Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

Davlat_tili_archives
📩 @UZBadministratorbot
Subscribers
6 910
24 hours
30
30 days
-50
Post views
1 315
ER
28,71%
Posts (30d)
84
Characters in post
539
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 26, 08:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

Mukammal esse yozish sari: Barcha darslar bir joyda
Yaxshi esse yozish aniq struktura, mantiq va soʻz boyligi masalasidir. Bir oy davomida esse yozishni qadamma-qadam, mayda detallarigacha tahlil qildik.
Kerak paytda darhol topishingiz va takrorlash uchun barchasini bir joyga jamladim. Saqlab oling va foydalaning:
1️⃣
Yuqori ball oladigan esse qanday boshlanadi? (1-qism)
2️⃣
Yuqori ball oladigan essening kirish qismi qanday shaklda yoziladi? (2-qism)
3️⃣
Essening yuragi: asosiy qism qanday yoziladi? (3-qism)
4️⃣
Esseda qarshi tomon qarashi qanday dalillanadi? (4-qism)
5️⃣
Imtihonda fakt va iqtibos topolmasangiz… Esseni qutqaruvchi usul (5-qism)
6️⃣
Esseda shaxsiy fikrni qanday berish kerak? (6-qism)
7️⃣
Esseni yuqori saviyada yakunlash: xulosa qanday yoziladi? (7-qism)
8️⃣
Essedan yuqori ball olish uchun yakuniy roʻyxat (8-qism)
Esse imtihoniga tayyorlanayotgan doʻstlaringizga ham ulashishni unutmang.
Foydali boʻlgan boʻlsa –
🔥
@oriftolib
|
Sahifalarimiz

April 26, 06:53

26 апрель - Улуғ шоир, азиз устозим, халқимизнинг суюмли фарзанди Муҳаммад Юсуфнинг таваллуд куни!
Таваллуд кунни нишонлаймиз, ёдларини хотирлаймиз!
Руҳлари шод бўлсин
🙏
ВИДО АЙТИМИ
Устозим Муҳаммад Юсуф  хотирасига
Дарёлардек оқиб ўтган оғам қани,
Худойимга ёқиб кетган оғам қани,
Эски уйдай чўкиб қолди елкаларим,
Бошларимни эгиб кетди бу ғам мани.
Қабрингиздан чиқинг, бир бор кўрай оға,
Не бўлди деб ўзингиздан сўрай, оға,
Сиз йўқсизку, наво тинган, бу дунёда,
Қандоқ қилиб шоирман деб юрай оға?
Ялпизларга айланмоққа шошдингизми?
Биздан кўра ер олдими тафтингизни?
Қишлоғингиз ялпизларин кўрпа қилиб,
Тупроғига юзларингиз босдингиз?
Кўзингизда кўрганларим мунг эканми?
Шундоқ оғам тупроқларга тенг эканми?
Худойимнинг кенг дунёси тор келди-я?
Қайиқчадек қабри шунча кенг эканми?
Руҳингиз бор бул чаманнинг гулларида,
Яшагайсиз қизғалдоқнинг дилларида.
Қадамимда кўзларингиз қараб турар,
Қандоқ юрай Андижоннинг йўлларида?
Юрагимни ярим қилди бу ғам ахир,
Ғамга дўниб қолди бунда ҳар дам ахир,
Хаслар тирик, гиёҳчалар, тошлар тирик,
Нега ўлар маним шоир оғам ахир?
Ўлди дерлар! Кўзимда нам: Розимасман!
Кўксимда ўт, бағримда ғам: Розимасман!
Худойимга айтдим: ахир бу не ҳукм,
Сизни кўмган тупроқданам розимасман!
Сиз тинч ётинг, бирга-бирга гул кечармиз,
Кавсар гулин гулобидан ичишармиз,
Майса бўлиб, ёмғир бўлиб оға-сингил,
Қиёматда ҳали шеърлар ўқишармиз.
Эски уйдай чўкиб қолди елкаларим,
Бошларимни эгиб кетди бу ғам мани.

Гулжамол АСҚАРОВА.
https://t.me/Davlat_tili_archives

April 25, 18:00

#гос_итог_аттестатция_2025_2026
📁
11-класс Узбек
тили
итог. билеты 2025-2026
https://t.me/Davlat_tili_archives

April 25, 18:00

#гос_итог_аттестатция_2025_2026
📁
9-класс Узбек тили итог. билеты 2025-2026
https://t.me/Davlat_tili_archives

April 25, 08:59

Bu faylni o'rganib chiqib qo'yish tavsiya etiladi.
Renessansstudy
https://t.me/Davlat_tili_archives

April 24, 07:59

⚡️
Esseda mavjud imloviy va matn qurilishiga doir xatoliklarga oid onlayn dars
Dars ustozlar -
Orif Tolib va Akmaljon Izamov
tomonidan oʻtildi!
https://t.me/Davlat_tili_archives

April 23, 08:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi (video)
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova bilan uchrashib qolgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari attestatsiya uchun tuzilgan testlarning murakkabligidan shikoyat qilishdi.
Ular attestatsiyaning qay darajada qiyinligini isbotlash uchun vazirga o‘zlari bilan birga testga kirishni taklif qilishdi.
Batafsil

https://xalqtaliminfo.uz/post/1576
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni
@xalqtaliminfo'da
kuzatib boring.
https://t.me/Davlat_tili_archives

April 22, 08:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

Araz yo farazga olib boradigan xatolar
Ayolingizga:
“Shirinlikni sendan koʻproq yaxshi koʻraman!”
demaganingiz maʼqul. Chunki bu gap mantiqan ikki xil maʼno beradi:
1️⃣
Shirinlikni
seni sevganimdan koʻra
koʻproq sevaman.
😢
2️⃣
Shirinlikni
sen sevganingdan ham
koʻproq sevaman.
😎
Tilda bunday
chalgʻituvchi
jumlalar uchrab turadi. Masalan:
🔹
Bu ahmoq odam emas
– toʻxtamga qarab u aqlli insonga yoxud odamgarchiligi yoʻq kimsaga aylanadi.
🔹
Ukamning rasmiga qarayapman
– rasmda uka tasvirlanganmi yoki u chizgan rasmmi? Ayni holatda jumlani ikki xil tushunsa boʻladi, lekin bu unda xato bor degani emas. Jumla matn ichida kelganda mazmun oson va toʻgʻri tushunilishi ham mumkin.
Fikrni doim aniq ifodalang, shunda
ortiqcha
tushunmovchiliklar boʻlmaydi.
Matn yozayotganda shunaqa holatlarga ahamiyat berasizmi?
🔥
– Foydali boʻldi, endi yanada eʼtiborli boʻlaman.
🤔
– Menda ham bunday jumlalar uchrab turadi.
https://t.me/Davlat_tili_archives

April 22, 00:25
Media unavailable
3
Show in Telegram

Assalomu alaykum
👋
Xayrli tong azizlar!
🌅
☀️
https://t.me/Davlat_tili_archives
🔗

April 21, 15:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

Vazir E’zoza Karimova ilk bor matbuot anjumani o‘tkazdi
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan kengaytirilgan tarzda matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda vazir E’zoza Karimova, uning o‘rinbosarlari Sherzod Karimov, Temur Komilov, Azizbek Turdiyev hamda vazirlik va tizim tashkilotlari mas’ul xodimlari ishtirok etib, OAV va keng jamoatchilik vakillari tomonidan berilgan savollarga javob berdi.
Matbuot anjumanida pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari, xalqaro tadqiqot natijalari, pedagoglar attestatsiyasi, bog‘cha bolalarining zaharlanishi, tizimdagi korrupsiyaviy holatlar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari bilan bog‘liq vaziyatlar va boshqa masalalar yuzasidan vazirlik mas’ullari savolga tutildi.
Batafsil

https://xalqtaliminfo.uz/post/1574
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni
@xalqtaliminfo'da
kuzatib boring.
https://t.me/Davlat_tili_archives