
IIV Malaka oshirish instituti
Navbatdagi qasamyod tadbiri o‘tkazildi (+video)
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlikning navbatdagi kursida tahsil olayotgan 400 nafardan ziyod tinglovchilarning qasamyod qabul qilish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
🎥
https://youtu.be/-OkfsfZVCWY
Telegram kanallarimiz
📱
Mobil ilova
👉
iOS
|
Android
👥
“Yoshlar kuni” munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi
🇺🇿
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Institut boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari – kadrlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik
Atabayev Qodirjon Komilovich
tomonidan Boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o’quv kursi tinglovchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
💬
Suhbat davomida sohadagi
mas’uliyat, xizmat burchi va kasbiy intizom
haqida tushunchalar berilib, yosh xodimlarning Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishi muhimligi ta’kidlandi.
🤝
Shuningdek, tinglovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
📌
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati
⚖️
“Kodeks bilimdoni” – bilim va huquqiy savodxonlik bellashuvi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Olmaliq bazasi Kasbiy tayyorgarlik fakultetida taʼlim olayotgan maxsus kasbiy tayyorgarlik o‘quv kurslari tinglovchilari o‘rtasida
“Yoshlar kuni”
munosabati bilan
“Kodeks bilimdoni”
nomli viktorina tashkil etildi.
📚
Viktorinaning final bosqichida Yo‘l-patrul faoliyati yo‘nalishidagi tinglovchilardan tashkil topgan
“Yuristlar”
jamoasi, Pasport tizimini taʼminlash yo‘nalishidagi tinglovchilardan iborat
“Administratsiya”
jamoasi hamda Jamoat tartibini saqlash faoliyati yo‘nalishidagi tinglovchilardan tashkil topgan
“Adolat”
jamoalari o‘zaro bellashdilar.
Qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tgan bellashuv yakuniga ko‘ra:
🥇
1-o‘rin — “Yuristlar” jamoasi
🥈
2-o‘rin — “Adolat” jamoasi
🥉
3-o‘rin — “Administratsiya” jamoasi
qo‘lga kiritdi.
Mazkur viktorina tinglovchilarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularning kasbiy tayyorgarligini yanada oshirishga xizmat qildi.
📌
Matbuot xizmati
♟
💪
Kasbiy tayyorgarlik fakultetida “Armrestling” va “Shaxmat” musobaqalari o‘tkazildi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv bazasidagi Kasbiy tayyorgarlik fakultetida taʼlim olayotgan tinglovchilar o‘rtasida sportning “Armrestling” va “Shaxmat” turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqaning asosiy maqsadi tinglovchilarning jismoniy va intellektual salohiyatini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat va Jamoaviylik muhitini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda kechib, tinglovchilar o‘z mahorati va matonatini namoyon etdilar.
🏆
♟
💪
Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular institut rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar. Bunday sport tadbirlari tinglovchilarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
⚡️
“Postda-На посту” gazetasi xodimlarning doimiy hamrohi!
YouTube orqali kuzatib boring…
@Postdarasmiy
Ички ишлар тизимида аёллар фидойилиги эътироф этилди (Тошкент)
🏛
IIV Malaka oshirish institutida psixotrop bot taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida
“Podpolkovnik” maxsus unvonini olish uchun maxsus malaka oshirish kursi
hamda
IIOning barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar) IIO boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlash uchun malaka oshirish o‘quv kurslari
tinglovchilari ishtirokida psixotrop bot taqdimoti o‘tkazildi.
👮♂️
Taqdimot davomida mazkur botning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berilib, uning yordamida psixotrop dorilarni tezkor va oson aniqlash mumkinligi ta’kidlandi.
🤖
💊
Shuningdek, botdan foydalanish tartibi hamda amaliy faoliyatda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur raqamli yechim ichki ishlar organlari xodimlariga psixotrop moddalar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni tezkor aniqlash va samarali choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅
📌
Matbuot xizmati
🔷
IIV Malaka oshirish institutida qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi
🇺🇿
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilarining qasamyod qabul qilish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tinglovchilarning ota-onalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tantanada so‘zga chiqqan institut boshlig‘i, polkovnik
Olimjon Axmedov
tinglovchilarni qasamyod qabul qilganliklari bilan tabriklab, ushbu marosim faxr va iftixor bilan birga ulkan mas’uliyat va tanlagan kasbga sadoqatni ham talab etishini ta’kidladi.
Shuningdek, yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish sharafli va mas’uliyatli xizmat ekani qayd etildi.
📌
Institut Matbuot xizmati
«8 март – Халқаро хотин-қизлар куни« муносабати билан Ички ишлар вазирлиги тизимида хизмат қилаётган аёл ходималар эътироф этилди
🔷
IIV Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida
“Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat intizomiga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirish mexanizmlari: muammo va yechimlar”
mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda xizmat intizomini mustahkamlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish mexanizmlari muhokama qilindi.
📋
Tadbir davomida xizmat faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, mas’uliyat va intizomni oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.
🤝
Seminar yakunida xizmat intizomini mustahkamlash va faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
✅
📌
Matbuot xizmati