Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

HUQUQ INNOVATSION | Javohir Quramboyev

Huquq_innovatsion
Huquq fanidan repetitor Javohir Quramboyevning huquqshunoslikka ixtisoslashgan kanali. ☆ Innovatsion online darslar ☆ Innovatsion testlar ☆ Innovatsion qo'llanmalar Offline kurslar Xorazm viloyatida mavjud. Murojat: @Javohir_Quramboyev
Подписчики
7 330
24 часа
20
30 дней
330
Просмотры
1 309
ER
22,62%
Посты (30д)
55
Символов в посте
465
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Право
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Право и юридические услуги
Краткое описание
March 10, 19:29
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

RASMAN
Huquq fanidan navbatdagi attestatsiya imtihonlari uchun tavsiya etilgan manbalar ro‘yxati e’lon qilinibdi.
🟢
8-sinf 2024-yilgi nashr
🟢
9-sinf 2024-yilgi nashr
🟢
10-sinf 2023-yilgi nashr
🟢
11-sinf 2025-yilgi nashr
👉
@HUQUQ_INNOVATSION

March 10, 19:00

Online kurs so’rayotgan ustozlar va abituriyentlar diqqatiga hozirda online ravishda darslar o'tmayapaman. Buni bir qancha sabablari bor. Eng asosiysi vaqt masalasidir. Offline kurslar hozirda ko'p vaqtimni va energiyamni olayapti. Bundan tashqari, har ikkala kurslarni bir vaqtning o‘zida olib borish qiyin bo'lib, natijada ulardan biriga e’tibor baribir kamroq bo‘lib qoladi.Shuning uchun online guruhlarni hozircha ochmasam kerak.

March 10, 07:03
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram


Qo'llanma.

Sudlanganlik holati tugatilish muddatlari.
Javohir Quramboyev
Manzil:
@HUQUQ_INNOVATSION

March 10, 06:28
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram


Qo'llanma.

Jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llaniladigan koloniyalar.
Javohir Quramboyev
Manzil:
@HUQUQ_INNOVATSION

March 10, 01:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🔘
"Prokuratura to'g'risida"gi qonun bo'yicha test.

1D 2B 3A 4A 5A 6A 7D 8B 9C 10D 11A 12D 13B 14B 15C 16B 17A 18B 19B 20A
Muallif: Diyorbek Otajonov
✈️
HUQUQ INNOVATSION

March 05, 15:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🔘
JINOYAT KODEKSI MAXSUS KICHIK QO’LLANMA
‼️
BMBA imtihonida aynan ushbu PDF faylda keltirilgan ma'lumotlar yuzasidan savollar shakllantirilish ehtimoli yuqoriroq.
Ha aytgancha, saqlab olishni unutmang!!!

Tuzuvchi
:
Ozodbek MALLAYEV
✈️
HUQUQ INNOVATSION

March 05, 07:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

💬
Vazirlar Mahkamasi majlislari va Rayosati
➡️
Davlat boshqaruvi, xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy rivojlantirishning eng muhim masalalari Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqiladi.
➡️
Vazirlar Mahkamasining majlislarini Bosh vazir o‘tkazadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qilishga haqli
Vazirlar Mahkamasining majlislarida quyidagi shaxslat ishtirok etadi:
1️⃣
Bosh vazir o‘rinbosarlari;
2️⃣
Bosh vazir maslahatchisi;
3️⃣
Vazirlar;
4️⃣
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati boshlig‘i;
5️⃣
Zarurat bo'lganda viloyatlar hokimlari;
6️⃣
Zarurat bo'lganda Toshkent shahar hokimlari;
Vazirlar Mahkamasining majlislariga zarurat bo‘lganda quyidagi shaxslar taklif etilishi mumkin
:
1️⃣
Prezidentining yordamchilari
2️⃣
Prezidentining maslahatchilari
3️⃣
Qonunchilik palatasi Spikeri
4️⃣
Senat Raisi
5️⃣
Konstitutsiyaviy sudining raisi
6️⃣
Oliy sudining raisi
7️⃣
Bosh prokurori
💬
Vazirlar Mahkamasining Rayosati Vazirlar Mahkamasining doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi organidir
Vazirlar Mahkamasining Rayosati tarkibiga quyidagi shaxslar kiradi:
1️⃣
Bosh vazir
2️⃣
Bosh vazirning o‘rinbosarlari
3️⃣
Bosh vazirning maslahatchilari
4️⃣
Vazirlar
5️⃣
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi
🔵
Asos "Vazirlar Mahkamasi to'g'risida"gi qonun. 29, 33-moddalar
Tayyorladi: Javohir Quramboyev
🚀
@HUQUQ_INNOVATSION

March 05, 03:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🟢
So'roq qilish muddatlari.

4 soat
-
voyaga yetmagan
guvoh
va
jabrlanuvchini
so'roq qilish vaqti

6 soat
-
voyaga yetmagan
gumonlanuvchi
va
ayblanuvchini
so'roq qilish vaqti

8 soat
-
voyaga yetgan
gumonlanuvchi va ayblanuvchini so'roq qilish vaqti
✈️
HUQUQ INNOVATSION

March 04, 23:58

♻️
Ombudsman jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish chog‘ida quyidagi huquqlarga ega:
1️⃣
aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlarni tekshirishda ko‘maklashishni so‘rab
tashkilotlar va mansabdor shaxslarga murojaat qilish;
2️⃣
aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlarni tekshirish uchun
tashkilotlarning vakillarini va mansabdor shaxslarni taklif etish;
3️⃣
mansabdor shaxslardan tushuntirishlar olish;
4️⃣
aniqlanishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan tashkilotlar va mutaxassislarga
xulosalar tayyorlashni topshirish;
5️⃣
murojaatni
uning mohiyatiga ko‘ra hal qilishga vakolatli bo‘lgan tashkilotga yoki
mansabdor shaxsga yuborish;
6️⃣
murojaatni ko‘rib chiqishni sababini ko‘rsatgan holda
rad etish.
➡️
Yod olish oson bo'lishi uchun kalit so'zlarning tagiga chizib ketilgan.
Asos: "Ombudsman to'g'risida"gi qonun 22-modda
➡️
Tayyorladi: Javohir Quramboyev
📨
Manzil:
HUQUQ INNOVATSION

March 04, 23:58

♻️
Ombudsmanning majburiyatlari quyidagilar:
1️⃣
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va qonun hujjatlariga rioya etishi,
o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi;
2️⃣
tashkilotlar va mansabdor shaxslarning o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilayotgan
faoliyatiga aralashmasligi;
3️⃣
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi
qonunchilik talablariga rioya etishi;
4️⃣
murojaat etuvchiga uning murojaatini ko‘rib chiqish
natijalarini ma’lum qilishi shart.
➡️
Yod olish oson bo'lishi uchun kalit so'zlarning tagiga chizib ketilgan.
Asos: "Ombudsman to'g'risida"gi qonun 13-modda
➡️
Tayyorladi: Javohir Quramboyev
📨
Manzil:
HUQUQ INNOVATSION