Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Hubbuna

Hubbuna
Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz! Asoschi: @GiyosiddinYusuf Reklama: https://t.me/Hubbuna_uz/61
Подписчики
17 500
24 часа
30 дней
-400
Просмотры
2 870
ER
17,33%
Посты (30д)
64
Символов в посте
684
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Психология
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Здравоохранение и медицина
Краткое описание
April 28, 00:03

— Dadasi, meni hech bo‘lmasa bir marta maqtang... Mana, uylarni chinniday qilib qo‘ydim, shirin ovqatlar pishirdim.
— Maqtash shartmi, onasi?
— Albatta! Ayol kishi maqtovdan gullaydi deyishadi-ku.
— Bilmasam... Agar ovqating yomon bo‘lsa, bitta gap bilan aytardim. Indamay, mazza qilib ichdimmi, demak, bu — eng katta maqtov. Bizda shunaqa: indamadikmi, demak, hammasi a’lo darajada!
— Hm, demak, mening gullab-yashnashim uchun sizning "sukunatingiz" kifoya ekan-da?
😊
#Tabassum
✍️
@Hubbuna
— oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

April 27, 06:50
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Telefonga bogʻlanib qolish
📲
❗️
Hozirgi kunda bolalar ham, kattalar ham odatlanib qolgan yomon ishlardan biri telefonga bogʻlanib qolishdir. Ya'ni telefondan haddan tashqari koʻp foydalanish, har bir ishda telefondan foydalanishga harakat qilish. Masalan, dars qilmoqchi boʻlsangiz ham telefondan foydalanasiz, dam olmoqchi boʻlsangiz ham telefondan foydalanasiz. Mana shu "Bogʻlanib qolish" deyiladi va bu - yomon!
📵
Aslida bolalar telefondan foydalanmasliklari kerak. Besh yoshgacha boʻlgan bolalar telefondan umuman foydalanmasin, undan kattalar esa kuniga yarim soat foydalansa boʻladi. Yetti-oʻn yoshli bolalar esa bir soatgacha foydalanishi mumkin. Ammo shundan ham tiyilishga, imkon qadar kamroq foydalanishga harakat qiling. Chunki telefon, kompyuter kabi vositalardan uzoq foydalanish koʻz uchun zararli, koʻrish qobiliyatini pasaytiradi. Telefondan koʻp foydalanadigan bolalar gullarni, togʻlarni, hasharotlarni, ota-onasi va boshqa barcha narsalarni yaxshi koʻra olmaydi, ular unga xira boʻlib koʻrinadi. Shu bilan birga, telefonda behuda narsalar bilan band boʻlish vaqtning ham isrofidir.
📚
Gʻiyosiddin Yusufning
«Lider bola»
kitobidan
#iqtibos
Kitobni xarid qilish
|
Elektron kitob
Yanada koʻproq iqtiboslar

April 27, 05:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

❤️‍🔥
❤️‍🔥
❤️‍🔥
💙
💙
💙
Ishochli, mahsulotlari haqiqiy brend sifatiga ega bo‘lgan
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
Attorlik do‘konining online telegram sahifasida siz topishingiz mumkin:
👋
Damlamalar va choylar uchun tabiiy giyohlar;
👋
Vitaminlar, Imunitetni ko‘taruvchi va quvvat beruvchi tabiiy mahsulotlar
👋
Sovuq siqim usulida tayyorlangan shifobaxsh yog‘lar,
👋
Ayollar uchun kimyoviy qo‘shimchalarsiz sovunlar, shampunlar va boshqa parfum mahsulotlar;
👋
​Eko-xo‘jalik: Uyingiz uchun xavfsiz va tabiiy tozalash vositalarini topishingiz mumkin.
Nima uchun aynan bizni tanlashingiz kerak?
Chunki, biz do‘konimizga olib kelayotgan barcha sotuv mollarini tarkibi tabiiy ekanligiga, kimyoviy zararli moddalari yo‘q ekanligiga yoki imkon qadar ehtiyojdan ortiq qo‘shilmaganligiga e‘tibor beramiz. Giyohlar, yog‘larning sifatli ekanligiga, vitaminlarning xavfsiz, zararsiz ekanligiga ishonch hosil qilgachgina sotuvga qo‘yamiz. Siz uchun o‘zimizga ravo ko‘rganimizni taklif qilamiz!
Barchasini o‘zingiz online do‘kon sahifamizga kirib ko‘rishingiz mumkin:
https://t.me/Misvakuz

April 27, 03:22

AYOLLAR, SIZGA BIR SIRNI OCHAYMI?
Sizlar ko‘pincha turmush o'rtog'im «chiroylisan» deb aytmaydi deb xafa bo‘lasiz. Biz esa aslida ichimizda o‘ylaymiz. Ayolimizga qarab turib: «Muncha go‘zal-a!» deymiz-u, lekin tilimizga chiqarmaymiz.
Nega shunday? Chunki bizga bu narsa osmonning ko‘kligidek tabiiy tuyuladi. Siz go‘zalsiz. Doim. Bugun ham, kecha ham, hatto uydagi oddiy kiyimingizda ham. Biz buni ko‘rib turibmiz, shunday ekan, nega bu haqda har kuni gapirishimiz kerak deb o‘ylaymiz. Bu xuddi: «Qarang, bugun ham quyosh chiqdi», degandek gap-da. Chiqadi-da, bu aniq narsa-ku!
Lekin sizga «shundoq ham ko‘rinib turgani» kamlik qiladi. Siz buni eshitishingiz kerak. Chunki gohida o‘zingizga shubha qilasiz, ichingizdagi bir ovoz: «yoqmay qolmadimmi?» deb so‘rayveradi.
Biz, erkaklar, buni ko‘pincha unutib qo‘yamiz. Bizga shunday tuyuladiki, bir marta tanlab, uylandikmi — tamom, hamma gap aytib bo‘lingan. Lekin ayol kishiga buni qayta-qayta takrorlash kerak ekan. Bilgan bo‘lsangiz ham, eshitish boshqacha.
Biz ko‘proq aytishga harakat qilamiz. Lekin aytmay qolsak, xafa bo'lmang. Siz doim go'zalsiz!
#ayollar
✍️
@Hubbuna
— oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

April 26, 15:02

Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!
Mavzumizdan kelib chiqib haqdor
oilalarga yordam qilishga chaqiramiz
. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.
Karta raqam: 9860160605493933

April 26, 12:40

— Dadasi, bizni nima birlashtirib turadi deb o‘ylaysiz: muhabbatmi, taqdirmi yoki farzandlarimiz?
— Sabr, onasi, sabr…
#Tabassum
✍️
@Hubbuna
— oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

April 26, 07:51

JUFTINGIZNING KO‘ZIGA QARANG
Biz ko‘p gapiramiz: muammolar, rejalar, bolalar, kamchiliklar haqida... Lekin bir-birimizga qarashni unutib qo‘yamiz.
E’tibor berganmisiz, munosabatlar qachon soviydi? Qachonki er-xotin orasidagi nigohlar uzilib, ular faqat yonma-yon yashaydigan, lekin bir-birini ko‘rmaydigan "qo‘shni"larga aylanganda.
Bugun biroz to‘xtang. Juftingizning ko‘zlariga chuqurroq boqing. O‘sha nigohda sizni tanlagan, sizga ishongan va siz bilan umrini bog‘lagan inson turibdi. Ba’zida bitta samimiy nigoh mingta so‘zdan ko‘ra ko‘proq narsani tushuntiradi va qalbni isitadi.
#tavsiya
✍️
@Hubbuna
— oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

April 25, 12:30

— Dadasi, manavi ko‘ylak yaxshimi yoki bunisimi?
— Bunisi yaxshi ekan.
— Shunaqami? Lekin bunisining rangi ochroq, yuzimni ochib ko‘rsatadi-da.
— Ha, unda ochrog‘ini ola qol.
— Shoshmang, bunisining bichimi boshqacha, ozg‘inroq ko‘rsatarmi deyman...
— Bo‘pti, bichimi boshqachasini olamiz.
— Menga qarang, o‘zi sizga farqi bormi? Shunchaki tezroq chiqib ketish uchun "olaver" deyapsiz-a?
#Tabassum
✍️
@Hubbuna
— oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

April 25, 10:34

Fotima opamiz jigar fibrozining ikkinchi bosqichi bilan kurashyaptilar. Hozir vaqtida davolanmasa, kasallik ortga qaytmaydigan og‘ir bosqichga — serrozga o‘tib ketish xavfi bor. Shifokorlar zudlik bilan muolajalarni boshlash kerakligini aytishmoqda.
Davolanish kursi uchun taxminan 15-20 mln so‘m mablag‘ zarur. Oilaning bunga qurbi yetmayapti. Bizning ozgina e’tiborimiz — kartaga tashlagan ozmi-ko‘pmi pulimiz bu ayolning sog‘ayib, farzandlari bag‘riga qaytishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bir insonni og‘ir darddan asrab qolishda sherik bo‘ling. Men bemorning holatini o‘rganib chiqdim hamda yig‘ilgan pulni ularga yetkazishni zimmamga olaman. Karta ham o‘z nomimda.
Ehsoningiz uchun:
HUMO:
9860170105241146
VIZA:
4195 2500 5069 5590
Duoda bo‘ling, xabarni tarqatib yuborsangiz ham katta yordam.

April 24, 15:04

Hatto yaqin qarindoshingiz bemavrid qo’ng’iroq qilib, shunchaki suhbatlashib o’tirsa, unga keyinroq, bemalol bo’lganizda gaplashishni taklif qilish xijolatli ish emas. Ayniqsa,
#ayollar
turmush o’rtog’i ishdan kelguncha gaplashadigani bilan gaplashib olishi kerak va uning yonida boshqa narsaga chalg’imasligi kerak. Reels ko’rish va shu kabilarga yo’l bo’lsin!
✍️
@Hubbuna
— oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida