Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

BuxDU Filologiya fakulteti

BuxDU_filologiya_fakulteti
🏛 Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetining rasmiy telegram kanali. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram: @BuxDU_filologiya_fakulteti Instagram: Buxdu_filologiya_1
Подписчики
2 410
24 часа
30 дней
1 050
Просмотры
219
ER
12,2%
Посты (30д)
226
Символов в посте
853
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 20, 16:51
Файлы недоступны
8
2
Открыть в Telegram

#ochiq_dars_oʻtildi
Buxoro davlat universitetida Qurbonova Dilafro‘z Nosir qizi tomonidan 2026-yil 20-aprel kuni soat 11:30 da 6-1 UZB25 guruhi talabalari ishtirokida “Pahlavon Mahmud ruboiylarining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur ochiq darsda Buxoro davlat universiteti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Latipov.H.R hamda magistrlar Shokirova Gulhayo, Azimova Muhabbat, Boboqulova Feruza kuzatuvchi sifatida ishtirok etdilar.
Dars jarayonida innovatsion pedagogik yondashuvlar asosida A4 metodi, “zinama-zina” usuli hamda tezkor savol-javob metodlaridan samarali foydalanildi. Ushbu metodlar talabalarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va bilimlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mashg‘ulot davomida Pahlavon Mahmud ruboiylarining mazmun-mohiyati chuqur tahlil qilinib, ularning ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy ahamiyati keng yoritildi. Talabalar bilan olib borilgan interaktiv muloqot va bahs-munozaralar orqali mavzu yuzasidan mustahkam bilim va tushunchalar shakllantirildi. Dars jarayoni izchil, mantiqiy ketma-ketlikda hamda yuqori pedagogik mahorat asosida olib borildi.
Mashg‘ulot yakunida Buxoro davlat universiteti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Latipov H.R tomonidan ochiq dars tahlil qilinib, uning ijobiy jihatlari alohida e’tirof etildi hamda dars samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy tavsiyalar berildi.
Umuman olganda, mazkur ochiq dars mashg‘uloti o‘zining puxta rejalashtirilganligi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilganligi hamda ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarga to‘liq erishilganligi bilan yuqori baholanishga loyiqdir.

April 20, 15:39
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

✍️
✍️
✍️
✍️
✍️
Yoshlar harakatda – BuxDU volontyorlari yana safda!
🏃‍♂️
Ko'hna Buxoro shahrida Bukhara Night Race xalqaro yugurish marafoni yuqori kayfiyat va katta shukuh bilan o‘tkazildi.
📘
🇺🇿
Ushbu yirik sport tadbirida Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi
"BuxDU volontyorlar markazi"
a’zolari ham faol ishtirok etib, volontyorlik faoliyatini olib borishdi.

Volontyorlar marafon davomida ishtirokchilarga yo‘nalish ko‘rsatish, tashkiliy jarayonlarda ko‘maklashish hamda musobaqaning tartibli o‘tishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda volontyorlik madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
BuxDU volontyorlari – har doim oldinda!

April 20, 14:11
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

BuxDU talabalari germaniyalik professorlardan saboq olishni boshladi
BuxDU milliy reytingda yuqori ko‘rsatkichlarni zabt etib, talabalarga jahon standartlari darajasida bilim bermoqda. Bu borada xorij OTMlari bilan samarali hamkorlik, tajriba almashinuvi uzluksiz yo'lga qo'yilgan.
Bugun THE xalqaro reyting indikatorlarida kuchli 1000 talikka kiruvchi Germaniyaning Maynts shahridagi Yohannes Gutenberg nomidagi universiteti Turkologiya kafedrasi professorlari Julian Rentzsch, Petr Kuceralar Filologiya fakultetiga tashrif buyurib, fakultet rahbariyati bilan uchrashdilar. Filologiya fakulteti dekani Guli Toirova mehmonlarni samimiy kutib olib, jamoa bilan tanishtirdi. Bugundan Turkolog professorlar magistrlarga saboq berishni boshladilar.
Germaniyalik mutaxassislar 20-apreldan 30-aprelga qadar "Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili" yo‘nalishi 1-bosqich magistrlari uchun "O‘zbek tili tarixi" fanidan seminar mashg‘ulotlarini olib borishadi.
Nodirabegim Nafasova,
"Media-impuls" jamoasi muxbiri

April 20, 13:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
#5000_QADAM_YURISH_MARAFONI
🗣
HURMATLI BUXDU PROFESSOR-O'QITUVCHILARI,
ISHCHI-XODIMLARI HAMDA QADRLI TALABALAR!
🔈
Sizlarni 21-aprel kuni soat 07:00 “Salomatlik uchun 5000 qadam!” yurish marafoniga taklif qilamiz!
Marafonga BuxDUning asosiy bino oldi qismidan start beriladi.
"Sog‘lom inson-sog‘lom millat" g‘oyasini umummilliy harakatga aylantiramiz.
Shavkat Mirziyoyev

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
BuxDU.uz
|

Telegram |
🌐
Instagram |

Facebook
|
📹
Youtube

April 20, 09:30
Файлы недоступны
4
1
Открыть в Telegram

2026-yil 17-aprel kuni Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti 6-1uzb-24 guruhida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti L.O.To‘rayeva tomonidan "Abdulla Qodiriy ijodining mustaqillik davrida o'rganilishi muammolari" mavzuida ochiq dars tashkil qilindi. Darsda professor-o'qituvchilardan D.S.O‘rayeva, H.Safarova, N.Qodirova, U.To‘rayeva, R.Rajabovalar ishtirok etdilar. Darsda Sh. Fuzaylova, N.Nematova, A. To‘xtayeva, U.Navro‘zova, A.Raimova, F. Shavkatova, M. Tursunova kabi talabalar faol ishtirok etdilar. Dars musobaqa shaklida guruhlarga bo‘lib tashkil qilindi. Test, krossvord topshiriqlari ishlandi. Turli o'yinlar va sahna ko‘rinishlaridan foydalanib buyuk jadid bobomiz Abdulla Qodiriy xotirasi ulug‘landi. Talabalar adibga bag'ishlangan buxorolik ijodkorlar she'rlaridan yod aytishdi.

April 20, 09:21
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

9-aprel kuni BuxDU filologiya fakulteti 6-1uzb-24 guruhi talabalari "O‘zbek adabiyoti tarixi" fanidan "Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi" mavzusida dotsent L.O.To‘rayeva rahbarligida Buxoro shahridagi Fitrat bog‘i hamda Fayzulla Xo‘jayev uy muzeyida sayyor dars uyushtirildi. Ushbu dars talabalarda jadid adabiyoti namoyandalari hayotini keng o'rganishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Talabalar ushbu darsdan katta taassurot oldilar.

April 20, 08:26
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

На филологическом факультете старшим преподавателем кафедры русского языка и литературы Шермухамедовой Н.А. было проведено открытое практическое занятие для студентов 2 курса вечернего отделения по дисциплине История русской литературы XIX(I половина) Тема занятия «Драматургия Н.В.Гоголя»– является актуальной для современной литературы, так как содержит сведения о драматических произведениях писателя классика. Преподавателю удалось заинтересовать аудиторию рассказом о жизни и деятельности, о драматических произведениях писателя классика, а также описанием особенностей творчества писателя. Яркая и содержательная презентация позволила Шермухамедовой Н.А. наглядно представить объемный по информативности материал и наладить интерактивное общение со студентами. Студенты активно участвовали на занятии.

April 20, 08:23
Файлы недоступны
1
4
Открыть в Telegram

2026-yil 16-aprel kunida ikkinchi juftlikda xorijiy filologiya fakultetida 11-3 TNI 25 guruhida (PhD) o`qituvchi I.K.Koziyeva tomonidan “Обстоятельственные придаточные предложения” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Dars davomida talabalar turli xil materiallardan foydalanib, rus tilidagi hol ergash gapli qo’shma gap haqida chuqurroq tushunchaga ega bo‘lishdi, bir-birlari bilan o‘zaro fikr almashdilar. Dars jarayonida multimediya vositalaridan foydalanildi.

April 20, 08:21
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

14 апреля 2026 года на отделении русского языка и литературы филологического факультета прошла открытая лекция старшего преподавателя кафедры русского языка и литературы М.А. Бокаревой по теме «Цифровизация современного литературного процесса. Сетевая литература». Лекция проведена в рамках учебного курса Современного литературного процесса. Тема лекции отличается актуальностью и научно-методической значимостью, поскольку охватывает вопросы, существенные не только для изучения жанров современной литературы, но и для осмысления закономерностей мирового литературного процесса в целом. Рассматриваемые в ходе занятия проблемы имеют междисциплинарный характер, что свидетельствует о широком научном кругозоре преподавателя и умении представить изучаемый материал в контексте современных гуманитарных исследований. Применение инновационных образовательных технологий свидетельствует о стремлении преподавателя к совершенствованию методики преподавания и повышению эффективности учебного процесса.

April 20, 08:19
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Bugun filologiya fakultetida xalqaro hamkorlik doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori (DSc), professor Toirova Guli Ibragimovna hamda filologiya fanlari doktori, Kuban davlat universiteti va Qozon federal universitetining professori Anna Anatolyevna Nemika ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar jurnalistika yo‘nalishini yanada kengaytirish va ta’lim metodlarini almashish masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Jurnalistika ta’limini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, professor- o‘qituvchilar o‘rtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma ilmiy loyihalar tashkil etish, konferensiya va seminarlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish orqali jurnalistika sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash istiqbollari ham muhokama qilindi.