
Buxoro tumani hokimligi
Xavfsizlik va xotirjamlik garovi: Qo‘riqlash xizmatining joylardagi navbatdagi targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi
🇺🇿
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|
Telegram|
Facebook|
Instagram|
YouTube
📢
📢
📢
📢
📢
📢
📢
📢
ISHGA MARHAMAT!
🏭
Kogon tumanidagi “Siyovush textile” korxonasi ishga taklif qiladi!
🧵
Ip yigiruvchilar – 1000 nafar
👤
Yosh chegarasi: 18–35 yosh
💰
Oylik maosh: 3 000 000 so‘mdan boshlab
⏰
Ish vaqti: 8 soat (3 smenada)
🟢
08:00 – 16:00
🟢
16:00 – 24:00
🟢
24:00 – 08:00
🍲
Ishchilarga bir mahal issiq ovqat beriladi
📚
Tajribasizlar ham qabul qilinadi (o‘rgatiladi)
📄
Ish staji yuritiladi
📍
Manzil: Kogon tumani, Beklar mahallasi
📞
Bog'lanish uchun telefon:
+99897-309-52-72
+99891-440-55-52
👉
Ish izlayotgan barcha fuqarolarni taklif etamiz! Hoziroq murojaat qiling!
|
Telegram
|
Veb sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
Urush faxriysi Fayzullo ota Hojiyev holidan xabar olindi
Yurtimizda yaqinlashib kelayotgan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Buxoro tumani Arabxona qishlog‘ida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, mehnat faxriysi Fayzullo ota Hojiyev xonadoniga mas’ullar tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari, Viloyat harbiy prokurori, Viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i hamda Buxoro tumani mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i tomonidan faxriy otaning holidan xabar olinib, samimiy suhbat tashkil etildi.
Suhbat chog‘ida Ikkinchi jahon urushi yillari xotiralariga qaytilib, og‘ir sinovli davrlar, mashaqqatli kunlar va bugungi tinch, osoyishta hayotning qadr-qimmati haqida fikr almashildi. Faxriy ota yurtimizdagi bugungi farovonlik va tinchlik uchun shukronalar bildirib, e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik izhor etdi.
Tashrif yakunida Fayzullo ota Hojiyev ushbu yo‘qlovdan mamnunligini bildirib, mehmonlarga duolar qildi.
#Deputatlar_faoliyati
Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash — ustuvor vazifa
Buxoro tumanida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, mavjud avtomobil yo‘llarining holatini o‘rganish va ularni yanada takomillashtirish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda.
Shu maqsadda Xalq deputatalari Buxoro tumani Kengashi raisi R. Nabiyev, Kotibiyat mudiri S. Samadov, hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi guruh a’zolari ishtirokida tumandagi avtomobil yo‘llarining bugungi holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida yo‘llarni qurish va qayta qurish loyihalarining amalga oshirilishi, mavjud yo‘llarni joriy hamda mukammal ta’mirlash sifati, shuningdek, yo‘llarni saqlash va ekspluatatsiya qilish holati batafsil ko‘rib chiqildi.
Mas’ullar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/Buxorotuman_offical
Buxoro tumanida “Vazir kubogi” doirasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Ayol ustozlar hamda maktabgacha ta’lim xodimlari o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqaning asosiy maqsadi ustozlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, shuningdek, yosh avlodga shaxsiy namuna ko‘rsatish orqali jamoada hamjihatlik va jipslikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro murosasiz va qizg‘in bellashuvlarda kuch sinashib, yuqori sport mahoratini namoyon etdilar. Musobaqa yakuniga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlandi.
Eng yaxshi natija ko‘rsatgan jamoalar “Vazir kubogi”ning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, keyingi bosqichda tuman sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur musobaqa ta’lim sohasi xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jamoaviy ruhni kuchaytirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Xabar informatsion dasturi | Buxoro tumani Yangi turmush mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/Buxorotuman_offical
Buxoro tumani: Dilorom Avazova pillachilikda fidoyilik namunasi
Buxoro tumanida pillachilik mavsumi qizg‘in pallaga kirgan bir paytda hudud pillakorlari tomonidan joriy mavsumda qariyb 260 tonna “kumush tola” yetishtirish rejalashtirilgani sohada olib borilayotgan tizimli ishlar hamda mehnatkash insonlar fidoyiligining yorqin ifodasidir.
Tuman hududida mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rilib, ipak qurti parvarishi izchil va tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, “Romstar” MCHJ tomonidan 2900 nafardan ortiq kasanachilar bilan shartnomalar tuzilib, jonlantirilgan ipak qurti urug‘lari o‘z vaqtida oilaviy zvenolarga yetkazib berildi. Bu esa mehnat jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Hududda o‘zining mehnatsevarligi bilan boshqalarga ibrat bo‘layotgan pillakorlardan biri Yangi turmush mahallasi Qarajeri-2 qishlog‘ida yashovchi Avazova Dilorom Aganiyazovnadir. U ko‘p yillardan buyon pillachilik bilan shug‘ullanib keladi. Joriy mavsumda 3 quti ipak qurti olib, oila a’zolari bilan birgalikda parvarish qilmoqda. Bu yil ham davlatga 250–300 kilogramm miqdorida “kumush tola” topshirishni maqsad qilgan.
Dilorom opa bu kasbni oila an’anasi sifatida davom ettirib kelayotganini ta’kidlaydi.
— Bolaligimizdan har yili bahorda ipak qurti boqib o‘rganganmiz. Ota-bobolarimiz ham pillachilik bilan shug‘ullangan. Shu bois bu ish biz uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi, aksincha mehnatimizning barakasini ko‘rib quvonamiz, — deydi Avazova Dilorom.
Darhaqiqat, ushbu so‘zlarda mehnatga sadoqat, sabr va xalqona tajriba mujassam. Chunki pillachilik tinimsiz parvarish, katta mas’uliyat va fidoyilikni talab etadigan soha hisoblanadi. Ana shunday mehnatkash xonadonlar sa’y-harakati bilan “kumush tola” xirmonlari tobora barakali bo‘lib bormoqda.
Bugun tuman pillakorlari orasida Dilorom opa kabi tashabbuskor va tajribali insonlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularning fidokorona mehnati natijasida nafaqat rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarga erishilmoqda, balki pillachilik sohasida qadimiy an’analar zamonaviy yondashuvlar bilan uyg‘unlashib, yangi natijalar sari keng yo‘l ochilmoqda.
Nodavlat MTT tarbiyachilari uchun o‘quv-amaliy seminar davom etmoqda
Buxoro tumanida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari — oilaviy, davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda boshqa nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun o‘quv-amaliy seminar yuqori saviyada davom etmoqda.
Tumandagi 3-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan ushbu seminar hududdagi barcha nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini qamrab olib, ularning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga keng joriy etish hamda ta’lim-tarbiya sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
27–30-aprel kunlari tasdiqlangan reja-jadval asosida o‘tkazilayotgan seminar doirasida har bir kun muayyan mavzular asosida tashkil etilib, mashg‘ulotlar izchil va tizimli ravishda olib borilmoqda. Dastlabki kun mashg‘ulotlari tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutaxassislari Risolat Bozorova hamda Lola Mirzayeva tomonidan tashkil etildi.
Seminarning birinchi kuni ish hujjatlarini yuritish tartibi, ta’lim jarayonini samarali rejalashtirish hamda “Markazlarda ishlash” mavzulariga bag‘ishlandi. Mashg‘ulotlarda bolalar bilan ishlashning zamonaviy metodlari, innovatsion yondashuvlar, o‘yinlar orqali ta’lim berish usullari, tarbiyalanuvchilarning mantiqiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ayniqsa, mashg‘ulotlarni qiziqarli va interfaol usullarda tashkil etish, bolalarda mustaqil fikrlash, jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Ko‘rgazmali taqdimotlar va amaliy mashqlar seminar samaradorligini yanada oshirmoqda.
Seminar davomida tarbiyachilar o‘rtasida qizg‘in savol-javoblar, o‘zaro tajriba almashish va amaliy mashg‘ulotlar yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Bu esa pedagoglarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, kasbiy mahoratini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mazkur o‘quv-amaliy seminar pedagoglarning metodik tayyorgarligini kuchaytirish, ta’lim sifatini oshirish hamda maktabgacha ta’lim tizimiga ilg‘or yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.