Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Yoshlar ishlari agentligi

yoshlaragentligi
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Subscribers
249 249
24 hours
-475
30 days
-15 126
Post views
10 384
ER
4,17%
Posts (30d)
150
Characters in post
1 023
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 26, 17:06
Media unavailable
4
1
Show in Telegram

🇺🇿
🇹🇷
Turkiya Texnologiya Jamoasi jamg‘armasi bilan hamkorlik kengaytiriladi
Bugun Yoshlar ishlari agentligi direktori
Alisher Sa'dullayev
va Turkiya Texnologiya Jamoasi jamg‘armasi (T3 Foundation) Boshqaruv kengashi raisi
Elvan Kuzucu Hıdır
o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida yoshlarni robototexnika, zamonaviy texnologiyalar va muhandislik yo‘nalishlarida o‘qitish, shuningdek, Turkiya tajribasi asosida Toshkent shahrida tashkil etilayotgan
“Bilim Toshkent” ta’lim va texnologiyalar markazi
faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, hamkorlikda o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va yosh mutaxassislarni tayyorlash, 2027-yilda Yoshlar ishlari agentligining
“Startup Fest” festivalini hamkorlikda tashkil etish
, Turkiyaning
“TEKNOFEST” festivalida O‘zbekiston vakillari va yoshlar jamoalari ishtirokini kengaytirish
va mamlakatimizda
“Take Off” xalqaro startap tanlovini o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganish
bo‘yicha kelishib olindi.
Mazkur hamkorlik yoshlarning zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya yoshlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🕊
Telegram
📸
Instagram
📺
YouTube
🌍
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 26, 14:18
Media unavailable
2
Show in Telegram

22 yoshli rejissyor Prezidentdan medal oldi
Prezidentimiz va kino sohasi vakillari bilan uchrashuvda yosh rejissyor Munisa Magametibragimova
so'zga chiqdi. U VGIKga 300 balldan 300 ball to'plab, davlat granti asosida o'qishga kirgan, qisqa metrajli filmlari xalqaro maydonda e'tirof etilgan. Hozir o'qish bilan birga Bolalar kontentini rivojlantirish markazida ishlaydi.
«O'qishga topshirganimda eng ko'p eshitgan gapim: rejissyorlik erkaklar kasbi, ayollar uchun emas, degan so'zlar bo'lgan. Siz bu stereotiplarni sindirdingiz, hurmatli Prezident.
Bugun biz, yoshlar, jumladan qizlar ham o'z yurtimizda ta'lim olib, munosib hayot qurishimiz mumkin», — dedi Munisa.
U ayol rejissyorlar nomidan subsidiyalarda ular tomonidan ishlab chiqariladigan kino loyihalari uchun maxsus kvota belgilashni taklif qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
«Agar iqtisodiyot bilan birga ilmimizni, bilimimizni rivojlantirmasak, orqada qolamiz. Bugun oliy ta'limda o'qiyotganlarning 60 foizga yaqini — qizlar. Dissertatsiya himoya qilganlarning 75 foizi — ayollar va qizlar. Birinchi kundan aytib kelaman: bitta oilada o'qimishli qiz bo'lsa, oiladagi vaziyat o'zgaradi. U tarbiyalagan farzandlar esa millatni o'zgartiradi.
Agar rozi bo'lsangiz, bugun ishxonaga borib, Munisa qizimni «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlash to'g'risidagi hujjatga qo'l qo'yaman».
Manba
🕊
Telegram
📸
Instagram
📺
YouTube
🌍
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 26, 07:05
Media unavailable
2
Show in Telegram

⚡️
Qamashida yoshlar uchun zamonaviy ilm va ta'lim maskani faoliyati boshladi
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan
Chim mahallasida
zamonaviy
Yoshlar kutubxonasi, IT, sun’iy intellekt va xorijiy tillarni o‘qitish markazi
faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur maskanda
10 ming dona kitob
fondiga ega kutubxona, zamonaviy IT xonasi hamda ingliz va nemis tillarini o‘rgatish kurslari tashkil etildi.
Endilikda mahalla yoshlari ushbu markazda xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasblarni egallash, kitob mutolaasi orqali bilim va tafakkurini rivojlantirish imkoniyatiga ega.
🕊
Telegram
📸
Instagram
📺
YouTube
🌍
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 26, 05:29
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

✅
Yoshlar hayotidagi muhim voqealar dayjesti
O‘tgan hafta yoshlarimizning
xalqaro yutuqlari, ta’lim, tadbirkorlik, kasbiy rivojlanish
va
yangi imkoniyatlar
yo‘nalishida qator muhim voqealar amalga oshirildi.
Hafta davomida ro‘y bergan asosiy voqealarni qisqacha yodga olamiz.
• O‘zbekiston Para Osiyo o‘yinlarida ilk bor kuchli uchlikdan
joy oldi
;
•
Respublika ishchi guruhi Qashqadaryo
viloyatida
;
• XI Yevropa kino festivali Toshkent va Urganchda bo‘lib
o‘tadi
;
• Qamashilik yoshlar startap loyihalarini taqdim
etdi
;
• Yoshlar Ventures portfelidan 4 ta startap AQShga
yo’l oldi
;
•
Bişkekda turkiy dunyo yoşlari hamkorligi muhokama
qilindi
;
•
Yoshlar Ventures’ning San-Fransisko ofisi faoliyati endi yagona
platformada
;
•
O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy
tadbir
;
•
O‘zbekistonlik qizlar kosmik texnologiyalar sari
;
•
"Yoshlar biznes maktabi" yangi mavsumiga qabul
boshlandi
;
•
Qamashi tumanida yoshlar kutubxonasi
ochildi
;
•
Xiva shahrida
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi yoshlar
forumi
;
• Haftaning muhim yangiliklarini “
Yoshlar ovozi
” gazetasida
mutolaa qiling.
#Dayjest
#YoshlarYangiliklari
🕊
Telegram
📸
Instagram
📺
YouTube
🌍
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 25, 14:40
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🏆
Tarixiy g‘alabalar bilan yurtimizga qaytgan paralimpiyachilarimiz tantanali kutib olindi!
Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan V Paraosiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Tadbirlarda davlat va hukumat vakillari, vazirlik va idoralar hamda sport tashkilotlari rahbarlari ishtirok etib, sportchilarimiz va ularning murabbiylarini erishilgan buyuk g‘alaba bilan samimiy muborakbod etishdi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining para atletlarimizga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, sportchilar, murabbiylar hamda ota-onalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda sportga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorlik bildirishdi.
Vatanimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilgan barcha paralimpiyachilarimizni ushbu tarixiy natija bilan tabriklaymiz!
🇺🇿
🥇
🕊
Telegram
📸
Instagram
📺
YouTube
🌍
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 25, 06:01
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!
Sizlarni
25-oktabr
–
Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarimiz xavfsizligini himoya qilish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli xizmatingiz yuksak hurmatga sazovor.
Ayniqsa, yoshlarning xavfsiz va osoyishta muhitda ta’lim olishi, o‘z qobiliyatini namoyon etishi, orzu-maqsadlari sari intilishi uchun qo‘shayotgan hissangiz beqiyos. Yoshlar bilan ishlash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish borasidagi hamkorligingizni yuksak qadrlaymiz.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli xizmatingizda kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi
🕊
Telegram
📸
Instagram
📺
YouTube
🌍
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 24, 15:09
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

O‘zbekiston Para Osiyo o‘yinlarida ilk bor kuchli uchlikdan joy oldi
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi tarixiy natijaga erishdi.
45 ta davlat va hudud delegatsiyasi
ishtirok etgan musobaqada sportchilarimiz umumjamoa hisobida
3-o‘rinni
egalladi.
Musobaqa davomida yurtimiz vakillari
45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza
, jami
145 ta medal
ni qo‘lga kiritdi.
Mazkur natija O‘zbekistonning Para Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki tarixida yangi rekord sifatida qayd etildi.
Mamlakatimiz delegatsiyasi ilk bor kuchli uchlikka kirib, medallar soni va sifati bo‘yicha o‘zining eng yuqori ko‘rsatkichiga erishdi. Bungacha eng yaxshi natija Janubiy Koreyada o‘tkazilgan musobaqada qayd etilgan
5-o‘rin
edi
(2014-yil)
.
Ushbu yutuq mamlakatimizda parasportni rivojlantirish, sportchilarni xalqaro musobaqalarga tayyorlash hamda ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida olib borilayotgan ishlarning muhim natijalaridan biridir.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida ishtirok etgan barcha sportchilar, murabbiylar va mutaxassislarni tarixiy natija bilan tabriklaymiz!
🕊
Telegram
📸
Instagram
📺
YouTube
🌍
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 24, 13:09
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev Xiva Yoshlar forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi Sergey Lebedev Xiva shahrida o‘tkazilayotgan MDH mamlakatlari Yoshlar forumi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida O‘zbekistonda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va ularning har tomonlama kamol topishi uchun yaratilayotgan sharoitlarni alohida e’tirof etdi.
U 2024-yilda Toshkent MDHning ilk Yoshlar poytaxti bo‘lganini eslatib, O‘zbekiston Hamdo‘stlik mamlakatlari yoshlari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikning muhim markaziga aylanayotganini ta’kidladi.
Sergey Lebedev Xiva forumida ilgari surilgan tashabbuslar, xususan, Yoshlar innovatsion laboratoriyasini tashkil etishga qaratilgan loyihalar davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Batafsil
🕊
Telegram
📸
Instagram
📺
YouTube
🌍
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 24, 07:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
Vatan himoyaçilari — ilm va zakovat maydonida!
Harbiy xizmatçi deganda köz oldimizga, avvalo, jasorat, matonat va intizom keladi. Ammo bugun harbiy yoşlarimiz kitobxonlik va zakovatdag ham öz salohiyatini namoyon etmoqda. “Ajdodlar izidan” intellektual tanlovi buning yorqin
isboti böldi
.
📚
Tanlovning quyi bosqiçlarida 30 ming nafardan ortiq yoş harbiy xizmatçi iştirok etdi. Respublika bosqiçida esa Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojxona qömitasi, Milliy gvardiya hamda DXX Çegara qöşinlari jamoalari özaro bellaşdi.
Barça iştirokçilarni, ayniqsa, ğolib jamoalarni samimiy tabriklayman!
Quvonarlisi, yoşlarimiz Vatan himoyasida ham, ilm-ma’rifat yölida ham birdek faol. Zero, kuçli armiya nafaqat zamonaviy qurol-yaroğ, balki bilimli, tafakkuri teran va vatanparvar yoşlar bilan ham qudratlidir!
@alisher_sadullaev

October 23, 16:14
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

🇺🇿
Xiva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi yoshlar forumi bo‘lib o‘tmoqda
Bugun forumning ochilish marosimi va yoshlarning
ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish
hamda
istiqbolli loyihalarni rivojlantirish
ga qaratilgan
“Yoshlar laboratoriyasi”
taqdimoti o’tkazildi.
Forum doirasida yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion ekotizimlarni rivojlantirish va raqamli texnologiyalar sohasida yoshlar yetakchiligini kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Forum yakunida bildirilgan takliflar tashabbus konsepsiyasiga kiritilib, uni tashkil etish bo‘yicha hujjat loyihasi MDH Yoshlar kengashining navbatdagi yig‘ilishiga taqdim etiladi.
“Yoshlar laboratoriyasi” tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
MDH Davlat rahbarlari kengashi yig’ilishida
ilgari surilgan
.
Forum 24-oktabr kuniga qadar davom etadi.
🕊
Telegram
📸
Instagram
📺
YouTube
🌍
Linkedin
🌍
Veb sayt