Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

Azizbek_Zubaydullayev
Shaxsiy rivojlanish xalqaro darajali trener - Azizbek Zubaydullayevning maqolalari toʻplami Maqolalarni boshidan diqqat bilan oʻqib chiqishni samimiy tavsiya qilaman) Muallif nomi bilan bemalol ulashishingiz mumkin) Murojaat: @Azizbek_murojaatbot
Подписчики
1 980
24 часа
30 дней
10
Просмотры
585
ER
30,3%
Посты (30д)
14
Символов в посте
669
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Книги
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Технологии и разработка software
Краткое описание
April 23, 18:18

Bir doʻstimiz aloqaga chiqdilar.
Arab tili oʻquv markaz loyihalari bor ekan. Oʻtgan yili 200ta oʻquvchigacha chiqqan. Oʻquvchilar noldan 6 oyda B2 olgan - moʻjizaviy natija
Toʻla tizimi qurilgan: Oʻquv dastur, nazorat tizimi, jamoa, joy, biznes tizimi - barchasi. Frenchayzing kabi qurilgan.
Shu yil endi kattaroq rejada boshlamoqchi ekanlar.
Filial uchun sherik izlayaptilar. Muzoraba shaklida. Homiy pul beradi, muzorib barcha ishni qiladi, homiy sof foydaga sherik boʻladi
Ilk filial uchun 6000$ bilan boshlay olish mumkin ekan. Tashkilida men ham ishtirok etaman. Ish Toshkent shaharda
Doʻstimiz barcha ishlarni tayyorlab qoʻygan ekanlar. Homiy topilishi bilan shu haftani oʻzidayoq ish boshlanar ekan
Homiy topilsa xursand boʻlamiz.
Murojaat:
@Azizbek_TZ

April 13, 11:09

Redmidan Samsung S23U ga oʻtgan edim.
Ja afsus qildim demaymanu, lekin bunchalik koʻp beʼmanilikni koʻraman deb oʻylamagandim
1. Bir kunda bir necha yuzlab marta ishlatiladigan eng oddiy, bazoviy ish - telefonni qulfdan ochish - muammo. Ekrandagi Barmoq sensori juda yomon ishlaydi. Hatto yangi telefonda ham
Har safar parol terish kerak. Redmini quvvat tugmasidagi barmoq sensori oʻta tez, silliq, sezilmas daraja ishlar edi. Bunda esa shunchaki telefonni ochish - bir tashvish
2. Yana eng koʻp ishlatiladigan ish - internetni yoqish va oʻchirish. Ishoning, internet ikonkani bosganda - har safar tasdiqlash soʻrashi shunaqangi koʻp xalaqit beradiki, yoʻq joydan qoʻshimcha muammo tugʻdiraveradi. Redmida yoqish va oʻchirishda 1ta bosasiz boʻldi, aytganni qiladi. Hatto bir yacheykalik, bir xonalik default screen widgetlari ham bor
3. Yana eng koʻp qoʻllaniladigan ish - skreenshot. Oʻzimni texnologiyani tushunadigan va koʻp ishlatadigan odam sifatida koʻrib, shuncha harakat qilsam ham - oddiy screenshot olishni ishlata olmadim. Qanaqadir gʻalati harakat talab qiladi. Keyin endi, 3rd party app yuklab olib, reklamasiz boʻlishi uchun pul toʻlab ishlatyapman. U ham noqulay - quvvat tugmasini bosib turish kerak. Ahmoqona
😂
Redmida shunchaki 3 barmoq bilan butun ekran ham, ekran qismini ham oʻta qulay va tez olish mumkin edi
4. Ovozni pasaytirish/koʻtarish. Bu ham doimiy ishlatiladigan. Ahmoqlar quvvat tugmasini ham oʻsha yerga qoʻyishgan
😂
Har safar 3 ta tugmadan qaysini bosayotganingizga chalgʻiysiz
😂
Samsungda ruchka borligi uchun oʻtgan edim. Lekin shunga oʻxshagan mayda ishchalarda ahmoqona noqulaylik butun taassurotni oʻta buzib yuboradi

April 13, 05:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

April 13, 04:57

If you are doing a startup and want to expand your user base - then read this book
Like...wow! You will discover so excellent strategies and insights from a founder who got his appʼs user count over 100+ million
This book is written like a story - very smooth-read, keeps you hooked with its compelling plot, informing you the founderʼs triumphs and mistakes along the way

April 11, 18:28

Bekorchini har qanaqa tushkunlik, muammolar quvib kelaveradi.
"Bekorchi vaqt - shaytonning oʻqidir"
Shuning uchun, bel'ni koʻtarib, nimadir qilishni boshla...

April 09, 06:16

"Alloh hamma narsadan buyukdir"
Sen yechib boʻlmaydi degan sinovingdan ham...
Sinovlarga haddan tashqari qiyin degan qarashni bas qil
"Kim Allohga suyansa, unga Uning Oʻzi kifoyadir"

April 07, 10:40

Investitsiya olish
Startupchilar investitsiya jalb qilishni asosiy maqsad, oxirgi muvaffaqqiyat sifatida ko'rib, butun e'tiborini "bechoralarcha" o'shanga qaratadi. Usiz muvaffaqqiyat imkoni yo'qdek, olish - yagona muvaffaqqiyatdek. O'shangacha undan boshqa hech narsani ustida bosh qotirmaydi.
Aslida investitsiya jalb qilish unchalik qiyin ish emas. Aslida u eng muhim yoki eng oxirgi "muvaffaqqiyat qadami" ham emas.
Eng muhim ish - xuddi investitsiya olib bo'lgandek fikr yuritib, "dream team" - elita jamoa yig'ish. Haqiqiy natija qilgan, katta loyihalarda tajribasi bor, yana natija qilishi ehtimoli o'ta katta bo’lgan jamoa.
Uni yig'a olish - sizning kuchli biznesmen ekaningizni bildiradi. Mana shu - sizning asl kuchingizni ko'rsatadi
Keyin esa moliyaviy reja, biznes reja tuziladi.
Men an'anaviy biznes uchun shunday investitsiya oldim. Hali startupim uchun harakatni boshlaganim yo'q. Lekin jarayon shu.
Asosiy unsur - pul emas. Chunki pulingiz bo'lgani bilan, uni to'g'ri ishlata olmasligingiz mumkin. Asosiysi, to'g'ri jamoa, to'g'ri biznes reja, to'g'ri mahsulot. Shular bo'lsa - pul shunchaki keyingi mantiqiy va oson qadamga aylanadi
Chunki pul tikaman, investitsiya orqali daromad qilaman deganlar to'lib yotibdi. Siz - loyiq nomzod ekaningizni isbotlasangiz bo'ldi...

April 06, 14:01

Menga nima boʻldi? Avval koʻp maqola yozardim...
Odamlarga ham ancha foydasi tegardi
Hozir kamayib ketdi...
Balki avval oʻzimni oʻzgartirish tashvishidadirman
Yana sabablaridan biri - odamlarni gap bilan emas, real loyihalar bilan oʻzgartirish niyatidaman. Shuning uchun, boʻsh vaqtim boʻlsa ham - maqola yozmay, yana loyiham ustida ishlayman
Avval aqlli va ibratli gaplar gapirish - aql belgisi sifatida koʻrinardi. Hozir - negadir riyodek koʻrinadi, avval oʻzimni oʻzgartirmasdan turib...

April 05, 18:10

Вазифани бажардингизми?
Бу ҳақда хабар беринг.
Оддийдек туюладиган бу иш ходим сифатида сизнинг қийматингизни оширадиган энг муҳим одатлардан бири бўлади.
Раҳбар ҳар доим орқадан югуриб,
“Нима бўлди?”
“Бажарилдими?”
“Қаерга етди?”
деб сўраб юриши керак эмас.
Вазифа якунланса, ўзингиз хабар беринг.
Янада юқори қиймат бермоқчимисиз?
Унда фақат “бажарилди” эмас, қисқача тафсилот ҳам беринг:
Нима қилинди
Қандай натижа чиқди
Қандай муаммо бўлди
Ҳозир қайси босқичда
Кейинги қадам нима
Шунда сиз шунчаки топшириқ бажарадиган ходим эмас,
балки ишни бошқара оладиган, ишончли одамга айланасиз.
Ишда қийматингизни оширмоқчи бўлсангиз,
шу оддий одатни ўрганинг.
@jamoliddin_blog

April 02, 16:51

Insonning yomon xislatiga dalolat qiluvchi kichik alomatlarga deyarli eʼtibor bermas edim
Juda ijobiy gumonda boʻlar edim. Harakat va xilqat unchalik ham bogʻliqmas deb oʻylar edim
Xato ekan. Insonning hatto kichik harakatlari, ishlaridagi alomatlaridan - uning qandayligini katta ehtimol bilan bilsa boʻlar ekan
Oʻta yaxshi gumonda boʻlish - notoʻgʻri odamga suyanishga olib kelishi mumkin
Alomatlar siriga tayanib, toʻgʻri odamga suyanishni oʻrganing...