Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Yevropa sarguzashtlari

yevropa_sarguzashtlari
Sayohat Yevropadagi o'zbek talaba hayoti: 2019-2021: Erasmus Mundus Scholarship European Master in Tourism Management 2021-2023: MA Economics in Vienna Data analyst Bog'lanish: @YS_muloqot_bot
Subscribers
1 268
24 hours
1
30 days
7
Post views
679
ER
53,55%
Posts (30d)
10
Characters in post
1 202
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Books
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
September 10, 18:39

O'zingni bolang-chi? deyishingiz tabiiy. Monstrchaga taxminan 1 yoshdan keyin multfilm qo'yishni boshlaganmiz. 10-20 daqiqaga. Shunda ham miyasi nihoyatda tez telefonga yopishishga odatlandi. Telefonni ko'rsa bo'ldi, "baby shark dududu" deb g'ingshirdi.
Shundan keyin telefonda hech narsa qo'yib bermaydigan bo'ldik va planshet sotib oldik. Telefonga yopishsa, internet yo'q, telefonda multfilm yo'q, deb interneti o'chgan telefonni ko'rsatardik. Multfilmni esa yo noutbuk yoki planshetda kuniga 1 mahal 30-40 daqiqa ko'radigan bo'ldi. Bu paytga kelib 2 yoshdan oshgan edi.
Bolaga oson endorfin manbasini bermasangiz, u sokin, zerikarli narsalardan ham zavqlanishni o'rganadi. Masalan, ertalab multfilm ko'rgan monstrcha kun davomida boshqa ekran tegmasligini bilardi. Shuning uchun o'zi kitob o'qib berishimizni, blokdan nimadir yasashni yoki ko'chada aylanib kelishni so'rardi.
Hozir sal kam 6 yosh. Haligacha o'sha qoida amalda. Telefonda multfilm yo'q. Planshetda esa kuniga 1 mahal, 30-40 daqiqa ko'rish mumkin. Shunda ham kadri tez almashmaydigan, ranglari sokin va sekin gapiradigan multfilmlarni ko'rishiga ruxsat bor. Masxarabozdek yorqin kiyinib, baqirib 4 ta so'zni takrorlab qo'shiq aytadigan narsalarni ko'rishi mumkinmas.
Natija yomonmas. Ekranga o'ta bog'lanib qolmagan. Albatta, indamasak, kun bo'yi ko'radi. Lekin ko'rmaslikni janjalsiz, xotirjam qabul qiladi.

September 10, 18:22

#thoughts
Oxirgi yillarda zrr, zprr tashxisi ko'p qo'yilyapti, bolalar vaksinalar tufayli kech gapiryapti, rivojlanmay qolyapti, degan qarashlarni o'qib qoldim. Emlash mavzusi ochilganiga esimga tushib ketdi. Shunga men ham 5 tanga fikrimni qo'shib ketay.
Birinchidan til kech chiqishi, nutqiy va psixologik ortda qolish kabi (zprr) kasalliklar xalqaro miqyosda rasman kasallik sifatida tan olinmagan. Bu tashxisni asosan sobiq sovet mamlakatlaridagi vrachlar ko'ziga "ne to" ko'ringan bolaga yopishtiraveradi. Shunchaki, tashxislasa-ku mayli, lekin qo'shimcha dori, massaj va yana bir nimalarni yozib beradi. Yo'q kasallikka davo sifatida.
Ikkinchidan, mening fikrimcha, nutq kech rivojlanishi yoki psixologik ortda qolishlarning asosiy sababi ekranlar. Oddiy jamoat joylarida istalgan ota-ona va bolalarni kuzating. Hali 1 yoshga to'lmagan bolaga ham telefonda jinni-ketti, kadrlari nihoyatda tez almashadigan multfilmlarni qo'yib berishadi. Bola esa ota-ona 1-2 soat ovqatlanib, gaplashib bo'lgunicha ekrandan ko'zini uzolmay o'tiraveradi.
Bu nihoyatda xavfli yondashuv. Bog'cha va maktabga chiqib, ekransiz turolmaydigan bolalar ko'pligiga guvoh bo'lyapman. Kadri tez alashuvchi, la-la, ahu-uhu multfilmlar bolaning miya hujayralarini o'ldiradi. Diqqatini jamlash qobiliyati rivojlanmasdan yo'qoladi. Miya sekin, sokin mashg'ulotlardan rohatlanmay qo'yadi.
Tadqiqotlarga ko'ra bolalar nutqni ekrandan o'rganolmaydi, ular tirik odamning yuz mushaklari qimirlashi, og'iz va til harakatlariga qarab talaffuz va gapirishni o'zlashtiradi. Ekran tirik odam bilan muloqotning o'rnini bosolmaydi.
Oxirgi yillarda kambag'al ham, boy ham internet va telefonga ega bo'lishi oqibatida bolalar nima qilyapti? Ona ovqat pishirguncha bola ekranga tikiladi, uy tozalaguncha ekran, transportga chiqsa ekran, restoranga borsa ekran... Ota-ona bola bilan necha soat jonli muloqot qilib, o'ynaydi? Jamlasa, 24 soatdan 2 soat chiqsa ham katta gap.
Shunday bo'lgach, bola qanday gapirsin? Hech kim undan javob kutmayapti-ku, u faqat eshitishni o'rganyapti. Miyachasi 1 yoshga to'lmasidanoq diqqatni jamlash, oddiy, shovqinsiz, lip-lipsiz o'yinlardan zavqlanish qobiliyatini yo'qotgan.
Imkon bo'lsa, bolaga ayniqsa 3 yoshga to'lmaganlariga umuman ekran bermaslik kerak. Faqat jonli muloqot qilish, ish qilayotganda oldiga yog'och o'yinchoqlar yoki qoshiq, katta tovoq-povoqlarni qo'yib, gapirib-gapirib ishlash kerak. Hali gapga tushunmagan paytidanoq kechki payt kitoblar o'qib berib uxlatish kerak. Qo'shiq, she'rlar aytib berish kerak.
Shunda bola gapirishni, javob qaytarishni, emotsiyalarni o'rganadi. Va siz miyasi 4 bet tadqiqot o'qishga chidamaydigan antivakserlarga ergashib, bolam vaksina tufayli gapirmayapti deb yurmaysiz.

September 10, 08:10

Chaqaloqni o'ptirmaslik qiyin, deyishadi. Chunki ko'pchilik bu talabni tushunmay xafa bo'lib oladi: "Voy, men kasalmasman. Nimaga yuqtirarkanman?" Shunday paytda yosh onalar qat'iy bolani o'pmaslik/teginmaslikni talab qilishga tortinadi.
Bola kasal bo'lgandan ko'ra kattalar xafa bo'lgani yaxshi. Farosatingni ishlatmadingmi, xafa bo'laver. Qat'iy, ochiq aytish kerak: Bolani o'pmanglar, viruslaring yuqadi. O'zlaring kasal bo'lmasanglar ham bolani kasal qilishinglar oson. Vrachimiz shunaqa degan.
Shunda ham tushunmasa baqirib tashlang: Boladan qo'lingni tort!
Masalan, bizning uyda bolani ko'tarmoqchi bo'lgan odam qo'lini sovunlab yuvishi kerak. Qo'l yuvganini ko'rmasam, bolani bermayman
😁
Qattiq gapirolmaydigan odamim bo'lsa, "o'zi uyqusi kelib turibdi-da, hozir injiq" deb ushlab turaveraman.

September 10, 07:58

#mindset
Ayrimlar tarmoqlarda shu voqeaga nisbatan "Men vaksinalarning zararini aytgandim-u, vaksina befoyda, faqat zarar" deb yotishibdi. Aksincha, shunaqa ahmoqlarni deb mana shu bolalar hozir nogiron. Shularning emlanmagan bolalari qizamiqqa chalinsa, hali emlash yoshiga yetmaganlarga osonlikcha yuqtiradi. Bolalar aynan vaksina olmagani yoki olishga ulgurmagani uchun shunday oqibatga duchor bo'lgan.
Gazeta
reportaj tayyorlabdi. Ayrim chaqaloqlar 2 oyligida qizamiqqa chalingan ekan. Ya'ni hali emlash yoshiga yetib bormasidan kasal yuqtirgan. Bundan qanday xulosa qilish kerak? Chaqaloq kattaroq bo'lguncha uyga mehmon to'plamaslik, to'y-ma'rakaga olib chopmaslik, uyda yig'in bo'lsa, chaqaloqni alohida xonaga olib kirib o'tirish kerak. Chunki kattalar va boshqa bolalardan istalgan virusni yuqtirishi mumkin.
Ha, bitta ko'raylik, deb yuzidan cho'lpillatib o'pib tashlashadi. So'lagingda qancha virus-mikrob borligini bilasanmi? Bolani hali immuniteti shakllanmagan bo'lsa. Men hozirgacha bolani o'pmanglar deb o'tiraman. Yaqin qarindoshlar o'pmoqchi bo'lsa ham faqat oyoq yoki bilagidan o'pishga ruxsat bor. Yuzidan o'pish taqiqlangan.

September 10, 04:23

Shu keysda aksariyat bolalar 2019-yilda tug'ilgani menda shubha uyg'otdi. Demak, 2020-yil (qizamiqqa qarshi 1 yoshda emlashadi) poliklinikalarda yo vaksina bo'lmagan yoki emlash kechiktirilgan. Aks holda, aynan shu chaqaloqlarning ota-onasi yoppasiga emlashdan bosh tortgan bo'lishi g'alati. Koronavirus karantinlari sabab emlash kechiktirilgan deb o'yladim. Vaksina kelganda esa emlash ko'pchilikning yo esidan chiqqan yoki qo'l siltab qo'ygan.
Ya'ni, bu holatda faqat ota-onalar aybdor bo'lishi ehtimoli kam, menimcha. Lekin ota-ona antivakser bo'lib, o'z qo'li bilan emlashdan bosh tortishini yozib bergan keyslarda jamiyat bunday zararkunandalarga yordam berishi kerakmas. Nega sen bolani emlamay ham bolani, ham atrofdagilarni xavfga qo'yasan-u, keyin bola oldini olish mumkin bo'lgan kasallikdan nogiron bo'lib qolsa, yana davlat/jamiyatdan yordam berishni talab qilarkansan? O'zing pishirgan oshni mazza qilib ich.
Bunday holatlarda faqat bolaga rahmim keladi. Ahmoq oilada tug'ilib qolgani uchun.

September 10, 04:06

#mindset
Sog'liqni saqlash vazirligi oldida bolasi nogiron bo'lib qolgan ota-onalar miting qilishibdi. Aksariyati 2019-yil tug'ilgan va avvalroq qizamiqqa chalingan bolalar ekan.
Bilasizmi qanday qilib bolalarni bunday dahshatli nogironlik va o'limdan asrash mumkin edi? Vaqtida qizamiqqa qarshi emlanganida, hozir bolalar shuncha azob chekmasdi. Bu bolalar esa yo umuman emlanmagan yoki kech emlangan. Hozir ota-onalar juda "o'qimishli" bo'lib ketgan-da, ahmoq antivakser instasamkalarni o'qiydi va shularga ergashadi: voydod, autizm bo'larkan.
Emlash autizmga sabab bo'lishi haqida nechta tadqiqot o'qiding? Tadqiqotlarni o'qimaydi, falonchi qo'shnisi, ammamni ammasini kelinini bolasi va hokazolarni "isbot" qilib keltiradi
🤦‍♀
Birorta bloger Instagramga chiqib bitta uvillasa bo'ldi, ishonib ketaveradi. A bolang o'zi oldindan autist bo'ib tug'ilgandir, autizm genetik kasallik-ku, deydigan odam yo'q.
Xullas, ahmoqlarga ergashmasdan hamma emlashlarni vaqtida oling. Bu farzandingizni oldini olish mumkin bo'lgan kasallikdan asrashning eng oddiy yo'li. Qizamiqdan bola o'lmasligi mumkin, lekin keyinchalik uning oqibatida nervlar shikastlanishi tufayli nogiron bo'lib qolishi va oqibatda erta vafot etishi mumkin.
Bolani emlang. Unga qilgan eng katta yaxshiligingiz shu.

September 06, 06:00

#mindset
Monstrcha 0-sinfga boryapti. O'qituvchisi kerakli o'quv qurollari ro'yxatini yuborgandi, sinfidagi shkafchasida saqlanarkan. Kerak payti bolaning o'zi olib ishlatadi. O'chirg'ichdan tortib, plastilin, daftar, bo'yoqlar, ichi ko'rinadigan penalgacha olib, monstrchaning o'ziga tushuntirdim:
- Qalam-ruchkalarni shunda saqla. Baribir qalam qutisi tez yirtilib ketadi.
Xo'p, dedi. Tushundi. Uch kun maktabga qatnagan monstrcha kecha kechki payt:
- O'zi sizlar manga ruchka olib berdinglarmi?
- Ha, qizil, yashil, ko'k olib berdim-ku. O'zingga ko'rsatgandim.
- Eee, esimdan chiqibdi-da. Mani penalimda man tanimagan ruchkani ko'rib boshqaniki deb o'ylabman. Shunchun bervoribman-da.
- Kimga berding?
- Muhammadsodiqqa.
- Qanday qilib sani penalingdagi narsa birovniki bo'ladi?! U ham indamay olaverdimi?
- Yo'q, "manikimas, manikimas" dedi. Man baribir olasan, saniki shu, deb berdim. Ruchka manikiga o'xshamadi-da.
-
🤦‍♀
Dushanba kuni borib, hamma ruchkangni qaytarib ol. Indamasam, boshqa narsalaringni ham tarqatib kelasan. Boshqa olib bermayman. Shkafingni och-da, hamma yangi narsang bilan tanishib ol!
- Eee, daddy hovlidan boshqa eski ruchka topib berdi lekin. Shuni olib borsam-chi?
Boshqa bolalar yangi ruchkasi-yu poyabzali bilan maqtanadi. Bizniki esa yangisini tanimasa, tarqatib, o'zi eskisini ishlatib yuraveradi
😬

August 14, 02:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

#mindset
Mana, yuqoridagi gapimga isbot. Archa ekib charchamaydigan ovsarlar ekilgan nihollarning 80-90 foizi qurishini ko'rsa ham tegishli xulosa chiqarishga aqli yetmaydi.
Rasmda (rasmga tushmay qolganlari ham) deyarli hamma archa ko'chatlari qurigan yoki qurish arafasida. Ular bilan birga ekilgan boshqa daraxt turlari esa o'zini tutib, ancha o'sib ham qolgan. Qiziq, qanaqa daraxt ekish bo'yicha kim qaror chiqaradi? Oldiga borib, "Chindan jinnimisan yoki ko'zing ko'rmi? Archadan voz kecha qol endi. Baribir ko'karmaydi, ko'ryapsan, undan ko'ra issiqqa chidamli mahalliy daraxtlarni ek" deb kelsangda...

August 14, 02:43
Media unavailable
3
Show in Telegram

#mindset
Chilonzor 10-mavzeda kechasi yovvoyilar daraxt oviga chiqqan, shekilli. Bugun ertalab bolani aylantirib yursam, yangi kesilgan kundaga ko'zim tushdi. Essiz daraxt. Bilmay qolishsin deb tagini ham kavlab olishgan, lekin yovvoyi-da, shu ishni ham oxiriga yetkazolmagan.
Mavzeni boshqa tomonida esa ulkan daraxtlarni kallaklashgan, shu jarayonda pastroqdagi shoxlarini atay sindirishgan ko'rinadi, endi "singan shoxlarni chopish" bahonasida faqat kundasini qoldirib ketishadi.
Qo'ling singurlar, o'zing-ku bitta daraxt ekmaysan. Ekkaning ham iqlimga mos kelmaydigan archa. Nuqul suvni isrof qilib ekib, baribir oxiri quriydigan daraxtni miyasi chirigan ovsardek qayta-qayta ekaverasan
🤦‍♀
Hech yo'q mavjud daraxtlarni tinch qo'y.
Menga bu mavzening quyuq daraxtzorligi yoqadi o'zi. 45 daraja issiqda ham chaqaloqni aylantirishga olib chiqishim, monstrchani 9-mavzedagi bog'chaga olib borguncha umuman issiqqa chiqmasdan faqat soyada yurishim mumkin. A bu yovvoyilar shuni ham ko'p ko'radi, hamma yoqni beton qilsa.

August 12, 06:57

#baby_language
Monstrchaga kitob o'qitsak, o'qiganini tushunmayapti yoki diqqat bilan o'qimasdan faqat bo'g'inlarni aytib chiqqani uchun so'zlarni anglamayapti. O'tgan hafta o'zim o'zbekchasini o'qib, unga inglizchaga tarjima qildirdim. 200% tushunib tashladi, menimcha
😆
Lekin tarjimani ham yondirdi:
- Sho'rimiz quridi, yana bitta bolang yo'q, - debdi tulki.
-
Our salt has dried, one more of your children is nowhere to be seen.
-
😄
Sho'rimiz quridi tuzimiz quridi deganimas. Bolang yo'qolibdi uchun shunchaki "gone" ishlatsang ham bo'ladi.
- Uyimiz kuydi. Oxirgi bolangni ham baqa yeb ketibdi!
-
Our house is on fire (Uyimizga o't tushdi/yonib ketdi)...O'zi uyi qanday yonib ketgan?
- Bo'ldi, tarjima qilishing shartmas. O'zim tushuntiraman
😂