Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

Chinoz tumani IM πŸ‡ΊπŸ‡Ώ

Chinoz_im_piima
Ixtisoslashtirilgan taΚΌlim muassasalari agentligi tizimidagi Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
1 070
24 часа
β€”
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
β€”
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
412
ER
38,97%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
67
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
740
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
EDΠžΠ±Ρ‰Π΅Π΅ ΠΎΠ±Ρ€Π°Π·ΠΎΠ²Π°Π½ΠΈΠ΅ ΠΈ новости
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ЖСнский
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
35-44
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ΠžΠ±Ρ€Π°Π·ΠΎΠ²Π°Π½ΠΈΠ΅
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
April 27, 06:38
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
8
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

#Vatan_tayanchi
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
🌿
Mahallalarda aholi orasida hurmatga sazovor boβ€˜lgan faxriylar, ayniqsa yuz yoshdan oshgan keksalar hamda ustoz va murabbiylar, hudud ravnaqiga mehnati singgan jonkuyar insonlarga hurmat-ehtirom koβ€˜rsatish, minnatdorchilik bildirish hamda ularni sharaflash va qadrlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
🀝
Shu maqsadda mahalla yoshlari va β€œVatan tayanchi” harakati a’zolari tomonidan ularning yashash va ish joylariga tashriflar tashkil etilmoqda.
πŸ“Œ
Jumladan, Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining CHQBT rahbari Xudoyberdiyev Jasur boshchiligida tuman markaziy mahalla, Birlik koβ€˜cha 4-uyda istiqomat qiluvchi Umaraliyeva Lutfiniso xonadonga tashrif buyurildi.
✨
Tashrif davomida nuroniy onaxon holidan xabar olinib, samimiy suhbatlar oβ€˜tkazildi hamda ehtirom koβ€˜rsatildi. Bunday ezgu ishlar yoshlar qalbida kattalarga hurmat, insoniylik va mehr-oqibat tuygβ€˜ularini mustahkamlandi

April 27, 06:28
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
4
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

#Vatan_bo
'ylab_sayohat
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
🌿
β€œTaraqqiyot strategiyasi – inson qadri ustuvor boβ€˜lgan jamiyat va xalqparvar davlat asosi” gβ€˜oyasi asosida oβ€˜quvchi-yoshlarda islohotlarga daxldorlik tuygβ€˜usini shakllantirish, ularni milliy gβ€˜urur va iftixor ruhida tarbiyalash maqsadida mazmunli tadbir tashkil etildi.
πŸ“Œ
Joriy yilning 25-aprel sanasida Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-Β«AΒ» sinf rahbari Sharofat Sayfiddinova boshchiligida oβ€˜quvchilar β€œVatan boβ€˜ylab sayohat” shiori ostida ekskursiyada ishtirok etdilar.
🏞
Sayohat davomida oβ€˜quvchilar yurtimizning diqqatga sazovor maskanlaridan biri β€” Krasnogorskiy hududi hamda Islom sivilizatsiyasi markazi ga tashrif buyurishdi. Ushbu manzillar orqali ular mamlakatimizning boy tarixi, madaniy merosi va bugungi taraqqiyot jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
✨
Mazkur ekskursiya oβ€˜quvchilarda Vatanga muhabbat, tarixiy qadriyatlarga hurmat va kelajakka ishonch tuygβ€˜ularini yanada mustahkamladi.

April 27, 06:15
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

🎨
✨
#Art_terapiya
🧠
#Psixologik_yordam
Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Rushana Toxirxoβ€˜jayeva boshchiligida oβ€˜quvchilarda darsga boβ€˜lgan motivatsiyani oshirish hamda stressli holatlarning oldini olish maqsadida Art terapiya mashgβ€˜uloti tashkil etildi.
πŸ–ŒοΈ
Mashgβ€˜ulot davomida oβ€˜quvchilar: β€” ranglar va tasvirlar orqali oβ€˜z his-tuygβ€˜ularini ifoda etdilar,
β€” ijodiy faoliyat orqali ichki kechinmalarini yengillashtirishga harakat qildilar,
β€” ijobiy kayfiyat va ruhiy muvozanatni mustahkamlash yoβ€˜llarini oβ€˜rgandilar.
πŸ’¬
Trening interaktiv va qiziqarli tarzda oβ€˜tkazilib, oβ€˜quvchilarning faol ishtiroki ta’minlandi.
🌿
Ushbu art-terapiya mashgβ€˜uloti oβ€˜quvchilarning ruhiy salomatligini qoβ€˜llab-quvvatlash, ularning oβ€˜ziga boβ€˜lgan ishonchini oshirish hamda ta’lim jarayoniga ijobiy munosabatini shakllantirishga xizmat qildi.

April 27, 06:15
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
7
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

🎯
✨
#Kasbga_yo
β€˜naltirish
🧠
#Psixologik_trening
Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Rushana Toxirxoβ€˜jayeva boshchiligida 7-sinf oβ€˜quvchilari uchun kasb tanlash bilan bogβ€˜liq muammolarni bartaraf etish hamda ularni toβ€˜gβ€˜ri yoβ€˜naltirish maqsadida trening mashgβ€˜uloti tashkil etildi.
πŸ“Œ
Trening davomida oβ€˜quvchilarga:
β€” kasb tanlashda e’tibor berilishi lozim boβ€˜lgan jihatlar,
β€” oβ€˜z qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash usullari,
β€” kelajak kasbiga ongli yondashuv koβ€˜nikmalari haqida tushunchalar berildi.
πŸ’¬
Mashgβ€˜ulot interaktiv tarzda olib borilib, oβ€˜quvchilar turli savol-javoblar, muhokamalar va psixologik mashqlar orqali faol ishtirok etdilar.
🌟
Ushbu trening oβ€˜quvchilarning kelajak kasbini toβ€˜gβ€˜ri tanlashiga koβ€˜maklashish, oβ€˜ziga boβ€˜lgan ishonchini oshirish hamda aniq maqsad sari intilishlariga xizmat qildi.

April 27, 06:15
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
7
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

🧠
✨
#Psixologik_trening
πŸ“Œ
#Foydali_mashgulot
Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Rushana Toxirxoβ€˜jayeva boshchiligida yuqori sinf oβ€˜quvchilari uchun stressning oldini olishga qaratilgan β€œStress nima? Uni qanday yengsa boβ€˜ladi?” mavzusida trening mashgβ€˜uloti tashkil etildi.
πŸ“Š
Trening davomida oβ€˜quvchilarga: β€” stressning kelib chiqish sabablari,
β€” uning inson salomatligiga ta’siri,
β€” stressni boshqarish va yengish usullari haqida tushunchalar berildi.
πŸ’¬
Mashgβ€˜ulot interaktiv tarzda olib borilib, oβ€˜quvchilar turli psixologik mashqlar, savol-javoblar va muhokamalar orqali faol ishtirok etdilar.
🌿
Ushbu trening oβ€˜quvchilarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, oβ€˜zini boshqarish koβ€˜nikmalarini rivojlantirish hamda stressli vaziyatlarda toβ€˜gβ€˜ri yoβ€˜l tutishga yordam berdi.

April 27, 06:15
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
8
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ“š
✨
#Kitobxonlik_oyligi
🎭
#Kasbim_faxrim
🏫
#Ekskursiya
Oβ€˜zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida, tizimli ma’naviy tarbiya dasturi doirasida aprel β€” β€œKitobxonlik” oyligi β€œKasbim – faxrim” haftaligi munosabati bilan β€œMen sevgan kasb” shiori ostida Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oβ€˜quvchilari uchun mazmunli ekskursiya tashkil etildi.
🎢
Ekskursiya davomida oβ€˜quvchilar tumandagi 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga tashrif buyurishdi. U yerda ular: β€” turli musiqa asboblari bilan yaqindan tanishdilar,
β€” ijodiy toβ€˜garaklar faoliyati haqida ma’lumot oldilar,
β€” ustozlar va oβ€˜quvchilarning chiqishlarini tomosha qildilar.
🎨
Shuningdek, oβ€˜quvchilar oβ€˜zlarini qiziqtirgan kasblar haqida savollar berib, kelajakda kasb tanlash boβ€˜yicha foydali tavsiyalar oldilar.

April 24, 03:35
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Chinoz tumanida β€œRahbar va yoshlar” uchrashuvi oβ€˜tkazildi
Chinoz tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabda sportchi va iqtidorli yoshlar ishtirokida β€œRahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi Sh. Salixov hamda sektor rahbarlari qatnashib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Uchrashuv davomida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi, shuningdek, ilgari surilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.
Samimiy ruhda oβ€˜tgan muloqotda yoshlarning faolligi, tashabbuskorligi va kelajakka boβ€˜lgan intilishi yaqqol namoyon boβ€˜ldi.
Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan muloqotni mustahkamlash, ularning muammolariga yechim topish hamda qoβ€˜llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
ChinozΒ  tumani hokimligi axborot xizmati
|Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|

April 23, 13:26
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
6
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Bugun Chinoz ixtisoslashtirilgan maktabida 5-sinf oβ€˜quvchilari ishtirokida
23-aprel β€” Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni
ga bagβ€˜ishlangan davra suhbati oβ€˜tkazildi
πŸ“š
✨
Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi oβ€˜rni, uning bilim va ma’rifat manbai sifatidagi beqiyos ahamiyati haqida mazmunli fikrlar bildirildi.
Shuningdek, mualliflik huquqini himoya qilish, ijodkorlar mehnatiga hurmat bilan yondashish va intellektual mulkni asrashning muhim jihatlari alohida ta’kidlandi
πŸ“–
Davra suhbati qiziqarli va samarali tarzda oβ€˜tdi. Bolalar oβ€˜z savollari, fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etishdi
😊
πŸ“š

April 22, 05:00
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

🌿
#EcoSchool
#Jonli_burchak
πŸ‡
πŸ•ŠοΈ
Tabiatga mehr – kelajak garovi!
Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida β€œEco School” loyihasi doirasida oβ€˜quvchi-yoshlar orasida ekologik savodxonlikni oshirish maqsadida β€œJonli burchak” tashkil etildi.
Ushbu burchak oβ€˜quvchilarda tabiatga mehr, jonivorlarga gβ€˜amxoβ€˜rlik qilish hamda ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
🌱
🐰
Jonli burchagimizda: β€” quyonlar
β€” bedanalar
β€” kanareykalar
parvarish qilinib, oβ€˜quvchilar tomonidan muntazam ravishda gβ€˜amxoβ€˜rlik qilinmoqda.
🌍
Bu kabi amaliy mashgβ€˜ulotlar orqali yoshlar tabiatni asrash, biologik xilma-xillikni qadrlash va mas’uliyat hissini chuqur anglab bormoqda.
✨
Tabiatni asrash – har birimizning burchimiz!

April 21, 06:29
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Sayohat jarayonidan videorolik