Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Ibrohim Abdurahmonov

Ibrokhim_Abdurakhmonov
O’zR qishloq xo’jaligi vaziri Министр сельского хозяйства РУз Minister of Agriculture of the Republic of Uzbekistan fb.com/ibrokhim.abdurakhmonov.7 Instagram.com/ibrokhim.abdurakhmonov twitter.com/Ibrokhimabdu5
Подписчики
2 700
24 часа
-10
30 дней
30
Просмотры
749
ER
36,33%
Посты (30д)
147
Символов в посте
1 484
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Промышленность и инженерное дело
Краткое описание
April 25, 13:54
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Organik guruch yetishtirishning yangi modeli amaliyotda
Ayni paytda Toshkent viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib, navbatdagi manzil sifatida Quyi Chirchiq tumanidagi “TCT Fish Cluster” MCHJga bordim. Bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, innovatsion yondashuvlarning amaliy natijalarini ko‘rdim.
Mazkur xo‘jalikda bugungi kun talablari va ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan mutlaqo yangi yo‘nalish — suv ustida sholi yetishtirish loyihasi sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilgan. Bir gektar suv havzasida Filippin, Tailand, Xitoy va Vetnam tajribasiga tayangan holda suzuvchi sholi ekilgani, bu boradagi izlanishlar puxta o‘ylanganini ko‘rsatadi.
Alohida ta’kidlash joizki, ushbu usul orqali yetishtirilayotgan mahsulotning organikligi meni quvontirdi. Hovuzlarga baliq uchun beriladigan ozuqa moddalari, xususan ammofos, suv muhitida tabiiy o‘g‘it vazifasini bajarayotgani, baliqlarning esa sholi ildiz tizimiga ijobiy ta’siri orqali o‘simlikning o‘suvchanligini oshirayotgani amaliy jihatdan o‘z tasdig‘ini topmoqda. Natijada ekologik toza va yuqori sifatli mahsulot yetishtirilmoqda.
Mutaxassislar bilan suhbat davomida ushbu texnologiya asosida yetishtirilgan guruch an’anaviy mahsulotlarga nisbatan sifat va narx jihatidan ikki barobar ustunlikka ega bo‘layotgani qayd etildi. Bu esa ichki bozorda raqobatbardoshlikni oshirish bilan birga, eksport imkoniyatlarini ham kengaytiradi.
Shuningdek, mazkur tajriba Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tizimli ravishda olib borilayotganini, u Farg‘ona viloyatining Yozyovon, Namangan viloyatining Mingbuloq hamda Toshkent viloyatining Bekobod tumanlarida ham joriy etilayotganini alohida e’tirof etdim. Bu kabi innovatsion loyihalar kelgusida qishloq xo‘jaligini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonchim komil.

April 25, 13:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#More_than_food
https://theconversation.com/why-grow-plants-in-space-they-can-improve-how-we-produce-food-and-medicine-on-earth-263539
"On a moon or Mars base, colonists wouldn't be able to wait for months or years to resupply essential resources such as medicines or construction materials. So, space plants are being designed to provide more than just food.
Plants have been engineered to produce proteins that elicit immune responses and
act as edible vaccines."
On Earth, many pharmaceuticals are produced and extracted from microbes. Plants can be engineered to produce medicinal compounds or building material precursors in similar ways, but these compounds are likely to negatively impact plant growth.
The ability to engineer plants to produce different chemicals in response to environmental cues would allow astronauts to switch plants from making food to making medicine—perhaps with the literal flick of a switch.
Genetic "circuits"
responding to light and chemical signals are being developed, too. These have the potential to make crops more readily able to adapt to the stresses of a changing climate.
When innovations need to overcome extreme limitations—such as the environment of space—they can speed up and lead to solutions we wouldn't otherwise come up with.
The race to land on the moon led to the development of
many everyday items.
Now, we're on the verge of a new biotechnological revolution, getting ready to boldly grow where no plant has grown before."
This article is republished from
The Conversation
under a Creative Commons license. Read the
original article.
Provided by The Conversation
This story was originally published on
Phys.org.

April 25, 13:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#edible_plant_vaccines
Qiziq bo'lsa oxirgi yuqtuqlar bilan quyidagi maqolalarimizda tanishing:
Interested? Read these latest articles from us:
#OpenAcces
chapter by
@IntechOpen
: A Review on Edible Plant-Based Vaccines: History, Present and Future
https://www.intechopen.com/online-first/1246411
#OpenAcces
article by
@Frontiers_in_Nutrition
: TOMAVAC
https://www.frontiersin.org/journals/nutrition/articles/10.3389/fnut.2023.1275307/full?utm_source=S-TWT&utm_medium=SNET&utm_campaign=ECO_FNUT_XXXXXXXX_auto-dlvrit

April 25, 12:20
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

O‘rta Chirchiqda ilg‘or agrotexnologiyalar: samara va tejamkorlik sinovdan o‘tmoqda
Toshkent viloyatiga qilgan amaliy tashrifim doirasida O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan “Madoniz Diamond” xususiy urug‘chilik korxonasining dala maydonida bo‘ldim. Hududlarda olib borilayotgan bahorgi agrotexnik tadbirlar bilan yaqindan tanishar ekanman, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar e’tiborimni tortdi.
Korxonaga qarashli 44 gektarlik paxta maydonining 11 gektarida urug‘lik chigitlar qizil plyonka ostiga ekilmoqda. Bu tajriba Shinjon agrotexnologiyasi asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, zamonaviy yondashuvlarning amaliy natijasini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, plyonka qalinligiga alohida e’tibor qaratish zarur. Qalinlik 2 mikrondan ortiq bo‘lsa, uning rangi va sifat ko‘rsatkichlari saqlanib qoladi, bu esa ekinlar uchun fotoeffektni yanada kuchaytiradi. Shu bois bu borada mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdim.
Ko‘rib turibmizki, bunday ilg‘or usullar nafaqat hosildorlikni oshirish, balki suv va boshqa resurslardan oqilona foydalanish imkonini ham yaratmoqda.
Shuningdek, korxonaning g‘alla maydonlarini ham ko‘zdan kechirdim. 22 gektarlik konturda ilk bor g‘allani tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan. Natijalar yomon emas — maydonda begona o‘tlar deyarli yo‘q, nihollar esa sog‘lom va barqaror rivojlanmoqda.
Tomchilatib sug‘orishning yana bir muhim jihati — suvni tejash bilan birga o‘simlikka zarur bo‘lgan o‘g‘it va qo‘shimcha oziqa moddalarni ham aniq me’yorda yetkazish imkonini berishidadir. Ilgari bu jarayonga 20 nafar ishchi jalb etilgan bo‘lsa, bugungi kunda atigi 4 nafar xodim bilan samarali ishlash mumkin bo‘layotgani buning yaqqol isbotidir.
Tashrif davomida tadbirkor bilan suhbatlashdik. U agrotexnik tadbirlarni yanada samarali tashkil etish maqsadida dron xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha taklif bildirdi. Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladik va mutasaddilarga bu borada zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berdim.
Umuman olganda, O‘rta Chirchiqda amalga oshirilayotgan bunday innovatsion yondashuvlar qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, resurslarni tejash va zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etishda muhim o‘rin tutadi.

April 25, 11:25
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

O‘simliklarning do‘sti — Oltinko‘z. Ushbu hasharotning foydali xususiyatlari qanday?
🦗
🦗
Oltinko‘z
to‘rqanotli, ko‘zlari yaltiroq, o‘rtacha kattalikdagi yashil hasharot
bo‘lib, tanasining uzunligi
20-25 mm,
qanotlarini yoyganda
30-40 mm
ni tashkil etadi.
Tuxumlari ovalsimon
bo‘lib, qilsimon poyacha ustida joylashadi.
🟡
Lichinkasi
uzunchoq, tanasining o‘rta qismi yo‘g‘on, bosh va orqa tomoni esa ingichka
bo‘ladi. Lichinka rangi
och sariq tusda, keyinchalik sariq qo‘ng‘ir rangda ba’zan ko‘kish qo‘ng‘ir tusga
kiradi. Uning g‘umbagi
yumaloq oq tusli pilla ichida
bo‘ladi.
🌨
Oddiy oltinko‘z tabiatda diapauzaga kirgan
imago (otalangan va otalanmagan) holda
daraxtlar yoriqlarida, o‘simlik qoldiqlari ostida va hatto binolarning ichida qishlaydi. Erta bahorda,
sutkalik harorat 11-16℃ bo‘lganda
hasharot qishlash joylaridan chiqadi.
🥚
Oddiy oltinko‘zning qishlashdan chiqishi taxminan
mart oyining ikkinchi o‘n kunligiga
to‘g‘ri kelsa, ularning
g‘o‘zaga tuxum qo‘yishi may oyining 2-3-o‘n kunligiga
to‘g‘ri keladi. Imagosi 35-45 kun yashab, shu davr ichida
250 dan 500 ga qadar tuxum qo‘yadi.
ℹ️
Tuxumdan
5-6 kun ichida lichinka chiqadi.
Ular jag‘larini
o‘simlik kanalari, o‘rgimchakkana, kichik yoshdagi ko‘sak qurtlari va ularning tuxumlariga
sanchib ularning ichiga hazm suyuqligini yuboradilar. So‘ngra, yarim hazm bo‘lgan ozuqani so‘radilar.
🌟
Bir kunlik lichinka
7-30 ta, o‘z hayoti davomida esa, 500-600 zararkunanda hasharot va kanalarni qirishi
mumkin. Oltinko‘zning
ekinlarga nisbatan zarari yo‘q.
Asosan ekinlarni kemiradiganlar bilan oziqlanadi.

Ushbu hasharotni
biolaboratoriyada ham ko‘paytirish mumkin.
Hozirda bunday amaliyotlar
respublikamizdagi bir nechta hududlarda tatbiq etilmoqda.
Bunday ko‘paytirishlar natijasida
g‘alla, poliz va boshqa ekinlarning rivojlanish davrida
duch keladigan muammolarini hal etish mumkin.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram

April 25, 10:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#mavsum2026
#raqamlashtirish
#agriculture
Bu mavsumda don qabul qilishni raqamlashtirish yangi bosqichga ko'tarilmoqda!
Hozirgina, Toshkent viloyati O'rtachirchiq tumanidagi maskanda yangi tizim taqdimoti bilan tanishib, barcha don qabul qiluvchilar bilan tizmni qisqa muddatlarda ishga tushirish bo'yicha kelishib oldik.
-
In this season, the digital cereal crop acceptance system is being updated to new level.
We have just been introduced to the presentation of the new system at a crop acceptance facility in the Ortachirchik district of the Tashkent region and have agreed with all grain recipients to launch the system in the shortest possible time.

April 25, 09:01
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Dalalarda paxta navlari yangi usulda parvarish qilinmoqda
Toshkent viloyatiga amalga oshirgan ishchi tashrifim davomida O‘rtachirchiq tumanidagi “Zero Maks Agro Biznes” fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydonlarini ko‘zdan kechirdim. O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi direktori Zabardast Bo‘riyev ham menga hamrohlik qildi.
Hududdagi dala maydonlarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishar ekanman, 25 gektarlik konturda paxtaning serhosil navi “Shinjon” usulida, qo‘shqator qilib plyonka ostiga ekilgani e’tiborimni tortdi. Sug‘orish va oziqlantirish jarayonlari zamonaviy tomchilatib sug‘orish texnologiyalari asosida yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, 15 gektar maydonda maxsus rangli qoplama plyonkalardan foydalanilayotgani ekinlarning sog‘lom va barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, paxta dalalarida xorijiy g‘o‘za navlarini tashqi ta’sirlardan himoya qilish maqsadida 6 gektar maydonda maxsus himoya zonalari tashkil etilib, ushbu hududda mahalliy “Sulton” navi parvarish qilinmoqda. Menimcha, xorijiy navlar ekilgan maydonlar old qismida kamida 11 metrlik himoya belbog‘larini barpo etish zarur.
O'rganich davomida, ishchi guruh tarkibidagi olimlarga tajriba tariqasida qo‘llanilayotgan qizil, yashil va ko‘k rangli plyonkalar ostida yetishtirilayotgan g‘o‘za navlarining rivojlanish jarayonini muntazam monitoring qilib borish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdim. Xususan, ekinlarning unuvchanligi, sog‘lomligi hamda yetilish samaradorligini ilmiy asosda chuqur tahlil qilish muhim vazifa sifatida belgilandi.
Ishonchim komilki, bunday innovatsion yondashuvlar kelgusi mavsumlarda tajribani keng joriy etish uchun muhim ilmiy-amaliy xulosalarni shakllantiradi. Shu bois, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish uchun mas’ullarni belgilandi. Shu bilan birga, g‘o‘za navlarini parvarishlashda nazoratni yanada kuchaytirish, oziqlantirish jarayonida esa belgilangan agrotexnik me’yorlarga qat’iy amal qilish bo'yicha vazifalar ham berildi.

April 25, 07:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#mavsum2026
#raqamlashtirish
#agriculture
Bu mavsumda don qabul qilishni raqamlashtirish yangi bosqichga ko'tarilmoqda!
Hozirgina, Toshkent viloyati O'rtachirchiq tumanidagi maskanda yangi tizim taqdimoti bilan tanishib, barcha don qabul qiluvchilar bilan tizmni qisqa muddatlarda ishga tushirish bo'yicha kelishib oldik.
-
In this season, the digital cereal crop acceptance system is being updated to new level.
We have just been introduced to the presentation of the new system at a crop acceptance facility in the Ortachirchik district of the Tashkent region and have agreed with all grain recipients to launch the system in the shortest possible time.

April 25, 07:20
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

AgroTarozi: g’alla qabul qilish amaliyotlari to’liq raqamlashtiriladi
Men bugun Toshkent viloyatiga tashrif buyurib, O‘rtachirchiq tumanidagi don qabul qilish shahobchasida 2026-yil hosili uchun yetishtirilgan g‘allani qabul qilish bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdim.
Tashrif chog’ida vazirlik huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJ rahbari O‘tkir Mahmudov tomonidan g‘alla hosilini qabul qilishda asosiy texnik vosita sifatida joriy etilgan “AgroTarozi” axborot tizimining funksional imkoniyatlari bo‘yicha taqdimot qilindi.
Mazkur taqdimot davomida g‘alla qabul qilish jarayonida raqamli texnologiyalarning o‘rni, tizimning qulayliklari, hosil vazni, sifati hamda unga oid muhim ma’lumotlarni elektron shaklda qayd etish va ushbu jarayonlarni to‘liq avtomatlashtirishga qaratilgan innovatsion yechimlar haqida batafsil ma’lumotlar oldim.
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish nafaqat zamon talabi, balki samaradorlik va shaffoflikni ta’minlaydigan eng muhim omillardan biridir. “AgroTarozi” tizimi aynan shu maqsadlarga xizmat qiladigan, g‘alla qabul qilish amaliyotlarini tezkor, aniq va ishonchli tashkil etishga imkon beradigan muhim platformadir.
Aytish mumkinki, mazkur hududdagi mavsum oldidan olib borilayotgan tayyorgarlik ishlarini ijobiy holatda. Ushbu tizim g‘alla qabul qilish jarayonini yanada shaffof, tezkor va samarali tashkil etishda muhim o‘rin tutadi.
Mamlakatimizning barcha hududlaridagi g‘alla qabul qilish shahobchalari hamda fermer xo‘jaliklari mas’ullari “AgroTarozi” axborot tizimidan belgilangan tartib va amaldagi qo‘llanmalarga muvofiq foydalanishlari zarur, deb hisoblayman.
Platformani yanada takomillashtirish, uning uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda g‘allachilik bilan shug‘ullanayotgan fermerlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalarida esa “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mutaxassislarining mas’uliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Raqamli yechimlarni keng joriy etish orqali qishloq xo‘jaligida yangi bosqichga ko‘tarilishimiz, ishlab chiqarish jarayonlarini zamonaviy boshqaruv tizimlari bilan uyg‘unlashtirishimiz va fermerlarimiz uchun yanada qulay sharoit yaratishimiz zarur. “AgroTarozi” ana shu yo‘ldagi muhim qadamlardan biridir.

April 24, 17:58
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram


GLIFOSATLI ERITMA QANDAY SEPILADI?
🚻
Begona o't bosgan dalangizga glifosatli eritma sepmoqchimisiz?
Men — GT genli g‘o‘za sifatida yodda tutishingiz kerak bo'lgan ba'zi jihatlarni eslatib o'tmoqchiman
!
🖊
Glifosatli eritmani tayyorlashda 480 g/l konsentratsiyali preparatdan foydalab, avval 1 sotix maydonda sinab ko'ramiz. Glifosat
tezkor emas, ammo tizimli ta’sir ko‘rsatadi
: o'simlik
1–3 kunda
o‘sishdan to‘xtaydi,
7–10 kungacha
barglari sarg‘ayadi,
14–21 kungacha
esa o‘simlik to‘liq quriydi. Mana ko'rib turganingizdek, menga zarar yetmay, atrofimdagi begona o'tlar hammasi quridi. Endi buni butun maydonga qo‘llashingiz mumkin.
⚠️
Yoki aksincha, glifosatli eritma sepganingizdan 3 kun o'tib, g'o'zaning bargi sarg'ayib qoldi, demak bu nav glifosatga chidamsiz. Endi darhol
Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashi
ning viloyat ishchi guruhlariga
murojaat qiling, shunda hosilingizni asrab qolish uchun kerakli tavsiyalarni olishingiz mumkin!!
📞
Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashining viloyatlardagi ishchi guruh rahbarlarining telefon raqamlari
🔗
Urug'chilikni rivojlantirish markazining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalar
i
📱
WWW
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram
📱
Youtube