Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

"Aviatsiya Yoshlari"✈️

Aviakosmik_Texnologiyalar
Toshkent Davlat Transport Universiteti Aviatsiya Transporti Muhandisligi Fakulteti | Matbuot xizmati telegram kanali. Savollar va murojaatlar uchun: @AviatsiyaTMF_bot
Подписчики
2 250
24 часа
30 дней
Просмотры
775
ER
31,6%
Посты (30д)
122
Символов в посте
839
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
18-24
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
March 13, 14:54
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Abituriyent2026
#BaholashMezoni
☄️
2026/2027-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga
mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
tasdiqlandi
(mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi)
.
💬
Unga ko‘ra:
◀️
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
🔸
Ona tili
(o‘zbek, rus, qoraqalpoq)
x 10 ta;
🔹
Matematika x 10 ta;
♦️
O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
◀️
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
➡️
1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️
60 ta savoldan jami 156,0 ball.
🟩
2026/2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga
umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test
topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan
maksimal ball –
189 ballni
tashkil etadi.
‼️
Eslatma o‘rnida
👉
Fanlar majmuasi
bu yerda
👉
Javoblar varaqasi
bu yerda
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

March 13, 13:17
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#hemis
❗️
HEMIS tizimida QR-kod orqali davomat qilish imkoniyati yaratildi
Endilikda dars jarayonida talabalar davomatini belgilash yanada
tez va qulay
bo‘ldi. HEMIS tizimiga
QR-kod orqali avtomatik davomat qilish
funksiyasi qo‘shildi.
Bu qanday amalga oshiriladi:
1️⃣
Mashg‘ulotlar/dars o‘tish sahifasida:
QR davomat ustunidagi maxsus belgi ustiga bosiladi.
2️⃣
QR davomat sahifasida:
QR-kod talabalarga ko‘rinarli holatda ekranda katta qilib ochiladi.
3️⃣
Talabalar tomonidan:
Mobil telefonlari orqali HEMIS mobil ilovasidan foydalangan holda ekrandagi QR-kod o‘qitiladi.
4️⃣
Tizim tomonidan:
QR-kodni o‘qitgan talabalar avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va “kelganlar” soniga qo‘shiladi. Ro‘yxatda faqat kelmagan talabalar qoladi.
5️⃣
Yakunlash bosqichida:
Auditoriyadagi barcha talabalar QR-kodni o‘qitib bo‘lgach, o‘qituvchi dars mavzusini tanlaydi va kelmagan talabalar davomatini saqlaydi.

Muhim eslatma!
🔹
Talabalar bir-biriga rasm yubormasligi uchun QR-kod har
8 soniyada
yangilanadi.
🔹
Ma’ruza mashg‘ulotlarida ro‘yxatda butun potokdagi barcha talabalar ko‘rsatiladi.
♦️
QR-davomat bilan bir qatorda
an’anaviy (qo‘lda belgilash) davomat funksiyasi
ham o‘z kuchida qoladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

March 13, 11:55
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🚀
“Avia-muhandislik klubi” — orzular parvozi shu yerdan boshlanadi
✈️
“Aviatsiya injiniringi”
kafedrasi tarkibida talaba-yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida
“Avia-muhandislik klubi”
tashkil etildi.
📝
Klub faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

Ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish:
Talabalarni aviatsiya sohasidagi zamonaviy ilmiy ishlanmalarga yo‘naltirish;

Amaliy konstruktorlik ko‘nikmalari:
Nazariy bilimlarni muhandislik loyihalari va texnik yechimlar orqali mustahkamlash;

Innovatsion ishlanmalar:
Sohaga oid yangi texnologiyalar, dronlar va havo kemalari konstruksiyalari ustida izlanishlar olib borish;

Kasbiy mahorat darslari:
Soha mutaxassislari va tajribali professor-o‘qituvchilar bilan muntazam seminar-treninglar tashkil etish.

Kelajak aviatsiyasini birgalikda yaratimiz. Barcha qiziquvchi yoshlarni klubimizda kutib qolamiz!
📲
Murojaat uchun:
+998917880877, Uralbek Suyunov
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
News

March 13, 05:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ushbu talabalarning ijara manzillarida Hemis bo'yicha xatolik mavjudligi uchun ijara puli tushmay qolish ehtimoli mavjud.
Shu sababli bugun 14:00gacha dekanatga uchrashib hemis ma'lumotlarini to'g'irlatish so'raladi. Aks holda ijara puli tushmaydi.

March 13, 05:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Hurmatli Talabalar!!!
Ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etayotgan korrupsiya holatlarini aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, Universitet faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan islohotlarga о‘z xissangizni qо‘shib, anonim sо‘rovnoma savollariga vijdonan va mas’uliyat bilan javob berishingizni sо‘rab qolamiz. Sizning shaxsingiz maxfiy qolishiga kafolat beriladi.
SIZNING JAVOBLARINGIZ UNIVERSITETDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SIYOSATINI AMALGA OSHIRISHDA FOYDALI BО‘LISHINI UNUTMANG!
🔗
So‘rovnoma o'zbek havolasi:
https://forms.gle/DBYGg9oFQbvHZf5cA
🔗
Ссылка на рус опрос:
https://forms.gle/h6ur1XfmB67tGemg6

March 12, 13:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Aeroport - bu shahar ichidagi shahar bo'lib, u yerda 24/7 hayot qiziydi. Uchish go'zalligi ortida har bir sayohat qulaylik va ishonch bilan boshlanishini ta'minlash uchun kunu tun ishlaydigan yuzlab mutaxassislar bor.
Bu yerda shaharning energiyasi osmon bilan uchrashadi va yangi sayohatni kutish hissi tug'iladi. Aeroport hayotining markaziga xush kelibsiz!
🛫
🌐



Аэропорт — это город в городе, где жизнь кипит 24/7. За красотой взлета стоят сотни профессионалов, которые круглосуточно работают, чтобы каждое путешествие начиналось с комфорта и уверенности.
Здесь энергия города встречается с небом — и рождается предвкушение нового пути. Добро пожаловать в эпицентр аэропортовой жизни!
🛫
🌐

March 12, 04:30
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

#
Aviatsiya_TMF
#Ekskursiya
Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti talabalari uchun “Uzbekistan Airways Technics” MCHJga ekskursiya tashkil etildi.
Aviatsiya sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonini takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish maqsadida Aviatsiya transporti muhandisligi fakultetining “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Uzbekistan Airways Technics” MCHJda amaliy tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi.
Ekskursiya davomida talabalarga aviatsiya texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari bevosita amaliy muhitda namoyish etildi. Tashkilotning malakali mutaxassislari ishtirokida hozirgi kunda angarlarda texnik ko‘rik va xizmat jarayonlaridan o‘tayotgan g‘arbda ishlab chiqarilgan Airbus va Boeing rusumidagi havo kemalari tanishtirildi.

March 11, 14:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi vakillari va Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti talabalari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi
Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularga o‘qishdan ajralmagan holda harbiy mutaxassisliklarni egallash imkoniyatini yaratish maqsadida, O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi mas’ul xodimlari hamda Toshkent davlat transport universiteti Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti 2-bosqich talabalari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda soha mutaxassislari — Aviatsiya sikli boshlig‘i podpolkovnik Sh.X. Djabborov hamda sikl katta o‘qituvchisi podpolkovnik O.Sh. Xodjayev talaba-yoshlarga markaz faoliyati va kelgusi rejalar haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Tadbir davomida quyidagi muhim masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi:

2026–2027-o‘quv yili uchun Harbiy tayyorgarlik o‘quv markaziga qabul qilish tartibi;

Nomzodlar uchun belgilangan tibbiy va normativ talablar;

O‘quv jarayonini universitetdagi asosiy darslar bilan muvofiqlashtirilgan holda tashkil etish afzalliklari;

Harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan talabalarning kelgusidagi martaba imkoniyatlari.
Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga podpolkovniklar tomonidan atroflicha javob oldilar. Mazkur uchrashuv yoshlarning harbiy soha va aviatsiya texnologiyalari borasidagi bilimlarini boyitish bilan birga, ularning kelajakda malakali bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
News

March 11, 13:22

#bahorgi_maktab
💵
Talabalar belgilangan summani to'lov qilib, to'lov cheki va shartnomani elektron shaklda tyutoringizga yetkazing!
To'lovni amalga oshirgan talabalar fan o'qituvchisiga borib bahoni oling!
❗️
12.03.2026 holatiga to'lov qilinmasa shartnoma bekor qilinadi!

March 11, 10:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📢
DIQQAT E’LON!
😀
Toshkent davlat transport universitetini Toshkent metropoliteni bekatlari bilan bog‘lovchi “Shuttle bus” yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Shu munosabat bilan barcha professor-o‘qituvchilar, kunduzgi va kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar hamda barcha xodimlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
📝
Sizlardan barcha talaba, professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlarning
survey.hemis.uz
tizimi orqali o‘tkaziladigan so‘rovnomada faol ishtirok etishlarini ta’minlashda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.

So‘rovnoma boshlanish vaqti:
📒
11-mart
🕐
Soat 13:00 dan