
GAPIRAMIZ.UZ
Mirzaobodda suv ta’minoti tizimi bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi
Mirzaobod tumanida joylashgan Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasida “Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirda ichimlik suvi yetkazib berish tizimidagi bugungi holat, xizmatlar sifatini oshirish yo‘lidagi ishlar hamda sohada ochiqlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan jamoatchilikka batafsil ma’lumot berildi.
Batafsil
👇
👇
👇
https://telegra.ph/Mirzaobodda-suv-taminoti-tizimi-boyicha-matbuot-anjumani-otkazildi-04-20
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
Adolat tizimida ayollar ta’siri kuchaymoqda
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda gender tenglikni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Xususan, sud-huquq tizimida xotin-qizlarning o‘rni va ishtiroki sezilarli darajada ortib bormoqda.
Mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichida ayollarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ijtimoiy muammolarini hal etishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, muhim normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda gender tengligi bo‘yicha yangi mexanizmlar joriy etildi.
Batafsil
👇
👇
👇
https://telegra.ph/Adolat-tizimida-ayollar-tasiri-kuchaymoqda-04-18
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
Iste’molchi huquqlari bo‘yicha jamoatchilik bilan ochiq muloqot tashkil etildi
2025 yil davomida 1200 ga yaqin, 2026 yil I choragida esa 300 dan ortiq murojaatlar ko‘rib chiqildi. Natijada yuz minglab iste’molchilar huquqlari tiklanib, jami 14 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi.
Shuningdek, tender savdolari, davlat xaridlari, reklama bozori hamda tabiiy monopoliyalar faoliyatida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlanib, tegishli tartibda choralar ko‘rildi.
Batafsil —
Gapiramiz.uz
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz | Instagram | Facebook | Youtube
“Bog‘ishamoldagi koʻp qavatli bino yashashga xavflimi?”
Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida yuzaga kelgan holat yuzasidan turli taxminlar bildirilmoqda. Ayrimlarga ko‘ra, bunga yerto‘ladagi sizot suvlari sabab bo‘lgan. Aholi esa devorlardagi yoriqlar bino o‘z vaqtida nazoratga olinmagani va zarur choralar ko‘rilmagani oqibati ekanini aytmoqda.
Aslida nima bo‘lgan? Uyning bugungi texnik holati qanday?
Batafsil —
Gapiramiz.uz
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
Jinsiy zo‘ravonlik uchun jazolar og‘irlashtirildi
Endilikda shahvoniy shilqimlik sodir etgan shaxs 5 sutkagacha ma’muriy qamoq bilan cheklanib qolmaydi. Ya’ni bu kabi huquqbuzarliklar uchun jazo muqarrar va og‘irroq bo‘ladi.
Batafsil
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
Sirdaryo ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi aniq mexanizmlar muhokama qilindi
.
Sirdaryo viloyatida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ochiqlik siyosati hamda korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirokida “Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash: korrupsiyaning oldini olish omili” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
➡️
Batafsil
👈
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
Pastdarg‘omda sudya pora bilan ushlandi
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudya 300 AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Prokuratura organlari hamda Sudyalar oliy kengashi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining sudyasi 300 AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, tuman sudining 2022-yildagi hal qiluv qaroriga asosan 1989-yilda tug‘ilgan ayolning 2022-yilda tug‘ilgan farzandi voyaga yetguniga qadar javobgar hisoblangan — 1983-yilda tug‘ilgan fuqarodan aliment undirish belgilangan.
Shundan so‘ng javobgar tomon mazkur qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida FIB Pastdarg‘om tuman sudiga ariza bilan murojaat qilgan.
Sudya esa ushbu ariza asosida joriy yilning 27-fevral kuni sudning 2022-yildagi hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni mazmunan qayta ko‘rishni 11-mart kuniga tayinlagan.
Shuningdek, u ishni da’vogarning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga undan 300 AQSH dollari talab qilgani aniqlangan.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan sudyaga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
.
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
Farg‘onada maktabda o‘quvchi va uning onasi kaltaklangani aytilmoqda
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi 25-sonli maktabda erkak kishi 5-sinf o‘quvchisi hamda uning onasini kaltaklagani aks etgan videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea ikki o‘quvchi o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilikni hal qilish maqsadida maktabga kelgan ota tomonidan sodir etilgan.
Aytilishicha, hodisa maktab hududida yuz bergan. Erkak avval voyaga yetmagan bolaga qo‘l ko‘targan, so‘ngra unga qarshilik ko‘rsatgan bolaning onasiga ham hujum qilgan. Tarqalgan videolavhalarda erkak ayolni yerga yiqitib tepgan, shuningdek sochidan tortib sudragani aks etgan.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan taraflarning arizasiga asosan huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
Toshkentda halok bo‘lgan YPX xodimining oilasiga uy berildi
Toshkent shahrida voyaga yetmagan shaxs boshqaruvidagi avtomobil urib ketishi oqibatida vafot etgan YPX inspektori Hosilbek Eshnazarovning oilasiga poytaxtdan xonadon berildi.
Ma’lum qilinishicha, Ichki ishlar vazirligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda marhum inspektorning otasiga “Jasorat” medali tantanali ravishda topshirilgan. Tadbirda xodimning onasi, turmush o‘rtog‘i va farzandlari ham ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori, kichik serjant Hosilbek Eshnazarov 3 mart kuni “Jasorat” medali bilan taqdirlangan. U ichki ishlar organlaridagi fidokorona mehnati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘llarda harakat xavfsizligini saqlash borasidagi xizmatlari uchun mukofotlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Eshnazarov 2022-yildan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilgan. Dastlab Yashnobod tumanida faoliyat boshlagan, 2024-yildan patrul-post xizmatida ishlagan. 2025-yildan esa poytaxt IIBB Yo‘l-patrul xizmati inspektori sifatida faoliyat yuritgan.
U joriy yil 25-fevral kuni tungi xizmat vaqtida Mirobod tumani Nukus ko‘chasida transport vositasini olib qochib, yuqori tezlikda harakatlangan voyaga yetmagan shaxs boshqaruvidagi avtomobil tomonidan urib yuborilgan. Uch kun davomida shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u 27-fevral kuni shifoxonada vafot etgan.
Marhumning dafn marosimi 28-fevral kuni Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan. Unda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Respublika YHXX rahbari, viloyat hokimi hamda soha xodimlari ishtirok etgan. Marosimda davlat bayrog‘i va harbiy unvon marhum inspektorning otasiga topshirilgan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi
Prezident qaroriga muvofiq, Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Mirzaobod tumanida jami 1 678 ta oila Ramazon oyidagi bir martalik moddiy ko‘mak bilan qamrab olinadi.
Shundan:
➖
598 ta davlat taʼminotidagi oila
➖
32 nafar yolg‘iz keksalar
➖
14 ta yetim yoki ota-ona qaramog‘isiz bolalar yashayotgan oilalar
➖
915 ta kambag‘al oila
➖
119 ta oila “Mahalla yettiligi” xulosasiga asosan
Shu munosabat bilan Mirzaobod tumanining barcha mahallalarida bir qator ehtiyojmand oilalarga Ramazon tabrigi va moddiy yordam tayinlangani haqida xabarnoma yetkazildi.
Belgilangan mablag‘lar 1-martga qadar fuqarolarning ijtimoiy yoki bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi. Bundan tashqari, Prezident tashabbusi bilan Ramazon oyida “Ijtimoiy reyestr”da turgan oilalarning og‘ir kasallikka chalingan 6 nafar aʼzolarini davolash va jarrohlik amaliyoti uchun maxsus vaucherlar ham topshirildi.
Ushbu xarajatlar “Vaqf” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
📲
Rasmiy sahifalarimiz:
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook
🔹
YouTube