
Hubbuna
Kecha "Alohida mavzu"ning baxt haqidagi sonini koʻrdik. Juda ajoyib suhbat boʻlibdi. Koʻp foydalar oldik va erkaklar uchun boʻlgan alohida, ayollar uchun boʻlgan alohida yopiq kanallarda suhbatdan olgan oʻndan oshiq foydalarni yozdik. Marhamat, quyidagi havolalar orqali jinsingiz mos kanalga qo’shilib, uni o’qing:
Ayollar yopiq kanali
(faqat ayollar uchun):
https://t.me/+Ke-6V6ANa0w2NmUy
Erkaklar yopiq kanali
(faqat erkaklar uchun):
https://t.me/+786ZVVLPjkhhZDdi
Havola ustiga bossangiz, sizga bot orqali xabar boradi. U yerda
obuna bo'lish
degan joyini bosib, karta raqam kiritgan holda (oyiga) 47 ming so'm to'lov qilasiz.
Foyda olmasangiz, pulingiz to‘liq qaytariladi.
Texnik muammolar bo'yicha:
@TeXizmatbot
Baxt boylikda emas, lekin baxtli boʻlish uchun ham moddiy imkoniyat boʻlishi kerak. Ya'ni xotirjamlik boʻlishi, eshigingni haqdorlar qoqib, qarzingni soʻrab turmasligi uchun ham moddiy imkoniyat kerak.
Avvalgilar qahatchilik yillarida ham baxtli boʻlgan deymiz. Ha, ular kulgan, hayotidan rozi, mamnun vaqtlari boʻlgan boʻlishi mumkin. Lekin men ular bilan yashab koʻrmaganman, qalbiga qoʻl solmaganman. Rostdan ham baxtli boʻlishganmi-yoʻqmi — bilmayman. Balki ular ham siqilgandir, yaxshi kunlar umidida zor yigʻlagandir...
Umuman olganda, baxtni his qilish ichdan boʻladi. Buning uchun oʻzimizni kimgadir qiyoslasak, aqliy xulosa boʻladi. Shunday kunlar boʻladiki, 10 ming dollar qarzing bor, lekin sen baxtlisan. Chunki haqdor hozir berasan deb talab qilmayotgan boʻladi.
Baxtning pulga bogʻliq yoki bogʻliq emasligi ancha bahsli mavzu. Ayniqsa, baxt pulga bogʻliq emas deya katta miqdorda puli boʻlsa ham kasalligiga davo topa olmayotgan insonlar misol keltirilishi, sogʻlom ekanimizning oʻzi baxt ekani aytilsa, mum tishlab qoladi kishi.
Sizningcha, baxtli boʻlish uchun pul kerakmi?
Ha —
❤️
Yoʻq —
🔥
Oʻrniga qarab —
👍
#Baxt
✍️
@Hubbuna
— oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!
Mavzumizdan kelib chiqib haqdor
oilalarga yordam qilishga chaqiramiz
. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.
Karta raqam: 9860160605493933
Hayotda shunday erkaklar borki, ularga qarab turib haqiqiy Erkak qanday bo'lishini his qilasiz. Mabodo atrofingizdagi butun dunyo ostun-ustun bo'lib ketsa ham u o'z qo'llari va qalbi bilan senga yangi dunyo qurib bera oladi.
#Muhabbat
✍️
@Hubbuna
— oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol kishining qalbi — bu bir bog‘. Agar unga e’tibor bilan qarasangiz, vaqtida "suv quyib", begona o‘tlardan tozalab tursangiz, u sizga eng go‘zal gullarini hadya etadi. Ammo qarovsiz qoldirsangiz, tikanlar o‘sib chiqishi ham bor gap.
Oilada erkak kishining asosiy vazifasi faqat moddiy ta’minot emas. Haqiqiy erkak ayolining ko‘zlaridagi xotirjamlik uchun mas’uldir. Kechqurun uyga charchab kelganingizda shunchaki "Rahmat, ovqating juda mazali chiqibdi" deyishingiz yoki besh daqiqa vaqt ajratib, uning kun davomidagi charchoqlarini tinglashingiz u uchun dunyolarga teng.
#Erkaklar
✍️
@Hubbuna
— oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Baxtiyor oila qurishni istasangiz...
Erkaklar, oila rahbari boʻlish degani, doimiy gʻazab va malomat qilish degani emas.
Ayollar, siz turmush oʻrtogʻingiz uchun sevimli rafiqa boʻling, oʻzingizni uni onasidek tutmang: tanqid qilmang, tergamang, hisob soʻramang.
Ikkingiz ham bir-biringizning yaxshi sifatlaringizni maqtang, kamchiliklarga koʻz yuming. Bilsangiz, shirin soʻz kalit kabidir, u bilan atrofingizdagilarning qalbiga yoʻl topishingiz mumkin.
📚
Gʻiyosiddin Yusufning
«Jannatda ham birga boʻlaylik»
kitobidan
#iqtibos
Kitobning elektron shakli
|
Mutolaa ilovasini yuklash
Yanada koʻproq iqtiboslar
Bolamning qo‘llaridan hali ham chaqaloqlik ifori ufuradi...
🥺
Uxlab yotganida yuzlariga termulaman. Ichimda esa ming bitta savol, ming bitta qo‘rquv. "Yaxshi ona bo‘lyapmanmi? Bugun unga baqirib yubordim-ku... O‘sha sinib ketgan o‘yinchoq uchun shunchalik jahlim chiqdimi?"
Bilaman, siz ham kechalari shunday o‘y surasiz.
😌
Hozirgi "aqlli" onalar maktabida bizga nimalarni o‘rgatishmayapti? Emishki, bola bilan faqat intellektual o‘yinlar o‘ynash kerak, u aslo yig‘lamasligi, biz esa doim tabassum qilib turishimiz shart. Go‘yo biz ayol emasmiz-u, dasturlangan robotmiz.
🤯
Ba’zan o‘sha "ideal ona" obrazini yarataman deb o‘zimizni yo‘qotib qo‘yamiz. Oshxonada ovqat kuyyapti, kir mashina tinmay chirqillaydi, bola esa oyog‘ingizga yopishib "Ona, keling" deydi... Shunda qaysi psixologning maslahati asqatadi? Hech qaysinisining!
Faqat qalbdan bir sado keladi: "To‘xta. Hamma narsaga ulgurish shart emas".
Aslida bolamizga bizning mukammalligimiz emas, xotirjamligimiz kerak. Kuygan ovqatni birga kulib yeyish, dars tayyorlashdan ko‘ra birga yerda dumalab o‘ynash... Mana shu xotiralar qoladi.
✨
Yashashni o‘rgatadigan "ekspertlar" ko‘p, lekin sizning bolangizning tilini faqat siz bilasiz. Uning ko‘zlaridagi mungni ham, quvonchni ham faqat siz uqasiz.
Yaxshi ona bu charchamaydigan ona emas. Yaxshi ona bu charchasa ham, bolasini bag‘riga bosib "Seni yaxshi ko‘raman" deya oladigan ayoldir!
❤️
Yana nima deysiz? Balki bugun o‘sha "qilinishi shart" bo‘lgan ishlar ro‘yxatini bir chetga surib, shunchaki farzandimiz bilan yerga o‘tirib rasm chizarmiz?
🎨
😌
#tarbiya
✍️
@Hubbuna
— oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ba’zan ayollarimiz baxt izlab borgan eshiklarida ayrilib qolmoqda. Bugun ko‘p eshitayotganimiz «faqat o‘zingni o‘yla», «hech kimga qarzdor emassan» degan gaplar ayolga malham boʻlmaydi, aksincha, uni eng yaqinlaridan sovutib, sovun ko‘pigidek vaqtinchalik erkinlik beradi, xolos.
Ayol kishining tabiatidagi o‘sha iliq mehr, oilasiga parvonaligi bugun go‘yoki bir illatdek, o‘zini qurbon qilishdek ko‘rsatilyapti.
Lekin o‘ylab ko‘raylik, o‘ziga «chegaralar» qoʻyib olgan, hamma bilan masofa saqlay boshlagan ayol chindan ham baxtli bo‘lyaptimi? Yo aksincha, hamma narsasi bor-u, lekin ichida nimadir kemirayotgan, yaqinlariga ham yuragini ocholmaydigan bir begona insonga aylanyaptimi?
Ayolning haqiqiy kuchi uning nafosatida, oilasidagi o‘rni va yaqinlarining duosida. Bizni o‘zligimizdan, ayollik latofatimizdan ayirib, xudbinlikka chorlayotgan har qanday «bilim»dan ehtiyot bo‘lish kerak. Baxt hamma bilan urishib olingan erkinlik emas, balki sevikli bo‘lib, sevib yashashdagi xotirjamlikdir.
#Ayollar
✍️
@Hubbuna
— oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🩷
Ayollarning ilmli bo'lishi millatning ilmli bo'lishi demak!
Butun bir millatning ilmli boʻlishi avvalo ayol-qizlarning savod chiqarishi bilan boshlanadi!
📖
Nadiya Ramazon qalamiga mansub
“O‘qing, ey ayollar!”
kitobida ham bosh g‘oya sifatida ayollarning ilm olish zarurati, ma’naviy uyg‘onish, o‘zini rivojlantirish va jamiyatdagi o‘rni haqida yozilgan.
Kitob tushunishga oson bo‘lishiga qaramay, ayollarning bilim olishi jamiyatdagi dolzarb masala ekanligi, qolaversa, ayollarni o‘qitish uchun imkon yaratish ayni kunlardagi muammo sifatida ham gavdalangan
⚡️
🌷
Kitobda ayol nafaqat ona va turmush o‘rtoq, balki jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, ko‘p ishlarda mas’ul shaxs sifatida tasvirlanadi.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 176 bet;
• Narxi – 39.000 soʻm.
🚗
Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.
• Xarid qilish uchun:
🌐
qamar.uz
📦
Uzum market
✍🏻
@qamar_delivery
+998712037004
+998998454400
📌
Manzillar:
Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi.
Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat
.
Moʻljal
: Moscow ice cream” yonida
@qamarbooks
Erkakning mehri
Ba’zan hamma narsa ustma-ust kelib qoladi: ovqat kuyadi, bola yig‘laydi, idishlar tog‘ bo‘lib yotibdi. Shu mahalda turmush o‘rtog‘ingiz eshikdan kirib keladi.
Ayting-chi, o‘sha paytda bizga nima kerak?
Yo‘q, oltin-u zar emas. Shunchaki kelib, "Charchadingmi, onasi? Kel, men qarab turaman, sen ozgina dam ol", degan bir og‘iz so‘z...
❤️
Erkak kishining mehri ayolning barcha charchoqlarini yuvib yuboradigan eng kuchli doridir. Bizni tushunishga harakat qilishsa bo'ldi, boshqa narsa so'ramaymiz.
😌
#erkaklar
✍️
@Hubbuna
— oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida