
Yoshlar ishlari agentligi
Prezidentimiz
Olmazor tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yangi ish uslubi
natijalarini ham tahlil qildi.
Yil boshidan tumanga
Huquqni muhofaza qilish akademiyasining professor-o‘qituvchilari biriktirilgan.
Ular
23 nafar tergovchi bilan ishlab,
hududda ko‘p uchraydigan jinoyatlarning oldini olish va tergov samaradorligini oshirish bo‘yicha
zamonaviy metodikalarni joriy etmoqda.
Akademiyaning
20 nafar talabasi esa dual ta’lim asosida tajribali tergovchilar va profilaktika inspektorlariga biriktirilgan.
Bu ularning amaliy tayyorgarligini kuchaytirish bilan birga
mahallalarda profilaktika ishlariga ham ko‘mak bermoqda.
Natijada tumandagi
64 ta mahallaning 13 tasida jinoyat sodir etilmagan, kriminogen vaziyati og‘ir toifadagi mahallalar esa qolmagan. Ayollar ishtirokidagi jinoyatlar 22 tadan 10 taga kamaygan, muqaddam jazo o‘tagan shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etish holatlari kuzatilmagan.
Shu bilan birga, y
oshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik va tan jarohati bilan bog‘liq holatlar hali ham alohida e’tibor talab qilishi
qayd etildi.
Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni keskin kamaytirish bo‘yicha samarali profilaktika mexanizmlarini
ishlab chiqib,
Olmazor tajribasini shakllantirish
vazifasi
qo‘yildi.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Vebsayt
Prezidentimiz raisligida
Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratish
masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda
Olmazor tumanining ta’lim va ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, talabalar uchun xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish
masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Bu yerda bir vaqtning o‘zida
75 ming nafar talaba
tahsil oladi. Shu bois, ularning
o‘qishi va yashash sharoiti, bandligi, tadbirkorligi, madaniy hayoti va xavfsizligini qamrab oladigan yaxlit boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish
zarurligi ta’kidlandi.
“Yoshlik” shaharchasi hokimligi tizimida talabalarning ta’lim-tarbiyasi, bandligi, ijtimoiy ta’minoti va xotin-qizlar masalalari bilan ishlaydigan
alohida mas’ullar faoliyati tashkil etiladi.
Tumanda
7 ta oliygohga qarashli 41 ta talabalar yotoqxonasida qariyb 18 ming nafar yosh
istiqomat qiladi. Ularning
yashash sharoitini yaxshilash, yotoqxonalar atrofini obod saqlash, yashil hududlar va “buk-kafe”larni ko‘paytirish, madaniy tadbirlarni muntazam tashkil etish uchun alohida Direksiya tuziladi.
Talabalar shaharchasida tashkil etilgan
Vaziyatlar markazi
orqali
oliygoh va yotoqxonalarga kirib-chiqish hamda davomatni onlayn nazorat qilish amaliyoti yaxshi natija berayotgani
qayd etildi.
Mazkur tizimni yil yakunigacha
Toshkent shahrining boshqa tumanlariga, kelgusi yili esa mamlakatdagi barcha oliy ta’lim muassasalariga joriy etish
vazifasi
qo‘yildi
.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Vebsayt
🇺🇿
Prezident
Shavkat Mirziyoyev
Olmazor tumaniga tashrif chog‘ida “ToshTech” texnika universiteti faoliyati bilan ham
tanishdi.
#Mirziyoyev
#tanishuv
#Olmazor
#ToshTech
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Vebsayt
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan
tanishdi.
#Mirziyoyev
#tanishuv
#Olmazor
#talabalar
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Vebsayt
⚡️
Real muammo. Real yechim.
15-sentabr kuni
StartupFest
Catalyst
yangi formatda — “Hududgazta’minot”ning real texnologik muammolari asosida o‘tkaziladi.
4,5 million
abonentga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya uchun:
• Cyber Security va Ethical Hacking
• Sun’iy intellekt
• GPS
• AI Call Optimization
• Logistika va raqamlashtirish
yo‘nalishlarida yechimlar ishlab chiqiladi.
Bir kun davomida jamoalar
muammoni tahlil qiladi
, mahsulot yaratadi va ekspertlar oldida taqdim etadi.
Eng yaxshi yechimlar
real tizimda pilot sinovidan o‘tkaziladi.
Arizalar 13-sentabr, 23:59 gacha.
Ro‘yxatdan o‘tish
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Vebsayt
130 million so‘mgacha foizsiz ssuda olish va o‘z o‘quv markazingizni ochish imkoniyati borligini bilarmidingiz?
Yoshlar ishlari agentligining
“Ko‘mak”
loyihasi
xorijiy tillarni mukammal biladigan yoshlar uchun
olis
va
chekka
hududlarda
zamonaviy o‘quv markazlarini tashkil etish imkonini bermoqda.
Loyiha doirasida
158 ta tumandagi
olis va chekka mahallalarda
577 ta
o‘quv markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu markazlarda
ingliz, nemis, rus, koreys
va boshqa xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlar soni
25 mingdan oshdi.
Agar siz ham xorijiy tillar bo‘yicha kamida
C1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga
ega bo‘lsangiz, o‘quv markazi tashkil etib, o‘z bilimingizni minglab yoshlarga ulashishingiz mumkin.
Buning uchun
130 million so‘mgacha foizsiz ssuda
ajratiladi.
“Ko‘mak” orqali jadid bobolarimiz boshlab bergan ma’rifatparvarlik harakatining munosib davomchisiga aylaning!
Ariza topshirish
👈
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Vebsayt
🇺🇿
Mahalladagi yoshlar yetakchilari uchun “Amaliyot ofisi”ning 2-mavsumi yakunlandi
14
ta hududdan saralangan
28
nafar yoshlar yetakchisi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati va loyihalarida 14 kun davomida amaliyot o‘tab, yangi
tajriba
va
ko‘nikmalarga
ega bo‘ldi.
Yakuniy kunda ishtirokchilar amaliyot davomida erishgan natijalari, taklif va tashabbuslarini taqdim etdi. Dastur so‘ngida faol ishtirokchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Amaliyot ofisi”
ning navbatdagi mavsumida siz ham ishtirok etishingiz mumkin.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Vebsayt
🇺🇿
Kattaqo‘rg‘on shahrida yangi Yoshlar markazi o‘z eshiklarini ochdi
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida yigit-qizlar uchun barcha zamonaviy sharoitlarni o‘zida jamlagan yangi Yoshlar markazi foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etib, ushbu maskanni yoshlarga rasman ochib berdi.
Endilikda Kattaqo‘rg‘on yoshlari bu yerda o‘z bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, yangi kasb-hunar sirlarini o‘rganishlari hamda turli ta’limiy va ijodiy loyihalarda erkin ishtirok etishlari mumkin. Markaz yoshlarning iste’dodini ro‘yobga chiqarish va ularning o‘ziga xos tashabbuslarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
🙌
Ushbu yangi maskan yoshlar bilan doimiy uchrashuvlar, qiziqarli tanlovlar va foydali loyihalar o‘tkaziladigan haqiqiy qaynoq muhitga aylanishiga ishonamiz. Barcha Kattaqo‘rg‘on yoshlarini yangi markazda kutib qolamiz!
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Vebsayt
🎉
O‘zbek tilidagi Vikipediya maqolalari soni 360 mingdan oshdi!
O‘zbek tilini rivojlantirish va uning raqamli makondagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan
«
WikiMarafon
»
loyihasi o‘z natijalarini bermoqda.
Bugungi kunda o‘zbek tilidagi Vikipediyada maqolalar soni
360 mingdan oshdi
.
Vikipediya orqali tarix, fan, madaniyat, texnologiya va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda o‘zbek tilidagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati kengaymoqda.
Bu — o‘zbek tilining raqamli makondagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi yana bir muhim qadam!
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Vebsayt