Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Angren universiteti (rasmiy)

Angrenuniversiteti
🏛 ANGREN UNIVERSITETI - TA'LIM OLAMINING ZAMONAVIY FORMATI ☎️ Bog’lanish uchun: +99 894 598 88 88 +99 855 901 88 80 ☝🏻 Qo’shimcha savollar bo’yicha @AU_admin ga murojaat qiling
Subscribers
4 490
24 hours
30 days
-50
Post views
1 482
ER
33,88%
Posts (30d)
41
Characters in post
963
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Other
Audience gender
Mixed audience
Audience age
-
Audience financial status
Mixed
Audience professions
Others
Summary
-
March 13, 17:28
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

👍
14 mart — Pi soni kuni!
🔸
Angren universiteti Matematika -25-1 guruhi talabalari tomonidan
Pi soni kuni
munosabati bilan qiziqarli va mazmunli tadbir tashkil etildi.
🔵
Pi soni (π ≈ 3.14)
matematika­da eng mashhur va sirli doimiy sonlardan biridir. U aylananing uzunligi bilan diametri nisbati­ga teng bo‘lib, ilm-fan va texnika­da juda muhim ahamiyatga ega.
🔵
Tadbir davomida talabalar
Pi soni tarixi va qiziqarli faktlarni o‘rganishdi
,
matematik viktorinalarda ishtirok etishdi
,
intellektual o‘yinlarda fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdi
va
qiziqarli misol hamda topshiriqlarni yechishdi
.
🔵
Bunday tadbirlar yoshlar­da matematik tafakkurni rivojlantirish, ijodiy fikrlashni kuchaytirish va fan­ga bo‘lgan muhabbatni oshirishga xizmat qiladi.
🔸
Matematika — bu nafaqat hisob-kitob, balki dunyoni tushunish kalitidir!
👍
Angren universiteti - Ta'lim olamining zamonaviy formati
🔺
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring
📺
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site

March 13, 17:02
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

👍
Angren universitetida umumxalq hashari yuqori saviyada tashkil etildi
🔸
Mamlakatimizda
2026 yil 13–14 mart kunlari e’lon qilingan umumxalq hashari
munosabati bilan
Angren universitetida
ham obodonlashtirish va tozalik ishlari keng ko‘lamda tashkil etildi.
🔵
Mazkur tadbir
universitet jamoasining birdamligini namoyon etib
, ta’lim muassasasi hududini yanada
obod va fayzli qilishga xizmat qildi.
🔵
Hasharda universitetning
barcha fakultetlari, kafedralari va bo‘limlari jamoalari
faol ishtirok etdi.
🔵
Professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar
o‘quv binolari, xizmat xonalari va ularga tutash hududlarda
tozalik va obodonlashtirish ishlarini
amalga oshirdilar.
🌿
Shuningdek, universitet hududidagi
yashil maydonlar, gulzorlar va daraxtlar atrofi
tartibga keltirilib, hududlar
maishiy chiqindilardan tozalandi.
🌳
Hashar davomida jamoa a’zolari
hamjihatlikda mehnat qilib
, universitet hududining yanada
ozoda va ko‘rkam bo‘lishiga
o‘z hissalarini qo‘shdilar.
🌱
Bunday ezgu tadbirlar
ekologik madaniyatni yuksaltirish
,
atrof-muhitga e’tiborni kuchaytirish
hamda
jamoaviylik ruhini mustahkamlashda
muhim ahamiyat kasb etadi.
👍
Angren universiteti - Ta'lim olamining zamonaviy formati
🔺
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring
📺
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site

March 12, 16:42
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

#Payshanba_Yoshlar_kuni
👍
"YOSHLAR KUNI" DOIRASIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O‘TKAZILDI
🔵
Yoshlar kuni munosabati bilan
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida
"
Ochiq eshiklar kuni"
tadbiri tashkil etildi.
🔵
Tadbirda
“Pedagogika va psixologiya”
kafedrasi mudiri
F.B. Kurbanov
,
Angren universiteti Akademik faoliyat va registrator ofisi mutaxassisi Sh. Uralov
,
katta o‘qituvchi D.Sh. Isabekova
,
shuningdek
“Pedagogika va psixologiya”
,
“Boshlang‘ich ta’lim”
hamda
“Maktabgacha ta’lim”
yo‘nalishi bitiruvchi talabalari ishtirok etdilar.
🔵
Tadbir davomida talabalarga
markaz faoliyati
, ko‘rsatilayotgan
ijtimoiy xizmatlar
,
mutaxassislarning ish jarayoni
hamda
amaliy faoliyati
haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🔵
Ochiq muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib,
kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim amaliy tajribaga ega bo‘ldilar
.
👍
Angren universiteti - Ta'lim olamining zamonaviy formati
🔺
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring
📺
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site

March 12, 11:59
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

#Payshanba_Yoshlar_kuni
👍
ANGREN UNIVERSITETIDA YOSHLAR KUNI DOIRASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
🔻
Angren universitetida Yoshlar kuni doirasida Angren shahar hokimligi hamda Angren universiteti rahbariyati tomonidan bitiruvchi va talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
🔻
Uchrashuvda Angren universiteti rektori
Mutalov Shuhrat Ahmadjanovich
, Angren shahar hokimi
Rayimov Alisher Abdumalikovich
, Angren shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik
Mirxodjayev Azimjon Mirxosilovich
, Angren shahar prokurori
Xayridinov Allayor Mamayorovich
, shuningdek barcha tijorat banklari rahbarlari ishtirok etishdi.
🔻
Tadbir davomida talaba-yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Yarmarkada turli tashkilot va korxonalar tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi.
🔻
Shuningdek, yoshlar uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, ularning turlari, shartlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔻
Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi hamda talabalarning takliflari mas’ul xodimlar tomonidan yozib olindi.
👍
Angren universiteti - Ta'lim olamining zamonaviy formati
🔺
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring
📺
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site

March 10, 10:55
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

👍
ANGREN UNIVERSITETIDA “FAKULTET GO‘ZALI” TANLOVI BO‘LIB O‘TDI
🔻
Angren universiteti Pedagogika va tillar fakulteti Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni
munosabati bilan
“Olam mo‘jizasi — ayol”
nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🔻
Tadbir doirasida
talaba-qizlar
o‘rtasida “Fakultet go‘zali” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 6 nafar iqtidorli va faol
talaba-qizlar
ishtirok etib, o‘zlarining bilimi, iste’dodi, sahnadagi mahorati hamda ijodiy chiqishlari bilan tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.
🏆
Tanlov yakuniga ko‘ra g‘olib va nominatsiyalar:
👑
Fakultet go‘zali
– Xushvaqtova Aminaxon (XT-24/1)
🌟
Eng serqirra talaba-qiz
– Ermatova Shodiyona (BT-24/1)
🎭
Eng ijodkor talaba-qiz
– Abdurahmonova Sevinch (MT-24/1)
💫
Eng uddaburon talaba-qiz
– Shukurboyeva Nihola (PP-25/1)
🌷
Eng nazokatli talaba-qiz
– G‘ulomova Marjona (RF)

Eng orasta talaba-qiz
– Abdiqodirova Dilnurabonu (XT)
🔻
Barcha ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib,
talaba-qizlarning iqtidorini namoyon etish uchun yana bir imkoniyat
bo‘ldi.
👍
Angren universiteti - Ta'lim olamining zamonaviy formati
🔺
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring
📺
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site

March 10, 10:06
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

👍
E’lon!
🔺
Angren universiteti o'z jamoasiga
xo'jalik sohada
ko'p yillik tajriba orttirgan, ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan
mehnatsevar, vijdonli va halol
ishchilarni taklif qiladi.
🔺
Bo‘sh ish o‘rinlari:
🟢
Bog‘bon – 1 nafar
🟢
Xo‘jalik ishlari mudiri (Завхоз) – 1 nafar
🟢
Ishchi
(разнорабочий)
🔺
Nomzodlarga qo'yilgan talablar:
🟢
Xo'jalik ishlari bo'yicha bilim malaka va ko'nikmaga ega bo'lishlari zarur.
🟢
Yosh chegarasi 22-45.
🟢
Lavozimlarga faqat erkak nomzodlar qabul qilinadi.
🔺
Murojaat uchun telefon 977788182 Saydulla aka
👍
Angren universiteti - Ta'lim olamining zamonaviy formati
🔺
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring
📺
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site

March 08, 01:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#REKTOR_TABRIGI
👍
Angren universiteti rektori Sh.A. Mutalovning 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni
munosabati bilan bayram tabrigi.
🌸
Tabiat chiroy ochib borayotgan mana shu bahor kunlarida
aziz onalarimizni, ayollarimizni, opa-singillarimizni, hamkasblarimizni va barcha ayol-qiz talabalarimizni
Xotin-qizlar bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.
🌸
Sir emaski,
ayol zotining tengsiz latofat va nafosat sohibasi ekanligi
,
ezgulik va fidoyilik ramzi
,
xonadonlarimizning farishtasi
ekanligini qalbimizning tub-tubidan his etamiz.
🌸
Baxtimizga hamisha omon bo‘lib
, doim
yaqinlaringizning e’tiborida bo‘lib yuring
,
aziz ayollar!
Shuhrat Mutalov
👍
Angren universiteti - Ta'lim olamining zamonaviy formati
🔺
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring
📺
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site

March 07, 05:29
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

👍
ANGREN UNIVERSITETIDA “YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA TALABA-YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
🔵
“Yoshlar kuni”
munosabati bilan
Angren universitetida talaba-yoshlar va rahbarlar ishtirokida uchrashuv
tashkil etildi.
🔺
Uchrashuvda
Angren universiteti rektori
,
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, Angren shahar IIB boshlig‘i
hamda
kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar
ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan
ochiq muloqot
o‘tkazdilar.
🔵
Uchrashuv davomida
giyohvandlikning salbiy oqibatlari
hamda
kiberxavfsizlik masalalari
bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
🔵
Mutaxassislar tomonidan
internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish
,
shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish
hamda
kibertahdidlardan ogoh bo‘lish
bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
🔺
Tadbir yakunida talaba-yoshlarga
mavzuga oid targ‘ibot materiallari
tarqatildi.
👍
Angren universiteti - Ta'lim olamining zamonaviy formati
🔺
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring
📺
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site

March 07, 01:15
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

👍
Angren universitetida bitiruvchilar bandligini ta’minlash va ularni ishga joylashtirish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha majlis bo‘lib o‘tdi.
🔺
Uchrashuvda
Toshkent viloyati hokimligi vakili
,
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi DXSh bosh mutaxassisi
,
Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i
, shuningdek
Angren universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari
ishtirok etdi.
🔺
Suhbatning asosiy yo‘nalishi bitiruvchilarni ishga joylashtirish va ularning bandligini ta’minlashga qaratildi.
🔺
Tomonlar o‘rtasida mavjud ehtiyojlar, bo‘sh ish o‘rinlari hamda hamkorlik mexanizmlari muhokama qilindi.
🔺
Uchrashuv
bitiruvchilarni mahalliy ta’lim muassasalariga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy takliflar
bilan yakunlandi.
🔵
Mazkur uchrashuv doirasida
bitiruvchilar uchun ish yarmarkasini o‘tkazish belgilab olindi.
👍
Angren universiteti - Ta’lim olamining zamonaviy formati
🔺
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring
📺
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site

March 06, 11:20
Media unavailable
2
Show in Telegram

🔻
#VIDEO_LAVHA
👍
Angren universitetida 8-mart

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
👍
Angren universiteti - Ta'lim olamining zamonaviy formati
🔺
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring
📺
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site