Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

"Aviatsiya Yoshlari"✈️

Aviakosmik_Texnologiyalar
Toshkent Davlat Transport Universiteti Aviatsiya Transporti Muhandisligi Fakulteti | Matbuot xizmati telegram kanali. Savollar va murojaatlar uchun: @AviatsiyaTMF_bot
Subscribers
2 240
24 hours
30 days
Post views
577
ER
24,11%
Posts (30d)
134
Characters in post
1 207
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
18-24
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 30, 17:35
Media unavailable
2
Show in Telegram

Toshkent davlat transport universiteti va Koreya aerokosmik universiteti strategik hamkorlikni kengaytirmoqda
O‘zbekiston aviatsiya sanoati uchun yuqori malakali, xalqaro standartlarga javob beradigan kadrlar tayyorlash yo‘lida navbatdagi ulkan qadam tashlandi. Joriy yilning 29-aprel kuni Toshkent davlat transport universiteti hamda dunyoning aviatsiya sohasidagi nufuzli bilim yurtlaridan biri — Koreya aerokosmik universiteti (KAU) o‘rtasida o‘tkazilgan yuqori darajadagi muzokaralar yakuni bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov, Toshkent davlat transport universiteti rektori Abdulaziz Gulamov hamda Koreya aerokosmik universiteti prezidenti Xi Yon Xurr boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etishdi. Muloqot markazida 2023-yilda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan asos solingan hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, xususan, uchuvchilar va aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish masalalari turdi.
Muzokaralarning eng muhim natijalaridan biri sifatida “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha “1+2+1” qo‘shma ta’lim dasturining to‘liq amaliyotga tatbiq etilishi bo‘ldi. Kelishuvga muvofiq, mazkur yo‘nalish talabalari o‘qishning to‘rtinchi bosqichida bevosita Janubiy Koreyada parvoz tayyorgarligi va amaliy mashg‘ulotlarni o‘taydilar. Zamonaviy trenajyorlar va real parvoz sharoitlarida olib boriladigan ushbu treninglar o‘zbekistonlik yosh uchuvchilarning xalqaro aviatsiya bozorida raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlaydi.
Shu bilan birga, hamkorlik ko‘lami faqat parvoz kadrlari bilan cheklanib qolmay, sohaning boshqaruv va logistika tizimini ham qamrab olmoqda. Uchrashuv davomida “Aviatsiya menejmenti” hamda “Havo transporti va logistikasi” yo‘nalishlari bo‘yicha “2+2” qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan rasmiy shartnomalar imzolandi. Bu esa talabalarga ikki yil davomida Transport universitetida poydevor bilimlarni egallab, o‘qishning qolgan qismini Janubiy Koreyada davom ettirish va ikki universitet diplomiga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi.
Universitetlar o‘rtasidagi ushbu integratsiya nafaqat ta’lim sifatini oshirishga, balki ilmiy xodimlar va talabalar uchun zamonaviy innovatsiyalarni o‘zlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni O‘zbekiston aviatsiya tizimiga joriy etishga xizmat qiladi. Transport universiteti va KAU o‘rtasidagi ushbu strategik sheriklik mamlakatimiz aviatsiya salohiyatini yangi cho‘qqilarga ko‘tarishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Universitet rasmiy sahifalari:
🌐
TSTU.uz
|

Telegram
|
🌐
Instagram
|
💬
Facebook
|
📹
YouTube
|
✈️
News

April 30, 14:09
Media unavailable
3
Show in Telegram

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida aviatsiya ta’limi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yil 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilxom Maxkamov hamda Korea Aerospace University (KAU) prezidenti Xi Yon Xurr boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkent davlat transport universiteti hamda KAU o‘rtasida tashkil etilgan uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha 1+2+1 qo‘shma ta’lim dasturining istiqbollari, shuningdek, aviatsiya sohasida boshqa yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil
Обсуждены вопросы развития сотрудничества между Узбекистаном и Южной Кореей в области авиационного образования
29 апреля текущего года состоялись переговоры между министром транспорта Республики Узбекистан Ильхомом Махкамовым и делегацией во главе с президентом Корейского аэрокосмического университета (KAU) Хи Ён Хурром.
В ходе встречи были обсуждены перспективы совместной образовательной программы 1+2+1 по подготовке пилотов, запущенной в 2023 году по инициативе Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева между Ташкентским государственным транспортным университетом и KAU, а также вопросы дальнейшего развития сотрудничества по подготовке специалистов и по другим направлениям в сфере авиации.
Подробнее

April 30, 12:54
Media unavailable
2
Show in Telegram

😉
Uzbekistan Airways O‘quv-mashg‘ulot markazi zamonaviy aviatsiya trenajyorlari parkini kengaytirmoqda
✈️
Diamond Aircraft Industries (Avstriya) kompaniyasining yangi simulyatori kursantlarga parvozlarga maksimal darajada yaqinlashtirilgan real sharoitlarda Diamond DA40 NG va Diamond DA42-VI havo kemalarida uchish ko‘nikmalarini takomillashtirish imkonini beradi.
Bu EASA xalqaro standartlari bo‘yicha uchuvchilarni tayyorlash tizimini rivojlantirish va O‘zbekistonning kuchli aviatsiya kelajagini yaratishda yana bir qadamdir.
Tadbirning ikkinchi qismi esa hayajonli ruhda o‘tdi. Uchuvchilik maktabini navbatdagi bitiruvchilari hamda Boeing 767 havo kemasida parvoz va talab etilgan imtixonlardan o‘tgan bir qator kursantlar – Abduzoxid Abdusattarov, Boriyxon Ishmuxamedov, Timur Mometov, Islom Sakbayev, Saidvali Sattarov, Shaxboz Yaxshigeldiyevga ikkinchi uchuvchisi sertifikati toshirildi.
Simulyator taqdimoti va sinov parvozi qanday o‘tganini videomizda tomosha qiling ̇
🎥
😉
Учебно-тренировочный центр Uzbekistan Airways расширяет парк современных авиационных тренажёров
✈️
Новый симулятор от Diamond Aircraft Industries (Австрия) позволит курсантам совершенствовать навыки пилотирования на воздушных судах типа Diamond DA40 NG и Diamond DA42-VI в условиях, максимально приближенных к реальным полетам.
Это ещё один шаг в развитии системы подготовки пилотов по международным стандартам EASA и создании сильного авиационного будущего Узбекистана.
Вторая часть мероприятия прошла в торжественной и волнительной атмосфере. Очередным выпускникам Лётной школы, а также ряду курсантов, совершивших полёты на воздушном судне Boeing 767 и сдавших необходимые экзамены – Абдузохиду Абдусаттарову, Борийхону Ишмухамедову, Тимуру Мометову, Ислому Сакбаеву, Саидвали Саттарову, Шахбозу Яхшигельдиеву – были вручены сертификаты второго пилота.
Как прошли презентация симулятора и тестовый полёт – смотрите в нашем видео
🎥
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
LinkedIn
|
VK
|
WhatsApp
|
GooglePlay
|
AppStore
#uzbekistanairways

April 30, 09:12
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

#Aviatsiya_TMF
#Ekskursiya
Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “Toshkent xalqaro aeroporti” MChJga ekskursiya tashkil etildi.
“Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari odatdagi auditoriyalarni real aviatsiya obyektlariga almashishdi va aeroport faoliyati bilan tanishib chiqishdi.
Ekskursiya davomida yoshlar aeroport infratuzilmasi, aerodrom xizmatlari faoliyati va havo kemalariga xizmat ko‘rsatish jarayonlari — texnik jihatlardan tortib servis operatsiyalarigacha yaqindan tanishdilar.
Bunday amaliy tashriflar nafaqat nazariyani mustahkamlashga, balki kasbni chuqurroq his qilishga yordam beradi: aeroport ritmini tushunish, xizmatlarning o‘zaro hamkorligini ko‘rish va o‘zini kelajakdagi uchuvchi rolida tasavvur qilish imkonini beradi
Bu kabi tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda va mutaxassislar tayyorlashning muhim qismiga aylangan — ular ta’limni real soha bilan yaqinlashtirib, o‘qish jarayonini yanada mazmunli va amaliy qiladi

April 29, 15:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali: ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘lidagi muhim qadam
Toshkent davlat transport universiteti jamoasi ushbu xalqaro festivalda o‘zining zamonaviy ta’lim va muhandislik sohasidagi innovatsion g‘oyalari bilan qatnashmoqda. Bu orqali iste’dodli talabalarimiz va yosh olimlarimiz o‘z ishlanmalarini potensial investorlar, yirik sanoat korxonalari hamda keng jamoatchilikka taqdim etish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
News

April 29, 15:08
Media unavailable
4
Show in Telegram

Aviyatsiya transporti muhandisligi fakulteti AKT-4
guruhidan tashkil topgan Iqtidorli yoshlari
Yosh Muhandis
hududiy bosqichida o'zlarining ishlanmalari bilan faol qatnashib
Respublika final
bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.
Final bosqichida ham ularga omad tilaymiz.

April 29, 14:06
Media unavailable
6
Show in Telegram

“Informatika va axborot texnologyalari” fanidan
OLIMPIADA
bo‘lib o‘tdi!
🏛
“Informatika va kompyuter grafikasi”
kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu olimpiada 2 bosqichda bo‘lib o‘tdi:
1️⃣
Birinchi bosqich
— Dasturlash (PYTHON, C++ tillari bo'yicha masalalar yechish)
2️⃣
Ikkinchi bosqich
— Test (Internet, Algoritmlash, Dasturlash yo'nalishlari)
📊
Ushbu bellashuv natijasida quyidagi talabalar faxrli o‘rinlarni egallashdi:
🥇
1-o‘rin
– Shayxutdinov Ratmir Rinatovich (AI-4r-25)
🥈
2-o‘rin
– Qayimov Azizbek Halimovich - (SHQL-4-25)
🥉
3-o‘rin
– Mirzayeva Samira Kozimjon Qizi (LA-19r-25)
🥉
3-o‘rin
– Mavlyanov Axmed Shavkatovich (HKPE-2r-25)
🎁
G‘oliblar faxriy diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi!
🔍
Olimpiada axborot texnologiyalari sohasida bilimli va iqtidorli talabalarni aniqlash!
👏
Barcha ishtirokchilarga namoyon etgan bilimlari va sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz! Kelgusi ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz!

April 29, 12:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

#tanlov
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan universitetda talabalar, professor-o'qituvchilar va xodimlar o‘rtasida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ijodiy tanlovlarga start beriladi
.
🎭
“Eng yaxshi sahna asari”
🎬
“Eng yaxshi hujjatli film”
🗿
“Eng yaxshi haykaltaroshlik asari”
✍️
“Eng yaxshi insho”
🎨
“Eng yaxshi rasm”
📹
“Eng yaxshi videorolik”
Mazkur tanlovlar orqali siz o‘z ijodingiz, iste’dodingiz va vatanparvarlik ruhingizni namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
🗓
Qabul qilish vaqti:
7-may
📍
Manzil
: 402-xona

Murojaat uchun:
@dilnoz_erkinovna
🏆
Eng yaxshi ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!

April 29, 10:54
Media unavailable
5
Show in Telegram

April 29, 10:54


Auditoriyadan uchish-qo‘nish yo‘lagiga: bo‘lajak uchuvchilar aeroport bilan yaqindan tanishishdi
“Toshkent” xalqaro aeroportida Transport universiteti talabalari uchun chinakam esda qolarli kun bo‘lib o‘tdi. “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” fakultetining bo‘lajak uchuvchilari odatdagi auditoriyalarni real aviatsiya obyektlariga almashishdi va aeroport qanday ishlashini ichidan ko‘rishdi.
Ekskursiya davomida yoshlar aeroport infratuzilmasi, aerodrom xizmatlari faoliyati va havo kemalariga xizmat ko‘rsatish jarayonlari — texnik jihatlardan tortib servis operatsiyalarigacha yaqindan tanishdilar. Ilgari faqat darsliklar bo‘lsa, xozir esa amaliyot.
Bunday amaliy tashriflar nafaqat nazariyani mustahkamlashga, balki kasbni chuqurroq his qilishga yordam beradi: aeroport ritmini tushunish, xizmatlarning o‘zaro hamkorligini ko‘rish va o‘zini kelajakdagi uchuvchi rolida tasavvur qilish imkonini beradi.
Bu kabi tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda va mutaxassislar tayyorlashning muhim qismiga aylangan — ular ta’limni real soha bilan yaqinlashtirib, o‘qish jarayonini yanada mazmunli va amaliy qiladi.
Web-site
|
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
|
X
|
IOS/
Android