Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Yevropa sarguzashtlari

yevropa_sarguzashtlari

Sayohat
Yevropadagi o'zbek talaba hayoti:
2019-2021: Erasmus Mundus Scholarship European Master in Tourism Management
2021-2023: MA Economics in Vienna
Data analyst
Bog'lanish:
@YS_muloqot_bot

Subscribers
1 430
Post views
1 287
ER
90,07%
Posts
2 499
October 27, 14:34

#thoughts
Salqin tushgach bolalar koʻp shamollayotgani, virusli kasalliklarni yuqtirayotgani haqida gapirilyapti. Bolada shamollash alomatlari paydo boʻlishi bilan million xil dori beradigan onalar ham kam emas.
Monstrcha ham oʻtgan hafta bogʻchadan qandaydir virus yuqtirib kelib, 3-4 kun burun bitishi, yoʻtal kuzatildi. Biz hech qanday dori bermadik. Har doimgidek shamollash paytida suyuqliklarni koʻpaytirdik: qaynatma shoʻrva, limonli asal choy, nonushtaga issiq saryogʻli sut kasha va hokazo. Bugundan yoʻtal kamaydi, ovozi ham tiniqlashgan.
Xullas, virusli kasalliklarni antibiotik bilan davolamang, demoqchiman. Immunitet oʻzi virusni yengishini kuting. Dori bersangiz ham, bermasangiz ham shamollash taxminan 1 haftada tuzaladi. Virusni antibiotik bilan davolayman deb bolaga oddiy antibiotik taʼsir qilmaydigan darajaga chiqib olmang.
Shunda "koronavirus qaytdi, nomaʼlum dahshatli virus bolamni kasal qildi" kabi vahimaga hojat qolmaydi. Salomat boʻling
❤️

October 16, 08:41

#life
Monstrcha:
- Daddy, katta uy (hovli demoqchi) olganimizda, jo'jalar bilan onasi va dadasini olamizmi?
- Mayli, lekin sasib ketadi-da.
Kitob o'qiyotganimizda hayvonlar rasmini ko'rib:
- Ooo, sigir ham olamiz, mommy! Chij-chij sut beradi, - qo'li bilan sog'ishni ko'rsatadi
😆
Yana bedana, quyon, qurt-qumursqalarni ham boqmoqchi. Buncha jonivor sig'ishi uchun tog'-pog'ga ko'chishimiz kerak bo'ladi...
- Yozgi 3 oy ta'tilda qishloqqa borib, sigir olib, keyin avgustda qaytishda sotib kelsak bo'larkan, a? Shunda 3 oy sigir boqib ko'radi, - deyman men.
- Hm, ermakka sigir olish qoludi endi
🙄
, - sigir qancha turishidan ikkalangni ham xabaring yo'q, dedi ichida, menimcha
😆

October 04, 06:57

#mindset
Kuzatishim bo'yicha, navbatga turishda yoshlar tartibliroq ekan. Hamma tartibsizlikni 40-50 yoshdan kattalar qilarkan.
Ayniqsa shifokor qabulida yoshi kattalar umuman navbatni pisand qilmaskan, bez bo'lib kirib ketaveradi
🤦‍♀
Odam gapirishga ham ulgurmay qoladi. Bir narsa desang, o'zingni qarilarni hurmat qilmaydigan betarbiyaga chiqaradi. Yoshroq avlod bilan tartibliroq jamiyatga aylanishimizga umid uyg'ondi.

October 01, 14:06

#kindergarten
Bog'chamiz o'qituvchilar kunida tarbiyachilarga sovg'a berishni taqiqladi. Toshkentdagi bog'cha. Pul yig'ish, "falonchi piston so'mlik sovg'a olibdi"lar bo'lmadi
😌
Bir haftacha oldin menejerga shu mavzuda yozib, Venadagi bog'chamizda 5 yevrodan qimmat turadigan sovg'a berish taqiqlangani, bu pora hisoblanishini aytgandim. Bu yerda ota-onalar odatda nima sovg'a qiladi, umumiy sovg'a bo'ladimi, individual sovg'a berilsa, bolalarga nisbatan ayirmachilik, alohida munosabat shakllanmaydimi, deb so'radim.
Menejer esa ota-onalar sovg'a bermasligini, ma'muriyat o'zi tarbiyachilarni bayram munosabati bilan taqdirlashini aytdi. Va bayramdan oldin guruhda ham sovg'a berish taqiqlanishini yozdi.
Nahotki bizda ham ayirmachiliklarni oldini olish, korrupsiyasiz yashash davri kelgan bo'lsa
🥹

September 25, 03:30

#languages
Bog'chaga borguncha ko'rgan narsalarimizni ruscha va nemischasini aytib ketamiz. Zora tezroq o'rgansa, chunki uyda o'tirib dars qilishga ham, ruscha gapirishimga ham ko'nmayapti.
- Look, чёрний кошка, mommy!
- Чёрная кошка и чёрный кот bo'ladi.
- Nimaga unaqa?
- Qiz mushuklar чёрная кошка, o'g'il bolasi чёрный кот.
- No, I will say чёрний кошка, чёрний кот, чёрний машина!
- Komil, to'g'ri shaklda o'rganishing kerak. Чёрный машина noto'g'ri, чёрная машина, белая машина, красная...
- Nein! I will keep saying чёрный, белый, красный машина! Daddy ham shunaqa aytadi.
- Daddy doesn't speak Russian! (Daddy ruscha gapirmaydi)
- Yes, he does! (Gapiradi)
Tezroq til o'rgatishning yangi va yaroqli usulini topmasam, bu ketishda "Мой чёрний мащина как тибе" bo'ladi gapirishi
😆

September 19, 04:23

#languages
Monstrcha bog'chaga borayotganiga 1 oy bo'lib qoldi. Lekin hozircha rus tilini o'zlashtirishi sust. O'zimcha uyda nemischa gaplashsam, bog'chada ruscha o'rgansa, 4 tilni birdek ushlab qolamiz, deb o'ylayotgandim. Endi o'zim uyda ruscha gapirib o'rgatmasam hali beri o'zlashtiradiganga o'xshamaydi.
Baribir 4-tilni o'rgatish qiyinroq, shekilli. Uyda ruscha gapirsam yoki so'zlarni o'rgatmoqchi bo'lsam, jahli chiqib ketadi: Mommy, bog'chada ruscha o'rganaman, uyda faqat Deutsch, English, Uzbek!
- Unda bog'chada hali beri tushunmaysan nima deyishayotganini..
- Men bor paytim teacher o'zbekcha gapiradi, bolalar ham menga o'zbekcha gapiradi!
Boshida bog'chaga bormay qo'ymasin deb o'qituvchiga o'zbekchaga tarjima qilib turing, degandim. Bog'chadagilar ham buni 3 ta tilda gapirishini bilib "super aqlli bola" maqomiga chiqarib yuborishdi
😐
Endi buni egardan tushirish qiyin bo'ladi.
Bugun o'zbek va ingliz tili esimdan chiqib qoldi, endi faqat nemischa va ruscha gapirishim va tushunishim mumkin, dedim
😆
- Don't worry, I will teach you myself (xavotirlanma, o'zim senga o'rgataman), qara, bu cup, - deydi stoldagi bokalni ko'rsatib. - Repeat (takrorla), a cup!

September 17, 10:44

#languages
Metro yaqinida 2 keksa kishi to'xtatib:
- Dermanxana nerda var? - deb so'radi.
Miyamda turkchada bilgan so'zlarimni eslay boshladim: dorixona-eczane, shifoxona-hastane edi. Darmonxona deb nimani nazarda tutgan bo'lsa?
- Do you need pharmacy or hospital? - dedim ularning qo'lidagi 2 paket meva-cheva, non, qatiqlarga qarab. Balki kasal ko'rgani borayotgandir.
- Ee, ingilizce yok, ingilizce olmaz, - qo'l silkidi biri.
- O'zbekmi bu, o'zbek deyil. Turkce anlamazmi?! Japonmi...Çinmi..
Bu gapidan jahlim chiqib yelkamni uchirdim-da ketdim. Boshqa kishidan darmonxona so'rashdi. Google Tarjimondan darmonxonani izlasam, turkmanchada dorixona degani ekan
😆
Yaponlamaganda oldida ilovani ochib tarjima qilib ko'rardim.

September 15, 12:38

#baby_language
- Bog'chadagi o'rtoqlaringni ismini bilib olyapsanmi?
- Ha, G'olibjon, Imron, Mujaffar..
- Muzaffar? Muhammadali guruhda qoldimi yoki boshqaga o'tdimi?
- Qoldi.
- Is he a good boy or naughty? (Yaxshi bolami yoki sho'xmi?)
- Just perfect like me! (Mendek mukammal)
- Kim aytdi perfectsan deb?
- You told me! I'm perfect, smart, handsome and expensive!! (Sen aytding. Men mukammal, aqlli, chiroyli va qimmatman)
Bir marta ko'chaga yugurmoqchi bo'lganda, "Qo'limdan ushlab yur, you are too expensive to die under a car (mashina tagida o'lishga qimmatlik qilasan)" degandim
😆
Shundan beri "juda qimmat bolaman" deydi.
P.S. Chindan ham haddan ortiq qimmat bola. Bitta tishlarini Turkiyada davolatib kelishni o'ziga qancha ketgan
🥲

September 14, 03:15

#kindergarten
Monstrchaga bog'cha izlaganimda shu Wunderkind bog'chasini ham maqtashgandi. Hozir bir guruhda tarbiyachi uxlamagan bolalarning og'zini skochlab qo'ygani, urgani va bosim qilganini o'qib qoldim:
https://www.instagram.com/p/DOjE6aWAlGE/?igsh=MWh4amllMHJjOHprbQ==
Oyiga 6 million 300 ming to'lab, qo'shimchasiga yana sovg'a/kansellyariya buyumlariga pul berib ham bolangni bog'chada xotirjam qoldirolmaslik dahshat-ey.
Bizni bog'chada hozircha bunday holatlar sodir bo'lmadi-yu, lekin baribir dushanba kuni borganimda qaysi xonalarda kamera borligini aniqlashtirib kelmoqchiman
🥲
Har ehtimolga qarshi oldindan bilgan yaxshi.
Shunaqasiga ham har kuni monstrchani bog'chadan olganda gapni aylantirib so'rab olaman:
o'qituvchi kimgadir baqirdimi, bolalar bir-birini urmaydimi, kimdir urishadimi, uxlamagan bolalarga nima bo'ladi..
."Venada katta guruhga o'tgandan keyin tushlikdan keyin uxlamasdi, agar uxlolmasa, qo'liga qog'oz-qalam beringlar, o'zi chizib o'tiradi. Uxlashga majburlamanglar", deb ogohlantirganmiz bog'chani.
Bolangiz qanchalik zo'r, obro'li bog'cha/maktabga borsa ham hushyor bo'lish kerak. Har kuni undan ehtiyotkorlik bilan darsda nimalar bo'lgani, o'qituvchi qanaqaligi, guruhdagi bolachalar haqida so'rash kerak.

September 13, 08:47

#thoughts
Onalar chatlari va ginekologlar qabulidagi kuzatuvlarim:
Bola ona qornida paydo bo'lishi bilan paket-paket dori yozib berisharkan va shifokorga ishongan ayollar hammasini indamay olib ichsa kerak. Chaqaloq tug'ilishi bilan u bechoraga ichi kelmasa 2 kunligidayoq "svechka" qo'yishdan tortib, sal qorni dam bo'lsa Espumizan-u Bobotiklarni ichirisharkan
🥲
Atopik dermatitda allergiyaga qarshi qichishishni qoldiradigan dorilarni ichirisharkan. Biz esa shu dermatitni 3 yil faqat kremlar va maxsus namlantiruvchi shampunlar ishlatib davolaganmiz. 3 yoshdan keyin o'zi yo'qolib ketadi odatda.
Chaqaloq sovuq yemasin deb issiqda ham shapka-paypoqlar kiydirib, o'rab-chirmab tashlashlari-ku alohida masala.
Bu "dorimaniya"ni kuzatib Ispaniyada monstrcha g'irt spartan sharoitda katta bo'lganini o'ylab qoldim. 2 yoshgacha bitta ham dori ichmagan, ukol ham olmagan, faqat emlash ukollari qilingan.
Qish bo'lsa ham uy ichida shapka kiydirmasdik yoki kiydirganimizda o'zi yechib tashlasa majburlamasdik. 6 oylikdan keyin ichi kelmaganda pediatr kefir yoki shakarsiz yogurt ichirishni tavsiya qilgan. Bir marta ham svechka tiqmaganmiz...
Bolaning qorni damlasa yoki sanchisa, onani parhezga majburlashni yoki meva yegansan deb ayblashlarini endi gapirmay qo'yaqolay (g'irt aksililmiy xurofot bu)
🥲
Bularni kuzatib bolalarga rahmim kelib ketdi.