Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Angren universiteti (rasmiy)

Angrenuniversiteti
🏛 ANGREN UNIVERSITETI - TA'LIM OLAMINING ZAMONAVIY FORMATI ☎️ Bog’lanish uchun: +99 894 598 88 88 +99 855 901 88 80 ☝🏻 Qo’shimcha savollar bo’yicha @AU_admin ga murojaat qiling
Подписчики
4 430
24 часа
30 дней
-70
Просмотры
1 587
ER
36,52%
Посты (30д)
25
Символов в посте
1 170
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Прочая
Пол аудитории
Смешанная аудитория
Возраст аудитории
-
Финансовый статус аудитории
Смешанный
Профессии аудитории
Прочие
Краткое описание
-
April 02, 18:06
Файлы недоступны
15
Открыть в Telegram

#Dayjest
#Yashilmakon
🌳
1-aprel kuni Prezident
Shavkat Mirziyoyev
boshchiligida respublikamizning 14 ta hududida “
Yashil makon” umummilliy loyihasi
doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda
oliy ta’lim tashkilotlari
ham faol ishtirok etdilar.
🌱
Buxoro davlat
universiteti
;
🌱
Buxoro davlat texnika
universiteti
;
🌱
Namangan davlat
universiteti
;
🌱
Andijon davlat tibbiyot
instituti
;
🌱
Buxoro davlat pedagogika
instituti
;
🌱
Samarqand davlat tibbiyot
universiteti
;
🌱
Andijon davlat chet tillari
instituti
;
🌱
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya
universiteti
;
🌱
Guliston davlat
universiteti
;
🌱
Termiz davlat pedagogika
instituti
;
🌱
Navoiy davlat
universiteti
;
🌱
Nukus davlat pedagogika
instituti
;
🌱
Qoraqalpoq davlat
universiteti
;
🌱
Andijon davlat
universiteti
;
🌱
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro
instituti
;
🌱
Nukus davlat texnika
universiteti
;
🌱
Andijon davlat texnika
instituti
;
🌱
SamDU Urgut
filiali
;
🌱
Nukus davlat texnika
universiteti
;
🌱
Qarshi davlat texnika
universiteti
;
🌱
Namangan davlat texnika
universiteti
🌱
Angren
universiteti
;
🌱
Qarshi davlat
universiteti
;
🌱
Namangan davlat pedagogika
instituti
;
🌱
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti
;
🌱
Urganch davlat
universiteti
;
🌱
Qo‘qon Universiteti Andijon
filiali
.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram |
YouTube
|
Telegram

April 02, 18:03
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

👍
Bugun Angren universitetida "Yoshlar kuni"ga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
🔸
Bugun, 2-aprel kuni Angren universitetida "Yoshlar kuni" munosabati bilan talabalarimiz uchun juda foydali va qiziqarli uchrashuv tashkil etildi. Mehmonimiz — Angren shahar Davlat xizmatlari markazi shoʻba boshligʻi M.Abdullayev boʻldi.
🔺
Talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan davra suhbatida quyidagilar ishtirok etdi:
🟢
M. Abdullayev – Angren shahar Davlat xizmatlari markazi sho‘ba boshlig‘i;
🟢
N. Boltayev – universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori;
🟢
E. Axmedov – Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri;
🟢
O. Mutalov – universitet yuriskonsulti;
🟢
“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari.
🔺
Tadbir davomida M.Abdullayev markaz tomonidan koʻrsatilayotgan zamonaviy xizmatlar, davlat xizmatlarini raqamlashtirish borasidagi islohotlar va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
🔺
Muloqot yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy-huquqiy faolligini oshirishda muhim xizmat qiladi.
👍
Angren universiteti - Ta'lim olamining zamonaviy formati
🔺
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring
📺
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site

April 02, 17:40
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

👍
Payshanba — yoshlar bilan ochiq muloqot kuni
🔸
“Pedagogika va tillar” fakulteti, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi tomonidan haftaning payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar bilan uchrashuv kuni” doirasida mazmunli va yuksak saviyada tashkil etilgan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Yangi Oʻzbekistonga mos kelajak avlod” g‘oyasi asosida BT 24-1 hamda BT 24-2 guruh talabalari ishtirokida tashkil etilib, unda yoshlarning fikrlash doirasini kengaytirish, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga yo‘naltirilgan muhim masalalar muhokama qilindi.
🔺
Tadbir davomida “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti U.N. Abdiyev tomonidan “Kasbiy hayot strategiyasi” mavzusida chuqur mazmunli, mantiqiy va kreativ yondashuvga asoslangan ma’ruza taqdim etildi. Ma’ruza nafaqat nazariy bilimlarga, balki amaliy hayotiy misollarga boy bo‘lib, talabalarni faol fikrlashga undadi.
🔺
Ma’ruza jarayonida quyidagi muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🟢
kasbiy rivojlanishda to‘g‘ri strategiya tanlash va maqsad qo‘yish
🟢
biznes va karyera yo‘lida zarur ko‘nikmalarni shakllantirish
🟢
oila va shaxsiy hayot o‘rtasida muvozanatni saqlash
🟢
moliyaviy savodxonlik, pul boshqaruvi va investitsiya tushunchalari
🟢
jamiyatda faol bo‘lish va ijtimoiy mas’uliyatni his etish
🟢
ma’naviy rivojlanish, ichki xotirjamlik va shaxsiy o‘sish
🔺
Bundan tashqari, tadbir davomida matematika fanini o‘qitishda zamonaviy STEAM yondashuvining ahamiyati haqida ham fikr yuritildi. Ushbu yondashuv orqali talabalar bilimni faqat nazariy emas, balki amaliy jihatdan ham o‘zlashtirishi, kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishi mumkinligi ta’kidlandi.
🔺
Tadbirda “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri F.B. Kurbanov hamda kafedra professor-o‘qituvchilari X. Kuralova, G.E. Gazibekova va N.T. Xodjimatovalar ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari bilan faol qatnashdilar.
🔺
Uchrashuv davomida talabalar tomonidan berilgan savollar, bildirilgan fikrlar va olib borilgan bahs-munozaralar tadbirning yanada jonli va samarali o‘tishiga xizmat qildi. Tadbir ishtirokchilarga nafaqat yangi bilim va tushunchalar berdi, balki ularning kelajak rejalari haqida jiddiy o‘ylashga, o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yishga undadi.
🔺
Mazkur uchrashuv talabalar va o‘qituvchilar uchun katta ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlab, ular o‘rtasidagi samimiy muloqotni yanada mustahkamladi.
👍
Angren universiteti - Ta'lim olamining zamonaviy formati
🔺
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring
📺
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site

April 02, 17:15
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

👍
YOSHLAR KUNI DOIRASIDA TA’LIM YARMARKASI
🔸
Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan ta’lim yarmarkasida Angren universiteti ham faol ishtirok etdi.
🔺
Yarmarka davomida:
🟢
Abituriyentlarga maxsus tarqatma materiallari tarqatilib universitetida mavjud yo‘nalishlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔺
Abituriyentlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va kelajakdagi ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
🔺
Angren universiteti — kelajagingiz uchun to‘g‘ri tanlov!
👍
Angren universiteti - Ta'lim olamining zamonaviy formati
🔺
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring
📺
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site

March 30, 13:28
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

👍
Angren universiteti talabasi xalqaro musobaqada ishtirok etadi
🔸
Angren universiteti talabasi Doʻsmamatova Karomat O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida para stol tennisi bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqada qatnashadi.
🌍
Musobaqa: “ITTF World Para Future Yalova 2026”
📍
Manzil: Turkiya, Yalova shahri
📅
Sana: 2026-yil 30-mart – 4-aprel
🔵
Ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan 2 nafar sportchidan biri bizning iqtidorli talabamiz sanaladi.
🔵
Talabamizga omad tilaymiz
🏓
Yangi yutuqlar kutib qolamiz
👍
Angren universiteti - Ta'lim olamining zamonaviy formati
🔺
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring
📺
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site

March 28, 16:33
Файлы недоступны
8
2
Открыть в Telegram

👍
Angren universitetida “Smart Angren–2026” mobil ilovalar tanlovi yuqori saviyada o‘tkazildi
🔸
2026-yil 26-aprel kuni
Angren universiteti
da “Aniq va texnik fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda maktab o‘quvchilari ishtirokida
“Smart Angren–2026” mobil ilovalar tanlovi
tashkil etildi.
🔺
Tadbir zamonaviy IT yechimlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish va ularning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
👨‍💻
Tanlov jarayonida:
🟢
15 nafar talaba
🟢
4 nafar maktab o‘quvchisi
🔺
o‘zlari tomonidan ishlab chiqilgan mobil ilovalarni taqdim etdilar.
🔸
Ishtirokchilar taqdimotlarida:
🟢
ta’lim jarayonini yengillashtiruvchi ilovalar
🟢
interaktiv o‘quv platformalari
🟢
foydalanuvchilar uchun qulay interfeysga ega dasturlar namoyish etildi. Har bir loyiha amaliy ahamiyati, yangiligi va funksionalligi asosida baholab borildi.
📊
Tanlov ishlari
Raqamli texnologiyalar markazi
rahbari D. Asqarov boshchiligidagi malakali ekspertlar guruhi tomonidan adolatli va shaffof tarzda ko‘rib chiqildi.
🏆
Yakunda:
🟢
eng yaxshi loyihalar saralab olindi
🟢
g‘oliblarni taqdirlash bo‘yicha qaror qabul qilindi
🟢
barcha ishtirokchilar faol ishtiroki uchun rag‘batlantirildi
🔸
Ushbu tanlov:
🟢
yoshlarning IT sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirdi
🟢
ularning ijodiy va texnik salohiyatini namoyon etish imkonini berdi
🟢
kelajakda yetuk dasturchi va mutaxassislarni shakllantirishga xizmat qiladi
🔸
Bunday tashabbuslar orqali siz ham o‘z g‘oyalaringizni real loyihaga aylantirishingiz mumkin.
👍
Angren universiteti - Ta'lim olamining zamonaviy formati
🔺
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring
📺
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site

March 28, 15:53
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

👍
Angren universiteti talabalari amaliyotda
🔸
Angren universiteti Iqtisodiyot va huquq fakultetining Konchilik ishi yo‘nalishi 2-bosqich talabalari fakultet dekani I. Sohibov tashabbusi bilan, mutaxassislik fanlari o‘qituvchisi M. Ergashev boshchiligida olingan nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash maqsadida Angren ko‘mir koniga tashrif buyurishdi.
🔺
Tashrif davomida talabalar ko‘mir konining bugungi kundagi ish faoliyati, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish jarayonlari, shuningdek, ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
🔺
Mutaxassislar tomonidan ularga ko‘mir qazib olish jarayoni, xavfsizlik qoidalari, mehnatni muhofaza qilish choralari hamda korxonaning iqtisodiy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, talabalar konda amalga oshirilayotgan geologik izlanishlar, qazib olish usullari va transportirovka jarayonlari bilan ham tanishib, o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash imkoniga ega bo‘lishdi.
👍
Angren universiteti - Ta'lim olamining zamonaviy formati
🔺
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring
📺
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site

March 27, 14:02
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

👍
“Yashil makon” loyihasida Angren universiteti faol ishtirok etmoqda
🌱
2026-yil 27-mart kuni Angren shahridagi “Yoshlar bog‘i” ning Angren universitetiga biriktirilgan hududida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.
🌳
Tadbirda universitet Pedagogika va tillar fakulteti jamoasi faol ishtirok etishdi.
🌳
Tadbir davomida hududga 50 tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
🌿
Ushbu tashabbus hududni ko‘kalamzorlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda yoshlar orasida tabiatga bo‘lgan mas’uliyatni oshirishga xizmat qiladi.
👍
Angren universiteti - Ta'lim olamining zamonaviy formati
🔺
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring
📺
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site

March 25, 16:06
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

👍
ANGREN UNIVERSITETIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
🔸
2026-yil
24-aprel kuni
“Raqamli transformatsiya sharoitida zamonaviy ta’lim: muammolar, innovatsion yechimlar va sun’iy intellektning yangi imkoniyatlari”
mavzusida anjuman o‘tkaziladi.
🔸
Anjuman sho‘balari:
1. Zamonaviy ta’lim muammolari va yechimlar
2. Sun’iy intellekt va raqamli ta’lim texnologiyalari
3. Globallashuv va raqamli transformatsiya davrida ijtimoiy-gumanitar fanlar: muammo va istiqbollar
4. Til va ta’lim integratsiyasi: muammolar va yechimlar
5. Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining innovatsion modellari
6. Tibbiy ta’limda ijtimoiy pedagogika va simulyatsion texnologiyalar
🔸
Maqola (tezis) topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 15-aprel
📩
Maqolalar belgilangan talablar asosida quyidagi telegram manzil orqali qabul qilinadi:
@s_uralov24
👍
Angren universiteti - Ta'lim olamining zamonaviy formati
🔺
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring
📺
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site

March 24, 12:05
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

👍
Angren shahrida Navro‘z bayrami keng nishonlandi.
🔸
Ushbu bayram tadbirida
Angren universiteti
jamoasi ham faol ishtirok etdi.
🌳
Mazkur tadbirda Angren universiteti talabalari va ustozlari faol qatnashib, Navro‘z bayramiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
🔵
Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va birlik bayramidir.
👍
Angren universiteti - Ta'lim olamining zamonaviy formati
🔺
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring
📺
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site