
ZakAdabiyot
📌
ZakAdabiyot bilan siz o'zbek va jahon adabiyoti olamiga sayr qilishingiz va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.
ZakAdabiyot — biz bilan vaqtingiz unumli o'tishi kafolatlanadi...
Savol va takliflar uchun:
@ZakAdabiyotBot
✨
Quote of the day
✨
Ko'pincha kishilarning xotirasi pastligi sababli o'z vijdonlarini pok deb o'ylab faxrlanib yurishadi.
⌛️
Lev Tolstoy
📚
@zakadabiyot
— Adabiyot ummoni
Kobo Abe
Yozuvchining asl ismi
Abe Kimifusa
bo'lib, u 1924-yil 7-martda Yaponiyaning Tokio shahrida tavallud topgan.
O'rta maktabni bitirgach, 1948-yilda hozirgi Tokyo Universitetiga o'qishga kiradi. Ammo, u allaqachon ijod ko'chasiga kirib bo'lgan va shuning uchun o'qishga deyarli vaqt ajratmasdi. Natijada, Abe yakuniy imtihonlardan yiqiladi va universitet diplomidan mahrum boladi.
Bu muvaffaqiyatsizlik evaziga yosh ijodkor anchayin kop marralarga erishishga muvaffaq bo'ladi.
Xususan, 1947-yilda she'rlarini to'plam holiga keltirib o'zi nashr qiladi.
✨
1948-yilda esa eng birinchi romani "
The road sign at the end of the street
" (
Ko'cha oxiridagi ko'rsatkich
) nomli romanni yozadi. Bu paytda u endi birinchi kursda o'qiy boshlagan edi.
🚨
Kobo Abe
, aslo, birgina doirada cheklanib qolmagan. U mashhur shoir, ssenarist, kinorejissor, va xatto ixtirochi ham bo'lgan.
Xususan, 1986-yil XX Xalqaro Ixtirochilar
k
o'rgazmasida "Qor zanjiri" deb nomlngan ixtirosi uchun kumush medalni qo'lga kiritgan
✅
👍
Kobo Abe talabalik yillarida rassom qiz Matiga uylanadi. Mati Abe keyinchalik yozuvchining kitoblarining dizayni, spektakllardagi sahna bezaklarida
muhim rol o'ynaydi
👩❤️💋👨
Asarlari va taqdirlanishi
⤵️
☺️
Qumdagi Xotin
1963-yilda
Yomouri
mukofoti
1968-yilda Fransiyada
Xorijiy Fantastika
mukofotini oladi
☺️
Yo'l oxiridagi ko'rsatkich
1948-yilda nashr etilgn birinchi romani
☺️
Devor: S.Karma jinoyati
1951-yilda
Akutagava
mukofotiga sazovor bo'lgan
☺️
Arvoh Bu Yerda
1958-yilda daramaturglarga beriladagan
Kishida
mukofotiga loyiq ko'rilgan
☺️
Do'stlar
197-yilda
Tanizaki
mukofotini olgan
☺️
Yashil Paypoq
1974-yilda
Yomiuri
mukofotiga erishgan
#️⃣
1973-yilda "Kobo
Abe studiyasi" nomli te
a
trga asos soldi va rahbarlik qildi
.
#️⃣
1977-yilda Amerika sanat va fanlar akademiyasi faxriysi bo'ldi.
🥺
1992-yil boshqa ixtiro ustida ishlayotgan paytda miyafa qon quyilishi natijasida shifoxonaga yotqizildi
🥺
1993-yil 22-yanvarda 68 yoshida yurak xuruji natijasida to'satdan vafot etdi.
⭐️
Kobo Abe
o'tkir adabiy asarlari uchun
Yapon
Kafkasi
nomini olgan
.
⛓
Kobo Abening "Qumdagi xotin" asari haqida batafsil maqolani ushbu sahifada o'qishingiz mumkin.
📚
@zakadabiyot
— Adabiyot ummoni
✨
Quote of the day
✨
Bir qo’lda Qur'onu, bittasida jom,
Ba'zida halolmiz, ba'zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida,
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.
🌱
Umar Hayyom
📚
@zakadabiyot
— Adabiyot ummoni
"NORVEG O‘RMONI"
– yoshlik, yo‘qotish, sevgi va ruhiy iztirob…
🕸
Zamonaviy yapon adabiyoti klassigi bo‘lishga ulgurgan
Haruki Murakami
ning
"Norveg oʻrmoni"
romani 1987-yilda yozilgan. U muallifga dunyo miqyosida shon-sharaf olib kelgan. Roman nomi afsonaviy
“Bitlz”
guruhining
"Norwegian Wood"
qo‘shig‘i nomidan olingan. Roman hozirda ham yapon yoshlari orasida juda mashhur.
📝
Asarda
Toru Vatanabe
ismli yigitning yoshlik xotiralari hikoya qilinadi. U yaqin do‘stining o‘limidan so‘ng ruhiy iztiroblarga duch keladi va ikki ayol — nozik, ruhiy jihatdan zaif
Naoko
hamda hayotga tashnalik bilan qaraydigan
Midori
orasida o‘z yo‘lini izlaydi. Ularning munosabatlari shahardagi ommaviy tartibsizliklar fonida ro‘y beradi.
..
✔️
Qiziq fakt!
Haruki Murakamining birinchi ish joyi musiqa asboblari do‘konida sotuvchilik bo‘lgan va bu tasodif emas edi. U chindan ham klassika, rok va jazni yaxshi ko‘rardi. Shuningdek, ko‘plab romanlarida muayyan ijodkorlar va kuylarga havolalar berganini ham ko‘rish mumkin.
🤝
Do‘stlaringizga ham ulashing. Zero, ilm ulashmoq ham ehsondir!
📚
@zakadabiyot
— Adabiyot ummoni
✨
The quote of day
✨
Qo'rquv - bu yomonlikni kutishdir. Albatta, biz ko'p narsadan qo'rqamiz, masalan, obro'sizlanishdan, kambag'allikdan, nafratdan, o'limdan...
Obro'sizlanishdan qo'rqqan kishi sharm - hayoli bo'lsa, undan qo'rqmagan kishi fahm - farosatlidir.
⚙️
Aristotel
📚
@zakadabiyot
— Adabiyot ummoni
☺️
Ikki eshik orasi
☺️
💬
Roman O'zbekiston Xalq yozuvchisi
O'tkir Hoshimov
tomonidan 1986-yilda yozilgan. Adibning bu asari unga eng ko'p mashhurlik olib kelgan asarlardan biri deyish mumkin. Chunki "Ikki eshik orasi"
ni o'qimagan kitobxon topilmasa kerak
💯
Asar urush va uning insonlar boshiga solgan ko'rguliklari haqidadir
💥
📔
Asar SSSR zulmi ostidagi o'zbek hayoti, II Jahon Urushi va undan keyingi yillar voqealarini o'z ichiga oladi
✅
📝
Adibning o'zi roman haqida shunday deydi:
Rost bilan yolgʻonning oʻrtasi — toʻrt enlik“, degan gap bor. Qiziq, nega endi oz emas, koʻp emas, toʻrt enlik? Gap shundaki, koʻz bilan quloqning orasi — toʻrt enlik ekan. Eshitganingga emas, koʻrganingga ishon … Maqsad — shu. Bu kitobdagi koʻp odamlami oʻzim koʻrganman. Koʻplari bilan gaplashganman. Baʼzilarining oʻzi bilan, baʼzilarining … ruhi bilan … Baʼzilari nimani gapirgan boʻlsa, shuni qogʻozga tushirdim. Baʼzilari nima gapirganini emas, nima oʻylaganini yozishga majbur boʻldim.(Nachora, hamma rost gapiravermaydi. Ammo yolgʻon gapirayotgan odam ham ichida, baribir rostini oʻylaydi.) Xullas, bu savdolar koʻp yillar davomida koʻp kishilaming boshidan kechgan. Ular ustidan hukm chiqarish — sizlarga havola … Tilimning uchida turgan yana bir andishani aytmasam boʻlmaydi. Ehtimol, siz bu kitobda foje koʻpayibroq ketmadimikin, degan xayolga borarsiz. Nachora, avvalo hayot — nuqul bayramdan iborat emas. Urush esa oʻyin emas. Ikkinchi jahon urushi ellik million odamning uvoliga qoldi. Shundan yigirma millioni bizning odamlar edi. Eng aziz, eng asl kishilarimiz. Qolaversa, urush faqat okopdagi jangchilarning joniga chang solib qolmadi. Minglab chaqirim naridagi odamlami ham sinovdan oʻtkazdi. Mushkul damlarda iymonini, insonligini saqlab qolgan ota-onalarimiz, aka-opalarimizning hayoti bugungi zamonda bizga oʻrnak boʻlsa ne ajab!
"
Ikki eshik orasi
" asarining eng e'tiborli va shu bilan birga eng achinarli jihati shundaki, hech bir sevgi qissasi baxtli yakun topmaydi
💔
Asar qahramonlari va ularning shafqatsiz taqdiri haqidagi fikrlarni esa sizdan eshitsak
🫴
✍️
❗️
📚
@zakadabiyot
— Adabiyot ummoni
✨
Quote of the day
✨
Mamlakatlar, shaharlarni egallagan kishilarning son-sanog'i yo'q. O'zini qo'lga olgan kishilar esa barmoq bilan sanarli darajada oz.
🌱
Seneka
📚
@zakadabiyot
— Adabiyot ummoni
✨
Quote of the day
✨
Agar iblis mavjud bo'lmay uni inson o'z tafakkuri bilan yaratadigan bo
'
lsa, uni o
'
ziga o
'
xshaydigan qilib qo
'
ygan bo'lar edi
.
⚡
F. Dostoyevskiy
📚
@zakadabiyot
— Adabiyot ummoni
✨
Quote of the day
✨
Choy bilan baxtli bo'la olmasangiz, mashina bilan ham baxtli bo'la olmaysiz
Donolar bisotidan
💭
📚
@zakadabiyot
— Adabiyot ummoni
🦋
Bahor― seni juda sog‘indim
🦋
Yuragimga to‘ldi shafaqrang,
Tomirimda oqdi xazonlar.
Kuz ― ayriliq. Tashladi langar
Sochlaringni o‘pgan to‘zonlar...
Kaftlarimdan uchdi kaftingning
Ishq so‘zini yozgan izlari.
Sen-la o‘tgan har bir kunimning
Sariq bo‘ldi axir yuzlari...
Esingdami? Pushkin bekatda
Pushti-pushti edi ko‘ylaging.
Ko‘kragimdan sochildi xazon,
Sen bahoriy tilda kuylading...
Hayotingga kirdim bostirib,
Oyog‘im loy, qo‘llarim xazon.
Mahkam quchding, qattiqroq quchding,
So‘ng yaraldi yangi bir mezon...
(Pushkin bekat. Oktyabr. Kuz)
Peshonamda xazonli bir yo‘l.
Kelasanmi pushti ko‘ylakda?
Oyog‘ing loy, qo‘llaringda gul..!
⚡
Muhiddin Nido
📚
@zakadabiyot
— Adabiyot ummoni