Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ekologiya Instituti

Ecoilm

Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti:

https://ecoilm.uz/

https://www.facebook.com/profile.php?id=61572911572354

https://www.instagram.com/ekologiya_instituti/

YouTube.com/@uzecoit

Subscribers
742
Post views
222
ER
29,88%
Posts
3 342
October 29, 09:37
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

🎓
“Green University”da strategik boshqaruv bo‘yicha malaka oshirish kursi yakunlandi
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)da
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
hamda Moskva davlat universitetining
Murakkab tizimlarni matematik tadqiq etish instituti qoshidagi Strategik tadqiqotlar markazi
tomonidan
“Strategiya nazariyasi va strategiyalashtirish amaliyoti”
nomli malaka oshirish kursi tashkil etildi.
🔹
Kursda institut direktor o‘rinbosari, texnika fanlari falsafa doktori, professor
X.X. Aminov
faol ishtirok etib,
20 soatlik o‘quv dasturi
davomida
strategik rejalashtirish, boshqaruv nazariyasi
va
strategik fikrlash
bo‘yicha ilg‘or bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
📝
Joriy yil 28-oktabr kuni Rossiya Fanlar akademiyasi a’zosi, iqtisod fanlari doktori, professor, M.V. Lomonosov mukofoti laureati
V.L. Kvint
hamda O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri
Sh.R. Xamrayev
kurs bitiruvchilarini samimiy tabriklab,
№104/KC raqamli maxsus sertifikatni
topshirdilar.
✔️
Mazkur dastur kadrlar va ilmiy xodimlar uchun strategik tahlil, barqaror rivojlanish va innovatsion boshqaruv yo‘nalishlarida xalqaro tajribani chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratadi.
Rasmiy sahifalarimiz
🌐
www.ecoilm.uz
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube

October 28, 13:18
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#memorandum
✍️
Ekologik ta’lim, strategik fikrlash va barqaror rivojlanish bilan bogʻliq memorandum imzolandi
2025-yil 28-oktabr kuni Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishini o'rganish universiteti (Green University)da
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
hamda
Moskva davlat universiteti Murakkab tizimlarni matematik tadqiq etish instituti qoshidagi Strategik tadqiqotlar markazi
o'rtasida
memorandum
imzolandi.
Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hamda Suv xo‘jaligi vazirliklari va sohaga doir tashkilotlar mutaxassislari, “Green University” professor-o‘qituvchilari, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari, tadqiqotchilar va faol yoshlar ishtirok etdi.
Mazkur memorandum
ekologik
va
iqtisodiy- strategik ta’limning nazariy asoslarini
ishlab chiqish,
ekologik madaniyatni shakllantirish,
qo‘shma
ilmiy loyihalar
,
konferensiyalar
va
seminarlar
tashkil etish, malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish hamda
ikki tomonlama tajriba almashuv
, innovatsion ishlanmalarni joriy etish va amaliy natijalarni
ta’lim jarayoniga tatbiq etishni
ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi ilmiy muassasalari o‘rtasida ekologik ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy ekologik va strategik tafakkurni rivojlantirish orqali barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishdan iborat.
Tadbir davomida akademik
V.L.Kvint
so’zga chiqib, bugungi uchrashuv haqida o’zining iliq fikrlarini bildirdi.
Bugungi uchrashuv – Rossiya va O‘zbekiston ilmiy hamjamiyatlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichidir. Moskva davlat universiteti va Green University o‘rtasida imzolangan Memorandum — ekologik ta’lim, strategik fikrlash va barqaror rivojlanish yo‘lida muhim qadamdir.
Ekologik muammolarni hal etish global yondashuv va birgalikdagi ilmiy sa’y-harakatlarni talab etadi. Shu bois bizning hamkorligimiz nafaqat ilmiy izlanishlar, balki yosh avlodni ekologik madaniyat va strategik tafakkur ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Institut jamoasiga, xususan, Shuxrat Odilovichga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Biz birgalikda insoniyatning ekologik xavfsiz kelajagini yaratish yo‘lida ishlaymiz!
Shu bilan birga mehmonlar Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan,
suv va yer resurslari, chiqindilarni utilizatsiya qilish laboratoriyalari
hamda
Geografik axborot tizimi markazida
olib borilayotgan
ilmiy tadqiqot ishlari haqida ma’lumot berildi.
Ma’lumot uchun:
Vladimir Lvovich Kvint – iqtisod fanlari doktori, siyosiy iqtisod professori, Rossiya Fanlar akademiyasi a’zosi. “Strategiya nazariyasi va strategiyalashtirish metodologiyasi” turkumidagi ilmiy ishlari uchun Moskva davlat universitetining oliy mukofoti – Lomonosov I mukofoti bilan taqdirlangan. Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasining “Aleksandr Nevskiy” ordeni, “Do‘stlik” ordeni va boshqa mukofotlar sohibi. O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika sohasida davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Rasmiy sahifalarimiz
🌐
www.ecoilm.uz
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube

October 27, 06:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram


Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo ifloslanishining oldini olishga doir qaror loyihasi ishlab chiqildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi atmosfera havosi muhofazasini kuchaytirish va iqlim o'zgarishlariga bog'liq xavflarni kamaytirish borasidagi chora-tadbirlarni davom ettirmoqda. Hozirda vazirlik
«Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo ifloslanishining oldini olish va iqlim o'zgarishining oqibatlarini yumshatish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar»
qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etdi.
Loyiha hududdagi eng dolzarb ekologik muammolardan biri —
sanoat korxonalari va issiqxona xo'jaliklaridan
kelib chiqadigan
ifloslovchi moddalar
chiqarish darajasining yuqoriligini hal etishga qaratilgan. Hujjat
atmosferaga salbiy ta'sirni kamaytirish
va korxonalarning ekologik jihatdan
toza texnologiyalarga
bosqichma-bosqich o'tishini ta'minlashga qaratilgan kompleks choralar tizimini ko'zda tutadi.
Xususan, quyidagi chora-tadbirlar rejalashtirilgan:
— Hududdagi sanoat korxonalari va issiqxonalarda chang va gaz tozalash uskunalarini o'rnatish;
— Issiqxonalarda mavjud qozonlarni, ularning amaldagi talablarga javob bermasligini hisobga olib, zamonaviy energiya samarador va ekologik toza tizimlar bilan almashtirish;
— Issiqxona va sanoat obyektlarini ko'mirni ishlatmasdan boshqa alternativ energiya manbalariga o'tkazish;
— Korxonalarga ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, tashlamalarni tozalash tizimlarini, mahalliy tozalash inshootlarini, avtomatik havo monitoringi stansiyalarini o'rnatish uchun moliyaviy rag'batlar taqdim etish, shu jumladan, grant mexanizmlari yordamida.
✔️
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishini sezilarli darajada kamaytirishga,
ekologik xavfsizlikni oshirishg
a hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun yanada
qulay yashash sharoitlarini yaratishga
yordam beradi. Shuningdek, ekologik talablarni kuchaytirish mamlakatning
iqlim barqarorligi
va
«yashil» iqtisodiyotga o'tish
strategiyasining muhim qismidir.
Rasmiy sahifalarimiz
🌐
www.ecoilm.uz
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube

October 24, 15:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

2025-yilda havoning ifloslanishi va uning yer yuzidagi o‘limlarning asosiy sabablaridagi o‘rni to‘g‘risidagi yillik
hisobotida
O‘zbekistonda havo sifati va infratuzilmasini boshqarish tizimini kengaytirish va mustahkamlash haqida so‘z boradi.
Xalqaro hisobotda 2024-yilda mamlakat PM2,5 va PM10 uchun yangilangan milliy havo sifati standartlarini qabul qilgani hamda Markaziy Osiyoda birinchi marotaba o‘zining yillik PM2,5 (35 mkg/m³) limitini JSSTning oraliq maqsadli ko‘rsatkichiga moslashtirganligi qayd etiladi.
2022-yildan boshlab milliy monitoring tarmog‘i sezilarli darajada kengaydi va endilikda uning hajmi 26 ta shaharda 89 ta monitoring punkti, shu jumladan 23 ta zamonaviy avtomatik stansiya va bitta mobil stansiyani qamrab olgan. O‘zbekiston 347 dan ortiq mini-stansiyalar o‘rnatishni rejaga kiritgan. Barcha viloyat markazlari avtomatik monitoring bilan qamrab olingan, bu esa har soatda ma’lumotlarni yangilash va ularni ommaviy platformalarga integratsiya qilish imkonini beradi.
O‘zbekiston shuningdek sanoat va transport sohalarida havo sifatini boshqarish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishga mo‘ljallangan "Atmosfera havosini muhofaza qilish milliy strategiyasi — 2035" majmuasini ham ishlab chiqmoqda.

В ежегодном
докладе
о загрязнении воздуха и его роли в основных причинах смерти в мире — 2025 говорится о расширении и укреплении системы управления качеством воздуха и инфраструктуры в Узбекистане.
Авторами международного отчета отмечено принятие страной обновленных национальных стандартов качества воздуха для РМ2,5, а также впервые в Центральной Азии приведение своих годовых лимитов PM2,5 (35 мкг/м³) в соответствие с промежуточным целевым показателем ВОЗ.
С 2022 года национальная сеть мониторинга значительно расширилась и теперь включает 89 пунктов мониторинга в 26 городах, включая 23 современные автоматические станции и одну мобильную станцию. В планах Узбекистана установка более 347 мини-станций. Автоматическим мониторингом охвачены все областные центры, что позволяет ежечасно обновлять данные и интегрировать их в общедоступные платформы.
Узбекистан также разрабатывает комплексную «Национальную стратегию защиты атмосферного воздуха — 2035», направленную на объединение усилий по управлению качеством воздуха.
#AutomationOfAtmosphericAirPollutionMonitoring
#CleanAirNow
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube

October 23, 13:49
Media unavailable
4
Show in Telegram

#ekoolam
🦢
CITES hujjatlarida qayd etilgan noyob qush – Qoshiqburun

Qoshiqburun
– uchib o‘tuvchi-uyalovchi qush bo‘lib, xalqaro miqyosda himoya ostiga olingan hamda
CITES Konvensiyasining II Ilovasiga
va
Bonn Konvensiyasining II Ilovasiga
kiritilgan.
Janubiy Orolbo‘yi, Sirdaryo, Amudaryo, Surxondaryo, Zarafshon havzalari va Farg‘ona vodiysidagi tekislik suv havzalarida uyalaydi va uchib o‘tadi. Uning yashash joylari Qozog‘iston, Sibir, Yevropa, Shimoliy Afrika va Xitoygacha cho‘zilgan.
1960-yillarda
Janubiy Orolbo‘yida tez-tez uchragan bu tur hozirda ko‘plab joylarda yo‘q bo‘lib ketgan. Hozirgi kunda
Amudaryo quyi oqimida 200 ga
yaqin,
Farg‘ona vodiysi
va
Aydar-Arnasoy ko‘llarida 50 tadan
atrofida qushlar uyalaydi.
Qoshiqburun bahorda
aprel-mayda uchib o‘tib,
qamishzorlarda boshqa qushlar bilan
koloniya
bo‘lib uyalaydi. U
mayda baliqlar, qurbaqalar
va
suv umurtqasizlari
bilan oziqlanadi.
📌
Uning soni kamayishiga asosiy sabab – Orol dengizi havzasi suv rejimining o‘zgarishi oqibatida yashash joylarining yemirilishidir.

Qoshiqburunni ovlash qat’iyan taqiqlangan.
U
Arnasoy, Qoraqir va Dengizko‘l
buyurtmaxonalarida muhofaza ostiga olingan. Bundan tashqari, turning populyatsiyasini oshirish maqsadida
Yevropa
va
Osiyoning
ko‘plab
hayvonot bog‘larida ko‘paytiriladi.
Rasmiy sahifalarimiz
🌐
www.ecoilm.uz
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube

October 23, 13:25
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#ekosana
#экодата
#ecodate
🐆
Bugun 23 oktabr - Xalqaro qor qoploni kuni (International Snow Leopard Day)!
📌
Mazkur ekologik sana
2024-yilda
BMT Bosh Assambleyasi
tomonidan e’lon qilingan bo‘lib, uning maqsadi —
qor qoploni va uning tabiiy yashash joylarini muhofaza qilishda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishdan
iborat.
Qor qoploni (
Panthera uncia
)
mushuksimonlar oilasiga
kiruvchi yirik yovvoyi sut emizuvchi bo‘lib, O‘zbekistonning G‘arbiy Tyanshan, G‘arbiy Pomir-Oloy tog‘larida, shuningdek, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, G‘arbiy Sibir, Janubiy Mo‘g‘uliston, Xitoy, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Nepal va Butan kabi davlatlarda tarqalgan. O‘zbekistonda bu hayvon yashaydigan hududlarning umumiy maydoni
10000 km²
yoki global maydonning
0,36 foiziga
teng.
✔️
Qor qoploni
2017-yilda
Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN)
tomonidan yo'q bo'lib ketish xavfi ostidagi
“zaif tur” (Vulnerable)
deb tasniflandi. Bu tur
1975
-yildan beri qor qoploni yo'qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo to'g'risidagi konvensiyaning
(CITES) I-ilovasida
va
1986-yildan
ko'chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar turlarini muhofaza qilish to'g'risidagi konvensiyaning
(CMS) I-ilovasida
ro'yxatga olingan.

Ma'lumot uchun, 2025-yil iyun oyida
Qirg‘izistonning
Cho‘lpon-Ota shahrida Global qor qoploni va ekotizimlarni himoya qilish dasturi (GSLEP)
boshqaruv qo‘mitasining
9-yig‘ilishi
o‘tkazildi. Unda
Cho‘lpon-Ota rezolyutsiyasi
qabul qilinib, qor qoploni yashaydigan mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash,
Yuqori Osiyo ekotizimlarining barqarorligini oshirish
va
iqlim o‘zgarishiga moslashuv choralarini kuchaytirishga
chaqirildi.
Rasmiy sahifalarimiz
🌐
www.ecoilm.uz
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube

October 21, 12:14
Media unavailable
1
4
Show in Telegram

#ekoolam
🌿
Nanning (Xitoy) shahrida avtoturargohlar tomlari “yashil qoplama” bilan qoplandi
Bu yangicha loyiha nafaqat
mashinalarni issiqdan himoya qiladi,
balki
qushlar
va
hasharotlar
uchun tabiiy muhit
yaratib bermoqda.
Loyiha haqida qisqacha
:
➡️
Tomlarda o‘simliklardan iborat
yashil qatlam
joylashtirilgan, bu beton yuzalardan keladigan
issiqlikni kamaytiradi.
➡️
Shahar ichida
qo‘shimcha yashil maydon
hosil qiladi va
mikroiqlimni yumshatadi.
➡️
“Beton o‘rmoni” o‘rniga
tirik, nafas oladigan, tabiiy muhit
shakllanadi.
➡️
Ekologik yondashuv shahar infratuzilmasini tabiat bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qildi.
🛠
Yashil tom
— bu bir necha qatlamdan tashkil topgan tizim bo‘lib, odatda quyidagi tuzilishga ega:

Gidroizolyatsiya qatlami
— suv o‘tkazmaslik uchun.

Ildizdan himoya qatlami —
o‘simlik ildizlariga shikast yetmasligi uchun.

Drenaj tizimi —
ortiqcha suvni chiqaradi.

Filtr qatlami —
tuproqning yuvilib ketishini oldini oladi.

Substrat (tuproq qatlami) —
o‘simliklar uchun oziqa muhiti.

O‘simlik qatlami —
yashil massani tashkil etuvchi o‘simliklar joylashgan qism.
“Yashil tom”
ga tomchilatib sug‘orish tizimi o‘rnatilgan bo'lib, tuzilma
“ekstensive green roof”
turiga mansub — ya’ni parvarishi oson, tuproq qatlami yupqa (
5–15 sm
).
🌱
Foydalanilgan o‘simlik turlari
🟢
Sedum album (Stonecrop)
— issiqqa chidamli, suvni kam talab qiladi.
🟢
Sempervivum tectorum (Houseleek)
— “tom o‘tlari” sifatida mashhur, sovuqqa va qurg‘oqchilikka bardoshli.
🟢
Thymus serpyllum (Mini thyme)
— past o‘suvchi, hidli o‘simlik; hasharotlar uchun foydali.
🟢
Festuca glauca
— dekorativ ko‘k-yashil maysazor o‘simligi.
🟢
Allium schoenoprasum (Chives)
— gulchambarli, chiroyli gullovchi o‘simlik.
Yashil tomlar barqaror ishlashi uchun suv bilan to‘yingan tuproq og‘irligi
100–150 kg/m²
gacha yetishini inobatga olib, tom konstruksiyasi
mustahkam
bo‘lishi, yoz oylarida
avtomatik
yoki
tomchilatib sug‘orish
tizimi ishlashi, suv to‘planib qolmasligi uchun
drenaj
teshiklari mavjud bo‘lishi hamda o‘simliklarni yiliga kamida
2–3 marta
parvarish qilish lozim.
✔️
Shu kabi
“yashil tom”
loyihalarini mamlakatizda ham joriy etish mumkin — ayniqsa,
yirik avtoturargohlar
,
savdo markazlari
va
tashkilotlar binolari
uchun bu
samarali ekologik yechim bo‘ladi.
Rasmiy sahifalarimiz
🌐
www.ecoilm.uz
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube

October 21, 11:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston xalqiga bayram
tabrigi

Праздничное
поздравление
народу Узбекистана
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 21, 04:42
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — milliy o‘zlik va ma’naviy yuksalish ramzi
✔️
Bugun,
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi
berilgan kun. Bu sana xalqimiz tarixida ona tilining nufuzi, milliy o‘zligimiz va ma’naviy qadriyatlarimizni e’zozlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi o‘zbek xalqining tarixiy g‘alabasi, milliy iftixori va ma’naviy mustaqillik sari dadil qadamidir. Ushbu hujjat nafaqat til siyosatida, balki jamiyat taraqqiyotida ham yangi davrni boshlab berdi.

O‘zbek tili
bugun
millatimizning birligini
ifodalovchi,
boy tarixiy ildizlarga
ega, zamonaviy fan, texnologiya va xalqaro hamkorlik maydonida keng qo‘llanilayotgan tilga aylandi. Uning jozibasi, boy so‘z zaxirasi va ifoda qudrati
o‘zbek xalqining tafakkuri, madaniyati
va
ruhiyatini
o‘zida mujassam etadi.
💫
Davlat tili maqomi
— bu nafaqat
qonuniy belgi,
balki har bir fuqaroning
ona tiliga muhabbatini,
uni
asrab-avaylash
va kelajak avlodga sof holda yetkazish mas’uliyatini anglatadi.
🔊
Til

xalqning ruhi, tarixiy xotirasi
va
milliy birligi
timsolidir.
Ona tilimiz barhayot ekan, millatimiz ham abadiydir.
Rasmiy sahifalarimiz
🌐
www.ecoilm.uz
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube

October 20, 16:21
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

🎉
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida ustozlarning tavallud kuni nishonlandi
Bugun Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida institut direktori, texnika fanlari doktori, professor
Muradov Shuxrat Odilovich
va qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Abdusamat Axatovning
tavallud kuni munosabati bilan tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Shuxrat Odilovich
o‘zining ko‘p yillik samarali ilmiy, pedagogik va tashkiliy faoliyati orqali ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasi rivojiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Uning rahbarligida institutda zamonaviy ekologik texnologiyalarni ishlab chiqish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash, ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ilmiy loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda.
Sh.Muradovning
rahbarlik tajribasi ilmiy izlanishlarni innovatsion yondashuv bilan uyg‘unlashtirish, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida ibratli namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shuningdek, qo’shaloq bayram sifatida Yer resurslarini muhofaza qilish laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi
Abdusamat Axatovning
ham tavallud kuni nishonlandi.
A.Axatov
o‘zining yillar davomida olib borayotgan samarali ilmiy va pedagogik faoliyati bilan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasining taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Institut jamoasi ustozlarni
samimiy muborakbod etib,
ularga
mustahkam sog‘lik, ilmiy yutuqlarning bardavom bo‘lishi, yangi tashabbus
va
g‘oyalarda muvaffaqiyatlar tilaydi.
Rasmiy sahifalarimiz
🌐
www.ecoilm.uz
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube