
Milliy markaz (AKIS) RASMIY
Davlat mukofotlari muborak bo‘lsin!
Bugun davlatimiz rahbarining “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi.
Farmonga ko‘ra, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tizimidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, intensiv agrotexnik usullarni qo‘llash orqali yuqori hosildorlikka erishish, el-yurt farovonligini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalar va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, mahsulotlarni sifatli qayta ishlash, yurtimiz eksport salohiyatini oshirish yo‘lidagi samarali faoliyati, malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh soha vakillari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Ular orasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy muassasalarda faoliyat yuritayotgan olimlarning borligi bizga albatta faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Davlat mukofoti bilan taqdirlangan barcha olimlarimizni chin dildan muborakbod etamiz.
“Mehnat shuhrati”
ordeni bilan taqdirlanganlar:
Tuxtakuziyev Abdusalim
— Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining tuproqqa ishlov berish mashinalari laboratoriyasi mudiri.
Chariyeva Xilal Dustmuratovna
— Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining intensiv navlar seleksiyasi laboratoriyasi mudiri, Surxondaryo viloyati.
“Do‘stlik”
ordeni bilan taqdirlanganlar:
Abillayev Urazbay
— Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi laboratoriyasi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
Rashidova Dilbar Karimovna
— Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining organik paxtachilik laboratoriyasi mudiri.
Farmon matni:
https://president.uz/oz/lists/view/8758
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
🌐
Web
|
🌐
Telegram
|
🌐
Facebook
|
😎
Instagram
#Agro_tavsiya
G‘alla maysalarini nima uchun mahalliy o‘g‘it bilan mulchalash kerak?
Bu savolga qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor
Zohidjon Ziyodullayev
javob beradi.
Videoni saqlab oling va uni fermer tanishlaringizga ham ulashib qo‘ying!
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
🌐
Web
|
🌐
Telegram
|
🌐
Facebook
|
😎
Instagram
⚡️
Korrupsiya – birgina insonning emas, butun jamiyatning fojeasi
Ba’zan birgina noto‘g‘ri qaror bir umrlik armonga aylanishi, ortida esa yuragi og‘riqqa to‘lgan bolajonlar qolishi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash – faqat huquqiy talab emas, balki har birimiz uchun ma’naviy burch. Chunki halollik – farzandlarimizning kelajagi uchun qo‘shgan eng katta hissamizdir.
❗️
Bir lahzalik manfaat bir umrlik pushaymonlikka arzimaydi.
🎥
Soliq qo‘mitasi tomonidan ayni shu mavzuda
tayyorlangan
videorolikni tomosha qiling!
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
#Agro_tavsiya
Limon ko‘chatlari qanday tayyorlanadi?
Milliy markaz tizimidagi akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti Vazira Turobova limon ko‘chatlarini tayyorlash jarayoni haqida amaliy ma’lumot beradi.
Videoni tomosha qiling — o‘zingiz ham limon ko‘chatlarini to‘g‘ri usulda tayyorlashni o‘rganib olasiz.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
🌐
Web
|
🌐
Telegram
|
🌐
Facebook
|
😎
Instagram
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli olimlar va qishloq xo‘jaligi sohasining fidoyilari!
Sizlarni mamlakatimiz tarixida alohida o‘rin tutadigan qutlug‘ sana — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Asosiy Qonunimiz — davlatimiz mustaqil taraqqiyoti, jamiyatimiz barqarorligi va fuqarolar farovonligining mustahkam huquqiy poydevoridir. Unda inson qadri, mehnat qilish erkinligi, mulk daxlsizligi hamda fermer va dehqonlar manfaatlarini himoya qilish kabi tamoyillar o‘z ifodasini topgani agrar sohaning ham izchil rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Bugun qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarga tayanilgan yangi yondashuvlar amalga oshirilmoqda. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, resurslarni tejash, yuqori unumdor navlar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasidagi ishlarimizda Konstitutsiyamiz belgilab bergan imkoniyat va kafolatlar muhim ahamiyatga ega.
Ushbu qutlug‘ bayramda mehnatkash dehqonlarimiz, fidoyi fermerlarimiz, izlanuvchan olimlarimiz va agrar sohada xizmat qilayotgan barcha hamkasblarimga samimiy minnatdorlik bildiraman. Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi faoliyatingiz daromadli, izlanish va tashabbuslaringiz samarali bo‘lsin.
Barchamizga tinchlik, totuvlik, mustahkam sog‘liq va yangi tashabbuslar uchun kuch-g‘ayrat tilayman.
Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!
Shodmon Namozov
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
🌐
Web
|
🌐
Telegram
|
🌐
Facebook
|
😎
Instagram
Ilm, tajriba va yashil kelajak uyg‘unligi amalda
Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy-tajriba stansiyasida "Danakmevali ekinlardan bog' barpo etish" mavzusida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Unda bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va Andijon Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti talabalari ishtirok etib, bog‘ barpo etishning zamonaviy usullari bo‘yicha ilmiy asoslangan bilimlarga ega bo‘lishdi.
Seminar yakunida “Yashil makon” umummilliy loyihasi va “Dolzarb bir oylik” dasturi doirasida 200 tup mevali ko‘chat ekildi hamda maxsus ko‘rgazmali bog‘ maydonchasi tashkil etildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
🌐
Web
|
🌐
Telegram
|
🌐
Facebook
|
😎
Instagram
Bugun bug’doy maysalariga nima foyda beradi?
Bu savolga qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor
Zohidjon Ziyodullayev
javob beradi.
⬇️
🛫
Telegram
📷
Instagram
📞
Facebook
📺
Youtube
Toshkent trasport tizimida o‘zgarishlar: yagona intellektual tizim ishga tushmoqda
So‘nggi yillarda aholi va transport vositalari sonining o‘sishi natijasida Toshkentda yo‘l infratuzilmasiga yuklama keskin ortmoqda. Poytaxtning asosiy transport yo‘laklariga bosim 2 barobar ko‘paydi, keyingi yillardagi 7-8 balli tirbandliklar odatiy holga aylandi.
Ushbu muammoni hal qilish, aholiga yanada qulay muhit yaratish maqsadida 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Toshkent shahrida transport tizimi boshqaruvini takomillashtirish hamda tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qarori qabul qilindi
.
❓
Qanday muhim o‘zgarishlar bor?
Qarorda Toshkent shahri transport tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi:
⬇️
aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini 60 foizga yetkazish;
⬇️
elektrobuslarning jamoat transportidagi ulushini 50 foizga yetkazish;
⬇️
avtobusning o‘rtacha harakat tezligini 18 km soatdan 24 km soatga yetkazish;
⬇️
metropoliten tarmog‘i uzunligini 103 kmga yetkazish;
⬇️
Toshkent shahridagi 1000 km avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlarini tashkil etish;
⬇️
transport vositalari uchun 150 ming o‘rinli to‘xtab turish joylarini tashkil etish;
⬇️
16 ta yo‘l o‘tkazgich va tonnellar barpo etish;
⬇️
2 600 ta avtobus bekatlarini namunaviy loyiha asosida rekonstruksiya qilish;
⬇️
yagona boshqaruv tizimiga ega intellektual svetoforlar bilan jihozlangan “aqlli” chorrahalar sonini 700 taga yetkazish;
⬇️
200 km piyodalar yo‘lagi va 170 km velosipedlar uchun maxsus yo‘laklar tashkil etish.
Qaror bilan Toshkentda yagona Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashkil etiladi. Markaz intellektual transport tizimining operatori hisoblanadi.
❓
Bu nima beradi?
✅
Poytaxtda transport tizimini isloh qilish eng avvalo xavfsiz va qulay yo‘l harakatini yaratishga yordam beradi. Avtomobillar harakatini tartibga solish va atmosferaga zararli moddalar chiqarilishini kamaytirish imkonini beradi.
✅
Toshkent shahrida yagona Yo‘l harakatini tashkil etish markazining yaratilishi poytaxt transport tizimidagi uzoq yillik muammolarni tizimli bartaraf etishga yordam beradi. Bu shahar aholisi uchun kunlik yo‘ldagi vaqtni sezilarli qisqartirib, stress darajasini pasaytiradi va hayot sifatini oshiradi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Shu kunlarda hududlarda soha olimlari va mutaxassislari ishtirokida
2026-yil hosili uchun yetishtirilayotgan boshoqli don ekinlarini to'g'ri parvarishlash, agrotexnik tadbirlari
ni sifatli o'tkazish yuzasidan seminarlar o'tkazilmoqda.
Ana shunday seminarlardan biri Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tashkil etildi. Seminarda
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
ilmiy xodimlari va fermerlar ishtirok etdi.
Seminar tafsilotlari
"Qashqadaryo"
telekanalida yoritildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
🌐
Web
|
🌐
Telegram
|
🌐
Facebook
|
😎
Instagram
Uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan islohotlar, investorlar uchun yaratilgan keng sharoitlar tufayli Yangi O‘zbekiston energetikasida chinakam inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.
—
Благодаря стратегически выверенным реформам и созданию широких возможностей для инвесторов в энергетике Нового Узбекистана произошли поистине революционные изменения.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X