
Ekologiya Instituti
Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti:
•
Facebook.com/uzecoit
•
Instagram.com/uzecoit
•
YouTube.com/@uzecoit
#Ilmiy_Kengash
✅
Green University huzuridagi Ilmiy kengashda PhD dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi
2025-yil 18-iyul
kuni Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi
PhD.18/30.11.2022.T.153.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi
bo‘lib o‘tdi.
Mazkur majlisda
Shakirov Nomanjonning
11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha
“Atrof-muhitni muhofaza qilishda ikkilamchi resurs chiqindilarni boshqarishning ilmiy asoslari”
mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoya qilindi.
Shakirov Nomanjon
2023-yildan buyon
institutda mustaqil tadqiqot olib borib, ilmiy rahbari –
texnika fanlari falsafa doktori, professor Xamza
Aminov
bilan birga mazkur mavzuni chuqur o‘rgangan.
Yig‘ilish davomida dissertatsiya doirasida Respublika miqyosida qurilish chiqindilarini to‘plash, saqlash, tashish, saralash, qayta ishlash va ko‘mish kabi jarayonlar bo‘yicha samarali tizimlarni joriy etish, chiqindi poligonlarini loyihalash va ulardan foydalanishning avtomatlashtirilgan mexanizmlarini yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.
N.Shakirov chiqishida quyidagilarni aytib o'tdi:
“Bugungi kunda qurilish chiqindilarini atrof-muhitga zarar yetkazmasdan boshqarish, ularni to‘g‘ri to‘plash, saqlash, saralash va qayta ishlash orqali ikkilamchi xomashyo sifatida iqtisodiyotga qaytarish dolzarb vazifalardan biridir.”
Majlisda dissertatsiya doirasida Respublikamizda
qurilish chiqindilarini boshqarish tizimini takomillashtirish, chiqindi poligonlarini loyihalash va ularni avtomatlashtirilgan boshqaruvga o‘tkazish
kabi muhim ilmiy-texnik yechimlar yoritildi.
Kengash a'zolari quyidagilarni qayd etdi:
“Dissertatsiya ishi ekologik xavfsizlikni ta’minlash va ‘"yashil iqtisodiyot"ga o‘tish yo‘lida zarur ilmiy asos va amaliy takliflar bilan ajralib turadi.”
Shuningdek,
tabiatdan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni zamonaviy yondashuvlar orqali hal etish
hamda
“yashil” iqtisodiyotga o‘tish
jarayonini tezlashtirish bo‘yicha huquqiy asoslarni takomillashtirishning dolzarbligi ta’kidlandi.
Mazkur dissertatsiya himoyasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida
yangi ilmiy yondashuv va takliflar
bilan boyitilganligi bilan ahamiyatlidir.
Dissertatsiya himoyasi soha mutaxassislari tomonidan
ijobiy baholandi
va
doktorlik darajasini berish tavsiya qilindi.
Rasmiy sahifalarimiz
🌐
www.ecoilm.uz
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
💬
Deputatlarning ekologiya sohasiga qaratilgan yangi formatdagi muloqoti bo'lib o'tdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi ekologiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, Botanika va Zoologiya instituti olimlari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv
o‘tkazdi
.
Ekologiya sohasidagi olim va tadqiqotchilar bilan o‘tkazilgan yangi formatdagi muloqotda xalqchil qonunlar qabul qilish va ushbu qonunlarda mutaxassislar, soha vakillari va ekspertlarning, taklif va tavsiyalarini keng aks ettirishga e’tibor qaratilgan.
Bugungi global rivojlanish va iqlim o‘zgarishlari sharoitida mamlakatimizda ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil maydonlarni ko‘paytirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Tadbirda ekologiya sohasidagi qonunlarni yaxlit bir hujjatda mujassamlashtirish, qonun hujjatlarida cho‘llanishga qarshi kurashish normasini mustahkamlash va boshqa shu kabi masalalar muhokoma qilindi, ekologiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishda olimlarning izlanishlari va xulosalari o‘rganildi.
Rasmiy sahifalarimiz
🌐
www.ecoilm.uz
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
#Ilmiy_Kengash
🟢
Shakirov Nomanjonning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Shakirov Nomanjonning
11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari) ixtisosligi
bo‘yicha
“Atrof-muhitni muhofaza qilishda ikkilamchi resurs chiqindilarni boshqarishning ilmiy asoslari”
mavzusidagi
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi
PhD.18/30.11.2022.T.153.01 raqamli Ilmiy kengash
ning
2025-yil 18-iyul soat 15:00
dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
🗺
Manzil:
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish universiteti (Green University) huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti binosi 2-qavatida bo‘lib o‘tadi.
Rasmiy sahifalarimiz
🌐
www.ecoilm.uz
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
💬
“Green University”da Iqlim rezidensiyasining ochilishi va birinchi magistrlar bitiruv marosimi nishonlandi
7-iyul kuni Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti — “Green University”da muhim tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda bir nechta muhim voqealar sodir bo’ldi: “Green University” huzurida Iqlim rezidensiyasi rasmiy ochildi, magistratura bosqichining ilk bitiruvchilariga diplomlar topshirildi va “Green University” bilan AQShdagi Kolumbiya universitetining Barqaror rivojlanish markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/66669
💬
Green University отмечает знаменательную дату открытием Климатической резиденции и первым выпуском магистров
7 июля в Центрально-Азиатском университете по изучению окружающей среды и изменения климата (Green University) состоялось знаковое мероприятие, объединившее сразу несколько важных событий: официальное открытие Климатической резиденции при Green University, первый выпуск магистрантов и подписание Меморандума о взаимопонимании между Green University и Центром устойчивого развития Колумбийского университета (США).
https://gov.uz/ru/eco/news/view/66669
💬
Green University Marks Milestone with Launch of Climate Residency and First Master's Graduation
On July 7, the Central Asian University of Environmental and Climate Change Studies (Green University) marked a historic milestone by hosting a landmark event that combined several key moments: the official launch of the Climate Residency, the university’s first master's degree graduation ceremony, and the signing of a Memorandum of Understanding with the Center for Sustainable Development at Columbia University (USA).
https://gov.uz/en/eco/news/view/66669
📱
Instagram
|
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
X
|
📱
Linkedin
🌱
Markaziy
Osiyodagi ilk eko-universitetga qabul davom etmoqda
Universitetda:
• Zamonaviy jihozlangan auditoriyalar, keng kutubxona va sport zali
• Xalqaro professor-o‘qituvchilar tomonidan ta’lim
• Atrof-muhit va barqaror rivojlanish bo‘yicha yetakchi o‘quv dasturlari
🎓
Bakalavriat yo‘nalishlari:
•
Atrof-muhit va barqaror boshqaruv
• Atrof-muhit va iqtisodiyot
• Ekologiya va davlat boshqaruvi
• Ekologik muhandislik va qayta tiklanuvchi energiya
• Barqaror turizm va ekoturizm boshqaruvi
🎓
Magistratura yo‘nalishlari:
•
Barqaror rivojlanish
• Barqaror moliya
• Atrof-muhit huquqi
• Atrof-muhit sohasida ommaviy kommunikatsiya
• Tabiatni muhofaza qilish
• Barqaror turizm
• Sirkulyar iqtisodiyot
• Gidrometeorologiya va suv xo‘jaligi
• Barqaror shaharsozlik
• Iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi
👉🏻
Ariza topshirish
:
https://greenuniversity.uz/en/apply/main
.
Murojaat uchun
📞
1157
📩
admission@greenuniversity.uz
⚠️
Joylar soni cheklangan
Rasmiy sahifalarimiz
🌐
www.ecoilm.uz
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
#qutlov
🎉
Tabriklaymiz!
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Atmosfera havosini muhofaza qilish laboratoriyasi mudiri, texnika fanlari doktori
Zikrilla Alimov
, endilikda
katta ilmiy xodim
ilmiy unvoniga ega bo‘ldi!
Ushbu yutuq olimning ilmiy izlanishlari va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lida qo‘shgan katta hissasining munosib e’tirofidir.
🗣️
Sizga mustahkam sog‘lik, ijodiy yuksalish va yangi ilmiy muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ilmiy izlanishlaringiz yurtimiz ekologik barqarorligini ta’minlash yo‘lida muhim hissa bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.
Rasmiy sahifalarimiz
🌐
www.ecoilm.uz
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
#Bilasizmi
#Ekologik_huquqlar
✅
“Eng namunali yashil turizm obyekti” tanlovi
o‘tkaziladi
Batafsil infografikada
👆
Rasmiy sahifalarimiz
🌐
www.ecoilm.uz
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
✍️
Hamkorlik memorandumi imzolandi
Kuni kecha Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) huzuridagi
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
hamda Janubiy Koreyaning
Chonnam Milliy universitetining Mintaqaviy rivojlanish markazi (CRD)
o‘rtasida
xalqaro akademik hamkorlik bo‘yicha memorandum
imzolandi.
🤝
Ushbu hujjat ikki muassasa o‘rtasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini kuchaytirish, tajriba almashish va xalqaro loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutadi.
📌
Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boriladi:
✅
Tadqiqotchilar, ekspertlar va fan nomzodlari almashinuvi;
✅
Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun tadqiqot olib borish imkoniyatlarini yaratish;
✅
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar (konferensiya, seminar, simpozium) tashkil etish;
✅
Qo‘shma ilmiy loyihalar va nashrlar ustida hamkorlik;
✅
O‘zaro kelishilgan boshqa ilmiy faoliyatlarni amalga oshirish.
✅
Ushbu hamkorlik ikki mamlakat olimlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlab, atrof-muhit va barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi tadqiqotlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
✅
Tadbir so'nggida Janubiy Koreyalik mehmonlarga Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (“Green University”) dagi sharoitlar va mavjud imkoniyatlar, shuningdek, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining laboratoriya xonalari yaqindan tanishtirilib, institut faoliyati to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi.
#GreenUniversity
#XalqaroHamkorlik
#ChonnamUniversity
#CRD
Rasmiy sahifalarimiz
🌐
www.ecoilm.uz
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
🗓
1-iyuldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi
❓
✔️
Qonunchilikka ko‘ra,
“Ekofaol fuqaro”
platformasiga o‘zi ekkan daraxti to‘g‘risida ma’lumotlar kiritgan kambag‘al oilalar a’zolariga o‘rmon fondi yerlarida ekilgan har
100 ta daraxt
uchun
BHMning 1 baravari
miqdorida
subsidiya ajratiladi.
💰
Bunda subsidiya yil davomida 2 ga bo‘lib (ko‘chatlar ekilgan vaqtda hamda ularni parvarishlash davridan keyin)
teng ulushlarda
to‘lanadi.
“Ekofaol fuqaro”
platformasi:
👉🏻
http://ecofaolfuqaro.uz/
Rasmiy sahifalarimiz
🌐
www.ecoilm.uz
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
Президент Шавкат Мирзиёевнинг матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига
табриги
—
Поздравление
Президента Шавкат Мирзиёева работникам печати и средств массовой информации
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X