Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

Davlat_tili_archives
O'qituvchi va murabbiylar – yangi O'zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir Shavkat Mirziyoyev 📩
Подписчики
6 570
24 часа
30 дней
-10
Просмотры
1 199
ER
0,2%
Посты (30д)
149
Символов в посте
430
December 10, 04:22


Ona tili va adabiyot
hamda
tarix
fanidan
milliy sertifikatga
ega o'qituvchilari
50% ustama to'lanishi
haqidagi
Prezident farmoni va vazirlik ijro xati.
Onatili_Izamov
https://t.me/Davlat_tili_archives

December 10, 04:16

* * *
Офтобда кўзларинг қизарар бехос,
Ёмғирда нам бўлар гул ёноқларинг.
Бармоғинг қимтиниб сақлайди сирдан
Ҳаммаси табиий, йўқ сенинг сиринг.
Гўёки, хўрсиниш гўзалликка ён,
Гўёки, маюслик – самимий, содда.
Азизам, азизам, бари бир томон,
Сен нега хомушсан мен бор дунёда?!
Дадахон Муҳаммадий
Assalomu alaykum! Omonmisiz?
https://t.me/Davlat_tili_archives

December 09, 09:20

1.b 2.a 3.a 4.c 5.b 6.c 7.a 8.c 9.d 10.b 11.a 12.d 13.c 14.b 15.d 16.b 17.c 18.b 19.b 20.c 21.a 22.c 23.d 24.d 25.b 26.d 27.a 28.d 29.c 30.d
Kanalga obuna bo'lishni unutmang
❗️
ona_tili_milliy_sertifikat_esse1
https://t.me/Davlat_tili_archives

December 09, 05:38

Bugun MS javoblari chiqishi kutilmoqda .
Natijangizni ko'rishning 3 xil usuli bor:
1.
my.gov.uz
sayti orqali
2. MyGov mobil ilovasi orqali
👉
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.uzinfocom.mygov
3.
my.uzbmb.uz
sayti "Sertifikatlarim" bo'limi orqali
https://t.me/Davlat_tili_archives

December 09, 04:48
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#Xayrli_kun
Bugungi kun sizga yangi kuch, yangi tilaklar va yangi imkoniyatlar olib kelsin. Hayotingizda boshlanadigan har bir yangi sahifa quvonch va muvaffaqiyat bilan bezansin. Yoningizda sizni qadrlaydiganlar ko‘p bo‘lsin. Kuningiz xayrli o‘tsin!
https://t.me/Davlat_tili_archives

December 08, 17:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kimni xoʻjayin deb atasang, u senga xizmatkorday qaraydi.
Adigey maqoli
Sharh:
Munosabatlar mezonini koʻpincha oʻzimiz belgilaymiz. Kimgadir haddan ziyod tavoze koʻrsatish, uni koʻkka koʻtarish qarshi tomonda ustunlik hissini uygʻotadi. Oʻzini pastga urgan odamga boshqalar mensimay qarashi tabiiy. Laganbardorlikdan hech kim qadr-qimmat topmagan.
oriftolib |
https://t.me/Davlat_tili_archives

December 08, 14:21

https://t.me/Davlat_tili_archives

December 08, 02:24
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

АССАЛОМУ АЛАЙКУМ!
💐
Хайрли тонг!
💐
🕊
Аллоҳ таоло юзимизни ёруғ;
🍀
Қалбимизни кенг;
🕊
Қадримизни баланд;
🍀
Сўзимизни олий;
🕊
Ҳаётда муваффақиятли;
🍀
Охиратда саодатли;
🕊
Ўғил - қизларимизни салоҳиятли;
🍀
Қарзларимизга нажот;
🕊
Ризқимизга кенглик;
🍀
Кунимизга барака;
🕊
Бизни билган ва билмаганларга истарали кўрсатиб,
🍀
Дунёда муборак;
🕊
Охиратда гуноҳлари мағфират қилинганлардан қилсин! Амиин!
🤲
Кунингиз хайрли, барокатли ўтсин!
https://t.me/Davlat_tili_archives

December 07, 03:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Ham”: vergul kerakmi yo yoʻq?
Bu savol koʻpchilikni ikkilantiradi. Vergul kerak yoki kerakmasligi matnning tuzilishi va maʼnosiga bogʻliq. Vaziyatlarni uch guruhga boʻlib koʻrib chiqamiz:
1️⃣
Takrorlanganda
Agar
ham
soʻzi takrorlanib, gaplarni yoki soʻzlarni bir-biriga bogʻlab kelsa,
vergul
qoʻyiladi:
Ham
oʻqidi,
ham
yozdi.
Bugun
ham
, ertaga
ham
ishlaymiz.
2️⃣
Zidlik maʼnosida:
-sa ham
Bu – eng bahsli nuqta. Agar gapda zidlik maʼnosi boʻlsa va oʻqiganda toʻxtam sezilsa,
ham
dan keyin vergul qoʻyiladi. Bunday oʻrinlarda
ham
yuklamasi oʻrnida
-da
yuklamasini
qoʻllash mumkin boʻladi, jumlada
qaramasdan, shunday boʻlsa-da
degan mazmun aks etadi:
U bu jumlani ikki marta oʻqisa ham,
mazmunini tushunmadi
.
(Oʻqiganiga qaramay tushunmadi / oʻqisa-da tushunmadi – zidlik bor).
3️⃣
Yaxlitlik:
-sa ham boʻladi
Baʼzi gaplarda
-sa ham
bilan hosil qilingan birikma yaxlit iboradek boʻlib qoladi. Ularda toʻxtam qilinmaydi, fikr boʻlinmaydi.
Asosan
ruxsat, imkoniyat, xohish maʼnolari ifodalanadi. Bunday hollarda vergul kerak emas:
Borsam
ham
boʻladi.
Borsang
ham
mayli.
Oʻlsa
ham
koʻnmaydi.
📌
Qisqacha qoida:
🔹
Sanayapsizmi? (Ham u, ham bu)
➡️
Vergul kerak.
🔹
Zidlayapsizmi? (Oʻqisa ham, tushunmadi)
➡️
Vergul kerak.
🔹
Ruxsat yo imkoniyat maʼnosi bormi? (Yozsa ham boʻladi)
➡️
Vergul yoʻq.
#Soʻragan_edingiz
@oriftolib
|
Boshqa sahifalarimiz

December 07, 02:44
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Odamni jismonan davolash uchun uxlatish, ruhan davolash uchun uyg‘otish kerak!
©
Lev Tolstoy
Ruhiy uyg‘oqlik – insonning eng katta boyligi. Chunki
fikrlamaydigan odamni boshqarish oson.
Fikrsiz insonni har kim xohlagan yo‘liga boshlaydi.
Bunday odamlar cho‘pondan yo‘l kutayotgan
qo‘ylarga o‘xshaydi
– qayerga haydashsa, o‘sha tomonga yuradi.
Shuning uchun insonni haqiqiy davolaydigan narsa –
uyg‘oq tafakkur.
Savol berish, tanqidiy o‘ylash, ma’lumotni tekshirish, mustaqil qaror qilish.
Fikr bor joyda erkinlik bor. Fikr yo‘q joyda esa – birovning topshirig‘ini bajaradigan tanagina qoladi.
©
foydali_moliya
https://t.me/Davlat_tili_archives