
Arnasoy.uz | Rasmiy kanal
DEKABR – YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI
Viloyat hududida 2025-yilning 1-dekabrdan - 30-dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilishi munosabati bilan hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi hamda yong‘inlarning oldini olish maqsadida Arnasoy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va hamkor tashkilotlar tomonidan tuman hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shaxobchalarida tezkor reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida tabirkorlar tomonidan suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalanish holatlari aniqlanib, gaz ballonlari belgilangan tartibda xavfsiz hudud tuman gaz ta’minoti bo‘limiga qarashli suyultirilgan gaz ballonlarini saqlash shaxobchasiga olib borib qo‘yildi.
Bu boradagi reyd tadbirlari tuman hududida davom etmoqda.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazib, ularga davlat mukofotlarini topshirdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с работниками сельского хозяйства, а также вручил им государственные награды.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
JAMOATCHILIK NAZORATINI RAQAMLASHTIRISH BORASIDA O‘QUV SEMINARI TASHKIL ETILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-162-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi “Aholi muammolarini hal qilishda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish” 695-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2025-yil 16-iyunda oʻtkazilgan “Amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini oʻylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan” oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Xalq nazorati” platformasini bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlar shahar hamda tumanlarda toʻliq ishga tushirish vazifasi belgilangan.
Shundan kelib chiqib, Arnasoy tumani hokimligida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Raqamli rivojlanish departamenti” mutaxassislari tomonidan “Xalq nazorati” platformasini tuman hududida ishga tushirish hamda platformada ishlash yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlari va masʼul xodimlarini oʻqitish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube
XITOYDAN FOTOREPORTAJ
XITOYNING "BOSHIRAN" KOMPANIYASIDA SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALAR BO'YICHA HAMKORLIK UCHRASHUVI
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Arnasoy tuman hokimligi vakillari, Sirdaryo -Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻi hamda fermer xoʻjaliklari rahbarlari suv tejovchi texnologiyalar bo'yicha amaliy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasining “Boshiran” kompaniyasida bo'lib turibdilar.
Tashrifdan maqsad — irrigatsiya sohasida qo‘llanilayotgan zamonaviy, yuqori samaradorlikka ega suv tejovchi texnologiyalar bilan yaqindan tanishish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda ularni yurtimiz sug‘orish tizimlariga tatbiq etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan iborat.
Delegatsiya ishtirokchilari Xitoyning yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orish, masofadan nazorat qilish va suv sarfini avtomatik boshqarish tizimlari bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuvlar davomida suv tejovch texnologiyalarni mahalliy sharoitga moslashtirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekin maydonlarida hosildorlikni oshirish hamda suv yo‘qotilishini kamaytirishga qaratilgan yechimlar bo‘yicha mutaxassislar bilan fikr almashildi. Xitoylik ekspertlar suv tejovchi texnologiyalarning texnik ko‘rsatkichlari, samaradorligi va iqtisodiy afzalliklarini atroflicha namoyish qilib berdi.
Mazkur tashrif suv xo‘jaligi tizimida suv tejovchi texnologiyalarni jadallashtirish, xalqaro hamkorlik doirasida ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish va innovatsion yechimlarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube
Jizzaxda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan davlat mukofotlari topshirildi
Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh fidokor mehnatkashlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ularning qishloq xo‘jaligi rivoji, yuqori hosildorlikka erishish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda eksport salohiyatini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.
Jumladan, Muxabbat Xasanova “Mehnat shuhrati”, Shavkat Darvishev “Do‘stlik” ordenlari bilan, Ikrom Karimov “Jasorat”, Jamshid Axmedov “Kelajak bunyodkori”, Ikrom Shayzakov “Shuhrat” medallari bilan mukofotlandi.
Mukofotlar viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, Zafar Ruziyev va Abdunabi Abduraxmonovga faxriy unvonlar, Rustam Raimqulovga esa “Shuhrat” medali Toshkent shahridagi tantanali tadbirda topshirildi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube
Jizzaxda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan davlat mukofotlari topshirildi
Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan bir guruh fidokor mehnatkashlar yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tizimida ko‘p yillik halol va samarali mehnati, soha rivojini yangi bosqichga olib chiqish, intensiv agrotexnika usullarini qo‘llash orqali yuqori hosildorlikka erishish, el-urt farovonligini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalar hamda zamonaviy ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy etgani, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishi, mahsulotlarni sifatli qayta ishlash, eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, malakali mutaxassislar tayyorlash va ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun qator yurtdoshlarimiz munosib e’tirof etildi.
Jumladan, Baxmal tumanidagi “Gulbuloq sabzavotlar makoni” fermer xo‘jaligi rahbari Muxabbat Xasanova “Mehnat shuhrati” ordeni, Do‘stlik tumani hokimi Shavkat Darvishev “Do‘stlik” ordeni, Arnasoy tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi Ikrom Karimov “Jasorat” medali, Paxtakor tumanidagi “Bog‘ishamol tomorqa eksport” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Jamshid Axmedov “Kelajak bunyodkori” medali, shuningdek, Do‘stlik tumanidagi “Ilhom Sharif” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i Ikrom Shayzakov “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi. Davlat mukofotlari viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev tomonidan tantanali tarzda topshirildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Zafar Ruziyev, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor” faxriy unvoni bilan taqdirlangan Sharof Rashidov tumanidagi “Qo‘rg‘ontepa” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i Abdunabi Abduraxmonov hamda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan Zafarobod tumanidagi “Forish yo‘llari” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i Rustam Raimqulov Toshkent shahrida o‘tkazilgan tantanali tadbirda taqdirlanishdi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube
Arnasoy tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 10-11-sinf o‘quvchilari Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatlarini qo'lga kiritishdi!
Ona tili va adabiyot
📝
B+
:
1. BAXTIYOROVA DILNURA OLIMJON QIZI - 11
2. TURSUNBOYEVA GULXAYO ABDUVALI QIZI - 11
3. XOLXO'JAYEVA GULZODA BOBOMUROD QIZI - 11
4. XUSENOVA E'ZOZA ZOIR QIZI - 11
Ona tili va adabiyot
📝
B
:
1. ERKINOVA FERUZA UMARJON QIZI - 11
2. TURMAMATOVA DILDORA SHAVKAT QIZI
-
10
Ona tili va adabiyot
📝
C
+
:
1. ABDULLAYEVA DILDORA BAXTIYOR QIZI - 10
O'quvchilarimizning kelgusi o'qishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz
!
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube
❓
Qonunchilikda kimlarga ustama haq to‘lanishi belgilangan?
✅
Qonunchilik talablariga ko‘ra, ayrim toifa shaxslarning pensiya miqdorini hisoblashda ustama haq qo‘shib hisoblanadi.
➡️
Mazkur ustama haq miqdori qonunchilikka muvofiq pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining turli foizlarida belgilangan.
🔗
Ustama haq olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati bu yerda. (
https://lex.uz/docs/112314#127178
)
📞
12-71
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Qang‘li” mahallasida Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi Imamkul Berdiyevga jamoat ishlaridagi faolligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi — Cobalt avtomashinasi topshirildi
Rag‘batlantirish fuqarolar bandligini ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va mahallada ma’naviy muhitni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun berildi.
Sovg‘ani Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev tantanali ravishda topshirdi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube
Qishloq xo‘jaligi vazirligida
dron xizmatlarini ko‘rsatuvchi alohida markaz
ishga tushirilgani bu sohada mutaxassis tayyorlash va dronlarga servis xizmatini ko‘rsatish imkonini berdi.
Shu yilning o‘zida
100 dan ortiq dron yordamida
yer maydonlari va ekinlar monitoringi, ilg‘or agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi.
Keyingi yil Xitoydan
yana 50 dan ortiq zamonaviy agrodron
olib kelinadi.
Har bir viloyatda kamida 2 tadan dron mobil kompleksi
orqali agroxizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Agrar sohada
dronlar uchun belgilangan uchish og‘irligi hozirgi 100 kilodan 250 kilogacha oshiriladi.
“O‘z faoliyatiga
raqamli texnologiya va sun’iy intellektni olib kirib, kam xarajat bilan yuqori hosildorlikka erishayotgan fermer va klasterlarimiz soni ham ko‘payib borayotgani
meni xursand qiladi”
,
– dedi davlatimiz rahbari.
Facebook
|
Instagram
|
X