Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ibrohim Abdurahmonov

Ibrokhim_Abdurakhmonov
O’zR qishloq xo’jaligi vaziri Министр сельского хозяйства РУз Minister of Agriculture of the Republic of Uzbekistan fb.com/ibrokhim.abdurakhmonov.7 Instagram.com/ibrokhim.abdurakhmonov twitter.com/Ibrokhimabdu5
Subscribers
2 680
24 hours
-10
30 days
-40
Post views
1 134
ER
32,5%
Posts (30d)
56
Characters in post
1 632
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Industry & Engineering
Summary
March 14, 07:16
Media unavailable
7
Show in Telegram

Qashqadaryo viloyatidagi Hosildor zamin o‘quv-ko‘chatchilik majmuasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari, Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari hamda FAOning xalqaro ekspertlari ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Hosildor zamin kursi tinglovchilari ko‘chatlarni ekishdan oldin tayyorgarlik tadbirlarini rejalashtirish usullarini o‘rgangan holda issiqxonalardan foydalanishning tashkiliy va iqtisodiy jihatlari haqidagi o‘z bilimlarini kengaytirdilar. Ular noyob mevali daraxt yetishtirishning eng so‘nggi texnologiyalari, ularning o‘sish xususiyatlari va ko‘chat yetishtirishning samarali usullari haqida amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.
Mutaxassislar o‘simliklarning iqlim o‘zgarishi va kasalliklarga moslashish imkonini beruvchi genetik materialini saqlab qolish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega mevali daraxtlarning mintaqamiz uchun noyob navlarini saqlab qolish zarurligiga alohida to‘xtalib o‘tdillar.
Tinglovchilarning kasbiy malakasini shakllantirish va o‘quv majmuasini yanada rivojlantirishda olingan bilimlar kerak bo‘lishi shubhasiz.

В учебном комплексе-питомнике Hosildor zamin Кашкадарьинской области состоялся образовательный семинар с участием представителей Министерства сельского хозяйства, сотрудников НИИ садоводства, виноградарства и виноделия имени академика М. Мирзаева, НИИ генетических ресурсов растений и международных экспертов ФАО.
Слушатели курса Hosildor zamin расширили понимание организационных и экономических аспектов эксплуатации теплиц, изучив методики планирования подготовительных мероприятий перед высадкой рассады. Участники получили практические знания о новейших технологиях выращивания редких плодовых культур, особенностях их роста и эффективных способах производства саженцев.
Эксперты акцентировали внимание на сохранении генетического материала растений, позволяющего культурам адаптироваться к изменениям климата и болезням, а также на необходимости сохранения уникальных для нашего региона сортов плодовых культур, обеспечивающих ценность для сельского хозяйства и продовольственной безопасности.
Полученные знания помогут в формировании профессиональных компетенций слушателей и дальнейшем развитии учебного комплекса.
#HosildorZamin
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube

March 14, 05:29
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Agrar sektor zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlanadi
🇺🇿
“Agrar sektorni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashning navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi Prezident qarori (PQ–97-son, 13.03.2026 y.)
qabul qilindi.
🚜
Ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad
qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalash darajasini oshirish,
jumladan, 2026-yilda
paxtani mashinalar yordamida terib olish ulushini 70 foizgacha yetkazish
etib belgilandi.
🇺🇿
Qarorga ko‘ra, 2026-yilda
qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari xaridini moliyalashtirish
uchun davlat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy kredit liniyalari hisobidan tijorat banklari orqali
400 mln AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda mablag‘lar
yo‘naltirilishi ta’minlanadi.
🇺🇿
Tijorat banklari
barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari
xaridi uchun
10-yil muddatga 2-yillik imtiyozli davr
bilan yillik Markaziy bank
asosiy stavkaga 4 foiz bank marjasi
bilan milliy valyutada kreditlar ajratadi.
💻
2026-yildan imtiyozli kredit va lizing shartlari asosida yetkazib beriladigan
paxta va g‘alla kombaynlari bo‘yicha kredit va lizing to‘lovlarini to‘lash muddati
ushbu texnikalarni xarid qiluvchilar uchun yiliga
2 marta 31-yanvar hamda 31-iyul sanalari
etib belgilandi.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram

March 13, 17:28
Media unavailable
2
Show in Telegram

Qishloq xo‘jaligida yangi bosqich: O‘zbekistonga 100 ta zamonaviy agrodron olib kelindi
🚁
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish va resurslardan oqilona foydalanishda
raqamli texnologiyalar
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shunday innovatsion yechimlardan biri —
agrodronlar.
🌱
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi hamda
Jahon banki
ko‘magida Xitoyda ishlab chiqarilgan
100 ta zamonaviy dron
mamlakatimizga olib kelindi.
🟦
Ularning
50 tasi ekin maydonlarini masofadan monitoring qilish, yana 50 tasi esa, o‘g‘itlash, zararkunandalarga qarshi ishlov berish va agrotexnik tadbirlarni bajarish
uchun mo‘ljallangan.
👥
Loyiha doirasida
xitoylik mutaxassislar tomonidan mahalliy kadrlar
ham tayyorlanmoqda. Dastlab
30 nafar
mutaxassis dronlarni boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitilmoqda, kelgusida esa
100 nafar malakali operator
tayyorlash rejalashtirilgan.
🎞
Batafsil — videolavhada
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram

March 13, 16:10
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

Hashar — ahillik va ozodalik timsoli
🗣
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-fevraldagi 72-sonli farmoyishi
ga muvofiq,
13–14-mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
shiori ostida respublika bo‘ylab umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.
🌱
Mazkur xayrli tadbirda
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi
hamda uning tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan
200 nafar xodim
faol ishtirok etdi.
🌿
Hashar davomida markaz hududida
keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari
amalga oshirildi. Bino atroflari tartibga keltirilib,
bog‘lar va ariqlar turli chiqindilar hamda begona o‘tlardan
tozalandi.
🌸
Shuningdek, hududga
1000 dan ortiq turli xil gul, mevali va manzarali daraxt hamda tok ko‘chatlari
ekildi. Bundan tashqari,
100 dan ortiq daraxtlarga shakl berildi
,
300 kvadrat metr devorlar oqlandi
.
⭕️
Xodimlar
ko‘chalar va xizmat xonalarini
ham tartibga keltirib, hudud ozodaligi va obodonligiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
🌱
Shu bilan birga, hududlardagi
55 ta nav sinash stansiyasi va uchastkalarida
ham obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi
doirasida jami
21 ming tup mevali, manzarali, buta, tok va gul ko‘chatlari ekish
rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar
1000 ga yaqin ko‘chatlar ekildi
.
💻
Eng muhimi, har bir xodimning fidokorona mehnati
hashar — ahillik, birdamlik va yurtga mehr timsoli
ekanini yana bir bor namoyon etdi.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram

March 13, 15:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
“Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon
qabul qilindi.
🇺🇿
Farmonga muvofiq, mamlakatimizda agrar sohani ilmiy-innovatsion asosda rivojlantirish maqsadida
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi.
🗣
Mazkur akademiya qishloq xo‘jaligida
fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish
, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish hamda
agrosanoat majmuasining ilmiy rivojlanishini ta’minlash
ga xizmat qiladi.
Asosiy maqsadlar:
🔬
Qishloq xo‘jaligiga oid
patentlangan ishlanmalar va texnologiyalar sonini 3 baravarga
oshirish
📚
Xalqaro ilmiy jurnallarda chop etiladigan
maqolalar sonini 2 baravarga
ko‘paytirish
📊
Davlat ilmiy dasturlari doirasidagi
loyihalar sonini 2 baravarga
oshirish
🌍
Xalqaro hamkorlikdagi
ilmiy tadqiqotlarni 3 baravarga
kengaytirish
🚜
Agromaslahat va agrotexnologiya xizmatlaridan foydalanadigan subyektlar qamrovini
4 baravarga oshirish
Akademiyaning ustuvor yo‘nalishlari:
▪️
Qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar va ilmiy ishlanmalarni joriy etish;
▪️
Yer va agrar islohotlarga oid normativ hujjatlarni
ilmiy ekspertizadan o‘tkazish
;
▪️
Ilm-fan, fermer va tadbirkor hamkorligida
“Living lab” loyihalarini
amalga oshirish;
▪️
Yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash va ilmiy maktablarni rivojlantirish.
Ilmiy unvonlar joriy etiladi:
👨‍🔬
yosh akademik;
👨‍🏫
Akademiya professori;
📖
muxbir a’zo;
🏅
haqiqiy a’zo (akademik);
🌍
xorijiy a’zolar.
Ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash
:
🤔
Akademiya huzurida
qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi
tashkil etiladi. Ushbu jamg‘arma uchun har yili
50 mlrd so‘mgacha mablag‘
ajratilishi belgilangan.
📌
Shuningdek, Toshkent viloyatida
Qishloq xo‘jaligi fundamental tadqiqotlar markazi (Centre of Excellence)
tashkil etiladi. Markazda:

iqlim o‘zgarishi

tuproq sho‘rlanishi

yuqori hosilli va qurg‘oqchilikka chidamli navlar yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi.
📌
Ushbu farmon qishloq xo‘jaligida
ilm-fan, innovatsiya va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish
, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda
eksport salohiyatini oshirish
ga xizmat qiladi.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram

March 13, 15:26
Media unavailable
10
Show in Telegram

Qoraqalpog‘iston: agrar sohada ilm, tajriba va samaradorlik uyg‘unligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifim doirasida
Vazirlar Kengashi binosining majlislar zalida agrar sohada samaradorlikni oshirish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etishga bag‘ishlangan
seminar o‘tkazdim. Ushbu tadbirda menga
Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov
hamrohlik qildi.
Seminar
video-konferens-aloqa shaklida
tashkil etildi. Unda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari
,
soha mutasaddilari
,
ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari
,
hududiy rahbarlar
hamda
fermer xo‘jaliklari
ishtirok etdi.
Seminar avvalo
Xorazm sharoitida yerlarni ekinga tayyorlash
,
sho‘r yuvish ishlari
hamda
bog‘dorchilikka oid zamonaviy agrotexnik yondashuvlar
muhokamasi bilan boshlandi.
Shundan so‘ng
bug‘doyning unuv davri
,
ekinlarni parvarishlash jarayonlari
hamda
hosildorlikka xavf tug‘diruvchi zang kasalligi va shira kabi zararkunandalarga qarshi kurashish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbir davomida
qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar
,
ilmiy yondashuvni kuchaytirish
,
hosildorlikni oshirish
hamda
mavjud resurslardan samarali foydalanish
masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Ayniqsa,
paxta yetishtirishda diversifikatsiya jarayonlarini kengaytirish
,
zamonaviy ekish texnologiyalarini joriy etish
,
urug‘chilik tizimidagi yangiliklar
hamda
kartoshkachilik yo‘nalishini rivojlantirish istiqbollari
yuzasidan fikr almashdik.
Men o‘z navbatimda
agrar sohada yuqori samaradorlikka erishishda ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish muhim ahamiyatga ega ekanini
alohida ta’kidladim. Shuningdek,
fermerlarga agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda tashkil etish
,
hosildorlikni oshirish
va
ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish
bo‘yicha zarur tavsiyalar berdim.
Tadbir yakunida
sayyor qabul
tashkil etildi. Unda
fermerlarning taklif va murojaatlari
tinglandi. Ayrim masalalar
joyida hal etildi
, ayrim murojaatlar yuzasidan esa
mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi
hamda
zarur huquqiy tushuntirishlar
berildi.

March 12, 12:53
Media unavailable
10
Show in Telegram

Amudaryoda bahorgi mavsumga tayyorgarlik: texnikalar holatini o‘rganildi
Ayni paytda
Xorazm viloyatidagi ishchi safarimni yakunlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga
yetib keldim.
Dastlab
Amudaryo tumanidagi “Oq oltin” OFY hududida joylashgan “Oq oltin” MMTPda qishloq xo‘jaligi texnikalarining bahorgi mavsumga tayyorgarlik holatini
ko‘zdan kechirdim.
Jumladan,
chigit ekuvchi seyalkalar
hamda boshqa
agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi texnikalarining mavsumga shayligi
bilan tanishdim.
O‘rganishlar davomida
texnikalardan
samarali foydalanish
,
mavsumiy ishlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish
hamda
agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish
yuzasidan mutasaddilarga
tegishli tavsiyalar berdim
.
Aytish kerak,
ishloq xo‘jaligi texnikalarining mavsumga to‘liq shay holatda bo‘lishi
dala ishlarini
o‘z vaqtida va sifatli tashkil etishda
muhim ahamiyatga ega.
Ayniqsa,
ekish
,
yerga ishlov berish
va boshqa
agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etishda zamonaviy texnikalarning tayyorligi
yuqori hosildorlikni ta’minlashga xizmat qiladi
.

March 12, 11:04
Media unavailable
10
Show in Telegram

Xonqada yoshlar bilan samimiy muloqot
Xorazm viloyatiga xizmat safari
davomida
Xonqa tumani hokimligi binosida yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv o‘tkazdim
.
Mazkur muloqot
mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbus

rahbarlarning joylarga borib yoshlar bilan uchrashishi
,
ularning fikr va takliflarini tinglashi
hamda
tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
tamoyiliga muvofiq tashkil etildi.
Suhbat davomida
yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni
,
zamonaviy O‘zbekiston yoshlarining dunyoqarashi
,
to‘g‘ri kasb tanlash
va
ilmga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish
masalalari haqida
fikrlarimni bildirdim
.
Shuningdek,
yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash
va ularni
kelajakka dadil qadam tashlashga undash muhimligini
alohida ta’kidladim.
Uchrashuv jarayonida
o‘z hayotiy yo‘lim haqida ham yoshlar bilan o‘rtoqlashdim
.
O‘quvchilik va talabalik davrida duch kelgan qiyinchiliklar
,
ilm yo‘lida tinimsiz izlanish
,
mehnat va qat’iyatning ahamiyati
haqida so‘zlab berdim.
Har qanday vaziyatda taslim bo‘lmasdan, doimo oldinga intilish zarurligini
alohida ta’kidladim.
Dastlab
yoshlar orasida biroz hayajon sezilgan bo‘lsa-da
, suhbat davomida
muloqot tobora erkin va samimiy ruhda kechdi
.
Yoshlar
ilm olish, kasb tanlash hamda o‘z tashabbuslarini amalga oshirish
borasidagi
savol va takliflarini ochiq bildirib
,
faol ishtirok etdilar
.
Uchrashuv yakunida
yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash
, ularni
o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yishga undash
har birimizning
muhim vazifamiz
ekanini yana bir bor ta’kidladim.

March 12, 10:50
Media unavailable
10
Show in Telegram

Xorazm: ilm, tajriba va samaradorlik
Xizmat safari
bilan
Xorazm viloyatida
bo‘lib turibman. Safarim doirasida
Xonqa tumani hokimligi binosida
agrar sohada
samaradorlikni oshirish
hamda
zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etishga
bag‘ishlangan
seminar
tashkil etdik.
Video-konferens-aloqa shaklida
o‘tkazilgan seminarda
viloyat va tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari
,
soha mutasaddilari
,
ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari
,
hududiy rahbarlar
hamda
fermer xo‘jaliklari
ishtirok etdi.
Seminar avvalo
Xorazm sharoitida yerlarni ekinga tayyorlash, sho‘r yuvish hamda bog‘dorchilikka oid zamonaviy yondashuvlar
bayoni bilan boshlandi.
Shundan so‘ng,
bug‘doyning unuv davri
,
ekinlarni parvarishlash jarayonlari
hamda
hosildorlikka xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan zang kasalligi va shira kabi zararkunandalarga qarshi kurashish
masalalariga alohida e’tibor qaratdik.
Shuningdek, tadbir davomida
qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar
,
ilmiy yondashuvni kuchaytirish
,
hosildorlikni oshirish
hamda
mavjud resurslardan samarali foydalanish
masalalarini atroflicha muhokama qildik.
Ayniqsa,
paxta yetishtirishda diversifikatsiya jarayonlarini kengaytirish
,
zamonaviy ekish texnologiyalarini joriy etish
,
urug‘chilik tizimidagi yangiliklar
hamda
kartoshkachilik yo‘nalishini rivojlantirish istiqbollari
yuzasidan fikr almashdik.
Men
agrar sohada yuqori samaradorlikka erishishda ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish
muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladim. Shuningdek,
fermerlarga agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda tashkil etish
,
hosildorlikni oshirish
va
ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish
bo‘yicha zarur tavsiyalar berdim.
Tadbir yakunida
sayyor qabul
tashkil etib,
fermerlarning taklif va murojaatlarini
tingladim.
Ayrim masalalar joyida hal etildi
, ayrim murojaatlar yuzasidan
mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi
hamda
zarur huquqiy tushuntirishlar
berildi.

March 11, 13:04
Media unavailable
5
Show in Telegram

O‘zbekiston va Falastin: agrar sohada hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
Bugun Falastinning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi
Vail Axmed Batrexi
bilan uchrashdim.
Uchrashuv davomida
ikki mamlakat o‘rtasida agrar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish, mavjud aloqalarni mustahkamlash hamda yangi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalasi
yuzasidan fikr almashdik.
Ta’kidlanganidek, hozirgi kunda O‘zbekistondan
Falastinga quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari hamda salqin ichimliklar
eksport qilinmoqda.
Shu bilan birga,
agrar sohada o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston va Falastin qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida Anglashuv memorandumini imzolash
masalasini ham ko‘rib chiqdik.
Uchrashuv yakunida tomonlar
qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini
bildirdilar.