
Milliy markaz (AKIS) RASMIY
🟦
🟦
🟦
Kasaba uyushmalari faoliyatida yangi yondashuvlar
❗️
Xabaringiz bor
, bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi
hamkorligida
“Tarmoq kasaba uyushmasining Toshkent shahridagi tashkilotlar raislarining nizomda belgilangan faoliyat yo‘nalishlari, jumladan gender tenglik masalalari bo‘yicha samarali ishlarni taʼminlash borasida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish”
bo‘yicha o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.
📌
Tadbir avvalida
O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi
Eshmirza Abdualimov
kirish so‘zi bilan ishtirok etib, seminar ishtirokchilariga muvoffaqiyat tiladi.
✅
Shundan so‘ng ishtirokchilarga kasaba uyushmalari faoliyatiga oid taqdimotlar havola etildi. Seminar davomida ular Milliy markaz hamda tizimdagi laboratoriyalar va zamonaviy issiqxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
👍
Batafsil ushbu videorolikda tanishishingiz mumkin.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
📱
WEB
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
🟦
🟦
🟦
Malaka oshirish kursi tinglovchilari Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishdi
📌
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi
Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida malaka oshirayotgan "Uzagrostar xolding" kompaniyasi mutaxassislari
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan
tanishdilar.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
📱
WEB
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
▶️
Ayni daqiqalarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda O‘zbekiston agrosanoat majmui hodimlari kasaba uyushmasi hamkorligida
"Tarmoq kasaba uyushmasining Toshkent shahridagi tashkilotlar raislarining nizomda belgilangan faoliyat yo‘nalishlari, jumladan gender tenglik masalalari bo‘yicha samarali ishlarni taʼminlash borasida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish"
bo‘yicha o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
📱
WEB
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
🟦
🟦
🟦
Ozuqa ekinlari — chorvachilik samaradorligining asosi
❗️
Xabaringiz bor,
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda
“Uzagrostar”
holding kompaniyasi hamkorligida
20–26-aprel
kunlari o‘quv seminari tashkil etilmoqda. Seminar ishtirokchilari dastlabki o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunlab, o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi hamda ularga sertifikatlar topshirildi.
🗓
Bugun seminarning navbatdagi guruh ishtirokchilari uchun
"Chorvachilikda ozuqa ekinlarining o'rni"
mavzusidagi o'quv mashg‘ulotlari boshlandi.
📌
Dastur avvalida institut direktori Rustam Nizomov ishtirokchilarga institut faoliyati, seminar mazmuni va uning amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
🗣
Mashg‘ulotlar soha mutaxassislari va xalqaro ekspertlar ishtirokida olib borilmoqda. Ishtirokchilar o'quv dasturlari davomida
chorvachilikda mustahkam ozuqa bazasini yaratish, ozuqa ekinlarini yetishtirishning zamonaviy usullari, resurslardan oqilona foydalanish, ilg‘or tajribalar va innovatsion yondashuvlar
haqida nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalarni ham mustahkamlaydi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
📱
WEB
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Sholichilik sohasidagi Koreya texnologiyasi endi Bekobodda yoʻlga qoʻyiladi
🗓
Bugun Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Janubiy Koreyaning “KOPIA” markazi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi sholikor fermerlar ishtirokida
“Sholi yetishtirishning intensiv texnologiyasi”
mavzusida o‘quv seminari
tashkil etildi
.
📌
Tadbirda soha mutaxassislari, fermerlar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etib, zamonaviy texnologiyalar asosida sholi yetishtirishning samarali usullari haqida fikr almashdilar.
❗️
Dastur avvalida
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Pak Viktor Nikolayevich
so‘zga chiqib, mamlakatimizda sholichilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, tarmoqni modernizatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish hamda fermerlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi davlat siyosatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
📎
So‘ng
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Abdullo Mansurov
sohada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, yangi yuqori hosildor navlarni yaratish, resurs tejovchi agrotexnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
📝
“KOPIA” markazi direktori Kim Jae Hyun
markaz tomonidan O‘zbekistonda olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar, xususan, Koreya tajribasini joriy etish, zamonaviy urug‘chilik tizimini rivojlantirish va ilg‘or texnologiyalarni transfer qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘z yuritdi.
✅
Shuningdek, markaz eksperti, professor
Um Miok “Koreyaning sholi urug‘ini yetishtirish va tarqatish tizimi hamda ishlab chiqarish texnologiyasi”
mavzusida taqdimot o‘tkazib, unda yuqori sifatli urug‘lik yetishtirish, seleksiya jarayonlari, mexanizatsiya darajasi va hosildorlikni oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar haqida batafsil tushuntirishlar berdi.
📢
Seminar davomida Bekobod tumani sholikor fermerlari Koreya texnologiyasiga katta qiziqish bildirib, o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
📱
WEB
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
🟦
🟦
🟦
📍
Tez orada
“O‘zbekiston 24”
telekanalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
"Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv efirga uzatiladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
📱
WEB
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
“INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi doirasida muhim hamkorlik bitimi imzolandi
✅
Ayni kunlarda poytaxtimizda o‘tayotgan
“INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
doirasida
qishloq xo‘jaligi sohasida muhim hamkorlik kelishuvi
ga erishildi.
🌱
Xususan,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi
hamda
“SIBUR Holding” AJ
o‘rtasida
hamkorlik to‘g‘risidagi bitim
imzolandi.
🔬
Mazkur hujjatning asosiy yo‘nalishi —
qishloq xo‘jaligida zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish
bo‘lib, ayniqsa
polimer asosidagi innovatsion yechimlarni kengaytirish
ga qaratilgan.
💧
Bitim doirasida
suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish
,
mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash tizimlarini modernizatsiya qilish
, shuningdek
ochiq va yopiq gruntda yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirish
ko‘zda tutilgan.
☎️
Tomonlar kelishuv asosida
tajriba almashish
,
pilot loyihalarni amalga oshirish
hamda
ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy qishloq xo‘jaligiga joriy etish
bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram
🟦
🟦
🟦
Qurg‘oqchilikka chidamli navlarni yaratish bo‘yicha tajribalar
🏢
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
“Fitotron va o‘simliklar fiziologiyasi”
laboratoriyasida qurg‘oqchilikka chidamli navlarni yaratish bo‘yicha yangi metodika asosida ilmiy tajribalar olib borilmoqda.
✅
Mazkur tajribalar mutlaqo yangicha usulda, ya’ni qum bilan to‘ldirilgan maxsus tayyorlangan trubalarda o‘tkazilmoqda. Ushbu usul o‘simlik ildizining rivojlanish dinamikasini bevosita kuzatish imkonini beradi. Hozirda ildiz tizimining chuqurlashuvi va rivojlanish darajasiga qarab, ekstremal iqlim sharoitlariga bardosh bera oladigan nav va na'munalari saralab olinmoqda.
📺
Ushbu video orqali laboratoriya mudiri
Nilufar Bahramova olib
borilayotgan tadqiqotlar haqida batafsil ma`lumot berdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
📱
WEB
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
:
🟦
🟦
🟦
Lalmikor hududlarda no‘xat parvarishiga alohida e’tibor
✅
Shu kunlarda lalmikor hududlarda ish qizg‘in. Boisi, no‘xatdan mo‘l hosil olish uchun agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayni maqsadda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o‘rinbosari
Oybek Omonov
boshchiligidagi ishchi guruh joylarda amaliy ishlar olib bormoqda.
✍️
Ishchi guruh tarkibiga sohaning yetuk mutaxassis va olimlari jalb etilgan bo‘lib, ular fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan bevosita ishlab, amaliy ko‘mak ko‘rsatmoqda.
❗️
Xususan, no‘xat maydonlarida agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish, azotli o‘g‘itlarni o‘z vaqtida va me’yorida qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mutaxassislar har bir maydon sharoitini o‘rganib, fermerlarga aniq va ilmiy asoslangan tavsiyalar bermoqda. Bu esa mavjud muammolarni joyida hal etish, resurslardan samarali foydalanish va hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.
📎
Belgilangan grafik asosida ishchi guruh hududlarda faoliyat olib bormoqda va amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mutaxassislar fikricha, bunday yondashuv lalmikor maydonlarda no‘xat yetishtirish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
📱
WEB
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Guar yetishtirish loyihasiga start berildi
🏢
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi
O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti
ishtirokida
O‘zbekistonda hamkorlikda guar yetishtirish loyihasini boshlash
va
urug‘ ekish tadbiri
bo‘lib o‘tdi
.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
📱
WEB
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube