
Chinoz tumani IM 🇺🇿
#Vatan_tayanchi
🇺🇿
🌿
Mahallalarda aholi orasida hurmatga sazovor bo‘lgan faxriylar, ayniqsa yuz yoshdan oshgan keksalar hamda ustoz va murabbiylar, hudud ravnaqiga mehnati singgan jonkuyar insonlarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, minnatdorchilik bildirish hamda ularni sharaflash va qadrlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
🤝
Shu maqsadda mahalla yoshlari va “Vatan tayanchi” harakati a’zolari tomonidan ularning yashash va ish joylariga tashriflar tashkil etilmoqda.
📌
Jumladan, Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining CHQBT rahbari Xudoyberdiyev Jasur boshchiligida tuman markaziy mahalla, Birlik ko‘cha 4-uyda istiqomat qiluvchi Umaraliyeva Lutfiniso xonadonga tashrif buyurildi.
✨
Tashrif davomida nuroniy onaxon holidan xabar olinib, samimiy suhbatlar o‘tkazildi hamda ehtirom ko‘rsatildi. Bunday ezgu ishlar yoshlar qalbida kattalarga hurmat, insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlandi
#Vatan_bo
'ylab_sayohat
🇺🇿
🌿
“Taraqqiyot strategiyasi – inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat asosi” g‘oyasi asosida o‘quvchi-yoshlarda islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, ularni milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalash maqsadida mazmunli tadbir tashkil etildi.
📌
Joriy yilning 25-aprel sanasida Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-«A» sinf rahbari Sharofat Sayfiddinova boshchiligida o‘quvchilar “Vatan bo‘ylab sayohat” shiori ostida ekskursiyada ishtirok etdilar.
🏞
Sayohat davomida o‘quvchilar yurtimizning diqqatga sazovor maskanlaridan biri — Krasnogorskiy hududi hamda Islom sivilizatsiyasi markazi ga tashrif buyurishdi. Ushbu manzillar orqali ular mamlakatimizning boy tarixi, madaniy merosi va bugungi taraqqiyot jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
✨
Mazkur ekskursiya o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, tarixiy qadriyatlarga hurmat va kelajakka ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
🎨
✨
#Art_terapiya
🧠
#Psixologik_yordam
Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Rushana Toxirxo‘jayeva boshchiligida o‘quvchilarda darsga bo‘lgan motivatsiyani oshirish hamda stressli holatlarning oldini olish maqsadida Art terapiya mashg‘uloti tashkil etildi.
🖌️
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar: — ranglar va tasvirlar orqali o‘z his-tuyg‘ularini ifoda etdilar,
— ijodiy faoliyat orqali ichki kechinmalarini yengillashtirishga harakat qildilar,
— ijobiy kayfiyat va ruhiy muvozanatni mustahkamlash yo‘llarini o‘rgandilar.
💬
Trening interaktiv va qiziqarli tarzda o‘tkazilib, o‘quvchilarning faol ishtiroki ta’minlandi.
🌿
Ushbu art-terapiya mashg‘uloti o‘quvchilarning ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda ta’lim jarayoniga ijobiy munosabatini shakllantirishga xizmat qildi.
🎯
✨
#Kasbga_yo
‘naltirish
🧠
#Psixologik_trening
Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Rushana Toxirxo‘jayeva boshchiligida 7-sinf o‘quvchilari uchun kasb tanlash bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish hamda ularni to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida trening mashg‘uloti tashkil etildi.
📌
Trening davomida o‘quvchilarga:
— kasb tanlashda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar,
— o‘z qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash usullari,
— kelajak kasbiga ongli yondashuv ko‘nikmalari haqida tushunchalar berildi.
💬
Mashg‘ulot interaktiv tarzda olib borilib, o‘quvchilar turli savol-javoblar, muhokamalar va psixologik mashqlar orqali faol ishtirok etdilar.
🌟
Ushbu trening o‘quvchilarning kelajak kasbini to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda aniq maqsad sari intilishlariga xizmat qildi.
🧠
✨
#Psixologik_trening
📌
#Foydali_mashgulot
Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Rushana Toxirxo‘jayeva boshchiligida yuqori sinf o‘quvchilari uchun stressning oldini olishga qaratilgan “Stress nima? Uni qanday yengsa bo‘ladi?” mavzusida trening mashg‘uloti tashkil etildi.
📊
Trening davomida o‘quvchilarga: — stressning kelib chiqish sabablari,
— uning inson salomatligiga ta’siri,
— stressni boshqarish va yengish usullari haqida tushunchalar berildi.
💬
Mashg‘ulot interaktiv tarzda olib borilib, o‘quvchilar turli psixologik mashqlar, savol-javoblar va muhokamalar orqali faol ishtirok etdilar.
🌿
Ushbu trening o‘quvchilarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda stressli vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutishga yordam berdi.
📚
✨
#Kitobxonlik_oyligi
🎭
#Kasbim_faxrim
🏫
#Ekskursiya
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida, tizimli ma’naviy tarbiya dasturi doirasida aprel — “Kitobxonlik” oyligi “Kasbim – faxrim” haftaligi munosabati bilan “Men sevgan kasb” shiori ostida Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari uchun mazmunli ekskursiya tashkil etildi.
🎶
Ekskursiya davomida o‘quvchilar tumandagi 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga tashrif buyurishdi. U yerda ular: — turli musiqa asboblari bilan yaqindan tanishdilar,
— ijodiy to‘garaklar faoliyati haqida ma’lumot oldilar,
— ustozlar va o‘quvchilarning chiqishlarini tomosha qildilar.
🎨
Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan kasblar haqida savollar berib, kelajakda kasb tanlash bo‘yicha foydali tavsiyalar oldilar.
Chinoz tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
Chinoz tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabda sportchi va iqtidorli yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi Sh. Salixov hamda sektor rahbarlari qatnashib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Uchrashuv davomida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi, shuningdek, ilgari surilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.
Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yoshlarning faolligi, tashabbuskorligi va kelajakka bo‘lgan intilishi yaqqol namoyon bo‘ldi.
Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan muloqotni mustahkamlash, ularning muammolariga yechim topish hamda qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati
|Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Bugun Chinoz ixtisoslashtirilgan maktabida 5-sinf o‘quvchilari ishtirokida
23-aprel — Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni
ga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
📚
✨
Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning bilim va ma’rifat manbai sifatidagi beqiyos ahamiyati haqida mazmunli fikrlar bildirildi.
Shuningdek, mualliflik huquqini himoya qilish, ijodkorlar mehnatiga hurmat bilan yondashish va intellektual mulkni asrashning muhim jihatlari alohida ta’kidlandi
📖
Davra suhbati qiziqarli va samarali tarzda o‘tdi. Bolalar o‘z savollari, fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etishdi
😊
📚
🌿
#EcoSchool
#Jonli_burchak
🐇
🕊️
Tabiatga mehr – kelajak garovi!
Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Eco School” loyihasi doirasida o‘quvchi-yoshlar orasida ekologik savodxonlikni oshirish maqsadida “Jonli burchak” tashkil etildi.
Ushbu burchak o‘quvchilarda tabiatga mehr, jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilish hamda ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
🌱
🐰
Jonli burchagimizda: — quyonlar
— bedanalar
— kanareykalar
parvarish qilinib, o‘quvchilar tomonidan muntazam ravishda g‘amxo‘rlik qilinmoqda.
🌍
Bu kabi amaliy mashg‘ulotlar orqali yoshlar tabiatni asrash, biologik xilma-xillikni qadrlash va mas’uliyat hissini chuqur anglab bormoqda.
✨
Tabiatni asrash – har birimizning burchimiz!