
GAPIRAMIZ.UZ
Sirdaryo ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi aniq mexanizmlar muhokama qilindi
.
Sirdaryo viloyatida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ochiqlik siyosati hamda korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirokida “Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash: korrupsiyaning oldini olish omili” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
➡️
Batafsil
👈
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
Pastdarg‘omda sudya pora bilan ushlandi
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudya 300 AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Prokuratura organlari hamda Sudyalar oliy kengashi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining sudyasi 300 AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, tuman sudining 2022-yildagi hal qiluv qaroriga asosan 1989-yilda tug‘ilgan ayolning 2022-yilda tug‘ilgan farzandi voyaga yetguniga qadar javobgar hisoblangan — 1983-yilda tug‘ilgan fuqarodan aliment undirish belgilangan.
Shundan so‘ng javobgar tomon mazkur qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida FIB Pastdarg‘om tuman sudiga ariza bilan murojaat qilgan.
Sudya esa ushbu ariza asosida joriy yilning 27-fevral kuni sudning 2022-yildagi hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni mazmunan qayta ko‘rishni 11-mart kuniga tayinlagan.
Shuningdek, u ishni da’vogarning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga undan 300 AQSH dollari talab qilgani aniqlangan.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan sudyaga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
.
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
Farg‘onada maktabda o‘quvchi va uning onasi kaltaklangani aytilmoqda
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi 25-sonli maktabda erkak kishi 5-sinf o‘quvchisi hamda uning onasini kaltaklagani aks etgan videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea ikki o‘quvchi o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilikni hal qilish maqsadida maktabga kelgan ota tomonidan sodir etilgan.
Aytilishicha, hodisa maktab hududida yuz bergan. Erkak avval voyaga yetmagan bolaga qo‘l ko‘targan, so‘ngra unga qarshilik ko‘rsatgan bolaning onasiga ham hujum qilgan. Tarqalgan videolavhalarda erkak ayolni yerga yiqitib tepgan, shuningdek sochidan tortib sudragani aks etgan.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan taraflarning arizasiga asosan huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
Toshkentda halok bo‘lgan YPX xodimining oilasiga uy berildi
Toshkent shahrida voyaga yetmagan shaxs boshqaruvidagi avtomobil urib ketishi oqibatida vafot etgan YPX inspektori Hosilbek Eshnazarovning oilasiga poytaxtdan xonadon berildi.
Ma’lum qilinishicha, Ichki ishlar vazirligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda marhum inspektorning otasiga “Jasorat” medali tantanali ravishda topshirilgan. Tadbirda xodimning onasi, turmush o‘rtog‘i va farzandlari ham ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori, kichik serjant Hosilbek Eshnazarov 3 mart kuni “Jasorat” medali bilan taqdirlangan. U ichki ishlar organlaridagi fidokorona mehnati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘llarda harakat xavfsizligini saqlash borasidagi xizmatlari uchun mukofotlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Eshnazarov 2022-yildan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilgan. Dastlab Yashnobod tumanida faoliyat boshlagan, 2024-yildan patrul-post xizmatida ishlagan. 2025-yildan esa poytaxt IIBB Yo‘l-patrul xizmati inspektori sifatida faoliyat yuritgan.
U joriy yil 25-fevral kuni tungi xizmat vaqtida Mirobod tumani Nukus ko‘chasida transport vositasini olib qochib, yuqori tezlikda harakatlangan voyaga yetmagan shaxs boshqaruvidagi avtomobil tomonidan urib yuborilgan. Uch kun davomida shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u 27-fevral kuni shifoxonada vafot etgan.
Marhumning dafn marosimi 28-fevral kuni Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan. Unda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Respublika YHXX rahbari, viloyat hokimi hamda soha xodimlari ishtirok etgan. Marosimda davlat bayrog‘i va harbiy unvon marhum inspektorning otasiga topshirilgan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi
Prezident qaroriga muvofiq, Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Mirzaobod tumanida jami 1 678 ta oila Ramazon oyidagi bir martalik moddiy ko‘mak bilan qamrab olinadi.
Shundan:
➖
598 ta davlat taʼminotidagi oila
➖
32 nafar yolg‘iz keksalar
➖
14 ta yetim yoki ota-ona qaramog‘isiz bolalar yashayotgan oilalar
➖
915 ta kambag‘al oila
➖
119 ta oila “Mahalla yettiligi” xulosasiga asosan
Shu munosabat bilan Mirzaobod tumanining barcha mahallalarida bir qator ehtiyojmand oilalarga Ramazon tabrigi va moddiy yordam tayinlangani haqida xabarnoma yetkazildi.
Belgilangan mablag‘lar 1-martga qadar fuqarolarning ijtimoiy yoki bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi. Bundan tashqari, Prezident tashabbusi bilan Ramazon oyida “Ijtimoiy reyestr”da turgan oilalarning og‘ir kasallikka chalingan 6 nafar aʼzolarini davolash va jarrohlik amaliyoti uchun maxsus vaucherlar ham topshirildi.
Ushbu xarajatlar “Vaqf” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
📲
Rasmiy sahifalarimiz:
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook
🔹
YouTube
Farg‘onadagi bog‘chalarda bolalar zaharlanishi bo‘yicha tergov boshlandi
Farg‘ona shahridagi bir nechta maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 fevral kuni 58-, 2- va 61-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari “tana harorati ko‘tarilishi, qorinda og‘riq va ich o‘tishi” belgilar bilan Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan.
Hozirda Farg‘ona viloyati prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi hamda boshqa mutasaddi idoralar hodisani to‘liq o‘rganmoqda.
Farg‘ona shahar IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Barcha zarur ekspertizalar tayinlangan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
Shaxsiy huquqlarni himoya qilish bo‘yicha sud amaliyotida yangi bosqich
So‘nggi yillarda sudlar tomonidan sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish bo‘yicha ishlar soni yil sayin ortib bormoqda. Shu nuqtai nazardan, 2025 yil 24 noyabrda Oliy sud Plenumining “Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti” to‘g‘risidagi qarori katta ahamiyat kasb etadi.
Ushbu qaror inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha sudlar amaliyotida yagona yondashuvni shakllantirish, huquqbuzarliklar holatini aniq baholash va fuqarolarning sha’n, qadr-qimmat hamda ishchanlik obro‘sini samarali himoya qilishga xizmat qiladi.
Qarorning asosiy jihatlari
Yangi Plenum qarorida birinchi marta shaxsiy nomulkiy huquqlar kengaytirilgan tushunchasi shakllantirilgan. Endilikda bu tushuncha nafaqat sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini, balki shaxsiy hayot daxlsizligi, oila sir, ismga bo‘lgan huquq, tasvirga bo‘lgan huquq va boshqa nomodiy ne’matlarni ham qamrab oladi.
➡️
Batafsil
👈
Akbar Azimov
jinoiy ishlar bo‘yicha Sayxunobod tuman sudining tergov sudyasi
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
Qibrayda hokim yordamchisi pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi
Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining mahalla fuqarolar yig‘inidagi yordamchisi davlat zaxirasidagi 4 sotix yer maydonini tanishlari yordamida soxta hujjatlar bilan xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan 10 ming dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
Jizzax va Toshkentda bolalar pornografiyasini tarqatgan shaxslar qo‘lga olindi
Jizzax va Toshkent viloyatlarida voyaga yetmaganlar ishtirokidagi pornografik materiallarni internet orqali tarqatgan shaxslar fosh etildi. Bu haqda 23 fevral kuni Kiberxavfsizlik markazi ma’lum qildi.
Jizzaxdagi holat:
IIB xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Telegram kanali orqali 442 nafar obunachiga voyaga yetmaganlar ishtirokidagi 403 turdagi pornografik materiallarni tarqatgan shaxsni aniqladi. U dastlab shunga o‘xshash kanalga qo‘shilganini, keyinchalik o‘zi kanal ochishga qaror qilganini ma’lum qilgan.
Toshkentdagi holat:
21 yoshli yigit Telegramda 6 ta kanal orqali 3 750 ta pornografik material joylashtirgan va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali 837 nafar shaxsga voyaga yetmaganlar ishtirokidagi mahsulotlarni sotib, 29,2 mln so‘m daromad olgan.
Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 130-moddasi 3-qismi asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
Internetdagi huquqbuzarliklarga qarshi huquqiy mexanizmlar kuchaytirildi.
Oliy sud Plenumining “Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti haqida”gi qarori bugungi kunda inson huquqlarini ta’minlash yo‘lida muhim huquqiy qadam bo‘ldi. Mazkur hujjat sudlar tomonidan shaxsning sha’ni, qadr-qimmati, ishchanlik obro‘si hamda shaxsiy hayoti daxlsizligini himoya qilishga oid normalarni bir xilda va to‘g‘ri qo‘llashni ta’minlashga qaratilgan.
Axborot-kommunikatsiya makonidagi yangi chaqiriqlar
So‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va turli raqamli platformalar orqali ma’lumot tarqatish keskin oshdi. Bu esa shaxsiy nomulkiy huquqlarning buzilishi bilan bog‘liq nizolar sonining ko‘payishiga olib keldi. Ayniqsa, obro‘sizlantiruvchi yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarning internet orqali tezkor va keng ommaga tarqalishi fuqarolar huquqlarini himoya qilish masalasini dolzarb etmoqda.
➡️
Batafsil
👈
Ibrohim Qoraboyev,
jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tuman sudining tergov sudyasi
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube