Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali

HET_AJ_Jizzakh
Murojatlar uchun: https://t.me/+rGlnjfCLlORmZDcy https://t.me/+jX8_QOGe21AwMjky Elektr energetika sohasida olib borilayotgan ishlar to'g'risida www.het.uz web-sayti va https://t.me/hetmuloqot kanali orqali ega bo'lishingiz mumkin. Call centre:1154 Ishonc
Подписчики
1 560
24 часа
-10
30 дней
Просмотры
322
ER
24,68%
Посты (30д)
179
Символов в посте
964
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Промышленность и инженерное дело
Краткое описание
April 07, 12:10
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

#jarayon
JIZZAX SHAHRI: ELEKTR TARMOQLARINI MODERNIZATSIYA QILISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish, tarmoqlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish hamda avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, bugun Jizzax shahar
“O‘ratepalik” MFY
hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi
TP-731-sonli
transformatordan chiquvchi 0,4 kVli elektr tarmog‘idagi eski, yaroqsiz holatga kelib qolgan simyog‘ochlar o‘rniga yangi, zamonaviy
temir-beton tayanchlar
o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati
🌐
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
✔️
Telegram
|
📱
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌐
instagram

April 07, 11:37
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
KUCHLI SHAMOL VA YOMG‘IR VAQTLARIDA EHTIYOT CHORALARIGA QAT’IY AMAL QILING
Noqulay ob-havo sharoitlari — kuchli shamol va yomg‘ir kuzatilayotgan vaqtlarda, fuqarolardan shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilishlarini so‘raymiz:

Yerga uzilib tushgan elektr simlariga aslo yaqinlashmang va ularga tegmang;

Elektr tayanchlari (ustunlari), transformator punktlari hamda elektr uzatish tarmoqlari ostida turmang;

Avtomobillarni elektr uzatish tarmoqlari va daraxtlar yaqinida qoldirmang;

Kuchli shamol va yomg‘ir vaqtida ochiq maydonlarda uzoq vaqt bo‘lishdan saqlaning;

Bolalarni elektr inshootlari va ochiq elektr jihozlari yaqinida yolg‘iz qoldirmang.
Agar elektr tarmoqlarida uzilishlar, simlarning uzilishi yoki boshqa favqulodda holatlar aniqlansa, bu haqda zudlik bilan hududiy elektr tarmoqlarining
1154 qisqa raqamiga
yoki dispetcherlik xizmatlariga xabar berishingizni so‘raymiz.
Eslatma:
O‘z vaqtida berilgan murojaat nosozliklarni tezkor bartaraf etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
|
📱
instagram

April 07, 09:03
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Jizzaxda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
"O‘zgidromet”ning ogohlantirishiga ko‘ra, 7–9 aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchiliklar sababli Jizzax viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Ayniqsa, Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari xavfli hududlar sifatida qayd etildi.
Mutaxassislar ma’lum qilishicha, kuchli yomg‘irlar oqibatida soy va ariqlarda suv miqdori ortishi, ayrim past hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli yuqori. Bu esa mahalliy yo‘llar, aholi yashash punktlari va qishloq xo‘jaligi yerlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shu munosabat bilan viloyatning tegishli xizmatlari va favqulodda vaziyatlar bo‘limlari tomonidan profilaktik choralar kuchaytirilmoqda. Xususan, sel yo‘llarini tozalash, suv o‘tkazuvchi inshootlarni nazorat qilish va aholini ogohlantirish ishlari olib borilmoqda.
Fuqarolardan, ayniqsa tog‘ oldi hududlarida yashovchilar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyotkorlikka amal qilish so‘ralmoqda.
Zarur bo‘lmagan hollarda tog‘li hududlarga chiqmaslik, soy va darolar yaqinida to‘xtab turmaslik hamda rasmiy xabarlarni kuzatib borish tavsiya etilmoqda.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
🌐
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
✔️
Telegram
|
📱
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌐
instagram

April 07, 08:37
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

ZOMIN TUMANIDA FVDT O‘QUV MASHQLARI: "HET" AJ JIZZAX HUDUDIY FILIALI ISHTIROKI
Zomin tumanida o‘tkazilayotgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining
1-bosqichi
doirasida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali MMQ va XTX, maxsus bo'lim hamda Zomin TET xodimlari faol ishtirok etmoqda.
Amalga oshirilgan asosiy tadbirlar:
• Yuqori tayyorgarlik:
Shartli ravishda yuz bergan zilzila oqibatida talofat ko‘rgan "G‘.G‘ulom" va "Taraqqiyot" aholi punktlarida elektr xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tezkor guruhlar
“Yuqori tayyorgarlik”
rejimiga o‘tkazildi.
• Tezkor tiklash rejasi:
Zilzila natijasida shikastlanishi mumkin bo‘lgan elektr tarmoqlari va transformator punktlarini qisqa muddatda tiklash, aholini muqobil energiya bilan ta’minlash choralari ko‘rib chiqildi.
• Kuch va vositalar shayligi:
Filialning maxsus avtotexnikalari, zaruriy moddiy resurslar bazasi hamda shaxsiy tarkibning favqulodda vaziyatlardagi harakatlar rejasi tuman shtabida ko‘rib chiqildi.
• Muvofiqlashtirish:
Boshqa qutqaruv va xizmat ko‘rsatish idoralari bilan hamkorlikda elektr energiyasini uzish va qayta ulash bo‘yicha tezkor axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
O‘quv mashqlari davomida energetiklarimiz favqulodda vaziyatlarda elektr ta’minoti barqarorligini saqlash va tizimli harakat qilishga tayyor ekanliklarini namoyish etishmoqda.
Mashhulot tasdiqlangan rejaga muvofiq bosqichma-bosqich davom etmoqda.
🌐
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
✔️
Telegram
|
📱
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌐
instagram

April 07, 04:12

https://t.me/+rGlnjfCLlORmZDcy

April 06, 09:27
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#tezkor
ZAFAROBOD TUMANI: ELEKTR TA’MINOTIDA VAQTINCHA UZILISHLAR
Iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish hamda tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida, bugun "
L-35"
24
havo liniyasida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan soat
13:40 dan 17:00 ga qadar
tumandagi
“Lolazor” QFY
hududida elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
🌐
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
✔️
Telegram
|
📱
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌐
instagram

April 06, 07:33
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
Hurmatli yurtdoshlar va aziz ota-onalar!
Elektr qurilmalari, xususan, podstansiyalar va yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari atrofi o‘ta xavfli hudud hisoblanadi.
Bolalar va o‘smirlarning bunday joylarda o‘ynashi
og‘ir oqibatlarga
olib kelishi mumkin.
Iltimos, farzandlaringizni:
– Podstansiya va transformator punktlari yaqinida o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang.

Elektr simlari ostida va podstansiyalar yaqinida varrak uchirishiga ruxsat bermang.

Uzilgan yoki osilib turgan simlarga yaqinlashtirmang.
Bolalar faqat maxsus o‘yin maydonchalarida va xavfsiz hududlarda o‘ynashi kerak.
Yodda tuting, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar yaqinida varrak uchirish mumkin emas.
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram
|
📱
X
|
📱
het.uz

April 06, 06:17
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#sarhisob
⚡️
2026-yil yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7%ga ko‘p
📈
👨‍👩‍👧‍👦
Ishlab chiqarish:
joriy yilning yanvar-mart oylarida respublikamizda jami
23 mlrd 317 mln kVt⋅soat
elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan
1 mlrd 471 mln kVt⋅soat
yoki
107 foiz
ni
tashkil etdi
.
📈
⚡️
Yetkazib berish:
respublika iste’molchilariga mazkur muddat davomida
20 mlrd 163 mln kVt⋅soat
elektr energiyasi
yetkazib berildi.
Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davridagiga nisbatan
262 mln kVt⋅soatga ko‘p, yoki 101%
ni tashkil etdi.
Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha vazirlik shtabi tuzilib, tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.
👉
Batafsil
—————
#итоги
⚡️
В январе–марте 2026 года выработка электроэнергии увеличилась на 7% по сравнению с аналогичным периодом прошлого года
📈
👨‍👩‍👧‍👦
Выработка:
В январе–марте текущего года в республике выработано в общей сложности
23 млрд 317 млн кВт·ч
электроэнергии. Это на
1 млрд 471 млн кВт·ч
больше
,
чем за аналогичный период прошлого года,
что составляет
107%
.
📈
⚡️
Поставки:
За указанный период потребителям республики поставлено
20 млрд 163 млн кВт·ч
электроэнергии. Данный показатель увеличился
на 262 млн кВт·ч,
или
на 101%
по сравнению с аналогичным периодом 2025 года.
Также создан штаб министерства по работе с обращениями, налажена системная работа.
👉
Подробнее
Kanalimizga aʼzo bo‘ling
👇
@minenergy_uz

April 06, 06:16
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
⚡️
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi
“HET BILLING” dasturiy kompleksi joriy etilishi  doirasida mobil ilova
ham ishga tushirilgan edi.
Mazkur
ilova orqali iste’molchilar bevosita iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa ma’lumotlarni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatiga ega
bo'ldilar.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan
iste’molchilardan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda ilovani yuklab olish, kirish, ro‘yxatdan o‘tish hamda foydalanish xususida yangi videoqo‘llanma
tayyorlandi.
Iste’molchilar mazkur ilovani
Android
hamda
IOS
operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali axborot xizmati
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
|
📱
instagram

April 06, 05:51
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy dendrobog‘ barpo etilishini boshlab berdi. Davlatimiz rahbari "BMT Turizm" bosh kotibini qabul qildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalarni takomillashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy dendrologiya baǵınıń qurılısın baslap berdi. Mámleketimiz basshısı "BMSh Turizm" bas xatkerin qabılladı. Joqarı bilimlendiriw, ilim hám innovaciyalardı jetilistiriw ilajları dodalandı.

Обзор важнейших событий за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев дал старт созданию Национального дендропарка. Глава государства принял генерального секретаря «ООН Туризм». Обсуждены меры по совершенствованию высшего образования, науки и инноваций.

Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev launched the establishment of the National Dendrological Park. The Head of State received UN Tourism Secretary-General. Measures to enhance higher education, science, and innovation were discussed.
Facebook|
Instagram|
X