Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

ArnasoyPlus
Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati Web-sayt : https://gov.uz/oz/arnasoy Facebook : https://bit.ly/3VWYvmx YouTube : http://bit.ly/4mMiFwz Instagram : http://bit.ly/4gT2wn Murojaat : ✍️ @Hokimga_murojaat_bot ☎️ 72-372-10-00
Подписчики
3 540
24 часа
-10
30 дней
-70
Просмотры
395
ER
18,98%
Посты (30д)
347
Символов в посте
912
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
March 14, 15:56
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

Arnasoy tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Arnasoy tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida ham obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Hashar jarayonida bo‘lim hududi va unga tutash maydonlar chiqindilardan tozalanib, tartibga keltirildi. Ariq va zovurlar tozalandi, mavjud daraxtlarga shakl berilib, oqlash ishlari bajarildi.
Shuningdek, hududni yanada ko‘rkam va ozoda qilish maqsadida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, atrof-muhitni saranjomlashga alohida e’tibor qaratildi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube

March 14, 14:50
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Videoreportaj: Arnasoy tumanining Yangibo‘ston mahallasida aholi farovonligini oshirish yo‘lida ishlar olib borilmoqda
2026-yil – “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida Arnasoy tumanida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, Yangibo‘ston mahallasida aholi farovonligini oshirish, infratuzilmani yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Mahalla “yettiligi” tomonidan aholi murojaatlari o‘rganilib, ularning muammolariga yechim topish, bandlikni ta’minlash va ijtimoiy masalalarni hal etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, mahallada obodonlashtirish ishlari, yo‘llarni ta’mirlash, ko‘chalarni tartibga keltirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari jadal davom etmoqda. Aholi bandligini ta’minlash maqsadida xonadonlarda issiqxona xo‘jaliklari, chorvachilik, parrandachilik va hunarmandchilik kabi oilaviy tadbirkorlik faoliyatlari ham rivojlantirilmoqda.
📹
Batafsil videolavhada tomosha qiling.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube

March 14, 13:57
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Arnasoy tumanida hududlarni yanada obod va ko‘rkam qilish maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, tuman markaziy shoh ko‘chasida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirda ko‘chaga yangi asfalt qoplamasi yotqizilib, yo‘l sifati yaxshilanmoqda.
Ushbu ishlar tuman markazida harakatlanish uchun yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube

March 14, 13:50
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
⛽️
Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi
Joriy yilning 1-aprelidan boshlab bir qator tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni faqat naqdsiz tartibda amalga oshirish belgilanmoqda.
💳
Jumladan, y
oqilg‘i quyish shoxobchalarida
ham hisob-kitoblar endilikda faqat
bank
kartalari
,
QR-kod
yoxud
mobil
ilovalar
yordamida qabul qilinadi.
🟣
Bu o‘zgarishdan ko‘zlangan asosiy maqsad —
yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish
hamda moliyaviy aylanma shaffofligini oshirishdir.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube

March 14, 13:45
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!
Umumxalq xayriya hashari doirasida Arnasoy tumanidagi fermer xo‘jaliklarida ham obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Hashar jarayonida dala chetlaridagi daraxtlar oqlanib, butalar tartibga keltirilmoqda, atrof-muhit tozalanmoqda. Shuningdek, dala yo‘laklari va sug‘orish ariqlari ham tozalab, saranjom holatga keltirilmoqda.
Fermerlar tomonidan amalga oshirilayotgan bunday obodonlashtirish ishlari hududlarning yanada ozoda va tartibli bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube

March 14, 13:36
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Videoreportaj: Aydar-Arnasoy ko‘llar tomonga ketadigan temiryo‘l qurilishi jadal sur’atlarda olib borilmoqda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 2 dekabr kuni Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida Aydar-Arnasoy ko‘llari tizimi atrofida turizmni rivojlantirish va zamonaviy infratuzilmani barpo etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi. Bugun ushbu tashabbuslar amalda ro‘yobga chiqmoqda.
Xususan, Do‘stlik tumanidan Aydar-Arnasoy ko‘llari tomon yangi temiryo‘l liniyasini qurish ishlari boshlandi. Loyihaga ko‘ra, temiryo‘lning umumiy uzunligi 39,1 kilometrni tashkil etib, qurilish qiymati 508,4 milliard so‘m etib belgilangan. Yirik infratuzilmaviy loyiha “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda temiryo‘l trassasini tayyorlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Ushbu loyiha hududda turizmni rivojlantirish, iqtisodiy faollikni oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.
📹
Batafsil videolavhada tomosha qiling.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube

March 14, 11:42
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Jizzaxda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi yanada takomillashtiriladi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish hamda jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev shahar va tuman hokimlari mahallalar yettiligi, hamda islohatlar shtabi vakillari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada samarali tashkil etish, muammolarni o‘z vaqtida bartaraf masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Do‘stlik tumani misolida murojaatlar bilan ishlash holati tahlil qilindi. Tumanda 12 ta mahalla mavjud bo‘lib, 71 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.
2025-yil davomida tuman aholisidan jami 1 437 ta murojaat kelib tushgan. 2026-yilning bugungi kuniga qadar esa 415 ta murojaat qayd etilgan bo‘lib, ularning 113 tasi, ya’ni 36 foizi ijobiy hal etilgan.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, endilikda aholi murojaatlari ijrosi tuman hokimi shaxsiy nazoratiga olinadi. U murojaat qilgan fuqarolarni mahallabay tahlil qilib, har bir masalani chuqur o‘rganadi hamda tegishli tashkilotlar bilan birgalikda murojaatlarning kamida 80 foizini ijobiy hal etish bo‘yicha shaxsan javobgar bo‘ladi.
Murojaatlar 6 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosarlari o‘rtasida taqsimlanadi. Ular bandlik va tadbirkorlik, qurilish va kommunal xo‘jaligi, ijtimoiy soha, qishloq xo‘jaligi, oila va xotin-qizlar masalalari hamda sanoat, investitsiya va eksport yo‘nalishlaridagi murojaatlar bilan ish olib boradi.
Yangi tartibga ko‘ra, viloyatdagi 304 ta mahallada murojaatlar bilan ishlash “Bunyodkor” mahallasi tajribasi asosida tashkil etiladi. Har oyning ikkinchi shanba kuni tumandan biriktirilgan mas’ul rahbar boshchiligida mahalla yettiligi va islohotlar shtabiga biriktirilgan soha vakillari bir kun davomida aholi murojaatlarini o‘rganadi.
Bu haqda mahalla raisi tomonidan kamida 2–3 kun oldin mahallaning telegram kanali va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali aholiga e’lon beriladi.
Qabul yakunlariga ko‘ra, mahalla yettiligi aholi murojaatlarini “mahalla”, “tuman” va “viloyat” darajalariga ajratib, tegishli ro‘yxatni shakllantiradi.
Tuman darajasida hal etilishi mumkin bo‘lgan murojaatlar har oyning uchinchi shanba kuni tuman hokimining shaxsiy qabulida ko‘rib chiqiladi. Viloyat darajasida hal etiladigan masalalar esa Xalq qabulxonasiga taqdim etiladi.Hal etilmagan murojaatlar egalari har oyning to‘rtinchi shanba kuni viloyat hokimining shaxsiy qabulida qabul qilinadi.
Berilgan topshiriqlar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Har bir vazifaning bajarilishi kundalik monitoring qilinadi, haftasiga bir marta mas’ul rahbarlar ishtirokida tanqidiy muhokama o‘tkaziladi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

March 14, 11:22
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida o‘qish istagini bildirgan yoshlarni Akademiyaga oʻqishga
taklif etamiz
.
Batafsil:
ma’lumotlar bilan ushbu sifatli videorolik orqali tanishishingiz mumkin.
👆
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube

March 14, 10:30
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!
Yangiboston mahallasida ham obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Hashar jarayonida mahalla aholisi tomonidan xonadonlar atrofi begona o‘tlar va chiqindilardan tozalanib, hududlarni saranjomlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, tomorqa yer maydonlarida ekin ekish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish tadbirlarida fermer xo‘jaliklari ham faol ishtirok etib, dala chetlarini tartibga keltirish, atrof-muhitni tozalash hamda hududlarni obodonlashtirish ishlari bilan band.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
💬
Veb-sayt
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
🎬
You tube

March 14, 09:43
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari
muhokamasiga bag‘ishlangan
videoselektor yig‘ilishida
belgilangan asosiy vazifalar.
Batafsil — yuqoridagi
#infografikada
Facebook
|
Instagram
|
X