʻl urmoq
feʼli kuchli salbiy boʻyoqqa (konnotatsiyaga) ega. Odatda
jinoyatga
,
oʻgʻrilikka
,
xiyonatga
yoki
xatoga
qoʻl uriladi. Savob ishga, xayriyaga yoki ezgu loyihalarga qoʻl urilmaydi, balki bel bogʻlanadi, hissa qoʻshiladi yoki kirishiladi.
Xayriya — juda ezgu tashabbus, uning sababchilari va himmat egalariga rahmat, albatta. Lekin shunday chiroyli ishlar chiroyli (va toʻgʻri) soʻzlar bilan ifodalansa, nur ustiga nur boʻladi.
Nima deyish mumkin?
— Savobli ishga bosh qoʻshdi.
— Xayrli ishga oʻz hissasini qoʻshdi.
— Savob ishda tashabbus koʻrsatdi.
— Savob ishni amalga oshirdi.
— Xayrli ishda peshqadam boʻldi.
— Ezgulik yoʻlida kamarbasta boʻldi.
Izohli lugʻatda bu iboraning
biror ishga kirishmoq
degan neytral maʼnosi ham misol tariqasida keltirilgani rost. Lekin bugungi jonli tilimizda semantik torayish oqibatida ibora salbiy boʻyoq kasb etib, jamoatchilik ongida koʻproq noxush harakatlar bilan assotsiatsiya qilinadigan boʻlib qolgan.
Siz bu iboraning qanday sinonimlarini bilasiz?
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin

October 02, 13:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

❌
Sadaqa raddi baloni qaytarar
Shu jumlani juda ko‘p eshitamiz. Odatda duolarda chiroyli va ta’sirli eshitiladi. Lekin bu yerda qo‘pol uslubiy va mantiqiy xato — pleonazm bor.
Arabcha radd (رد) so‘zining o‘zi qaytarish, daf qilish degani. Demak,
raddi balo
baloni qaytarish bo‘ladi.
“Sadaqa raddi baloni qaytarar” deganda biz “sadaqa baloni qaytarishni qaytarar” deyayotgan bo‘lamiz, ya’ni sadaqa baloga sabab bo‘ladi degan ma’no hosil bo‘ladi.
Bu — xuddi nutqimizdagi “qayta takrorlamoq”, “yaxshi fazilat” yoki “yosh go‘dak” degandek tavtologik gap.
Jumlaning ikki xil to‘g‘ri shakli bor:
1. Sadaqa — raddi balo
✅
2. Sadaqa baloni qaytarar
✅
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin