Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Buxoro tumani hokimligi

Buxorotuman_offical
Buxoro tuman hokimligining rasmiy telegram kanali. Mazkur kanal orqali Buxoro tumani hayoti bilan bog‘liq muhim yangiliklardan xabardor bo‘lishingiz mumkin. Murojaat yuborish uchun: https://t.me/Qosimov74
Подписчики
5 950
24 часа
30 дней
-100
Просмотры
950
ER
11,11%
Посты (30д)
397
Символов в посте
1 207
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
March 15, 13:03

Buxoro tumanida chigit ekish mavsumi boshlandi
Buxoro tumanida yirik investitsion loyiha doirasida foydalanishdan chiqqan yer maydonlarini o‘zlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Xususan, xitoylik investorlar bilan hamkorlikda tumanning cho‘l hududlarida 2 ming gektar abarotdan chiqqan yer maydonlari o‘zlashtirilib, zamonaviy agrotexnologiyalar asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga jalb etilmoqda.
Shu jarayonlar doirasida bugun Buxoro tumani “Qumsulton” cho‘l kengliklarida joylashgan “Uch Qarag‘ay” MChJ paxtachilik klasteri dalasida chigit ekish mavsumi oldidan ko‘rgazmali amaliy seminar tashkil etildi. Unda viloyat va tumanlar agrar majmuasi vakillari, tuman hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari, sohaga mas’ul tashkilot va korxonalar, paxta-to‘qimachilik klasterlari mutasaddilari, olim va mutaxassislar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar.
Seminar davomida yerga plyonka ostida va ochiq maydonda chigit ekishning agrotexnik talablari va me’yorlari, texnikalarning sozligi, chigitni bir tekis undirib olish bilan bog‘liq jarayonlar amaliy mashg‘ulotlar orqali batafsil tushuntirildi.
Ko‘rgazmali amaliy seminarda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Botir Zaripov hamda soha mutaxassislari paxta yetishtirishda ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish hamda ekish jarayonlarini sifatli tashkil etish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, fermer va dehqonlarga zarur tavsiyalar berdilar.
Ma’lum qilinishicha, Buxoro tumanida paxtachilikka ixtisoslashgan 239 ta fermer xo‘jaligi dalalarida joriy mavsumda 7 ming 200 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan. Shundan 2 ming 800 gektar maydonda chigit Xitoy texnologiyasi asosida 76×10 sxemada ekiladi.
Ayni kunlarda tuman paxtakor dehqonlari tomonidan 3 ming 800 gektar maydonda chigitni plyonka ostida ekish ishlari boshlab yuborildi. Shu tariqa Buxoro tumani viloyatda birinchilardan bo‘lib chigit ekish mavsumini boshlagan hududlardan biri bo‘ldi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi kelgusida paxta hosildorligini oshirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish hamda yuqori natijalarga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

March 15, 13:02
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

March 15, 13:02
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

March 15, 13:02
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

March 15, 13:02
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

March 15, 13:01
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

March 15, 13:01
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

March 14, 15:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Buxoro tumani: 10 yoshli o‘quvchi ingliz tilidan yuqori natijaga erishdi
Buxoro tumani 16-maktabning 4-sinf o‘quvchisi ingliz tilidan xalqaro
CEFR
imtihonida yuqori natija qayd etib,
B2 darajani
qo‘lga kiritdi. U imtihonda
59 ball
to‘plab, o‘z yoshiga nisbatan juda kam uchraydigan yuqori ko‘rsatkichga erishdi.
Ma’lumki, B2 daraja ingliz tilini mustaqil va erkin qo‘llay olish bosqichlaridan biri hisoblanadi. 10 yoshli o‘quvchi uchun bunday natijaga erishish katta mehnat, izlanish va bilimga bo‘lgan kuchli qiziqish natijasidir.
Yosh bo‘lishiga qaramay, o‘quvchimiz ingliz tilini chuqur o‘zlashtirib, tengdoshlariga ham o‘rnak bo‘ladigan yutuqni qo‘lga kiritdi. Bu kabi natijalar yurtimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor, o‘qituvchilarning fidokorona mehnati hamda yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi samarasidir.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/Buxorotuman_offical

March 14, 13:46
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

#Hashar
#Fotojarayon
Umumxalq xayriya hashari munosabati bilan Buxoro tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Hasharda mahalla faollari, o‘qituvchilar hamda jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, maktab hududini yanada obod va ko‘rkam qilishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Tadbir davomida maktab atrofidagi hudud tartibga keltirilib, tozalash ishlari olib borildi, daraxtlar tagi yumshatildi va yangi ko‘chatlar ekildi.
Bunday xayrli tashabbuslar atrof-muhitni asrash, yashil hududlarni ko‘paytirish hamda yosh avlod qalbida tabiatga mehr va e’tibor tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Hashar jarayonida ishtirokchilar bir yoqadan bosh chiqarib, yurtimizda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shdilar.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/Buxorotuman_offical

March 14, 13:30
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

⚡️
Kunlik Ramazon oyi taqvimi (Buxoro viloyati uchun)
📝
14-mart:
🌞
Saharlik - 05:40
🌑
Iftorlik - 18:52
Ro‘za tutish (saharlik, og‘iz yopish) duosi:
Navaytu an asuma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’ala. Allohu akbar.
Ma’nosi:
Ramazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Xolis Alloh uchun. Alloh buyukdir.

Iftorlik (og‘iz ochish) duosi:
Allohumma laka sumtu va bika amantu va a’layka tavakkaltu va a’la rizqika aftartu, fag‘firli ya g‘offaruma qoddamtu va ma axxortu birohmatika ya arhamar rohimiyn, Allohu akbar.
Ma’nosi:
Ey Alloh, ushbu ro‘zamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim. Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey mehribonlarning eng mehriboni, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag‘firat qilgin.
Buxoro.uz |
Facebook
|
Instagram
|
YouTube