
HUQUQ INNOVATSION | Javohir Quramboyev
👉
Yoshga
oid ma'lumotlar
👉
Fuqarolar
18 yoshdan
boshlab saylash huquqiga ega bo’ladi.
👉
Fuqarolar
21 yoshdan
boshlab saylanish (viloyat,tuman,shahar xalq deputatligiga) saylanish huquqiga ega.
👉
Fuqarolar
25 yoshdan
boshlab Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatligiga saylanish huquqiga ega.
👉
Fuqaro
35 yoshdan
boshlab prezidentlik lavozimiga saylanish huquqiga ega.
👉
O’zbekiston Respublikasida Fuqarolar
16 yoshga
to’lganda fuqarolik pasportiga ega bo’ladi.
👉
O’zbekiston Respublikasi jinoyat huquqida javobgar subyekt yoshi
16 yosh
qilib belgilangan. Agar sodir etgan jinoyatining biri o’ta og’ir bo’lsa ya’ni (qasddan odam o’ldirish) agar fuqaro o’rtacha og’irlikda jinoyat sodir etsa
14 yoshdan
javobgarlikka tortiladi.
👉
O’zbekiston Respublikasi ma’muriy huquqida javobgar subyekt yoshi
16 yosh
etib belgilangan.
👉
O’zbekiston Respublikasida fuqarolar
18 yoshdan
boshlab voyaga yetgan hisoblanadi.
👉
O’zbekiston Respublikasida yoshlar deb
14 yoshdan 30 yoshgacha
bo’lgan fuqarolar nazarda tutiladi.
✈️
Huquq Innovatsion
📅
Muddatlar
✅
Oʻzbekiston Respublikasi Prezident vakolat muddati -
7 yil
✅
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatorlari vakolat muddati -
5 yil
✅
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari vakolat muddati -
5 yil
✅
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh vazir vakolat muddati -
5 yil
✅
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar vakolat muddati -
5 yil
✅
Oʻzbekiston
Respublikasi Prokurorlar vakolat muddati -
5 yil
✅
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla (fuqarolar yigʻini) oqsoqollari vakolat muddati - 5
yil
✅
Xalq deputatlari Kengashlari va Hokimlarning vakolat muddati -
5 yil
📝
Huquq Innovatsion
✅
Sudya bo'lish uchun qo'yiladigan talablar
➡️
yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida o‘n besh yillik ish stajiga, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida yetti yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs
Oliy sudi sudyasi bo‘lishi mumkin.
➡️
yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida o‘n yillik ish stajiga, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs
Harbiy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudining
sudyasi bo‘lishi mumkin.
➡️
yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida yetti yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs
tumanlararo, tuman, shahar sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi
bo‘lishi mumkin.
✈️
Huquq Innovatsion
👉
"Prokurotura to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi qonuni
1992-yil 9-dekabrda,
yangi tahrirda
2001-yil 29-avgustda
qabul qilingan. Ushbu qonunga tegishli bo'lgan ayrim moddalarni ko'rib chiqamiz. (1-qism)
➖
37-modda. Prokuror nazorati hujjatlarining turlari
Protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv prokuror nazorati hujjatlaridir.
➖
38-modda. Protest
✅
Qonunga zid bo‘lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi.
✅
Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab
o‘n kunlik
muddatdan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi shart.
✅
Protestni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida
uch kunlik
muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinadi.
✅
Protest kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga ma’lum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir.
✅
protest qonunda belgilangan muddat ichida ko‘rib chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu hujjatni g‘ayriqonuniy deb e’tirof etish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga,haqli. Sudga ariza protest rad etilganligi to‘g‘risidagi xabar olingan paytdan boshlab yoki protestni ko‘rib chiqish uchun qonunda belgilangan muddat o‘tganidan keyin
bir oylik
muddat ichida berilishi mumkin.
🔝
Do'stlaringizga ham tarqating.
✈️
Huquq Innovatsion
🔥
HUQUQSHUNOSLIK fanidan ustozlar uchun maxsus online kurslar
Ushbu guruhlarda attestatsiyaga topshiruvchi o'qituvchilar qatnashishi mumkin
Dars o'tish tartibi:
✅
O'tilgan mavzular bo'yicha jonli efirda savol-javob;
✅
Keyingi mavzularning tushuntirish darsi (video+audio);
✅
Har hafta murakkab shaklda tuzilgan testlar va video tahlili;
Darsda sizga beriladi:
✅
Quiz testlar;
✅
O'ta sifatli mavzulashtirilgan testlar;
✅
Qulay qo'llanmalar;
⏺
Darslarimiz haftada to'rt kun bo'lib o'tadi.
🔥
Darslarimiz 3-4 oy davom etadi va barcha darslar yangi qonunchilik bo'yicha o'tiladi.
⏺
Guruhga faqat 20 ta o'quvchi olinadi
Kurs narxi: oyiga 200 ming so'm
🔥
BONUS:
Kasb standarti va pedagogik mahorat bo'yicha testlar beriladi.
➡️
Murojat uchun:
@Javohir_Quramboyev
ERTAGA GAPIR, KEYIN ESA JIM BO‘L – AKS HOLDA FITNAKORSAN!
Ertaga Toshkentda “Davlat va huquq asoslari” fan dasturi hamda ta’lim standartlari
muhokamasi
bo‘lar ekan. Bu hujjatlar keyinchalik
darsliklarda qanday mavzular bo‘lishi, o‘quvchilar nimani o‘rganishi va BMBA imtihonlari nimaga asoslanishini
belgilab beradi.
Ya’ni bu oddiy narsa emas, butun tizimga ta’sir qiladigan jarayon.
Qizig‘i, mas’ullardan biri bu odamlarni
“mard bo‘lsangiz, keling, maydonda sinashamiz, keyinchalik fitna qo‘zg‘amang”
degan ohangda chaqiryapti. Bu yondashuv biroz noto‘g‘ri ko‘rinadi. Chunki bu yerda maqsad kim bilandir “kuch sinashish” emas, balki fan dasturi va DTSni imkon qadar puxta va sifatli ishlab chiqish bo‘lishi kerak.
Shuningdek, yig‘ilish atigi bir kunda o‘tadi. Viloyatlardagi mutaxassislar tabiiyki, Toshkentga bir kunda yetib bora olmaydi. Bundan tashqari, dastur mualliflari hujjatni oldindan biladi, ustida ishlagan bo‘ladi. Tashqaridan kelgan mutaxassis esa uni bir kunda chuqur tahlil qilib ulgurmaydi.
Endi tasavvur qilaylik: tashqaridagi mutaxassis bu dastur ustida 1–2 oy ishladi, puxta o‘rgandi va kamchiliklarni aniqladi. Keyinchalik o‘z fikrini bildirsa, bu “fitna” hisoblanadimi? Qiziq...
Boshqa misol: 1998-yilda chiqqan kitobdan xato topsangiz, uni aytish uchun o‘sha yili yashagan va o‘sha kitobning “muhokamasi”da qatnashgan bo‘lishingiz shartmi yoki biron-bir kitobdan keyinchalik aniqlangan xatoni aytish fitna bo‘ladimi? Qiziq...
Boshqa huquqshunoslar ham bu masalaga diqqatini qaratganidan xursandman!
•
https://t.me/legalzoneuz/7413
•
https://t.me/edulaw1/2449
•
https://t.me/legaldoctor_uz/18340
RTM meni azoblaydiyov butun umr!!!
👉
@TESTLIDER
Dark education
Adashmasam, bundan 9 yil oldin kollejda 2-kursda o‘qib yurgan paytlarimda birinchi marta Darknet haqida eshitgan edim. U haqidagi faktlar va fikrlar meni juda hayratda qoldirgandi. Internetning qorong‘u va xavfli orqa tomoni… Barcha noqonuniy ishlar — narkotikdan tortib yollanma qotillikkacha aynan shu yerda amalga oshiriladi. Siz faqat buyurtma berasiz, xolos. Biz esa hukumatlar ruxsat bergan ochiq internetdan Google, YouTube kabi platformalardan foydalanamiz.
Endi yaqinroq keling, sizga ta’limning “qorong‘u tomoni” haqida gapirib beraman.
O‘tgan yil dekabr oyida, tarix fanidan milliy sertifikat imtihoni boshlanishidan bir kun oldin, menga bir shaxsdan taklif kelib tushdi. Taklif siz o‘ylagandek oddiy emas edi ma’lum miqdordagi “franklin amakilar” evaziga test javoblarini oldindan berish. Ko'nmadim. Birinchidan, o‘sha paytda BMBA tizimiga nisbatan ishonchim kuchli edi, shuning uchun javoblar oldindan berilishiga ishonmaganman. Ikkinchidan esa, shaxsiy qadriyatlarim va prinsiplarim bunday ishga yo‘l qo‘ymaydi.
Keyinchalik test natijalari e’lon qilindi. Menda majburiy fanlardan tayyorgarlik ko‘rgan barcha abituriyentlar sertifikatga ega bo‘lishdi. Shu bilan o‘sha taklif ham, o‘sha shaxs ham xayolimdan chiqdi.
Ammo yanvar oyidagi milliy sertifikat imtihonida vaziyat butunlay boshqacha bo‘ldi. Tarix fani bo‘yicha katta auditoriyaga ega, onlayn dars o‘tadigan bir “inson” (repetitor yoki ustoz deyishga arzimaydi) naqd 6 million so‘m evaziga, o‘zining aytishicha, tarixni umuman o‘qimaganlar uchun “bir kunlik” kurs ochgan.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihonida ham o‘sha shaxs avvalgi ishini takrorladi. O‘quvchilar majburiy fan uchun 300 dollar, asosiy fan uchun esa 1000 dollar to‘lab, yopiq guruhlarga qo‘shilishdi.
Bu shunchaki kursga kirish to‘lovi, xolos, deb o‘ylaysizmi? Qo‘ysangiz-chi… Yosh bolacha fikrlamang qanday qilib butun boshli bir fanni ertalab soat 4:00 dan 8:00 gacha o‘rganib chiqish mumkin? Mayli, bu takrorlash darsi bo‘lsa ham, 4 soatlik dars uchun 300 yoki 1000 dollar to‘larmidingiz?
Bu hali faqat bitta fan misolida. Boshqa fanlarda ham ahvol bundan yaxshi bo‘lmasa kerak.
Endi o‘zingizga savol bering:
Savollar ichkaridan tashqariga chiqyaptimi?
BMBA haqiqatan ham hozir shaffof ishlayaptimi?
Shu vaqtgacha o‘tkazilgan imtihonlar qanchalik haqqoniy edi?
Agar javoblarni topgan bo‘lsangiz — “dark education”ga xush kelibsiz
Yozmasam bo'lmas.
Ona tili fanidan tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar va ustozlarga bir savol bilan murojaat qilmoqchiman: umuman boshqa sohadagi ustoz milliy sertifikat imtihonida tushadigan esse mavzusini oldindan aniq taxmin qila oladimi? E’tibor bering — men ona tili o‘qituvchisi yoki repetitor haqida emas, aynan boshqa soha vakili haqida gapiryapman.
“Yo‘q, buning iloji yo‘q”, deysizmi?
Unda sizni tabriklayman siz hali ham BMBA degan tashkilotga bolalarcha nigoh bilan qarar ekansiz.
Yuqoridagi rasmga diqqat bilan etibor bering umuman boshqa sohadagi shaxs bugun soat 13:19 da "ona tilichilar tarixiy obidalarga ziyorat qilsin. Ularni saqlash uchun qancha pul sarflanadi" degan mazmundagi gap yozgan va oradan bir soat vaqt o‘tib, ya’ni 14:15 da imtihonga kirgan abituriyentlarga “Tarixiy obidalarga davlat budjeti mablag‘i ajratish” mavzusida esse tushgan.
"Yo'g'e jaaaa oshirib yubording bu oddiy bir tasodif" deysizmi unda keyingi postni kuting.
Ich-ichimdan huquq fanidan milliy sertifikat joriy etilishini juda xohlasam-da, ayrim sabablarga ko‘ra nafaqat huquq fanidan, balki boshqa hech qaysi fandan ham milliy sertifikat degan tizim bo‘lishini umuman xohlamayman.
⚡️
Mart–aprel oylarida o‘tkazilgan
biologiya, tarix va fizika
fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari natijalari taxminan
6-may kuni
e’lon qilinadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi ma’lum qildi.
✈
@HUQUQ_INNOVATSION