
Aaa
Channel created
UMR O‘TMOQDADIR DARYO MISOLI
Esiz, bolalikni qoldirib ortda,
Umr o‘tmoqdadir daryo misoli.
Qoldirib-qoldirmay iz bu hayotda,
Umr o‘tmoqdadir daryo misoli.
Oppoq tongni ulab tiyrai shomga,
Birda shak keltirib sirli olamga,
Goho ta’zim qilib badkor, badnomga,
Umr o‘tmoqdadir, umr o‘tmoqda.
Qay kezlar ushalmay orzu-armonlar,
Birda g‘olib kelib tulkisimonlar,
Birda boy berilib bebaho onlar,
Umr o‘tmoqdadir, umr o‘tmoqda.
©️
To‘ra Sulaymon
📚
@zakadabiyot
-
Adabiyot ummoni
👑
Buyuk shaxslar hayoti
✍️
Ularning ijodi va faoliyati
✍️
Tarixiy merosi
🌍
✨
Qiziqarli ma'lumotlar
🤩
Qiziqarli faktlar
📖
Noodatiy hikoyalar
🧠
Ajoyib savol-javoblar
🎯
Yutuqli o‘yinlar
🏆
Faol ishtirokchilar uchun maxsus imkoniyatlar
🔗
Kanal havolasi:
https://t.me/MEROS_TSUOS
📜
☄️
“Ajdodlar merosini avlodlar asraydi.”
✨
📜
Keling, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni birgalikda o‘rganamiz, qadrlaymiz va kelajak avlodlarga yetkazamiz!
🌙
💖
“MEROS” — o‘tmish va kelajakni bog‘lovchi ko‘prik
📱
WikiSfera II — oʻzbek Wikipediasini boyitish lageri
🤩
Oromgohning bu galgi mavzusi mashhur Garri Potter filmlari ruhida bo‘lib, dastur doirasida turli o‘quv seminarlari, intellektual va jamoaviy o‘yinlar tashkil qilinadi.
Maqsad oʻzbek tilidagi maqolalar soni va sifatini oshirish.
Roʻyxatdan oʻtish:
👉
WikiTanlovBot
Muddat: 20-iyun
Ian Fleming: Jeyms Bondning otasi
1908-yil 28-mayda Londonda tavallud topgan
Ian Fleming
jahon adabiyotiga eng mashhur ayg'oqchi obrazini — agent 007,
Jeyms Bond
ni hadya etdi. Badavlat oilada dunyoga kelgan yozuvchi Itton va Sandxerst harbiy akademiyasida tahsil oldi, jurnalist sifatida faoliyat yuritdi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Britaniya dengiz razvedkasida xizmat qilgani Flemingga keyinchalik asarlari uchun boy material berdi. 1953-yilda uning ilk romani — "Casino Royale" nashr etildi va shu tariqa
Jeyms Bond
dunyoga keldi.
Fleming
hammasi bo'lib 12 ta roman va bir nechta hikoyalar yozdi. Uning qahramoni nafis didi, jasorati va xavf-xatardan qo'rqmasligi bilan millionlab kitobxonlar qalbini zabt etdi. Yozuvchi 1964-yilda vafot etgan bo'lsa-da,
Bond
obrazi kino orqali bugungacha yashab kelmoqda.
Jeyms Bond turkumiga kirgan romanlari (yozilgan/nashr etilgan yillari bo'yicha):
Romanlar
:
Casino Royale — 1953
Live and Let Die — 1954
Moonraker — 1955
Diamonds Are Forever — 1956
From Russia, with Love — 1957
Dr. No — 1958
Goldfinger — 1959
Thunderball — 1961
The Spy Who Loved Me — 1962
On Her Majesty's Secret Service — 1963
You Only Live Twice — 1964
The Man with the Golden Gun — 1965 (vafotidan keyin nashr etilgan
)
Bond turkumidan tashqari:
For Your Eyes Only — 1960
Octopussy and The Living Daylights — 1966 (vafotidan keyin)
Chitty-Chitty-Bang-Bang — 1964–65 (bolalar uchun yozilgan, uch qismli ertak)
Ko'pgina asarlari Flemingning Yamaykadagi "Goldeneye" deb atalgan villasida yozilgan. Mana shu romanlar asosida dunyodagi eng uzun davom etayotgan kinoturkumlardan biri yaratilgan.
📚
@zakadabiyot
-
Adabiyot ummoni
Koʼrdingmi, osmonlar tushmadi qulab,
Yoki teskariga aylanmadi yer.
Qismatimiz hech kim qoʼymadi ulab,
Va hech kim koʼnglimiz etolmas tahrir.
Koʼrdingmi, ogʼriblar tursada, joning
Tabassum qilishni eplolding.
Kuldim!
Bir toʼda olomon!
Yolgʼonni tutib,
Yiqilmay,
Nigohlar doridan yurdim!
To tirik ekansan eslanar ogʼriq,
To tirik ekanman beraman bardosh!
Koʼrdingmi,
u qadar qoʼrqinchli emas —
Qalbing qonlaridan
ulgʼayyotgan tosh!
©️
Gulmira Abdiraimova
📚
@zakadabiyot
-
Adabiyot ummoni
✨
Quote of the day
✨
Boshqalarning gunohiga hukm chiqarishga oshiqasiz, o'zingiznikidan boshlang, boshqalarnikiga yetib bora olmaysiz.
©️
U
ilyam Shekspir
📚
@zakadabiyot
-
Adabiyot ummoni
✨
Quote of the day
✨
-Eh, hayot, hayot! Naqadar murakkab narsa! Men shu hayot kitobiga bir vergul qo'yolsam, jon derdim.
-
Hali vergul emas, butun-butun so'zlar yozasiz.
©️
Shuhrat "Oltin zanglamas" asaridan
📚
@zakadabiyot
-
Adabiyot ummoni
✨
Quote of the day
✨
Biz kelib ketguvchi to'garak jahon,
Na boshi ma'lum-u na so'nggi ayon,
Hech kimga rostini aytib berolmas,
Qaydan keldigu keturmiz qay on.
©
Umar Hayyom
📚
@zakadabiyot
-
Adabiyot ummoni
✨
Quote of the day
✨
Har bir inson hayotida, ikkita eng muhim kun bor: Birinchisi dunyoga kelgan kun, Ikkinchisi esa nima uchun dunyoga kelganini anglagan kun.
©️
Mark Tven
📚
@zakadabiyot
-
Adabiyot ummoni