
Iqtisodiyot_《total essence》
Odamlar pulni ko‘pincha ehtiyoj uchun emas, qiziqish uchun sarflaydi. Agar xarid faqat ehtiyojga bog‘liq bo‘lganida, bozorda mahsulotlar juda kam bo‘lardi.
Agar inson faqat ehtiyoj bilan yashaganida, iqtisodchilar ishsiz qolardi.
Kuchli bo‘lish uchun hech qachon yiqilmaslik shartmi?
Yo‘q. Yiqilishsiz kuch paydo bo‘lmasligini tushunish uchun yiqilish shart.
Keragida yetmay qolmasin
Qo’ldagi ortiqcha pul noto’g’ri qarorlarga sabab bo’ladi.
Restoranda 2-3 ovqatlarga buyurtma qilinadi, bir kosa sho’rvaga qorin to’yar edi.
Yetarlicha xodimlar bo’lsa ham jamoaga yangi kadrlar olinadi, muammo talabchanlikda edi.
Bahorga yangi oyoq-kiyim sotib olinadi, avvalgi yilgisini yaxshilab tozalasa yangidek bo’lardi.
Ishxonani qayta ta’mirlanadi, o’zi bino yaxshi edi, devor rangi biroz eskirib yoqmayotgan ekan..
☑️
@Economics_ITE
- Kechirasiz, vaqtni boshqarish haqida kitob bormi?
- Bor edi… kech qoldingiz.
Startap boshlanganida ishtiyoq bo‘ladi. Ishtiyoq bo‘lsa, mahsulot yaratiladi. Mahsulot ommalashsa, qulaylik boshlanadi.
Qulaylik ko‘payganda innovatsiya sekinlashadi. Innovatsiya sekinlashsa, yangi startap tug‘iladi...
Virtual kishan
Instagram kabi media ijtimoiy tarmoqlar zamonaviy qullarni ishlab chiqaryapdi.
Fikrlaringiz, sur'atlaringiz, kayfiyatingiz hammasi algoritmga xizmat qiladi.
Siz “trend” bo'lishga intilayotganingizda, haqiqiy vaqt va kuchingizni platforma sotib oladi.
Bir o‘ylab ko‘ring, agar siz kun bo‘yi o‘zingizni boshqalarga isbotlash uchun ishlatsangiz, bu erkinlikmi yoki yangi turdagi qullik.
Inson o‘zi qiziqmagan mashqni mukammal bajara olmaydi, chunki unga jismoniy ehtiyoji yo‘q.
Lekin chempion bo'lishi uchun qiziqmagan mashqiga ehtiyoji borligini tushunishga muhtoj.
Siz yoqtirmayotgan mashqingiz ehtimol sizni hammadan ajratib turadigan yagona mashqdir.
Barcelona sindromi degan narsa bor. Bu tashqaridan kuchli ko‘ringan, lekin ichkaridan o‘zini yutqazib qo‘ygan odamlar haqida.
Hayotda ham shunday odamlar bor. Hammasi joyida, bilim bor, tajriba bor, imkoniyat bor. Lekin aynan hal qiluvchi pallada nimadir sodir bo'lishi shart.
Qiziqish borligining belgisi - bo'sh vaqtning hammasida o'sha mavzu haqida o'ylash.
Nimaga bank reklamalarida yangi uy, mashina, baxtli oila ko‘rsatiladi. Hech qachon qarz, foiz va yillar davomida to‘lov haqida o‘ylab ko‘ring demaydi.
Aslida ham bank sizga pul bermaydi. U sizga vaqt sotadi, hozir bo‘lmagan narsani hozir yashashga ruxsat berish.
Qarz, foiz, yillar davom etadigan to‘lov bu qaror qabul qilingandan keyingi haqiqat. Reklama esa aynan o‘sha qarorni qabul qildirish uchun ishlaydi.