
Iqtisodiyot_《total essence》
Bugungi jamiyatda bir g‘alati faxrlanish bor, odamlar bandligi bilan maqtanadi. Go‘yoki inson har daqiqa foydali bo‘lishi shartdek.
Inson miyasi ham yerga o‘xshaydi. Agar yer doim ishlatilsa, hosil kamayadi. Ba’zan uni bo‘sh qoldirish kerak shunda yer o‘zini tiklaydi.
Shuning uchun ba’zi paytlar shahardan chiqib ketasiz. O‘rmonga borasiz, qo‘ziqorin terasiz, oddiy yurib kelasiz.
Shuning uchun ba’zilar bekorchilikni yoqtirishadi. Haqiqiy erkinlikni his qilasiz, ya'ni sizni e'tiboringizni kimdir o'g'irlamayapdi.
Jamiyatni oldinga siljitgan odamlar hech qachon qoidaga eng yaxshi moslashgan odamlar bo‘lmagan.
Ya'ni jamiyatni o‘zgartirgan odamlar hech qachon formasi, paypog'i yoki sochi bilan mashhur bo‘lmagan..
Bozor juda oddiy qoidaga amal qiladi. Agar odam muammoni sezmasa, u yechim uchun pul to‘lamaydi.
Inson sog‘lom bo‘lsa, dori haqida o‘ylamaydi. Lekin kasal bo‘lsa, narxiga ham qaramaydi. Ya'ni muammo his qilinmagunicha, yechim qadrli bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham kuchli bizneslar faqat mahsulot yaratmaydi. Ular muammoni aniq ko‘rsatadi.
Odamlar ko‘pincha vaqtni tejaydigan narsalar sotib oladi.
Kir yuvish mashinasi, tez ovqat, taksi hammasining asosiy va’dasi bir xil: vaqtni tejash.
Lekin qiziq tomoni shundaki, odamlar tejagan vaqtini ko‘pincha yana ishlashga sarflaydi..
Sizlarga hayotda yaxshi iqtisodchi, yaxshi rafiqa, yaxshi qiz, yaxshi ona boʻlishni emas, baxtli inson boʻlishingizni tilab qolaman. Chunki birinchi sanaganlarim hisobiga koʻpincha oxirgisini qurbon qilishga sabab boʻlishi mumkin...
Bayram muborak!
Gul bozori, shirinlik do‘konlari va restoranlar uchun har yilning eng foydali sanalaridan biri 8-mart.
Nimaga reklamada kulayotgan do‘stlar, quvonch, oilaviy lahzalar. Hech qachon kaloriya va xolesterin haqida o‘ylab ko‘ring demaydi. (McDonald's)
Mahsulotlar muammolarni hal qilmaydi, ular shunchaki muammolar orasida yashashni biroz qulayroq qiladi.
Yer yuzida eng qadrsiz narsa insonning o‘zi ishlab topgan puli. Chunki u unga vaqtini, sog‘ligini, yoshligini almashgan. Ammo yana o‘sha pulni ishlatishda u eng ko‘p o‘ylaydigan odamga aylanadi.
Biz ishlaymiz — pul topish uchun.
Pul topamiz — ishlashni davom ettirish uchun.
Pul hayotimizni yengillashtirish uchun emas hayotimizni oqlash uchun vositaga aylandi. Go‘yoki qancha ko‘p ishlasak, shuncha yashashga haqqimiz bo‘ladigandek.
☑️
@Economics_ITE
Tinchlik esa eng qimmat mahsulot bo‘lib qoldi: uni hamma xohlaydi, hech kim to‘g‘ri ishlata olmaydi.
Hayotda eng katta farqlar nol bilan bir orasida bo‘ladi. Yaxshi bilan zo‘r orasida emas.
1 mln bilan 1 mlrd orasidagi farq miqdoriy. 0 bilan 1 mln orasidagi farq sifat jihatidan boshqa dunyo.
3 yil tajriba bilan 10 yil tajriba orasida farq bor. Lekin 0 yil bilan 3 yil orasidagi farq mutlaqo boshqa odam.
Maxsus nuqta shunda: Ekstremum emas, kritik chegarani kesib o‘tish ahamiyatliroq.