Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

ZakAdabiyot

zakadabiyot
📌 ZakAdabiyot bilan siz o'zbek va jahon adabiyoti olamiga sayr qilishingiz va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin. ZakAdabiyot — biz bilan vaqtingiz unumli o'tishi kafolatlanadi... Savol va takliflar uchun: @ZakAdabiyotBot
Подписчики
3 040
24 часа
30 дней
-30
Просмотры
1 308
ER
41,41%
Посты (30д)
6
Символов в посте
626
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Книги
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
May 01, 04:02


Quote of the day

O'lganlar tiriklarga qaraganda ko'proq gullar olishadi, chunki pushaymonlik minnatdorchilikdan kuchliroqdir.
©
Ann
a
Frank
📚
@zakadabiyot
-
Adabiyot ummoni

April 28, 04:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram


Quote of the day

Yaxshi do‘stlar yulduzlarga o‘xshaydi. Ularni har doim ham ko‘rmaysiz lekin yoningizda ekanliklarini his qilib turasiz
.
💡
Nelson Mandela
📚
@zakadabiyot
- Adabiyot ummoni

April 27, 13:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

▶️
Gap talantda emas — rivojlanmayotganingizning asosiy sababi nimada? | Non-Fiction #21
Nihoyat, "Non-Fiction" loyihasining yangi sonini YouTube`ga joyladik. Buguni soni
Kerol Dvek
ning
“Mindset: The New Psychology of Success”
kitobi haqida.
Bu safargi sonida bir tanlovcha qilishga qaror qildik va sovringa xuddi shu kitobning o'zbek tilidagi nashrini qo'ydik. Kitobni yutib olish uchun esa video ostidagi sharhlar qismiga o'tib komment qoldirishingiz kerak. U qanday komment bo'lishi kerakligini esa videoda tushuntirganman (sharti juda oddiy).
Nega ba'zi odamlar muvaffaqiyatsizliklardan keyin o'sishadi, boshqalar esa — hatto harakat qilsalar ham — bir joyda qotib qolishadi? Mana shu savollarga bugun ushbu kitobni tahlil qilgan holda javob topamiz.

https://youtube.com/watch?v=i_ofTfvZP4Q&feature=youtu.be
@Bookerberg

April 26, 16:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Q
Qoʻlga qalam qoʻndi qalbim qaʼrida,
Qasddanmi, qiyofang quvnab qaraydi?!
Qiyomat qoʻpadi qosh qoraygʻanda,
Qarshingda qaroliq... Qamar qoraydi!
Qayrilib qoshlaring quvar qayoqqa,
Qachon qutulaman qiynoqlaringdan?
Qodirsan qalbimni qaro qilmoqqa,
Qosirman, qoʻrqaman qarogʻlaringdan!
Qaragin, qon qalbim qiynalar qattiq,
Qushman — qanotlari qayrilgan qadim.
Qasoskor qarogʻing qiymalar qattiq,
Qochib qutulmoqqa qani quvvatim...
Qaroshing qarshida quvvatsiz quyosh,
Qoshimga qor qoʻnar, quvnar qargʻalar.
Qiblamga qayrilib qayt, qayrilmaqosh,
Qasd qilma, qasdingdan qalbim qargʻalar!
Qoyasan, qoldim-ku qudrat qarshida,
Qanoti qayriliq qalb qaldirgʻochim.
Qalamim qonidan qordim qasida,
Qaytaqol qoshimga, qaytgil, Quvonchim!
©️
Xayrulla Hamidov
📚
@zakadabiyot
-
Adabiyot ummoni

April 26, 13:07
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram


Oddiy so‘zlar bilan butun bir xalqning yuragi gapira boshlaydi, satrlar esa qo‘shiqdek dillarga kirib boradi, Vatanga muhabbat har bir misrada yangraydi. Bu — Muhammad Yusuf yaratgan samimiy va unutilmas olamdir.
💫
Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan. U dastlab qishloq maktabida tahsil olib, keyinchalik Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida o‘qigan. Talabalik yillaridan boshlab adabiyotga bo‘lgan qiziqishi kuchayib, ijod bilan jiddiy shug‘ullana boshlagan.
Mehnat faoliyati davomida u turli nashriyot va tahririyatlarda ishlagan, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida ham faoliyat yuritgan. Shuningdek, respublika radiosida muharrir bo‘lib ishlagan va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. U nafaqat iste’dodli shoir, balki jurnalist va jamoat arbobi sifatida ham elga tanilgan.
Nashr etilgan sheʼriy toʻplamlari:
„Tanish teraklar“ (1985)
„Bulbulga bir gapim bor“ (1987)
„Iltijo“ (1988),
„Uyqudagi qiz“ (1989)
„Halima enam allalari“ (1989)
„Ishq kemasi“ (1990)
„Koʻnglimda bir yor“ (1991),
„Bevafo koʻp ekan“ (1993)
„Yolgʻonchi yor“ (1993)
„Erka kiyik“ (1995)
„Osmonimga olib ketaman“ (1998)
Muhammad Yusuf ijodi ayni gullab yashnagan paytda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida sheʼriyat muxlislari bilan uchrashish maqsadidagi ijodiy safarida 2001-yil 29-iyulda yurak xuruji tufayli vafot etgan.
Andijonda dafn etilgan. Toshkent shahri va Marhamat tumanidagi koʻchalardan biri, shuningdek, Andijon shahridagi bolalar kutubxonasi va Marhamat tumanidagi ijod maktabi Muhammad Yusuf nomi bilan ataladi.
📚
@zakadabiyot
-
Adabiyot ummoni

April 26, 07:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram


Quote of the day

Dunyodagi eng zo'r kino zali-bu miyadir.
Buni sen yaxshi kitob o'qiyotganingda tushunib yetasan.
📝
Otabek Hasanov
📚
@zakadabiyot
-
Adabiyot ummoni

March 29, 10:44
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Shamollar uyg‘ondi. Barg – hayajonda…
Hatto yer tagida qo‘zg‘
a
ldi ilon.
Dunyo tirilayotgan shu toza tongda
O‘lgim kelmayapti, onajon.
O‘ngirlarda kezar muzday havolar,
Ishqalab qobog‘in ko‘tarar osmon.
Dunyo ko‘zlarini ochayotganda
Men ko‘z yumayinmi, onajon?!
Qayerdadir silkinar tomchidek o‘tlar,
Bargida chumoli kezadi hayron.
Hali men ko‘rmagan bog‘lar bor ekan,
O‘lgim kelmayapti, onajon.
Qizlarning ovozi jaranglar munis,
Ishq desam – daftarga sachrab ketdi qon.
Sevmasa sevmabdi meni bitta qiz,
Dunyoda qiz kammi, onajon?!
Qayoqqa qochadi bu issiq qonim,
Qo‘llarni sog‘inib sochlarim g‘ujgon.
Kimga kerak bo‘ldi mening yosh jonim,
O‘lgim kelmayapti, onajon.
Begunoh bittadir – u ham osmonda,
Qo‘lga chivin qo‘ndi, quvmoqqa yo‘q jon.
Chivinlar, chumchuqlar yurgan jahonda
Menga joy yo‘qmikan, onajon?!
Quyoshga termuldim – ko‘zim qamashdi,
Kiprikdan shabnamday yosh oqdi marjon.
Nurlarni sog‘inib qaqshar qovurg‘am,
O‘lgim kelmayapti, onajon!
Garchand men qayg‘uli she’rlar to‘qidim,
Garchand azob ko‘rdim mudom bepoyon–
Men hali dunyoga to‘ygan yo‘q edim,
Dunyo to‘ydimikin mendan, onajon…
©️
Karim Bahriyev
📚
@zakadabiyot
- Adabiyot ummoni

March 21, 12:43
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram


Quote of the day

“Kelajak ko‘p jihatdan bugungi harakatlarimizga bog‘liq. Har bir kichik qadam — ertangi buyuk o‘zgarishlarning boshlanishidir.”
🪶
Victor Hugo
Xo'sh,bugun siz o'zingiz,kelajakingiz uchun nima qila oldingiz?Javoblarni izohlarda kutamiz.
📝
@zakadabiyot
-
Adabiyot ummoni

March 19, 13:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram


Quote of the day

Bizlar arra tortmoqdamiz,
Arramizning tishi yo'q.
"Nega arrang tishi yo'q?"-deb
So'raydigan kishi yo'q.
Chunki bizlar anoyimas,
Pishib ketgan ko'zimiz.
Arra tushgan o'sha shoxda
O'tiribmiz o'zimiz.
🪶
Erkin Vohidov
📝
@zakadabiyot
-
Adabiyot ummoni

March 07, 10:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Meni qabrda yo‘qlab bormang
🪶
Muallif:Quvonchbek Akbarov
(
obunachimizdan
)
Meni qabrda yo‘qlab bormang,
Tiriklikda yo‘qlang, ey do‘stlar.
Ko‘zim yumuq, eshitmas quloq,
Kechikkan u mehrga zorlar...
Gullar tutmang sovuq toshimga,
Tikan sanchmang tirik bag‘rimga.
Ko‘z yosh to‘kmang qabrim qoshida,
Kelib turing bir bor yo‘qlovga.
Menga endi kerakmas dunyo,
Na hashamat, na zarli qafas.
Sizdan bitta iltimos ammo:
Tiriklikda oling bir nafas...
Bir piyola choyga kelingiz,
Dardim bo‘lsa, baham ko‘ringiz.
O‘lganimda yig‘lab turguncha,
Tiriklikda kulib turingiz.
Meni qabrda yo‘qlab bormang,
U yerlarda topolmaysiz sog‘.
Sizga kerak bo‘lgan u inson,
Tiriklikda sizga ko‘zmunchoq...
📝
@zakadabiyot
-
Adabiyot ummoni