Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Yoshlar ishlari agentligi

yoshlaragentligi

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥
@yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz

☎️
1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy

gov.uz/yoshlar/
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Subscribers
276 000
Post views
88 093
ER
35,38%
Posts
14 548
October 14, 12:45
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📈
Iqtisodiyot bo‘yicha o‘z bilimlaringizni sinab ko‘rishga tayyormisiz?
Endi o‘quvchilar o‘z mahoratini namoyish etish hamda
milliy va xalqaro olimpiadalarga
tayyorlanish uchun yangi imkoniyatga ega bo‘ldilar!
Ushbu musobaqa orqali
yoshlarimiz olimpiadalarga
puxta tayyorgarlik ko‘rish, bilimlarini sinovdan o‘tkazish va o‘zini
haqiqiy musobaqa muhitida
his qilish imkoniga ega bo‘ladi.
📅
14-18 yosh
toifasidagi o‘quvchilar 15-oktyabr kuni
Examica platformasida
bepul ishtirok etishlari mumkin.
✔️
Ro‘yxatdan o‘tish
Bilimingizni sinang, natijalaringiz bilan faxrlaning!
🚀
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 14, 11:11
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

“Islohotlarimizning ostonasi bo‘lgan
har bir mahallaga Yangi O‘zbekiston nafasini olib kirish,
eng avvalo, “
mahalla yettiligi

ning yagona jamoa bo‘lib ishlashiga
bevosita bog‘liq”, – dedi
davlatimiz rahbari
.
Shu bois, mahalla raisi boshchiligidagi “yettilik”ning har bir vakili
o‘ziga mas’uliyat olib, yuqorida qo‘yilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha murojaat bilan chiqib, bir yillik dasturini aholiga e’lon qilishi
muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, har oyda mahalla aholisi bilan bevosita uchrashib, ommaviy axborot vositalari orqali
qilingan ishlar bo‘yicha xalqqa hisobot berish
topshirildi.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 14, 10:35
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
Davlatimiz rahbari
boshchiligida
mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish
masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda
mahallalardagi ijtimoiy muhit va yoshlar tarbiyasi bo‘yicha yechim topilishi kerak bo‘lgan bir qator masalalar
ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, yil boshidan
32 mingga yaqin oila
ajrashib ketgani,
16 ming ota-ona aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab
kelayotgani,
oilasi va bolalarini kredit qarzlari bilan tashlab ketish
holatlari uchrayotgani,
yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi
va
erta nikohlarning
salbiy oqibatlari barchani –
hokimlar, “mahalla yettiligi”, nuroniylar, butun jamoatchilikni qattiq tashvishga solishi kerakligi
qayd etildi.
Oila qurish bu – nafaqat o‘zi, balki turmush o‘rtog‘i va farzandlari oldidagi katta mas’uliyat ekanini
yoshlarga tushuntirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Ajrimlarda taraflar, ayniqsa, farzandlar og‘ir moddiy ahvolga tushishining oldini olish uchun
nikoh shartnomasi tuzishning afzalliklarini targ‘ib qilish
lozimligi ta’kidlandi
.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 14, 07:45
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

“Yetakchi Camp” uchun qabul boshlandi!
⚡️
Mahalladagi
yoshlar yetakchilari
uchun maxsus camp:
intellektual salohiyatni
oshirish,
shaxsiy rivojlanish
va
yoshlar bilan ishlash
ko‘nikmalarini kuchaytirish — barchasi bir joyda.
Ishtirokchilar ariza topshirish yo‘li bilan saralab olinadi.
Arizalar qabul muddati:
17-oktabr (soat 23:59 gacha)
Ro‘yxatdan o‘tish:
Havola
✔️
Batafsil ma’lumot
O‘zingizni sinang, tajribangizni kengaytiring va mahallangizdagi yoshlar bilan ishlash sifatini yangi bosqichga olib chiqing!
#YetakchiCamp
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 14, 05:00
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

📸
Har bir surat — yurakdan chiqqan hikoya
⚡️
“Ko‘z bilan eshit, yurak bilan his et”
fotografiya kursining birinchi bosqichi nihoyasiga yetdi. Kar va zaif eshituvchi
yoshlar
professional fotograf
Husniddin Ato
bilan ishlab, shahar ko‘chalarini ijod maydoniga aylantirishdi.
Ishtirokchilar
eshitishida nogironligi bo‘lgan professional fotosuratchilar
bilan uchrashib, ulardan eng qimmatli tajriba va ilhom oldilar.
3 oydan
so‘ng ular o‘z suratlarini
maxsus ko‘rgazmada
taqdim etishadi.
✔️
Loyihaning
asosiy maqsadi
imkoniyatlari cheklangan yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatda faol va erkin fikrlaydigan shaxs sifatida shakllantirishdir.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 13, 11:00
Media unavailable
2
Show in Telegram

⚡️
Yana bir muhim bosqich
— Prezidentimiz yoshlarning ushbu taklifini o‘tgan so‘nggi uchrashuvlarimizdan birida qo‘llab-quvvatlagan edilar.
Endi esa bu ishonchni amaliy ishga aylantirish va o‘z salohiyatingizni namoyon etib, yurtimiz uchun yirik ishlarni boshlash vaqti keldi.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 13, 10:15
Media unavailable
4
1
Show in Telegram

🇺🇿
O‘zbekiston paviloni Osaka EXPO-2025’da oltin medalni qo‘lga kiritdi!
🇯🇵
Osaka shahrida o‘tkazilayotgan EXPO butunjahon ko‘rgazmasida yurtimiz paviloni
“Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi”
nominatsiyasida
oltin medal
bilan taqdirlandi.
“Bilimlar bog‘i: kelajakdagi jamiyat uchun laboratoriya”
konsepsiyasi orqali O‘zbekiston an’analar va innovatsiyalar uyg‘unligini dunyoga namoyish etdi. Bu yutuq — yosh dizaynerlar, ijodkorlar va innovatorlar mehnatiga berilgan yuksak baho.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari
Saida Mirziyoyeva
barchani ruhlantirgan professionallik va ishonch uchun jamoa hamda xalqaro hamkorlarga
minnatdorlik bildirdi
.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 13, 09:01
Media unavailable
2
Show in Telegram

⚡️
Navbatdagi finalchilar nomi aniq bo’ldi!
Kitobsevar oilalarni birlashtiruvchi
“Yosh kitobxon oila”
tanlovining hududiy bosqichlari davom etmoqda!
📕
Minglab o‘qishga oshno oilalarni jamlagan mazkur tanlovda ishtirokchilar “Badiiy asarlar bilimdoni” hamda “Tezkor savol-javob” shartlarida o‘z zakovati va bilimini sinovdan o‘tkazishdi.
Bugunga qadar tanlovning
Navoiy, Samarqand
va
Qashqadaryo viloyat
bosqichlari bo’lib o’tdi. Natijalar bilan tanishing:
✔️
Navoiy viloyati
, Xatirchi tumanidan Pardayevlar oilasi;
✔️
Samarqand viloyati
, Urgut tumanidan Yarashovlar oilasi;
✔️
Qashqadaryo viloyati
, Qamashi tumani Rashidovlar oilasi.
G’oliblarga tanlovning final bosqichida ulkan omad tilaymiz!
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 13, 06:22
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚡️
Endilikda ekologik loyihalar moliyalashtiriladi
🌿
Eko faol yoshlar uchun yana bir yangi imkoniyat.
2026-yildan
boshlab atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni oshirish va
“yashil” g‘oyalarni
amalda qo‘llab-quvvatlash uchun endilikda har yili
10 mlrd so‘mgacha mablag‘
ajratiladi.
Hukumat qarori bilan
Yoshlar ishlari agentligi huzurida “Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi”
tashkil etildi!
✔️
Jamg‘arma tomonidan
quyidagi tashabbuslar
moliyalashtiradi:
1.
Tabiatga mehr va ekologik madaniyatni oshiruvchi loyihalar;
2.
Chiqindilarni qayta ishlash, yashil energiya va ekologik toza texnologiyalarni rivojlantirish;
3.
Daraxt ekish va parvarishlash tashabbuslari;
4.
Iqlim o‘zgarishi va ekologik barqarorlik bo‘yicha yoshlar g‘oyalari;
5.
Eko mavzudagi video, animatsiya va media loyihalar;
6.
Energiya tejamkorligi bo‘yicha tanlovlar va aksiyalar;
7.
O‘rmonlarni tiklash, ekologik turizmni rivojlantirish tashabbuslari;
8.
Eko-chellenjlar va energiya sarfini kamaytiruvchi mobil ilovalar yaratish.
Eng yaxshi loyihalaringizni izohlarda yozib qoldiring!
📄
Manba:
Vazirlar Mahkamasining 631-sonli qarori
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 11, 09:45
Media unavailable
2
Show in Telegram

💐
11-oktabr — Xalqaro Qizlar kuni
Ba’zan hayot kutilmagan burilishlar bilan sinaydi. Ba’zan
odamlarning fikrlari
, to‘siqlar yoki shunchaki
“bo‘lmaydi”
degan so‘zlari yo‘lingizni to‘sadi.
Ammo bugun biz bitta narsani eslatmoqchimiz —
haqiqiy kuch jim turishda emas, harakatda.
Ana shunday qizlarimiz har kuni yangidan-yangi marralarni zabt etmoqda.
✔️
Eslatib o‘tamiz,
11-oktabr — Xalqaro Qizlar kuni
BMT tomonidan
2011-yilda e’lon
qilingan bo‘lib, har yili dunyo bo‘ylab qiz bolalarning huquqlari, imkoniyatlari va tengligini targ‘ib qilish uchun nishonlanadi.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt