Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Abdulaziz Ahmad | Blog

Ijoddardi
• Filolog • Jurnalist • SMMchik • Baliqchi oshpaz • Mahdi va Safinaning dadasi... :) 🇹🇷 Oilam bilan Ankaradaman. Turkiyada oila bo‘lib yashash, ishlash, biznes qilish... xullas, “tirik qolish” haqida yozaman! Hamkorlik: @Oilaviy_reklama
Subscribers
1 600
24 hours
30 days
-30
Post views
705
ER
46,06%
Posts (30d)
31
Characters in post
586
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Travel & Geography
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Media & Communication
Summary
March 13, 09:49
Media unavailable
4
Show in Telegram

O‘zga yurtga kelib, noldan boshlagan hayotimizning har bir soniyasida biz bilan yelkama-yelka turib kelayotgan jasur farzandimizsan, Mahdi...
• Eng quyi pallamizni ko‘rding, yashab o‘tding,
yaxshi kunlarimizda ham duo va shukrini yo‘qotmagan,
mitti kaftchalari bilan ovmin qilib o‘tiradigan aqlli o‘g‘limizsan, Mahdi...
Kasha, qo‘shimcha ovqat yo taglikka pul topolmagan kunlarimni ko‘rding.
To‘lovga pulimiz yetmasdan,
ayang bilan nechchi martalab shifoxonadan yig‘lab qaytdinglar...
3-4 oyliginggacha kolyaska ololmaganmiz,
qo‘lda noto‘g‘ri ko‘taraverib, har yerga quchoqlab chopaverib,
bir quloqchangni qiyshaytirib qo‘yishimizga sal qolgandi, ehhe...
Uyda milliy ovqat pishirib sotgan kezlarimiz kolyaskangga buyurtmani ortib,
ayang bilan metro bekatlari, “marshrutka” va avtobuslarda
kilometrlab masofalarga ovqat tarqatarding, o‘g‘lim.
Eski uyimiz sovuqligi uchun ko‘p isitmalab qolarding, oyog‘ing tez-tez nam bo‘lardi, shamollarding.
39-40 daraja isitma bilan nimtabassum qilib, bizni ham kuldirishga harakat qilishlaring
hech qachon ko‘z oldimdan ketmaydi...
• Sovuqdan burni qizarib,
qo‘lchalarini pinjiga qunushtirib qor-qirovli kunlarda biz bilan universitetga qatnagan
dilbandimizsan, Mahdi...
Tajribasiz ota-onangning xatolari, xulosalari, farzand tarbiyasi haqidagi endi shakllanib kelayotgan fikrlari senda mujassam,
o‘zing bilan qo‘shib bizni ham har tomonlama ulg‘aytirmoqdasan...
Eson-omon tug‘ilib, otalik maqomini berganing,
sog‘lom katta bo‘layotganing, og‘iringni tushirmayotganing, injiq va erka emasliging, hatto shirinliklarni yaxshi ko‘rmasligingga
rahmat. Bu xislatlar uchun sendan, Yaratgan Egamdan qarzdormiz...
Sabrli, aqlli, yuvosh va sokin, so‘raganimizdan, kutganimizdan ming chandon ziyodasi bilan siylagani uchun robbimga hamdlar bo‘lsin! Sen bilan faxrlanamiz, hamisha yoningda qo‘llab-quvvatlab turamiz, Mahdi...
@Ijoddardi

March 06, 18:25

Italyanskiy pasta qildim, KFC qanotchalari ham, bog’chamizda o’tiramizmi osmonga qaraab
😘

March 06, 18:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Italyanskiy pasta qildim, KFC qanotchalari ham, bog’chamizda o’tiramizmi osmonga qaraab
😘

March 06, 18:19

Insonning osmonga tikilib o‘tirishga vaqti bo‘lishi kerak, ozgina xotirjamlik va bir chimdim umid uchun...
Insonning
osmonga tikila oladigan yorug‘ yuzi bo‘lishi kerak,
toki amallari go‘zal, vijdoni toza bo‘lsin!
Insonning osmonga birgalikda tikilib o‘tirishga yo‘ldoshi bo‘lishi kerak.
Orzular qilishga, ko‘k sarhadlarida chek-chegarasiz sayr etishga...
Insonning osmonga qaragandagina uyg‘onadigan shirin xotiralari,
bulutlardek oppoq, musaffo tuyg‘ulari bo‘lishi kerak.
Va... bir tomchi bo‘lsa ham ko‘z yoshi, to‘kilmoq, yengil tortmoq uchun!
Vaqt o‘tmayapti. Soatga termulib o‘tiribman. 1 yarim soatdan so‘ng ishim tugaydi. Osmonni sog‘indim...
@Ijoddardi

March 06, 08:48

O‘zbekistonni qaysi davlat boshqaradi, deb savol berishadi siyosatdan gaplashayotgan ustalar birdan menga yuzlanib
“Prezident, Shavkat Mirziyoyev” deyman savolini tushunmasdan.
Post yozib o‘tirganim uchun ularning suhbatiga e’tibor bermabman,
xayolim boshqa joyda edi...
Iroqlik baliqchi yigit “yo‘o‘o‘o‘q” deydi. Masalan,
bizni Amerika boshqaradi, sog‘likni saqlash, mudofaa, ta’lim va shu kabi muhim davlat organlarining hammasida
kamida bitta ingliz bor, amerikalik!
Bizda unday emas, Rossiyaning ta’siri bo‘lgan, ammo hozir emas.
Xitoy bilan vizasiz rejim bo‘ldi yaqinda, Amerika bilan aloqalar yanayam yaxshilandi,
deb Trampning Mirziyoyevni alqagan videosini qo‘yib beraman.
Turkman akalar yozg‘irib boshlashadi keyin:
“Biz ko‘p O‘zbekistonda tug‘ilsaydik” deb havas qilamiz. Davlatimizda oyliklar 100-150$, bularda ancha baland.
Zo‘r ketishyapti, deyarli hamma davlatlar bilan aloqalari yaxshi...
Shu payt O‘zbekiston va Qozog‘iston Yaqin Sharqdagi barcha fuqarolarini o‘z vataniga evakuatsiya qildi,
Dubay aeroporti faqat shu ikki mamlakat yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatyapti
, degan xabarlar chiqib
keladi.
Ustalar “...
davlat vazifasini bajaribdi, bundan ortiq nima qilsin,
“helal olsun yaaa” deyishadi. Men esa faxrlanib qo‘yaman :)
P.s. O‘zgarishlar katta, chetdan qarasangiz yanayam yaxshi seziladi bu. Bardavom bo‘lsin!
@Ijoddardi

March 06, 08:27
Media unavailable
3
Show in Telegram

“O dil çağırdı beni...”
Turkiyaga ilk marta Sitoradan 10 kun oldin, bir o‘zim
kelganman.
Rejamiz bo‘yicha, ish va yotoq joy topishim kerak edi u kelgunicha.
Lug‘atimda faqat “Evet” va “Merhaba” bo‘lgan. Atrofimdagilar
“Turkcha o‘zbekchaga yaqin”, “O‘zbekcha gapirsang tushunadi”
deyishganiga ishonganman, ko‘nglim to‘q bo‘lgan. Lekin unday emas ekan...
Sitora telefonimga asosiy muloqot savollarini yozib bergan, “Izbranniy”imda haligacha saqlanib turadi:
“Otobüs durağı nerede?” “Lavabo nerede?” “Telefonunuzdan yararlanabilir miyim?”
va hokazo birlamchi ehtiyoj “soru”lari...
Haqiqatan ham, Turk tili chaqirdi meni,
tasodifan hayotimga kirib keldi, o‘zining beqiyos jozibalari bilan hayratlantirdi
va lol qoldirishda davom etmoqda.
Hayotimning eng unutilmas sahnalarini aynan shu mamlakatda yashadim. Har tomonlama ulg‘aydim, farzandlarim kindik qoni shu yerda to‘kildi. Ikkinchi vatanimizga aylanishga ulgurding, Turkiya...
@Ijoddardi

March 05, 11:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

Nasib, sayohatgayam boramiz, eson-omon o‘qishni tugatib, diplomni olib, yorug‘ yuz bilan ortgayam qaytamiz, ayfon ham olamiz...
Kim o‘ylabdi, ikki yil o‘tib
Anqarada baliqchi usta bo‘laman, o‘zimiz xohlaganday uyda yashaymiz,
farzandlarimizning hech qanday kamchiligi bo‘lmaydi, deb.
Axir, ilk kelganimizda
hojatxona tozalashdan ish boshlagandim, ijara uy topolmasdan bir xonalik otelda yashagandik bir oy.
Bugun esa...
Alhamdulillah,
niyat qilishda haddingizdan oshavering, ko‘p-ko‘p so‘rang, tinimsiz so‘rang.
Shunda haddan ortiq natijalarga erisharkansiz. Amallar niyatlarga bog‘liqdir...
@Ijoddardi

March 05, 10:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

👨‍🦰
- Pul topish kerak; ijara uy va kommunallarni to‘lash kerak; Mahdining pasportini hal qilish kerak; Safina bilan ayasiga bahorga mos kiyim olish kerak...
👩‍🦰
- Ozarbayjonga boraylik!
👨‍🦰
- Ozarbayjonga borish kerak... :) @Ijoddardi

March 05, 10:27

Ozarbayjonga boraylik
😊

March 05, 10:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ozarbayjonga boraylik
😊