
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali
Ijtimoiy tarmoqlar, jumladan,
Telegram messenjerida ochilgan feyk akkauntlar
orqali yuqori turuvchi idoralar rahbarlari nomidan quyi bo‘g‘in muassasalari mas’ullariga soxta xabarlar yuborish holatlari ko‘paymoqda.
Xususan, bugun
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi nomidan yaratilgan shunday soxta profil orqali tizimda faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarga turli yolg‘on ma’lumotlar va topshiriqlar yuborilmoqda.
Shu munosabat bilan
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha rahbar va mas’ul xodimlarni ogohlikka chaqirib,
bunday
feyk xabarlarga ishonmasliklarini hamda axborot xavfsizligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratishlarini so‘raydi.
Hozirda Telegram akkauntlarini o‘g‘irlash, soxta akkauntlar orqali yaqinlaringiz nomidan qarz so‘rash hamda boshqa noqonuniy xatti-harakatlar ko‘paymoqda.
Shu bois, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilishga alohida e’tibor qarating, shubhali xabarlar va noma’lum akkauntlarga ishonmang.
Shuni ma’lum qilamizki, sohaga oid barcha xabar va bayonotlar faqatgina “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning rasmiy axborot resurslari orqali e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz,
ushbu
soxta profillarni aniqlashning bir necha usuli bo‘lib, ulardagi barcha ma’lumotlar yopiq va yozishmalar yangidan boshlanadi.
Shuningdek,
mazkur akkauntlarga video va audio qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirib bo‘lmaydi.
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram
|
📱
X
|
📱
het.uz
#DIQQAT
⚡️
DIQQAT: Jizzax shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha uzilishlar
Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish hamda elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida rejaviy joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan,
35/10 kVli “O‘rda”
nimstansiyasidan chiquvchi
“Oqtosh”
va
“Zarafshon”
fiderlarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi sababli
, 13-mart kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar
quyidagi hududlarda elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar yuzaga keladi:
📍
Jizzax shahri:
• “Saraylik”
MFY;
• “Eskitoshkentlik”
MFY;
• “Yaxtanlik”
MFY;
• “Taraqqiyot”
MFY hududlari.
Ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan barvaqt yakunlanishi ham mumkin. Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
#DIQQAT
⚡️
DIQQAT: Jizzax shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha uzilishlar
Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish, shuningdek, yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarining xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida rejaviy ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan,
220/110/10 kVli “Jizzax”
nimstansiyasidan chiquvchi
“Hayrabod”
fiderida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi sababli
, 13-mart kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar
quyidagi hududlarda elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar yuzaga keladi:
📍
Jizzax shahri:
• “Olmachi”
MFY hududi;
• “Hayrabod”
MFY hududi.
Ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan barvaqt yakunlanishi ham mumkin. Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
📌
📌
📌
📌
📌
📌
NOMA’LUM KONKURSLAR YOKI OVOZ BERISH HAVOLALARINI BOSISH ORTIDAN JABRLANIB
QOLMANG!
Firibgarlar tomonidan fuqarolarning Telegram profilini (hisoblar) turli usullar orqali ruxsatsiz egallab olish holatlari ko‘payib bormoqda.
Markazning Uzcert xizmati ma’lumotiga ko‘ra
, firibgarlar egallab olingan Telegram akkaunti orqali foydalanuvchining kontaktlaridagi shaxslarni turli noqonuniy Telegram guruhlariga ruxsatsiz qo‘shmoqda. Shuningdek, foydalanuvchi nomidan turli zararli .apk fayllar va zararli havolalarni tarqatish va foydalanuvchi nomidan “shoshilinch pul kerak” degan bahona bilan yaqinlari va tanishlaridan qarz so‘ramoqda.
Bugungi kunda “Open Budget” loyihasi doirasidagi ovoz berish jarayonlari ham boshlangan. Ushbu jarayondan ham ayrim firibgarlar foydalanib, fuqarolardan telefon raqamiga kelgan tasdiqlash kodlarini so‘rash orqali ularning Telegram hisoblarini egallashga urinmoqda.
Bunday holatlarning oldini olish maqsadida quyidagi xavfsizlik tavsiyalariga amal qilishingizni so‘raymiz:
• Noma’lum konkurslar yoki ovoz berish jarayonlarida ishtirok etmang.
• Noma’lum havolalarni bosmang va shubhali saytlarga kirmang.
• Internetdan yuklab olingan noma’lum .apk fayllarni o‘rnatmang.
• Telegram hisobingizda Two-Step Verification (ikki bosqichli himoya) funksiyasini yoqing.
• Agar tanishingiz nomidan Telegram orqali pul so‘ralsa, pul yuborishdan oldin albatta telefon orqali aniqlik kiriting.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
#foto_fakt
⚡️
Arnasoy tumani: Navbatdagi transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari yakunlandi
Iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish va tarmoqlar barqarorligini ta’minlash borasidagi ishlar davom etmoqda.
Xususan Arnasoy tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan
“Bobur” MFY
hududidagi “Harbiy komissariat” fideriga qarashli
40/160 kVA quvvatli transformator punktida (TP)
mukammal ta’mirlash (kapremont) ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
📌
📌
📌
📌
📌
📌
O‘ZBEKISTONDA MART OYIDA ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLI BO‘YICHA YANGI REKORD QAYD ETILDI
2026-yil 11-mart kuni yurtimiz energetika tizimida
mart oyi uchun
elektr energiyasi
iste’moli
va
yuklama bo‘yicha yangi rekord
qayd etildi.
Xususan, 11-mart kuni Respublika bo‘yicha sutkalik elektr energiyasi
iste’moli 267 mln kVt·soat
ni tashkil etib, bu
o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 14 mln kVt·soatga ko‘p
ni tashkil qildi.
Shuningdek, kechki yuqori iste’mol soatlarida energetika tizimidagi eng katta yuklama
soat 18:12 da 12 680 MVtga
yetdi, bu esa avvalgi mart oyi ko‘rsatkichidan
480 MVtga yuqori
bo‘ldi.
Bu kunda
elektr stansiyalarda jami 272 mln kVt·soat
elektr energiyasi
ishlab chiqarildi,
ya’ni
o‘tgan yil mart oyidagi
ishlab chiqarishga nisbatan
12 mln kVt·soatga ko‘p.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasi oshib bormoqda
.
Kun davomida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining
20,9 foizi
qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Shundan:
quyosh
va
shamol
elektr stansiyalari ulushi
14,3
foiz
ni tashkil qildi.
Ayniqsa, kunduzgi soatlarda elektr energiyasi balansini ta’minlashda
quyosh va shamol stansiyalarining hissasi 35 foizgacha yetdi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali Matbuot xizmati
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
#jarayon
⚡️
Yangiobod tumani: Eskirgan ustunlar yangilanmoqda
Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida hududlarda infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.
Xususan Yangiobod tumani elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan hududdagi eskirgan va yaroqsiz holga kelgan elektr ustunlarini yangi temir-beton tayanchlarga almashtirish ishlari olib borilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali Matbuot xizmati
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
#jarayon
⚡️
Sh. Rashidov tumani: Havo tarmoqlarida tozalash ishlari
Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda kuchli shamol va yog‘ingarchilik vaqtida simlarning qisqa tutashuvini oldini olish maqsadida profilaktika tadbirlari davom etmoqda.
Xususan Sh. Rashidov tumani
“Uchtepa” MFY
hududida,
O‘zbekiston”
fideridan chiquvchi
0,4 kV kuchlanishli
havo tarmog‘ini daraxt shoxlaridan tozalash (butash) ishlari bajarilmoqda.
Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali Matbuot xizmati
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
📌
📌
📌
📌
📌
📌
⚡️
Jizzax viloyati: Elektr tarmoqlarida mukammal ta’mirlash ishlari jadal davom etmoqda
Iste’molchilarni barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik nosozliklarning oldini olish maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida mukammal ta’mirlash ishlari qizg‘in pallaga kirdi.
📍
Xususan, Sharof Rashidov tumanida:
• “Uchtepa” MFY
hududidagi “O‘zbekiston” fideridan chiquvchi
40-sonli
transformator punktlarida (TP) mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ayni kunlarda bunday tizimli modernizatsiya va kapital ta’mirlash tadbirlari viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar tomonidan transformatorlarning moy sathi tekshirilib, eskirgan qismlari yangilanmoqda va havo liniyalarining mustahkamligi ta’minlanmoqda.
Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali Matbuot xizmati
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
📌
📌
📌
📌
📌
📌
⚡️
Sh. Rashidov tumani: Elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish hamda tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida tizimli ishlar davom etmoqda.
Xususan Sharof Rashidov tumani
“Yangidiyor” MFY
hududida,
“O‘zbekiston”
fideriga qarashli 32
-sonli
transformator punktida (TP) eskirgan va nosoz holatga kelgan
10 kVli ajratgichlarni (razedinitel)
yangisiga almashtirish ishlari bajarilmoqda.
Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali Matbuot xizmati
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
|
📱
instagram