
BuxDU Filologiya fakulteti
#Tyutor_faoliyati
#Ijara_manzilga_tashrif
2026-yil 12-mart kuni BuxDU proflaktika inspektori katta leytenant Sh.Raxmatova, Filologiya fakulteti tyutorlari M.A.Nazarova, D.N.Raxmonovalar tomonidan Buxoro shahar Do'stlik MFY T.Faroģiy ko'chasi 27-uy 33- xonadonda istiqomat qiluvchi 6-1Uzb23 guruh talabalari Bahriddinova M, Isomiddinova M, Narzullayeva M, Jumayeva D va 6-4rus25 guruh talabasi Rustamova Ruxshonalarning ijara xonadoni o'rganildi. O'rganish davomida ijara xonadoni tozaligi, gaz va elektr asboblaridan ehtiyot bo'lishlari, is gazidan zaharlanishni oldini olish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Tyutor: M A.Nazarova.
📢
E’LON
Bugun, 2026-yil 13-mart kuni soat 13:00 da Filologiya fakulteti Faollar zalida fakultet rahbariyati tomonidan ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etiladi.
Mazkur uchrashuvda:
🔹
talabalarning yashash sharoitlari,
🔹
ijara xonadonlaridagi muammolar,
🔹
talabalarning xavfsizligi va ijtimoiy holati,
🔹
shuningdek, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan Filologiya fakultetida tahsil olayotgan va ijara xonadonlarda yashayotgan barcha talabalar mazkur uchrashuvda ishtirok etishlari so‘raladi.
📍
Manzil: Filologiya fakulteti Faollar zali
🕐
Vaqt: 13:00
Fakultet rahbariyati
#Yoshlar_kuni
#BuxDU_Filologiya
“Yoshlar kuni” doirasida
Buxoro shahridagi 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida BuxDU Filologiya fakulteti o'zbek tili ta'lim yo'nalishining 1-bosqich talabalaridan iborat "Ibrat" jamoasi faxrli 1-o'rinni egalladi.
2-o‘rin Bojxona instituti kursantlari “Genius” jamoasiga, 3-o‘rin "Yosh o‘qituvchilar" hamda "Yosh zakovatchilar" jamoasiga nasib etdi.
Tyutor: N.Safarova
#Yoshlar_kuni
Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni vazirlik va idoralarda “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu kun yoshlarning bilimini oshirish, kasbiy mahoratini rivojlantirish hamda ularning o‘z ustida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida
Buxoro shahridagi 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Unda Bojxona instituti kursantlari, maktabning "Yosh o'qituvchilar" jamoasi, maktab 11-sinf "Yosh zakovatchilar" jamoasi, maktab "Arastu" jamoasi hamda BuxDU Filologiya fakulteti o'zbek tili ta'lim yo'nalishining 1-bosqich talabalaridan iborat "Ibrat" jamoasi bilim va tafakkur maydonida o‘zaro kuch sinashdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida faxrli 1-o‘rin BuxDU “Ibrat” jamoasiga, 2-o‘rin Bojxona “Genius” jamoasiga, 3-o‘rin yosh o‘qituvchilar va yosh zakovatchilar jamoasiga nasib etdi.
Tyutor: N.Safarova
🕓
🕔
🕕
🕖
🕗
📘
BuxDUda “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” ijodiy tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash, talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Buxoro davlat universitetida “Yoshlar — giyohvandlikka qarshi!” shiori ostida ijodiy tanlovlar o‘tkazildi.
Mazkur tanlov yoshlarning zararli odatlar va giyohvandlikning mudhish oqibatlari haqidagi bilimlarini oshirish, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. Hakamlar hay’ati tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar tahlil qilinib, quyidagi g‘oliblar aniqlandi:
✍️
“Eng yaxshi insho” yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇
1-o‘rin: Hasanova Shahinabonu (Filologiya fakulteti);
🥈
2-o‘rin: Muxtorova Saodat (Tarix va yuridik fakulteti);
🥉
3-o‘rin: Xo‘jayeva Madinabonu (Tarix va yuridik fakulteti).
🎨
“Eng yaxshi rasm” yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇
1-o‘rin: Ismatova Begoyim (San’atshunoslik va pedagogika fakulteti);
🥇
1-o‘rin: Obidova Durdona (San’atshunoslik va pedagogika fakulteti);
🥈
2-o‘rin: Saloxiddinova Maxliyo (San’atshunoslik va pedagogika fakulteti);
🥉
3-o‘rin: Xayrullayeva Lola (Iqtisodiyot va turizm fakulteti).
⭐️
Tanlovning universitet bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar universitet rektori tomonidan maxsus diplom hamda rag‘batlantirish komissiyasi xulosasiga ko‘ra pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
BuxDU.uz
|
✅
Telegram |
🌐
Instagram |
✅
Facebook
|
📹
Youtube
🕓
🕔
🕕
🕖
🕗
📘
BuxDUda "Jadidlar jasorati – millatimiz faxri" mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi
Buxoro davlat universitetida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish hamda jadid bobolarimiz merosini keng targ‘ib qilish maqsadida insholar tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ijodiy bellashuvda universitetimizning barcha fakultetlaridan saralangan iqtidorli talabalar quyidagi ikki yo‘nalishda o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdilar:
1️⃣
“Jadidlar jasorati – millatimiz faxri”;
2️⃣
“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari”.
1-orin: Shavkatova Fazila- Filologiya fakulteti 6-1uzb-24 guruhi talabasi
2-orin: Nizomova Nozanin-Filologiya fakulteti 6-3 uzb-25 guruhi talabasi
3-orin: Boymurodova Nilufar- Filologiya fakulteti 6-1 MAM-22 guruhi talabasi
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
BuxDU.uz
|
✅
Telegram |
🌐
Instagram |
✅
Facebook
|
📹
Youtube
⚡️
⚡️
“Kitobxon avlod” tanlovining Qorovulbozor tumani bosqichi o’tkazildi
Bugun “Kitobxon avlod” viloyat hokimi kubogining tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bilim va tafakkurini boyitish, adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.
Tanlovda 3 ta yosh toifasi — 10–14, 15–19 hamda 20–30 yosh toifalaridagi yigit-qizlar ishtirok etib, belgilangan adabiyotlar asosida tuzilgan savollarga javob berish orqali o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar o‘rtasidagi bellashuvlar qizg‘in va murosasiz kechdi. Har bir qatnashchi o‘zining keng dunyoqarashi, mutolaa madaniyati va mustahkam bilimini namoyon etdi.
Tanlovning taqdirlash marosimida tuman hokimi, Davlat xavfsizlik xizmati xodimi, tuman prokurori, tuman IIB boshlig’i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig’i hamda Buxoro davlat universiteti o'qituvcilari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi O‘tkir Hamroyev bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyat va sharoitlar, ularning har tomonlama kamol topishi uchun amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, kitob – inson ma’naviyatining asosiy manbai ekanini ta’kidlab, yoshlarni doimiy mutolaaga chorladi.
Yakunda tanlovning har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Mazkur tanlov yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash hamda bilimli va tafakkuri teran avlodni voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✍️
Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati
#Normativ_huquqiy_hujjatlarni_organish
2026-yilning 12-mart kuni Filologiya fakulteti tyutori Nigora Safarova 6-2Uzb23 guruh talabalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori "Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida"gi NIZOM bilan yana bir bor tanishtirib o'tdi.
Tyutor N.L.Safarova
#
BuxDUda_Milliy_Doppi_chorlovi
Filologiya fakultetida “Milliy do‘ppi chorlovi” kuni munosabati bilan fakultet tyutorlari va talabalari milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni namoyon etish maqsadida ushbu chorlovda faol ishtirok etmoqdalar.
✍️
✍️
✍️
✍️
✍️
📘
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetida universitet rektori Obidjon Xamidovning bitiruvchi talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, ularning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, mutasaddilar va bank tizimi vakillari tomonidan yoshlar uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, startap va biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan zarur tavsiyalar oldilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐
Telegram
🌐
Facebook