Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

Azizbek_Zubaydullayev
Shaxsiy rivojlanish xalqaro darajali trener - Azizbek Zubaydullayevning maqolalari toʻplami Maqolalarni boshidan diqqat bilan oʻqib chiqishni samimiy tavsiya qilaman) Muallif nomi bilan bemalol ulashishingiz mumkin) Murojaat: @Azizbek_murojaatbot
Subscribers
1 990
24 hours
30 days
-50
Post views
498
ER
20,75%
Posts (30d)
12
Characters in post
685
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Books
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Technology & Software Development
Summary
March 12, 08:30

Eshitib xatm qiluvchi bola
Bir doʻstimiz hikoyasi: "Qurʼonni har oy eshitib xatm qilaman. Bu hatto odatga ham aylanib boʻldi. Oʻrganib qolar ekansiz
Bu jarayondan maza qilaman. Ruhiy quvvat olaman. Kunimda baraka, hotirjamlik his qilaman. Eshitishga imkonim boʻlishi bilan sevimli qorimning qiroatini qolgan joyidan eshitaman"
Albatta eshitish xatmining savobi qiroat xatmidek boʻlmaydi. Albatta biz oʻzimiz ham oʻqishga harakat qilishimiz kerak
Lekin eshitib xatm qilishning ham foydalari koʻp:
- Tajvid (talaffuz)lari miyangizga singadi
- Qurʼonni yodlashingiz juda osonlashadi
- Qurʼonning baraka va sakinatini qalbingizda his qilasiz
Oʻzingiz uchun qori tanlab olib, uni xatm qilguncha doimiy eshitib borish - juda yaxshi odatlardan...
@AzizbekZubaydullayev

March 12, 02:11

#vakansiya
🚀
Yaqinda qayta ochilayotgan "Fast English" loyihamiz uchun Sotuv operatorlari va Sotuv boʻlim boshligʻi (ROP)larni jamoamizga taklif qilamiz! Takliflarimiz:
⚪️
ROP uchun • 6 mln soʻm ish haqi + Bonus
🎙
Sotuv operatorlari uchun • 3 mln soʻm…

March 10, 17:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

🌙
Ramazon - Qurʼon oyida arab harflarini boshlang
Hali arab harflarini oʻrganmagan doʻstlarimiz uchun ajoyib tavsiyalar ulashay:
1️⃣
. "Arab harflarini oʻrganish qiyin, har bir harf soʻzning turli joylarida turlicha kelib, qiyinlashtiradi" degan gap xato.
Bitta koʻrinishini oʻrganasiz, qolgan koʻrinishi uning biroz oʻzgargan, "dumi qayrilgan" koʻrinishi xolos
2️⃣
"Arab harflarini oʻrganish uzoq vaqt oladi" degan fikr xato. Men bir haftada oʻrgangan edim.
Bir kunda bor yoʻgʻi 4 ta harf oʻrganish - atigi 20 minutda bitishi mumkin
Tartiluz dasturida har bir harfning oʻqilishi bor. Daftar tutib, yozib oling
Play marketdan "Muallimu Soniy" dasturini yo doʻkonlardan shu nomli kitobni olib, oʻrgansangiz boʻladi
Qoʻlingizga 33talik tasbeh olib, har bir darsdagi harfli soʻzlarni 33 aylana oʻqing. Zoʻr esingizda qoladi
3️⃣
. Arab harflarini oʻyin bilan, hatto chizib mashq bajaradigan mobil dasturlar bor. Ular orqali jarayon - yanada qiziq boʻladi
4️⃣
. Muslimuz youtube sahifasi Jahongir Qori Neʼmatov ustozning Tajvid darslari bor. 31 ta. Har kuni bitta koʻrsangiz, hatto Qurʼonni ham ancha toʻgʻri talaffuz bilan oʻqiydigan boʻlasiz inshaAlloh

March 08, 20:15

"Fikrlashni to'xtatdim"
Notion AIni ishlatib, "fikrlashni to'xtatganim"ni aytgan
edim
. Lekin bu butunlay to'xtatish emas
"Diqqat" kitobida "Hech qaysi yaxshi qiymatli ish - chuqur diqqat qilmasdan yuzaga kelmaydi" deyilganidek, kuchli qiymatli narsa uchun albatta, o'tirib ishlash kerak
1. Avval loyihaning asosi - niyatlari, uning qismlari qanday sifatlarga ega boʻlishini xohlashim va tashkiliy vazifalarini diqqat qilib, qog'oz
kartochkalar
da yozib oldim. 2 soat davomida. Mana shu - diqqatli ish bo'ldi
(2. Oldinroq Notionga loyiha haqida barcha kerakli ma’lumotlarni kiritgan edim - AI shunga qarab tizim quirishi uchun)
3. Keyin esa, har bir kartochkani AI ga loyihadan kelib chiqqan holda strategiya va tizim qurishni aytdim
Ish tayyor. Deyarli
4. Lekin hali uni tahrirlab chiqish, amaliyotga qo'llash uchun qo'shimcha choralar ko'rish kerak
Lekin aqliy energiyaning aksariyati tajab qolindi. Chunki juda yaxshi g'oyalarni tartiblab yozib beryapti. Hatto, oʻzimning xayolimga kelmaganlarini ham. Masalan, avval hammasini "qo'lda" yozardim. Bir kunda bor-yo'g'i 2-3 ta qismni yoza olardim. Hozir bir o'tirishda 10 ga yaqin katta bo'lak yozib bo'lindi

March 08, 17:37

Tizim yozish uchun Notion AI juda ham kuchayib ketibdi. Butun wokspaceingizni belgilab, qilmoqchi bo’lgan ishingizni hatto o'ylab ko'rmasdan ham yozib so'rasangiz, siz hatto o'ylamagan ajoyib jihatlarini ham o'ylab, ajoyib tartibli page yozib beradi
(Uning uchun avval loyihangizni yaxshi tushuntirib yozib qoʻygan boʻlishingiz kerak)
Hozir fikrlashni deyarli to'xtatdim. Notionga nima qilmoqchiligimni buyuraman, u yozib bo'lgach, kerakli joylarini tahrirlayman va keyingi
vazifa
ga oʻtaman
Avval bitta yangilikni o'ylab chiqish uchun kunlab vaqtim ketardi. Hozir yarim soatda bitta katta tashabbusni keng qamrovli tashkil qilib qoʻyish mumkin
AI to'g'ri foydalanganlar uchun juda katta imkoniyatlar beryapti...

March 07, 21:31

Dasturchimiz Claude 100$lik planining limitini to'ldirib bo'ldi. Bundan ancha xursand bo'ldim. Chunki, demak - katta tezlikda yangi o'zgarishlar kiritilayotgan ekan. Demak, dasturning foydaliligi va qulayligi katta tezlikda oshib borayotgan ekan.
200$ lik, undan 4 barobar ko'p limitlik tarifni olib berdim.
...10 minutdan so'ng
Dasturchim: - Buni qarang, Opus bitta task uchun o'zi 5ta agent yollab, ishlata boshladi. Juda aqlli ekan. Maza qilib yuboryapman. Ham bir vaqtning o'zida 4 ta terminalda, loyihaning 4ta katta qismida birvarakayiga ishlayapman
Men: - Keling, ovqatlanib olamiz
U: - Yo'q, hozir hech narsa ketmaydi. "Ko'ngil hozir faqat dasturlash istaydi"
😅
Bunchalik katta tezlikda yangilik kiritish mumkinligidan maza qilib yuboryapti
😁

March 07, 18:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

#vakansiya
🚀
Yaqinda qayta ochilayotgan "Fast English" loyihamiz uchun Sotuv operatorlari va Sotuv boʻlim boshligʻi (ROP)larni jamoamizga taklif qilamiz!
Takliflarimiz:
⚪️
ROP uchun
• 6 mln soʻm ish haqi + Bonus
🎙
Sotuv operatorlari uchun
• 3 mln soʻm ish haqi + Bonus
Ish: offline
Manzilimiz: Toshkent, Chorsu yonida
Vaqti: 8:00 - 17:00
💙
Marhamat:
https://forms.gle/RQgAhvqjapKNFTZKA

March 06, 17:23

Natija muhim
"Essentialism" kitobida ajoyib misol keladi. Bir katta kompaniya o'zining bir bo'limi uchun shoshilinch rahbar izlaydi.
Vanihoyat, juda yaxshi nomzod uchraydi - raqobatchi kompaniyada ayni shu rolda ishlagan, sohada uzoq yillik tajribaga ega.
Barcha yetakchi jamoa xursand bo'lib, bir xil xulosaga keladi: "Tajribasi katta, qobiliyatlari ko'p."
Lekin bu qaror 6 oy davomida ularga katta zarar keltiradi. Ma'lum bo'ladiki, u oldingi kompaniyasida ham natija qilmagandek, yangisida ham yalqovligi tutadi.
Shunda ular tushunib yetishadi - aslida
natija
muhim ekan...
Biz ham aynan shunday - loyihani bir holatdan ikki holatga olib chiqa olgan menejer
izlayapmiz
.
Agar loyiha boshqarishda bunday tajribangiz bo'lsa, sizni jamoada ko'rishdan xursand bo'lamiz.

March 06, 13:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔹
Loyiha menejeri ishga qabul qilamiz!
"
Fast English
" loyihasi
sifat va faollik nazoratini qilish
va
tizim qurish
ishiga faol yigitlarni taklif qilamiz!
💎
Menejerlik uchun taklifimiz:
- 1-oy 5 mln soʻm (yaxshi ishlasa keyingi oylardan oshadi)
- Bepul kvartira, Wi-fi, shinam sharoit
- Claude 20x Max plan, Notion Business plan
- Oʻta tez rivojlanish muhiti
📌
Menejer uchun bizning talablar:
• Kamida C1 / IELTS 7
• Loyiha boshqarishda real tajriba
• Toʻliq stavkada ishlay olish (kunduzgi/kechki taʼlimda oʻqiyotganlar qabul qilinmaydi. Xususiy/xalqaro universitetlarda Biznes yoʻnalishida oʻqiyotganlar mustasno)
• Loyiha menejmenti boʻyicha real tajriba
• Yigitlar
Marhamat!
https://forms.gle/qwHuxVBXPyu7v94r5

March 03, 14:03

Thinking about love/future partner is useless. You work on yourself and you meet a person just like yourself.
Then you can love her/him, because she is just like you
All other things are just a waste of time