
Yevropa sarguzashtlari
#life
Innovatsiyani qarang: Ipak yuli bank ilovasida istalgan kartani buyurtma qilib, uyga yetkazdirib olish mumkin ekan. Va men bu xizmatdan foydalandim. Innovatsiyami?
Yo'q, innovaysiya qismi endi keladi: yangi yetkazib berilgan Viza kartani bankning o'zining ilovasiga qo'shmoqchi bo'lsam, buni faqat bank filialiga borib amalga oshirish mumkinligini aytyapti
🥲
WTF?! Onlayn buyurtma olib, yetkazib berganingdan nima naf, baribir bankka borib, navbatda turishga majburlasang?!
#mindset
Argumentni qarang: yog'liroq sovg'a berish "o'zimizning obro'miz" ekan
😆
Sovg'a bermasak, uyatli bo'lib qolamiz, shekilli.
#mindset
Monstrchaning ota-onalar chatida o'qituvchiga sovg'a berish poraligini aytib alohida sovg'a berishdan qaytarishga urinyapman
😁
Maktab ma'muriyati ham o'qituvchilarga sovg'a berish taqiqlanadi deydi har bayramda.
Lekin ayrim ota-onalar sovg'ani tayyorlab qo'yibdimish. O'zi bilmagan holda o'qituvchi ayirmachilik qilishni boshlaydi. Yo butun sinfdan 1 ta sovg'a berish kerak yoki hech kim bermasligi kerak. Ota-ona o'zi bolamga yaxshiroq qarasin deb qimmatroq sovg'a berishga urinadi, dedim. Poraxo'rlikka hissa qo'shmanglar, Yevropada jinoiy ish ochib yuborilardi bunday sovg'aga deb yozdim.
"Man uje sovg'ani tayyorlab bo'lganman, hamma qurbi yetgancha o'zi qilsin" deb chimirilayotgan xonimchalar jim bo'lib qolishdi. Menimcha, meni g'iybat qilgani shaxsiyga o'tib ketishdi yoki mendan nafratlanib o'tirishibdi.
Direktorga o'qituvchi shu sovg'alarni olmasligini nazorat qil, deb yozvormoqchiman
😆
Bir tutasa tutasin porachi ota-onalar. Halol yashashga ham o'rganishimiz kerak-ku qachondir.
#life
Mayli, meni farishtadek tasavvur qilib yubormasliklaring uchun:
Xarakterimga chidash osonmas. Qilgim kelmagan ishni qilmayman. Masalan, yuvilmagan idishlar uyulib tursa, men charchagan bo'lsam, birlamchi ehtiyoj idish yuvilishi emas, mening uxlab olishim hisoblanadi. Jonimni qiynab yuvib, keyin dam olishga haqqim bo'ladi, deb hisoblamayman. Baraka, shayton va hokazo irimlar men bilan dam oladi
😆
Boshqa ishlarda ham shunday. Holim/kayfiyatim yo'q payti yoki uy bardak payti kimdir kelmoqchi bo'lsa, o'zimni zo'rlab yig'ishtirib, dasturxon tuzashdan qat'iy bosh tortaman. Menikiga kelma, bugun hech narsa qilolmayman, deyishim mumkin.
Nimadir qilinishini xohlasam, shu narsa qilinmaguncha o'zim ham, atrofdagilar ham siqiladi
😆
U qilmasa, o'zim qilishni boshlayman. Qo'limdan kelsa-kelmasa - ahamiyatsiz.
Ko'chishda ham shunday bo'ldi. Bir marta ko'chaylik, dedim. Hafta o'tib yana aytdim. Ikki hafta o'tib yana aytdim. Oxiri kutishdan bosh tortdim va ko'chdim.
U ham men kabi ko'p narsaga "mayli, whatever" deydi. Tinchlikning badali shu-da
😏
P.S.
Shu sabab Bosch idish yuvish mashinasi oldim. Bir kunda bir mahal idish yuvaman endi.
#life
Tinchlik badali 2
Xullas, 2 ta bola bilan o'zim ko'chdim (U ko'ch demadi, indamay tur, o'zim mavridi kelganda ko'chiraman, dedi. Lekin mavridi noyabrga cho'zilishi ham mumkin-da). Yomon jahlim chiqdi. O'tgan kuni tozalab kelaylik, dedim. Hubbyjon Oyposhga qarab turdi. Men butun kvartirani tozaladim. Yana qolib ketgan mayda-chuydalarni yig'dim. Itdek charchadim. Kech bo'lib ketdi.
- Har kuni ko'chadan ovqat buyurtirish ham bo'lmaydi. Uyda ovqat qil, - dedi.
- Manga ham ko'chani ovqati yoqayotgani yo'q. Lekin qachon ovqat qilishim kerak edi?!
Uyga qaytdik. 4 ta yuvilmagan kosa janobni g'ashiga tegibdi: shuni 2 kundan beri yuvmaysan.
- Qachon yuvishim kerak edi?!
Oyposh 24 soat men bilan. Uxlatib hojatxonaga chiqsam, 1 daqiqaga bormasdan ortimdan arillaydi. Ovqat yemay, suv ichmay shunga qarab o'tiraman.
- O'zi hamma narsani men qilyapman, bilyapsanmi? - deydi.
WTF?! 3-4 yil oldingi men shu joyda ayovsiz baqirib, urushib ketardi. Hozirgi men chuqur nafas oldi-da, gapirmay qo'ydi.
Endi nega hamma narsani o'zim qilyapman deb o'ylaganini tushuntiraman:
Monstrchani maktabga olib borib keladi. Unga ertalab va kechqurun nimadir yediradi. Oshxonani yarim polini va shkafining yarmini artdi. Chunki men kasal edim, shkaf tepa qismini artolmadim. Gilamni changyutkichlab, polning yarmini artganimdan keyin Oyposh yig'lab qoldi va qolganini U artdi. Ertasi kuni tashqari oshxonani tozaladim, dedim. Ha, usta narsalarini yig'ib, polini artgan. Lekin shkaflar turibdi.
Menimcha, bo'ldi. Shu "hamma ish".
Hech narsa qilmaydigan men: narsalarni ko'chirdim. Yeyishga nimadir pishiraman. Uyga kerakli mayda-chuydalarni topib buyurtma qilaman. Bolalarga kiyim-kechak buyurtma qilaman/bozorga tushib kelaman. 24/7 chaqaloqqa qarayman. Idishlarni yuvaman. Kirlarni yuvaman. Bolani qo'limdan olishi bilan nimanidir tozalab, narsa joylashtiraman...
Hozir tilimni tishlamasam shunaqa janjal qilishim mumkin. Mazza qilib urishiladigan janjal o'ziyam
😁
Chunki haqligimni isbotlab berolaman-da. Oldingi men shunday qilardi ham. Lekin hozir urushishga erinaman: mayli, whatever.
Tinchlikning badali shu. Baqirib tashlaging kelganda "mayli, whatever" deya olish. Bunga ancha iroda va shafqat kerak.Lekin eplasa bo'larkan
.
#life
Tinchlik badali
Hovlida ta'mir ishlari, mayda-chuydalar tugamay ketdi. Avgustdan beri u bitsa ko'chamiz, bu bitsa ko'chamiz, deb yurdik. Sentabr birinchi haftasi tugasa ham ko'chmadik. Jahlim chiqa boshladi. Singlim ichi qiziganidan mashinasida kelib 2 marta "ishlatilmaydigan" narsalarni tashib berdi.
Hovli maktabga yaqin. Ota-o'g'il bir kuni ertalab maktabga ketdi. Kunduzi hovlida qolib ishlayman, kechasi kelamiz, dedi. Kech bo'lib ketdi, hovlida qolamiz, deyishdi. 3 kun ketma-ket. Bola maktabga har kuni 1 ta kiyimda qatnayapti. Uyda nimadir yeb ichi ketib qolgan. Men kvartirada Oyposh bilan 3 sutka tomim ketay deyapti. Janobi oliylari ko'chamiz, demaydi.
Qishgacha kutaman, shekilli, deb shartta birlamchi ehtiyoj narsalarni olib o'zim ko'chdim. Singlim tashlab ketdi. Ikki uyga yashash qiyin, nimadirlar qolib ketgan. Qozon yo'q. Hubbyjonni o'zini qolgan narsalarni olib kelishga yuborsam, 4 ta narsa bilan qaytdi.
O'lay agar, shunaqa so'kingim, baqirgim keldi. Qo'lingda chaqalog'ing bormidiki, men olib kelganchalik ham yig'ib kelolmaysan?! Indamadim.
- Ee, u yerda hali ancha narsa bor ekan, yig'ishtirish kerak ekan...
Ertasiga 2 bola bilan borib, o'zim yig'ishtirdim. Monstrcha Oyposhga qarab turdi. Yana singlim olib keldi. U ham har gal ensasi qotadi:
- Labo chaqirib, hamma narsangni ortib kelmoqchi edi-yu, qani labo?
😁
#mindset
"Boysiz" deyishibdi. Men o'zimizni boy hisoblamayman. Qachondan boshlab odam boy hisoblanishini ham bilmayman. Shunchaki, istalgan sharoitga moslashib, nolimay yashaydigan oilamiz, menimcha. Yevropada payti bitta qozon, ikkita kosa bilan bir yilcha yashaganimizni, shisha bilan mantiga xamir yoyganlarim haqida ham yozardim-ku.
Hozir ham deyarli hech narsa o'zgarmagan. Hali ham hammamizda har fasl uchun 4-5 tadan futbolka va 3-4 ta shim, 1 ta kurtka, 2 ta ko'ylak bor, xolos. Oyoq kiyimlar esa har mavsumga bittadan.
Hatto Oyposhxonga ham har oyga 4 tadan kiyim olyapman. Baribir tez kichrayib qolyapti, ko'p olganimni foydasi yo'q.
Avtobusda yuramiz. To'g'rirog'i, ota-o'g'il doim avtobusda, men bilan Oyposhsha taksida
😁
Mashinamiz yo'q. Ayfonlarimiz yo'q. Xiaomi va Samsung A seriyali telefon ishlatamiz.
Ishqilib, hali boylik belgilarimiz yo'q-da. Birkin sumkam, oxirgi ayfon, brend kiyim-kechakka to'lgan garderobim bo'lsa, keyin sekin boy hisoblansak kerak. Hali beri bunaqa zamon kelmaydi, qiziqish yo'q bu narsalarga.
#life
Uyimizga bizdan oldin musichalar oilasi ko'chib kirgan ekan. Tuxum bosib yotgani uchun endi jo'ja ochishini kutyapmiz. Google aytishicha, 14 kunda ocharkan va yana 2 haftada polaponlari ucha boshlarkan.
In oshxonaga qurilgan. Yaxshiyam hali oshxonadan foydalanmayapmiz. Polaponlari bilan uchib ketgunicha eshikni ochiq qoldiramiz. Inini tashqariga ko'chirsak, tuxumini/bolasini tashlab ketarkan.
Tekinxo'r "ijarachi"larimiz o'z ixtiyori bilan uyni bo'shatishini kutyapmiz endi
😏
#life
Bahorda hovlicha olgandik. Eskiroq uy - yoz bo'yi ta'mirladik. Sentabrdan monstrchani hovliga yaqinroq maktabga gaplashib qo'ydik, lekin sentabr kelsa ham remont tugamasa-da
🥲
Hamma pulimni o'zim "ooo" deydigan texnikalarni (muzlatkich, duxovka, idish yuvadigan va kir yuvadigan mashinalar) olishga sarfladim. Hubbyjon hamma pulini remontga sarfladi. Gilam oldik. Konditsioner qo'ydik. Oshxona va koridorga shkaf qildirdik..
Bo'ldi, pul tugadi. Kiyim shkaf, ovqatlanish va ish stollari hali yo'q. Umuman, hali sanoqsiz ro'zg'orga kerakli mayda-chuydalar yo'q (oddiy hammom pardasidan boshlab oshxona anjomlari va boshqa narsalargacha). Lekin maktab boshlandi. Har kuni taksida qatnashga cho'ntak yig'larkan.
3 kun oldin shartta kiyim-kechakni olib ko'chib keldim. Kiyimlar chemodanda, yerda uxlayapmiz, oshxona smesitellari ulanmagan, hovlidagi rakovinada idish yuvyapman, hovli to'la remont chiqindilari-yu qutilar...Mazza
😏
Bu paytda monstrcha:
- Man har kuni kafeda ovqatlanishni xohlayman-da!
- Bu hafta borolmaymiz, pul tugadi.
- Unda kartangizdan oling, bankka borib oling!
- Bankimda ham pulim tugadi.
- Bankda ham pul tugaydimi? Qanday? Tugamaydi-ku.
O'zingni bolang-chi? deyishingiz tabiiy. Monstrchaga taxminan 1 yoshdan keyin multfilm qo'yishni boshlaganmiz. 10-20 daqiqaga. Shunda ham miyasi nihoyatda tez telefonga yopishishga odatlandi. Telefonni ko'rsa bo'ldi, "baby shark dududu" deb g'ingshirdi.
Shundan keyin telefonda hech narsa qo'yib bermaydigan bo'ldik va planshet sotib oldik. Telefonga yopishsa, internet yo'q, telefonda multfilm yo'q, deb interneti o'chgan telefonni ko'rsatardik. Multfilmni esa yo noutbuk yoki planshetda kuniga 1 mahal 30-40 daqiqa ko'radigan bo'ldi. Bu paytga kelib 2 yoshdan oshgan edi.
Bolaga oson endorfin manbasini bermasangiz, u sokin, zerikarli narsalardan ham zavqlanishni o'rganadi. Masalan, ertalab multfilm ko'rgan monstrcha kun davomida boshqa ekran tegmasligini bilardi. Shuning uchun o'zi kitob o'qib berishimizni, blokdan nimadir yasashni yoki ko'chada aylanib kelishni so'rardi.
Hozir sal kam 6 yosh. Haligacha o'sha qoida amalda. Telefonda multfilm yo'q. Planshetda esa kuniga 1 mahal, 30-40 daqiqa ko'rish mumkin. Shunda ham kadri tez almashmaydigan, ranglari sokin va sekin gapiradigan multfilmlarni ko'rishiga ruxsat bor. Masxarabozdek yorqin kiyinib, baqirib 4 ta so'zni takrorlab qo'shiq aytadigan narsalarni ko'rishi mumkinmas.
Natija yomonmas. Ekranga o'ta bog'lanib qolmagan. Albatta, indamasak, kun bo'yi ko'radi. Lekin ko'rmaslikni janjalsiz, xotirjam qabul qiladi.