
IIV Malaka oshirish instituti
♦️
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida navbatdagi boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi yakunlanishi munosabati bilan bitiruv tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi.
♦️
Navbatdagi bitiruv
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida navbatdagi boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi yakunlanishi munosabati bilan 411 nafar tinglovchilarning bitiruv tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘quv kursida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda interfaol usullarda davra suhbati, bahs-munozara, seminar-trening, amaliy mashg‘ulot shakllarida olib borildi.
Mashg‘ulotlarda tinglovchilarning kasbiy, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, jangovar-jismoniy, ruhiy, tibbiy tayyorgarligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi. Fuqarolar bilan muloqotlarda yuzaga keladigan nostandart vaziyatlar, muammoli holatlar yuzasidan Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan videolavhalar orqali mavzularga doir huquqiy yechim va tavsiyalar ko‘rsatildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini eʼtirof etdilar.
📚
KITOB YARMARKASI TASHKIL ETILDI
IIV Malaka oshirish instituti Nukus filiali Boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursiga jalb etilgan 77 nafar tinglovchi hamda 21 nafar idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir tinglovchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni jahon va o‘zbek adabiyoti namoyandalarining sara asarlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida o‘tkazildi.
📖
Yarmarka davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlarni tanlab, bilim va dunyoqarashlarini yanada boyitish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
✨
Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌
Matbuot xizmati
📌
XORIJIY XIZMAT SAFARI
Xorijiy xizmat safari doirasida O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaning yetakchi politsiya ta’lim muassasalaridan biri — Korea National Police University hamda uning qoshidagi Police Science Institute faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari o‘quv jarayonlari, zamonaviy yondashuvlar va ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, tashrif rejasiga ko‘ra, loyiha doirasida ishlab chiqilayotgan o‘quv dasturlari muhokama qilinib, ularni yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.
🤝
Mazkur tashrif xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌
Matbuot xizmati
«Бахтли оила — мустаҳкам жамият пойдевори»
Bitiruvchilar bilan bir kun
🏫
Parkent tumanidagi 57-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida
“Bitiruvchilar bilan bir kun”
mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
👥
Tadbirda:
— IIV Malaka oshirish instituti YFK o‘qituvchisi A.A. Abduvositov
— Tolbuloq MFY raisi M.Sh. Ashurqulov
— Tadbirkor M.J. Sariboyev
— Maktab MMIBDO‘ Z.N. Po‘latov
— Maktab psixologi D.A. Niyozova
ishtirok etib, bitiruvchilar bilan ochiq muloqot olib borishdi.
💬
Suhbat davomida o‘quvchilarga kelajak kasbini tanlash, hayotda to‘g‘ri yo‘lni belgilash hamda mas’uliyatli qaror qabul qilish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.
📌
Matbuot xizmati
🏛
MUZEY – TARIX KOʻZGUSI
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Nukus filialida tahsil olayotgan tinglovchilar Nukus shahrida joylashgan I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyiga tashrif buyurishdi.
🖼
Tashrif davomida tinglovchilar:
— Oʻzbek milliy amaliy san’ati namunalari
— Rus avangard asarlari
— Qoraqalpoq xalq san’ati durdonalari bilan yaqindan tanishishdi
✨
Mazkur tashrif tinglovchilarning tarixiy va madaniy merosimizga boʻlgan qiziqishini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish hamda san’atga boʻlgan mehrini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
📌
Matbuot xizmati
“Namunali oila” koʻrik-tanlovi: vazirlik sohaviy xizmatlari oʻrtasida saralash bosqichi oʻtkazildi
▶️
Batafsil
———
«Намунали оила» кўрик-танлови: вазирлик соҳавий хизматлари ўртасида саралаш босқичи ўтказилди
▶️
Батафсил
———
Смотр-конкурс "Образцовая семья": проведен отборочный этап среди отраслевых служб министерства
▶️
Подробно
Website
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Ok
|
TV
Yoshlarni zararli illatlardan asrash yo‘lida muhim ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi
O’zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetida yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishining oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir soha mutaxassislari ishtirokida tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi professori Jasur Kenjayev hamda mazkur kafedra dotsenti Jo‘ra Allayorov ishtirok etdi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning inson salomatligi, jamiyat xavfsizligi hamda davlat taraqqiyotiga jiddiy xavf tug‘dirishi alohida ta’kidlandi.
Batafsil
👉
nuu.uz
👉
На русском
👉
In English
Biz shu yerdamiz:
🌐
Veb-sayt
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin
📚
“O'qib, anglab, o'zgar”
Institut Axborot-resurs markazi kitobxonlarni zarur adabiyotlar, qonunlar va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlab, ularning huquqiy va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
📖
Markaz fondida 21 000 dan ortiq adabiyotlar mavjud bo‘lib, turli sohalarni qamrab olgan.
📌
2026-yilda Prezident qarori ijrosi doirasida Bektemir o‘quv bazasi va IIV O'quv-dala markazlarida “Kitob yarmarkalari” tashkil etildi.
🇺🇿
Markazda vatanparvarlik, mas’uliyat va xizmatga sadoqat kabi muhim fazilatlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.